01.05.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3003
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining qarori, 01.05.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3003
Date of entry into force
02.05.2018
Hujjat 02.05.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida banklar tomonidan naqd pul muomalasiga doir ishlarni tashkil etish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 1-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3003]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-yanvardagi PF-5296-son “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-sentabrdagi PQ-3270-son “Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasida banklar tomonidan naqd pul muomalasiga doir ishlarni tashkil etish toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 24-fevral,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7/14-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 24-fevraldagi 7/14-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida banklar tomonidan naqd pul muomalasiga doir ishlarni tashkil etish toʻgʻrisidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
YOʻRIQNOMA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-yanvardagi PF-5296-son “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-sentabrdagi PQ-3270-son “Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasida banklar tomonidan naqd pul muomalasiga doir ishlarni tashkil etish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki hududlarda naqd pullarning zaxirasini shakllantirish hamda muomalaga chiqarilmagan naqd pullarni saqlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻyicha Bosh boshqarmalarida (bundan buyon matnda Bosh boshqarmalar deb yuritiladi) zaxira jamgʻarmalarini tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Tijorat banklari va ularning filiallari (bundan buyon matnda banklar deb yuritiladi) mijozlarning naqd pullarga boʻlgan talabini oʻz vaqtida qondirish uchun majburiy tartibda aylanma kassalarini, shuningdek naqd pullar zaxirasini tashkil etadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ushbu Yoʻriqnomada quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
naqd pullar — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan muomalaga kiritilgan banknotlar va tangalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
naqd pul muomalasi — tovar va xizmatlar uchun, shuningdek aholi, xoʻjalik yurituvchi subyektlar va banklar oʻrtasidagi hisob-kitoblarni amalga oshirishda banknot va tanga koʻrinishida naqd pullarning uzluksiz harakati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
minimal limit — banklarda naqd pul zaxirasi qoldigʻining quyi chegarasi boʻyicha belgilanadigan meʼyor;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maksimal limit — Bosh boshqarmalar Hisob-kitob kassa markazlari (bundan buyon matnda HKKM deb yuritiladi) hamda banklar aylanma kassalarida kun oxirida qolishi mumkin boʻlgan naqd pul qoldigʻining eng yuqori chegarasini belgilaydigan meʼyor;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
naqd pullarning zaxira jamgʻarmasi — tegishli hududdagi banklarni yetarli miqdorda naqd pullar bilan taʼminlash maqsadida Bosh boshqarmalarda tashkil etilgan banknotlar va tangalarning zaxirasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
naqd pul zaxirasi — aholi va xoʻjalik yurituvchi subyektlarning naqd pulga boʻlgan talablarini oʻz vaqtida va toʻliq qondirilishini taʼminlash maqsadida banklarda tashkil etilgan banknot va tangalarning zaxirasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
naqd pullar kirimi — bank kassalariga banknot va tanga koʻrinishidagi naqd pullarning tegishli hujjatlar asosida qabul qilinishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
naqd pullar chiqimi — bank kassalaridan banknot va tanga koʻrinishidagi naqd pullarning tegishli hujjatlar asosida chiqim qilinishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
