Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025 24.11.2004 yildagi 555-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 24.11.2004 yildagi 555-son
Date of entry into force
24.11.2004
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025
Hujjat 24.11.2004 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

OMMAVIY KOMMUNIKATSIYALAR SOHASIDA BOSHQARUV TUZILMASINI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”, “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq, axborot xizmatlarining tobora kengayib borayotgan turlari, koʻlamlari va hajmlarini hisobga olgan holda, axborotlarning tezkorligi, qulayligi va ishonchliligini, axborot infratuzilmasini hamda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va takomillashtirishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligining Ommaviy axborot vositalari monitoringi va ularni litsenziyalash markazi negizida boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 62 nafar boʻlgan Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining Ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi monitoring markazi (keyingi oʻrinlarda Markaz deb yuritiladi) tashkil etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
milliy axborot makoni va ommaviy kommunikatsiyalar vositalari faoliyatining, shu jumladan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, yoʻldosh tizimlar, Internetning global tarmogʻi, axborotni uzatish va tarqatishning boshqa elektron vositalarining hamda matbaa mahsulotlarining tizimli monitoringini olib borish;

ommaviy kommunikatsiya vositalarida tarqatiladigan axborot materiallari mazmunining axborot muhitida shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilishni, fuqarolarning ijtimoiy ongiga buzgʻunchi salbiy axborot-ruhiy taʼsirning oldini olishga, milliy-madaniy anʼanalarni saqlab qolish va ularning uzviyligini taʼminlashga yoʻnaltirilgan respublika qonun hujjatlari talablariga muvofiqligini oʻrganib chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mamlakatimizning ommaviy axborot va kommunikatsiya vositalari samarali faoliyat koʻrsatishiga toʻsqinlik qiluvchi muammolarni aniqlash, milliy axborot bozorining har tomonlama rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratishga doir takliflarni ishlab chiqish;

ommaviy kommunikatsiyalar sohasida xizmatlar koʻrsatuvchi subyektlar faoliyati monitoringi natijalari boʻyicha umumlashtirish hamda qonun hujjatlari talablarining aniqlangan buzilishlari boʻyicha tavsiyalar, ogohlantirishlar va xulosalar berish;

yangi texnologiyalar joriy etilishiga qarab ommaviy kommunikatsiyalar sohasida monitoring tizimini takomillashtirish, axborot resurslarini, axborotni uzatish va tarqatish tizimlari va vositalarini shakllantirish;

qonun hujjatlarini, axborot sohasida normativ-huquqiy taʼminlashni takomillashtirish, ilgʻor xorijiy tajribani, zamonaviy talablar va standartlarni hisobga olgan holda ommaviy kommunikatsiya vositalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va malakali kadrlar tayyorlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining Ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi monitoring markazi tuzilmasi va Nizomi 1 va 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilab qoʻyilsinki, Markaz yuridik shaxs hisoblanadi va oʻzining vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, nodavlat tashkilotlar, axborot xizmatlari bozori subyektlari bilan belgilangan tartibda oʻzaro hamkorlik qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki, Ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi monitoring markazi viloyatlar boʻlimlari faoliyatiga tezkor rahbarlik qilish va uni muvofiqlashtirish Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi hududiy boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilansinki, Ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi monitoring markazining xulosalari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi tomonidan axborot xizmatlari sohasidagi faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun litsenziyalar berish, litsenziyalar berishni rad etish, ularning amal qilishini toʻxtatib turish yoki ularni bekor qilish, shuningdek ommaviy axborot vositalarining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnomalar berish haqida qarorlar qabul qilinishi uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi organlarining davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, xoʻjalik yurituvchi subyektlar va mansabdor shaxslar tomonidan axborot sohasida yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni hamda qonun hujjatlari talablarining buzilishlarini bartaraf etishi toʻgʻrisida yozma koʻrsatmalar berishi uchun asos hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi (A.N. Aripov) ikki oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi monitoring tizimini, shu jumladan Internet