madad pullari — banklarning aylanma kassalarini Bosh boshqarmalarning HKKM aylanma kassalaridagi, zarur hollarda zaxira jamgʻarmalaridagi naqd pullar hisobidan taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kassa ramzlari — bank kassalari orqali naqd pullarning kirim manbalari va chiqimi maqsadlari boʻyicha tahlil qilish, shuningdek banklararo naqd pullar harakatini aks ettirishda foydalaniladigan ramzlar toʻplami.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Naqd pul muomalasini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Banklar naqd pul muomalasining holatini muntazam ravishda oʻrganadilar va tahlil qiladilar, shuningdek aholi va xoʻjalik yurituvchi subyektlarning naqd pulga boʻlgan talablari oʻz vaqtida qondirilishini taʼminlaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Banklar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bank kassalarida amalga oshirilgan naqd pullarning kirim va chiqim amaliyotlarini tahlil qilishda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan tasdiqlanadigan kassa ramzlaridan foydalanadilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bank kassalariga kirim qilingan naqd pullarni filiallar, mijozlar va kirim manbalari boʻyicha doimiy ravishda monitoring qilib boradilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
naqd pullar zaxirasini tashkil etadilar va zarur boʻlganda ulardan foydalanadilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijozlarning naqd pulga boʻlgan talablarini amalga oshirish uchun bank kassalarida naqd pullarning yetarli miqdorda boʻlishini taʼminlash choralarini koʻradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar naqd pul tushumlarini bankka topshirish tartibi va muddatini hamda ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar uchun naqd pullarni bank kassasidan olish muddatini, shuningdek oʻz kassasida kun oxirida qolishi mumkin boʻlgan naqd pul qoldigʻiga limitni belgilash boʻyicha har yilning yanvar oyi mobaynida, yangi hisobvaraq ochgan mijozlar keyingi oydan kechikmasdan, mazkur Yoʻriqnomaning 1-ilovasidagi hisob-kitob maʼlumotnomasini ikki nusxada toʻldirgan holda xizmat koʻrsatuvchi bankka taqdim etadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bank tomonidan ushbu hisob-kitob maʼlumotnomasi xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbari bilan birgalikda kelishilgan holda toʻldirilgandan soʻng bank muhri bosilib, ushbu maʼlumotnomaning bir nusxasi xoʻjalik yurituvchi subyektga qaytariladi va ikkinchi nusxasi bankning naqd pul muomalasi boʻlimi (masʼul xodim)da har yil uchun alohida tarzda yigʻib boriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur hisob-kitob maʼlumotnomasining almashinishi xoʻjalik yurituvchi subyekt va bank oʻrtasida elektron shaklda amalga oshirilishi ham mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Banklar naqd pul muomalasining holatini hamda bu holatni tavsiflovchi koʻrsatkichlarni tahlil qilish asosida naqd pullarning bank kassalariga kelib tushishi, aholi va xoʻjalik yurituvchi subyektlarning naqd pulga boʻlgan talablarini oʻz vaqtida qondirishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqishlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlariga kiritishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Bosh boshqarmalar zimmasiga tegishli hududda naqd pul muomalasiga doir ishlarni tashkil etish hamda banklarning bu boradagi faoliyatini monitoring qilgan holda muvofiqlashtirish va tartibga solish vazifasi yuklatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Bosh boshqarmalar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli hududda naqd pul muomalasiga doir ishlarni tashkil etadilar va uning samarali tarzda amalga oshirilishini taʼminlaydilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli hududda naqd pul muomalasining holatini oʻrganadilar, banklarning kassa aylanmalarini, shuningdek naqd pul muomalasining holatini tavsiflovchi koʻrsatkichlarni jamlaydilar va tahlil qiladilar, naqd pul muomalasini tartibga solishga va banklarning faoliyatida aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etishga doir koʻrsatmalar beradilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarur hollarda naqd pullarning bank kassalariga kelib tushishi va naqd puldagi toʻlovlarning belgilangan muddatlarda toʻlanishi boʻyicha asoslangan takliflarni tayyorlab, mahalliy davlat boshqaruvi organlari muhokamasiga kiritadilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli hududdagi aholi va xoʻjalik yurituvchi subyektlarning naqd pulga boʻlgan talabi oʻz vaqtida qondirilishini taʼminlash maqsadida banklar oʻrtasida naqd pullarni qayta taqsimlaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Bank kassalaridagi naqd pul qoldiqlariga limitlar belgilash va ularga rioya etilishini nazorat qilish