tarmogʻidagi axborot resurslarini, yoʻldosh tizimlarni, axborotlar, shuningdek matbaa mahsulotlari yetkazib berish va tarqatishning boshqa zamonaviy vositalarini rivojlantirish va takomillashtirish dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi monitoring markazini yuqori malakali mutaxassislar bilan butlasin hamda Markaz hududiy boʻlinmalarining moddiy-texnik jihozlanishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markazni aloqaning tegishli turlari, shu jumladan Hukumat aloqasi bilan, shuningdek uning Internet tarmogʻiga ulanishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi tuzilmasidagi Ommaviy axborot vositalari monitoringi va ularni litsenziyalash markazi, shuningdek Agentlikning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻlinmalaridagi ommaviy axborot vositalari monitoringi va texnik xizmatlar boʻlimlari tugatilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (S.B. Rahimov) Ommaviy axborot vositalari monitoringi va ularni litsenziyalash markazining tugatilishi munosabati bilan Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligini moliyalashtirish koʻrsatkichlariga va uning xarajatlar smetasiga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi boshqaruv xodimlari umumiy sonining Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi boshqaruv xodimlari soni tegishli ravishda qisqartirilishi hisobiga 62 nafarga koʻpayishi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining Ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi monitoring markazining faoliyati Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, shu jumladan aloqa va axborotlashtirish sohasida faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun litsenziyalar berilganligi uchun davlat bojlari toʻlashdan tushadigan mablagʻlar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi tomonidan tasdiqlanadigan smeta doirasida nazorat va monitoring organlari taʼminotiga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar hisobiga moliyalashtirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi (A.N. Aripov), Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi (R.Sh. Shogʻulomov) Davlat mulki qoʻmitasi (M.A. Asqarov) bilan birgalikda Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligining tugatilayotgan Ommaviy axborot vositalari monitoringi va ularni litsenziyalash markazining televideniye koʻrsatuvlari va radio eshittirishlarini yozishni va arxivga qoʻyishni amalga oshirish uchun texnika vositalarini Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining yangidan tashkil etilayotgan Ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi monitoring markaziga berish va qabul qilib olinishini ikki oy muddatda belgilangan tartibda amalga oshirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi (R.Sh. Shogʻulomov) Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining Ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi monitoring markazini matbaa va kitob mahsulotlarining nazorat nusxalarini bepul oladigan tashkilotlar roʻyxatiga kiritsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (A.A. Polvon-zoda) manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2004-yil 24-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
555-son

Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 24-noyabrdagi 555-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining Ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi monitoring markazi tuzilmasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 24-noyabrdagi 555-son qaroriga
2-ILOVA

Ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi monitoring markazi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining Ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi monitoring markazi (keyingi oʻrinlarda Markaz deb yuritiladi) ommaviy kommunikatsiyalar sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslarning qonun hujjatlari va normativ hujjatlar talablariga, davlat va tarmoq standartlariga, litsenziyalar shartlariga rioya etishi ustidan monitoring olib boruvchi vakolatli organ hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Markaz oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi normativ hujjatlarga, Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining buyruqlari va normativ hujjatlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Monitoring yakunlari boʻyicha Markaz tomonidan oʻz vakolatlari doirasida tayyorlangan xulosalar vazirliklar, idoralarning, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining tegishli qarorlar qabul qilishi uchun asos hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Markaz Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligiga idoraviy mansub tashkilotdir va mustaqil balansga, bankda hisob raqamiga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga ega boʻlgan yuridik shaxs hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz tarkibiga uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi boʻlimlari kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, shu jumladan aloqa va axborotlashtirish sohasida faoliyatni amalga oshirish huquqiga litsenziyalar berilganligi uchun davlat bojlari toʻlashdan tushadigan hamda aloqa va axborotlashtirish sohasida nazorat va monitoring organlari taʼminotiga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan moliyalashtirishning boshqa manbalari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi tomonidan tasdiqlanadigan smeta doirasida Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Markazning asosiy vazifalari va funksiyalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
milliy axborot makoni va ommaviy kommunikatsiyalar vositalari faoliyatining, shu jumladan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, yoʻldosh tizimlar, Internetning global tarmogʻi, axborotni uzatish va tarqatishning boshqa elektron vositalarining hamda matbaa mahsulotlarining tizimli monitoringini olib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy kommunikatsiya vositalarida tarqatiladigan axborot materiallari mazmunining axborot muhitida shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilishni, fuqarolarning ijtimoiy ongiga buzgʻunchi salbiy axborot-ruhiy taʼsirning oldini olishga, milliy-madaniy anʼanalarini saqlab qolish va ularning uzviyligini taʼminlashga yoʻnaltirilgan respublika qonun hujjatlari talablariga muvofiqligini oʻrganib chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mamlakatimizning ommaviy axborot va kommunikatsiya vositalari samarali faoliyat koʻrsatishiga toʻsqinlik qiluvchi muammolarni aniqlash, milliy axborot bozorining har tomonlama rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratishga doir takliflarni ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy kommunikatsiyalar sohasida xizmatlar koʻrsatuvchi subyektlar faoliyati monitoringi natijalari boʻyicha umumlashtirish hamda qonun hujjatlari talablarining aniqlangan buzilishlari boʻyicha tavsiyalar, ogohlantirishlar va xulosalar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yangi texnologiyalar joriy etilishiga qarab ommaviy kommunikatsiyalar sohasida monitoring tizimini takomillashtirish, axborot resurslarini, axborotni uzatish va tarqatish tizimlari va vositalarini shakllantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarini, axborot sohasida normativ-huquqiy taʼminlashni takomillashtirish, ilgʻor xorijiy tajribani, zamonaviy talablar va standartlarni hisobga olgan holda ommaviy kommunikatsiya vositalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va malakali kadrlar tayyorlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Markaz oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
radio va teledasturlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qoʻllaniladigan boshqa ommaviy axborotni (kosmik va yoʻldosh aloqa, maʼlumotlarni uzatish tarmogʻi, shu jumladan Internet va boshqalar) tayyorlash, shakllantirish, qayta ishlash, qayta uzatish, eshittirish va saqlash, shuningdek axborotni istalgan uzatishda (audio va videokassetalar, kompakt-disklar va boshqalar) ommaviy foydalanish uchun davriy matbaa va kitob mahsulotlari, audiovizual mahsulotlar va fonogrammalarni ishlab chiqarish, tarqatish va saqlash sohasida qonun hujjatlari talablariga rioya etilishining doimiy monitoringini tashkil etish va olib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy kommunikatsiya vositalari (shu jumladan Internet-nashr va ommaviy axborot vositalarining elektron bosma turlari) va ommaviy kommunikatsiyalar sohasida xizmatlar koʻrsatuvchi boshqa subyektlar tomonidan litsenziya talablari va roʻyxatdan oʻtkazish shartlariga, ommaviy axborot va reklamani ishlab chiqarish va tarqatish sohasidagi qonun hujjatlariga, shuningdek tegishli davlat va tarmoq standartlariga rioya etilishi monitoringini belgilangan tartibda tashkil etish va amalga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda ommaviy kommunikatsiyalar sohasida qonun hujjatlariga rioya etilishi monitoringini tashkil etishning har xil usullarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda qoʻllash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziyalar va davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomalar egalariga aniqlangan kamchiliklarni belgilangan muddatlarda bartaraf etish boʻyicha taqdimnomalar kiritish yuzasidan takliflar tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikaning ommaviy kommunikatsiya tizimlarida milliy oʻzlikni anglashni buzishga, jamiyatni tarixiy va milliy anʼanalar va urf-odatlardan ajratishga, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni nobarqarorlashtirishga, millatlararo va konfessiyalararo totuvlikni buzishga qaratilgan axborot tarqatilishiga qarshi kurashish tizimini takomillashtirishga doir takliflar tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