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi hududida banklar aylanma kassalariga va naqd pullar zaxirasiga hamda Bosh boshqarmalarning HKKM aylanma kassalariga va naqd pullarning zaxira jamgʻarmalariga naqd pullar qoldiqlari boʻyicha limitlar belgilanishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Banklar aylanma kassalaridagi naqd pullar qoldigʻining maksimal limitlari va naqd pullar zaxirasining minimal limitlari — Bosh boshqarmalar tomonidan banklar bilan birgalikda oʻrnatiladi va zaruriyatga koʻra oʻzgartirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aylanma kassadagi naqd pullar qoldigʻiga maksimal limit — kun oxirida bank aylanma kassasida qolishi mumkin boʻlgan naqd pul qoldigʻi summasiga nisbatan keyingi ish kuni ertalab oʻz faoliyatini belgilangan tartibda davom ettirishlari uchun zarur boʻlgan miqdorda oʻrnatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Naqd pullarning zaxirasi boʻyicha minimal limit mijozlarning naqd pul mablagʻlariga boʻlgan ikki kunlik ehtiyojlari doirasida oʻrnatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosh boshqarmalar va banklar belgilangan naqd pul zaxiralarining eng kam miqdorini ish haqi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar miqdorining oʻzgarishidan kelib chiqqan holda, mutanosib ravishda oʻzgartirib boradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Bosh boshqarmalar HKKM aylanma kassalaridagi naqd pullar qoldigʻiga va naqd pullar zaxira jamgʻarmalariga limitlar — Markaziy bank tomonidan, har bir hududning oʻziga xos xususiyatlari inobatga olingan holda belgilanadi va lozim boʻlgan taqdirda oʻzgartiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Kun oxiriga aylanma kassada qolayotgan naqd pullar qoldiq summasi — bank aylanma kassasi qoldigʻiga oʻrnatilgan limitdan oshmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Banklar aylanma kassalari uchun belgilangan limitdan ortiqcha pullar, naqd pullar zaxirasiga, HKKM aylanma kassasidagi limitdan ortiqcha pullar esa naqd pullar zaxira fondiga shu kuni oʻtkazilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Bank kassalaridagi naqd pul qoldiqlariga limitlar oʻrnatish, ularni oʻzgartirish va unga rioya etilishiga doir barcha yozishma, topshiriq va koʻrsatmalar faqat “Xizmat doirasida foydalanish uchun” ustxati qoʻyilgan holda va ushbu hujjatlar bilan ishlash qoidalariga rioya qilgan holda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Bank kassalaridagi naqd pullar qoldiqlariga belgilangan limitlarga rioya etilishi Markaziy bankning Naqd pul muomalasini tashkil etish departamenti va Bosh boshqarmalar tomonidan balans maʼlumotlari asosida monitoring qilib boriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Bank kassalaridagi naqd pul qoldiqlariga oʻrnatilgan limitlarga doir maʼlumotlarni toʻplash, umumlashtirish va ulardan foydalanishda Oʻzbekiston Respublikasining “Bank siri toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga qatʼiy amal qilinishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Xoʻjalik yurituvchi subyekt kassasidagi naqd pullar qoldigʻiga limit oʻrnatish va naqd pul tushumlarini bank kassalariga topshirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻz kassalarida kassadagi naqd pul qoldiqlari limiti doirasida naqd pullarga ega boʻlishlari mumkin. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar kassasidagi naqd pullar qoldigʻiga limit oʻrnatish tartibi faqat banklarda oʻzining alohida depozit hisobvaragʻiga, shuningdek kassasiga ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga taalluqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar kassasidagi naqd pullar qoldigʻiga limit har yili mijozning bankka taqdim etgan mazkur Yoʻriqnomaning 1-ilovasidagi hisob-kitob maʼlumotnomasiga asosan banklar tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlar bilan kelishilgan holda, naqd pul aylanmasi va ularning ishlash sharoitini hisobga olgan holda oʻrnatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar kassasidagi naqd pullar qoldigʻiga limitlar quyidagi tartibda belgilanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
doimiy naqd pul tushumiga ega va tushum pullarini har ish kuni oxirida bankka topshirishi lozim boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar uchun — keyingi ish kuni ertalab oʻz faoliyatini belgilangan tartibda davom ettirishlari uchun zarur boʻlgan miqdorda (inkassatsiya xizmatining kechki tashrifidan soʻng kassaga kirim qilingan naqd pullar oʻrnatilgan limitga kiritilmaydi);
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
naqd pul tushumlarini keyingi ish kunida bankka topshirishi lozim boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar uchun — oʻrtacha bir kunlik naqd pul tushumidan ortiq boʻlmagan miqdorda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
naqd pul tushumlarini bir necha kunda bir marta topshirish huquqiga ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar uchun — bir kunlik oʻrtacha tushum summasi va uni bankka topshirishi boʻyicha belgilangan muddatni inobatga olgan holda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
doimiy naqd pul tushumiga ega boʻlmagan xoʻjalik yurituvchi subyektlar uchun — oʻrtacha kunlik naqd pul xarajatlari doirasida (ish haqi, vaqtinchalik ishga layoqatsizlik boʻyicha nafaqa, mukofot puli, stipendiya va boshqa ijtimoiy toʻlovlar uchun xarajatlardan tashqari).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini tayyorlovchi va qayta ishlovchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar kassalaridagi naqd pullar qoldigʻiga oʻrnatilgan limitga aholidan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini xarid qilish maqsadida bankdan olingan naqd pullar kiritilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Mustaqil balansga va bankda alohida depozit hisobvaragʻiga ega boʻlmagan boʻlinmalarni oʻz ichiga oluvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar kassasi qoldigʻiga limit oʻrnatishda ushbu tarkibiy boʻlinmalar kassasidagi qoldiqlar ham inobatga olinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunday xoʻjalik yurituvchi subyektlarga oʻrnatilgan kassa qoldigʻi limiti uning tarkibiy boʻlinmalariga ushbu xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbarining buyrugʻiga asosan yetkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Xoʻjalik yurituvchi subyekt joylashgan hududdan tashqarida faoliyat yurituvchi alohida balansga va depozit hisobvaragʻiga ega boʻlgan vakolatxonalari, filiallari va boshqa alohida boʻlinmalari kassalaridagi naqd pullar qoldiqlariga limit ushbu tarkibiy boʻlinmalarning tegishli depozit hisobvaraqlariga xizmat koʻrsatuvchi banklar tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik yurituvchi subyektni banklarda bir nechta depozit hisobvaraqlari mavjud boʻlgan taqdirda, uning kassasidagi naqd pullar qoldigʻiga limit xoʻjalik yurituvchi subyektning asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻiga xizmat koʻrsatuvchi bank tomonidan oʻrnatiladi. Shundan soʻng, xoʻjalik yurituvchi subyekt kassasidagi naqd pullar qoldigʻiga limit belgilanganligi toʻgʻrisidagi xabarnomani uning boshqa depozit hisobvaraqlari ochilgan banklarga joʻnatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Mazkur Yoʻriqnomaning 1-ilovasidagi hisob-kitob maʼlumotnomasini bankka taqdim etmagan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning kassa qoldigʻi limiti “nolga teng” va bankka topshirilmagan naqd pullari “limitdan ortiqcha naqd pullar” deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Zarur hollarda xoʻjalik yurituvchi subyekt kassasidagi naqd pullar qoldigʻiga oʻrnatilgan limit summasi yil davomida qayta koʻrib chiqilishi mumkin. Kassa aylanmalari summasi katta boʻlmagan, savdo faoliyati bilan shugʻullanuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlari kassasida kun oxirida qoladigan naqd pullar limiti bunday xoʻjalik yurituvchi subyektlar rahbarlarining roziligi bilan bank tomonidan 2 yilga tasdiqlanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻz kassalarida naqd pullarni belgilangan limitlardan ortiqcha miqdorda faqat oʻz xodimlariga ish haqi va unga tenglashtirilgan (nafaqa, pensiya, stipendiya va boshqa ijtimoiy) toʻlovlarni toʻlash uchun bankdan olingan kunni qoʻshib hisoblagan holda, 3 ish kunidan ortiq boʻlmagan muddat mobaynida saqlash huquqiga ega. Ushbu muddat tugagach, bankdan olingan va belgilangan maqsad uchun ishlatilmagan naqd pullar bank kassalariga qaytarilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarga kutilayotgan kelgusi xarajatlar uchun belgilangan limitdan ortiq naqd pullarni oʻz kassalarida yigʻib, toʻplab turishga ruxsat etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Kun oxirida xoʻjalik yurituvchi subyektlar kassalaridagi naqd pullar qoldigʻi xizmat koʻrsatuvchi bank tomonidan oʻrnatilgan limitdan oshmasligi lozim. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar kassasidagi naqd pullar qoldigʻining limitdan ortiqcha qismi, banklardagi oʻz depozit hisobvaragʻiga kirim qilish uchun topshirilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar naqd pul tushumlarini banklardagi depozit hisobvaraqlariga kirim qilish uchun:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bankning aylanma kassasiga, mini bank kassasiga va maxsus kassasiga qonunchilikda belgilangan tartibda;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bankka topshirish uchun inkassatorlarga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