milliy axborot makonida Konstitutsiyaviy tuzumni zoʻravonlik bilan oʻzgartirishga, Oʻzbekiston Respublikasining hududiy yaxlitligi, suverenitetini buzishga, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy nifoqni avj oldirishga, davlat tuzumiga qarshi qaratilgan boshqa tajovuzlar sodir etilishiga ommaviy daʼvat etuvchi materiallar mavjudligini, shuningdek urush, zoʻravonlik, pornografiya va yovuzlikni, terrorizm va diniy ekstremizm gʻoyalarini targʻib etishga qaratilgan axborotni aniqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy kommunikatsiya vositalarining buzgʻunchi taʼsir koʻrsatuvchi va fuqarolarning jismoniy yoki ruhiy salomatligiga zarar yetkazuvchi qasddan sodir etilgan yoki qasddan sodir etilmagan xatti-harakatlarni aniqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy kommunikatsiyalar sohasida subyektlar faoliyati toʻgʻrisidagi xulosalarni, aniqlangan kamchiliklar va qoida buzishlarni bartaraf etishga doir takliflarni tayyorlash hamda tegishli davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga belgilangan tartibda taqdim etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy kommunikatsiyalar sohasida faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyalarning va xoʻjalik yurituvchi subyektlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomalarning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish va ularni bekor qilish borasida qarorlar qabul qilish uchun takliflar tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy kommunikatsiyalar sohasida takliflar tayyorlash hamda qonunlar va normativ hujjatlar loyihalarini, shuningdek texnik shartlar, qoidalar, yoʻriqnomalar, litsenziyalar shartlari loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish, ommaviy kommunikatsiya vositalarini rivojlantirish va ularning faoliyat koʻrsatishi masalalari boʻyicha seminarlar, konferensiyalarda qatnashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlarni tashkil etishning zamonaviy usullarini qoʻllash, yangi texnologiyalarni joriy etish yoʻli bilan, xorijiy tajriba asosida ommaviy kommunikatsiya vositalari monitoringi sohasida Markaz faoliyatini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha davlat hokimiyati va boshqaruv organlari jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot sohasida Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa funksiyalarni amalga oshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Markazning huquqlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Markaz quyidagi huquqlarga egadir:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
efirga uzatilgan telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlar, davriy matbaa nashrlari, kitob mahsulotlari, hujjatli materiallar (plyonkalar, kassetalar, disklar, tele va radioeshittirishlarni roʻyxatdan oʻtkazish jurnallari va boshqalar), reklamani tayyorlash va joylashtirish materiallarining nazorat nusxalarini belgilangan tartibda bepul olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy kommunikatsiya vositalari faoliyat koʻrsatishi masalalari boʻyicha davlat va jamoat tashkilotlari, taʼlim muassasalari va ilmiy muassasalarning vakillarini belgilangan tartibda jalb etgan holda zarur ekspertizalar oʻtkazilishini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
monitoring natijalari boʻyicha davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga quyidagi hollarda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Oʻzbekiston Respublikasining mavjud Konstitutsiyaviy tuzumini, hududiy yaxlitligini zoʻravonlik bilan oʻzgartirishga daʼvat etuvchi, urush va zoʻravonlik, yovuzlik, milliy, irqiy va diniy dushmanlik targʻib qilinishiga yoʻl qoʻyuvchi, davlat siri boʻlgan maʼlumotlarni yoki qonun bilan muhofaza qilinadigan boshqa sirni oshkor etuvchi axborot tarqatilganda, shuningdek jinoiy javobgarlikka tortishga olib keluvchi boshqa xatti-harakatlar sodir etilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) fuqarolarning shaʼni va qadr-qimmati ommaviy kommunikatsiya vositalari orqali haqorat qilinganda, ularning shaxsiy hayotiga aralashilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) prokuror, tergovchi yoki surishtiruvchining yozma ruxsatnomasisiz dastlabki tergov materiallari eʼlon qilinganda, sudning qarori qabul qilingungacha muayyan ish boʻyicha natijalarni oldindan maʼlum qilib qoʻyish yoki sudning qarori yoki hukm qonuniy kuchga kirgunga qadar sudga boshqacha yoʻl bilan taʼsir koʻrsatish, uning nomini oshkor qilmaslik sharti bilan axborot bergan manba oshkor qilinganda (oshkor qilish sudning talabi bilan amalga oshirilgan hollar bundan mustasno);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) ommaviy axborot va axborotlashtirish sohasida Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari buzilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, xoʻjalik yurituvchi subyektlar va ularning mansabdor shaxslari tomonidan matbuot, axborot va reklama sohasidagi qonun hujjatlari buzilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga zid boʻlgan boshqa hollarda qonun hujjatlari va normativ hujjatlar talablari buzilishiga yoʻl qoʻygan ommaviy kommunikatsiya sohasi subyektlariga, nashriyotlar va matbuot muassasalariga chora-tadbirlar koʻrish toʻgʻrisida takliflar kiritish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Markaz va uning xodimlari ommaviy kommunikatsiya vositalarining muassislari, hammuassislari va homiylari boʻlish, har qanday moliyaviy taqdirlash, homiylik yordami koʻrsatish va olish, shuningdek olingan maxfiy maʼlumotlarni oshkor qilish huquqiga ega emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Markazning tuzilmasi va uning faoliyatini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Markazni boshqarish va unga rahbarlik qilish Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining bosh direktori tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan boshliq tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz boshligʻi bilan mehnat shartnomasi Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining bosh direktori tomonidan imzolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Markaz boshligʻi Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga va mazkur Nizomga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markazga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kadrlarni tanlaydi va joy-joyiga qoʻyadi, oʻz oʻrinbosarlarini hamda tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bilan kelishgan holda Markazning shtat jadvalini va xarajatlar smetasini tasdiqlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz xodimlarini har yili attestatsiyadan oʻtkazishni tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markazga va uning tarkibiy boʻlinmalariga umumiy rahbarlik qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
barcha xodimlar bajarishi majburiy boʻlgan buyruqlar, farmoyishlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markazning kreditlari va mablagʻlarini tasarruf etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnat va xoʻjalik shartnomalari tuzadi va ularni bekor qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, tashkilotlar, muassasalar, korxonalar, jamoat birlashmalari bilan oʻzaro hamkorlikda Markaz nomidan ishonchnomasiz ish koʻradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Markazning mol-mulki
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Markazning mol-mulki davlat mulki hisoblanadi va xoʻjalikni yuritish huquqi bilan Markazga tegishli boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Asosiy fondlar va aylanma mablagʻlar, shuningdek qiymati korxonaning mustaqil balansida aks ettiriladigan boshqa boyliklar Markazning mol-mulki hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Markazning mablagʻlari Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga shakllantiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. Hisob va hisobot
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Markaz oʻz faoliyati natijalarining statistika va buxgalteriya hisobini amalga oshiradi hamda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda statistika hisoboti va moliyaviy hisobot tuzadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Xoʻjalik faoliyatini, moliyaviy hisobotni, buxgalteriya hisobi yuritilishining belgilangan talablarga muvofiqligini tekshirish uchun Markaz auditor tashkilotni jalb etishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Markaz faoliyatini nazorat qilish har ikki yilda koʻpi bilan bir marta rejali kompleks tekshirish oʻtkazish, zarurat boʻlganda esa faoliyatning ayrim turlarini rejadan tashqari tekshirish yoʻli bilan Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VII. Markazni qayta tashkil etish va tugatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Markazni tugatish va qayta tashkil etish (qoʻshish, birlashtirish, boʻlish, ajratish, qayta tashkil etish va nomini oʻzgartirish) Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Markaz tugatilgan taqdirda Markazning kreditorlar talablari qondirilgandan keyin qolgan mol-mulki Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi balansiga oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 24-noyabrdagi 555-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi hududiy boshqarmasining namunaviy tuzilmasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 47-son, 486-modda; 2011-y., 40-son, 415-modda; 2012-y., 21-son, 232-modda; 2013-y., 34-son, 458-modda; 2014-y., 10-son, 105-modda; 2015-y., 26-son, 338-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2018-y., 09/18/297/1096-son, 06.09.2018-y., 09/18/707/1839-son; 29.12.2023-y., 09/23/688/0996-son)