keyinchalik inkassatorlar orqali bankka topshirish uchun xoʻjalik yurituvchi subyektlar huzuridagi birlashgan kassalarga topshirishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Naqd pul tushumlarini topshirish muddatlari va tartiblari banklar tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbari bilan kelishilgan holda mazkur Yoʻriqnomaning 1-ilovasidagi mijozning hisob-kitob maʼlumotnomasi asosida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Banklar xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan naqd pul tushumlarining oʻz vaqtida topshirilishini doimiy ravishda monitoring qilib boradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Naqd pul tushumlarini inkassatsiya xizmati orqali topshiradigan xoʻjalik yurituvchi subyektlar boʻyicha har kuni inkassatsiya boʻlimi bankning naqd pul muomalasi boʻlimi (masʼul xodim)ga naqd pul tushumlarini topshirmagan xoʻjalik yurituvchi subyektlar toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Bankning naqd pul muomalasi boʻlimi (masʼul xodim) naqd pul tushumiga ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan naqd pul tushumlarini inkassatsiya xizmatiga yoki topshirishning boshqa usullari orqali bank kassasiga topshirmaganligining sababini oʻrganib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Bank kassalaridan mijozlarga naqd pul berilishini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Aholiga va barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlarga bank kassalaridan naqd pullarni berish, ularning bankdagi depozit hisobvaraqlaridagi mablagʻlari doirasida, kassa hujjatlarida koʻrsatilgan maqsadlar uchun amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilikda belgilangan hollarda aholiga va xoʻjalik yurituvchi subyektlarga ularning bankdagi ssuda hisobvaraqlaridan naqd pullar berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Banklar aholiga va xoʻjalik yurituvchi subyektlarga naqd pullarni ularning birinchi talabi boʻyicha uzluksiz tarzda chiqim qilib berilishini taʼminlaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, bank kassalaridan mijozlarga naqd pullarni chiqim qilish ustuvor ravishda ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, pensiya, nafaqa, stipendiya, xizmat safari xarajatlari uchun, shuningdek aholi omonatlarini qaytarish va unga hisoblangan foizlarni toʻlash uchun amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarga, shu jumladan budjet tashkilotlariga ish haqi va unga tenglashtirilgan, boshqa ijtimoiy toʻlovlar, stipendiyalar uchun naqd pullarni, ularning jamoa shartnomalari yoki boshqa lokal meʼyoriy hujjatlariga asosan hamda xizmat koʻrsatuvchi bank bilan kelishilgan muddatlarda, bank kassalaridan olgan holda toʻlaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarga ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar uchun bank kassalaridan naqd pullarni berish muddatlarini kelishish vaqtida banklar tomonidan oydagi barcha kunlarga naqd pullarni oluvchi mijozlarni (ular bank kassasidan oladigan naqd pullar summalarini) imkon qadar bir tekisda taqsimlash zarurligi hisobga olinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Banklar naqd pullar zaxirasini tartibga solish hamda mijozlarning naqd pulga boʻlgan talablari oʻz vaqtida va toʻliq qondirilishiga erishish uchun har oyda mazkur Yoʻriqnomaning 2-ilovasiga muvofiq “Ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarga bank kassalaridan naqd pullarni berish kalendari”ni tuzadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kalendarda xoʻjalik yurituvchi subyektlarga naqd pullarni berishning kelishilgan muddatlari va beriladigan naqd pullarning aniq miqdori oyma-oy qoʻyib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, oydagi barcha kunlar, shu jumladan ish kunidan tashqari kunlar (dam olish va bayram kunlari) boʻyicha ham ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar imkon qadar teng taqsimlab chiqilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarga bank kassalaridan naqd pullarni berish kalendari”ga bank kassasidan ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar uchun beriladigan naqd pullarning barcha summasi kiritiladi. Kalendarga xoʻjalik yurituvchi subyektlar xodimlariga pochta aloqa korxonalari orqali, shuningdek banklardagi jismoniy shaxslarning omonat yoki bank plastik karta hisobvaraqlariga pul mablagʻlarini naqd pulsiz hisob-kitoblar orqali oʻtkaziladigan toʻlovlarning summalari kiritilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarga ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni toʻlash uchun naqd pullar bank kassasiga naqd pul tushumi holatidan kelib chiqib kalendarda belgilangan muddatdan oldin berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Bosh boshqarmalarning HKKM qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan mijozlariga naqd pullar ular bilan kelishilgan muddatda hamda tegishli toʻlov hujjati asosida beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, ijtimoiy toʻlovlar, stipendiyalarni toʻlash muddatlari dam olish yoki bayram kunlariga toʻgʻri kelib qolganida ushbu toʻlovlarni toʻlash uchun banklar tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga bir kun oldin naqd pullar beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik yurituvchi subyekt oʻz xodimlari bilan mehnat shartnomasini bekor qilayotganida yoki ularning xodimlari mehnat taʼtiliga chiqayotganida, shtatdan (roʻyxatdan) tashqari xodimlar bilan hisob-kitoblar amalga oshirilayotganida, shuningdek xizmat safari uchun xarajatlar banklar tomonidan ushbu xoʻjalik yurituvchi subyektlarga naqd pullar kalendarda belgilab qoʻyilgan muddatlardan qatʼi nazar beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Bosh boshqarmalar tegishli hududda ish haqi, pensiya, stipendiya, nafaqa va boshqa ijtimoiy toʻlovlar toʻlanishi ahvolini doimiy ravishda tahlil qilib, banklar tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning depozit hisobvaraqlaridagi ish haqi, pensiya, stipendiya, nafaqa va boshqa ijtimoiy toʻlovlar uchun zarur boʻlgan mablagʻlar doirasida oʻz vaqtida naqd pul bilan taʼminlanishini monitoring qilib boradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Amalga oshirilgan monitoring natijasida banklar tomonidan ish haqi va ijtimoiy toʻlovlarni naqd pullar bilan taʼminlashda kechikish yoki uzilishlar mavjudligi aniqlansa, Bosh boshqarmalar belgilangan tartibda tegishli hududdagi banklar bilan birgalikda naqd pullarni qayta taqsimlash, shuningdek Bosh boshqarmalardan banklarga madad pullarini ajratish choralarini koʻradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Bosh boshqarmalar tomonidan banklarni naqd pullar bilan taʼminlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Banklar tomonidan naqd pullarni mijozlarga berish, birinchi navbatda banklarning aylanma kassasidagi naqd pullar, shuningdek naqd pullar zaxirasi hisobidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Banklar mijozlarining naqd pullarga boʻlgan talablarini oʻz kassalarida mavjud boʻlgan va barcha manbalardan tushishi kutilayotgan tushumlari hisobidan qondirish choralarini koʻrishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Banklar mijozlarining naqd pullarga boʻlgan talabini qondirish uchun har kuni naqd pullar aylanmasini, jumladan kassadagi naqd pullar, shuningdek naqd pullar zaxirasining kun davomida tushishi kutilayotgan naqd pul tushumlari naqd puldagi xarajatlarni amalga oshirish uchun yetarliligini tahlil qilib boradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Agarda, bank kassasidagi naqd pullar qoldigʻi va oʻzining kunlik naqd pul tushumlari kun davomida amalga oshirilishi lozim boʻlgan naqd puldagi chiqimlarni qoplashga yetarli emasligi aniqlansa, u holda bank oʻz aylanma kassasiga madad pullarini olish uchun oldindan Bosh boshqarmalarga mazkur Yoʻriqnomaning 3-ilovasiga muvofiq buyurtma beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Bosh boshqarmalar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli hududdagi banklardan madad puli olish boʻyicha kelib tushgan buyurtmalarni oʻrganib, tahlil qilib chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bank aylanma kassasiga talab qilinayotgan madad pullari summasi va aylanma kassalarni naqd pullar bilan taʼminlashga ruxsat berishni hisobga olish uchun 4-ilovada keltirilgan qaydnomadan foydalaniladi (ushbu qaydnoma asosida banklarga madad pullarini yetkazish uchun tegishli farmoyish tayyorlanadi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli hududdagi banklar oʻrtasida naqd pullarni qayta taqsimlash yoki Bosh boshqarmalar HKKM aylanma kassasidagi naqd pullar hisobidan tijorat banklarining naqd pulga boʻlgan talablarini qondirish boʻyicha tezkor choralarni koʻradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Banklar aylanma kassalarini naqd pullar bilan taʼminlash banklarning vakillik hisobvaragʻidagi mablagʻlar doirasida, zarur hollarda Bosh boshqarmalarning HKKM zaxira jamgʻarmalaridagi naqd pullardan foydalangan holda, cheklanmagan miqdorda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Bosh boshqarmalar oʻzining HKKMdagi aylanma kassasini zarur hollarda Markaziy bankning zaxira jamgʻarmasidagi naqd pullar bilan toʻldirishga ruxsat soʻrab, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga maxsus dastur orqali telegramma bilan buyurtma beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur telegramma Bosh boshqarma boshligʻi tomonidan imzolanib, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining Naqd pul muomalasini tashkil etish departamentiga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosh boshqarmalarning HKKM aylanma kassasini Markaziy bankning zaxira jamgʻarmasidagi naqd pullar bilan taʼminlashga ruxsat berilishini soʻrab joʻnatilgan telegrammada quyidagilar koʻrsatiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dastlabki uchta belgi Bosh boshqarmaning aylanma kassasiga naqd pul berish haqida oxirgi marta olingan ruxsatnoma raqamining oxirgi uchta raqamiga, oxirgi ikkita raqami esa telegrammaning tartib raqamiga muvofiq beshta belgidan iborat nazorat raqami (telegrammalarga har yili yangilanadigan tartib raqamlari qoʻyiladi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aylanma kassani zaxira jamgʻarmasidagi naqd pullar bilan taʼminlashga ruxsat soʻrab berilgan buyurtma (kodli soʻz bilan);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aylanma kassani taʼminlash uchun zarur boʻlgan naqd pul summasi (kodli soʻz bilan).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Bosh boshqarmalarning HKKM aylanma kassasini naqd pullar bilan taʼminlashga ruxsat soʻrash tegishli hududdagi tijorat banklaridan kelib tushgan buyurtmalar ham hisobga olingan holda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Bosh boshqarmalarning HKKM aylanma kassasini Markaziy bankning zaxira jamgʻarmasidagi naqd pul bilan taʼminlash boʻyicha ruxsatnoma buyruq asosida Markaziy bankning zaxira jamgʻarmalarini tasarruf etish vakolati berilgan Markaziy bank Raisining oʻrinbosari tomonidan imzolanadi va maxsus dastur orqali yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Bosh boshqarmalarning HKKM aylanma kassasidan banklarning aylanma kassalariga madad pullarini yetkazib berish, Bosh boshqarmalar farmoyishiga asosan, inkassatsiya xizmati tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Naqd pul muomalasini tashkil etish departamenti Bosh boshqarmalarning HKKM aylanma kassasini madad pullari bilan taʼminlash boʻyicha olingan buyurtmalar va berilgan ruxsatnomalar hisob-kitoblarini yuritadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosh boshqarmalarning HKKM aylanma kassasini naqd pullar bilan taʼminlash uchun soʻralayotgan buyurtmalar va berilayotgan ruxsatnomalar hisobini yuritish uchun mazkur Yoʻriqnomaning 5-ilovasiga muvofiq qaydnomadan foydalaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bob. Bosh boshqarmalar tomonidan tegishli hududdagi banklar oʻrtasida naqd pullarni qayta taqsimlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Tegishli hududdagi banklarning naqd pulga boʻlgan talablarini oʻz vaqtida qondirish maqsadida naqd pullarning banklar oʻrtasida qayta taqsimlanishi Bosh boshqarmalar tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. Banklar, aylanma kassasidagi va naqd pullar zaxirasidagi qoldiqlari, shuningdek kunlik naqd pul tushumlari kun davomida amalga oshirilishi lozim boʻlgan naqd puldagi chiqimlarni qoplashdan ortib qolgan hollarda, naqd pullarni 10198 — “Markaziy bankka topshiriladigan naqd pullar zaxirasi” hisobvaragʻiga kirim qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49. Banklarning 10198 — “Markaziy bankka topshiriladigan naqd pullar zaxirasi” hisobvaragʻidagi qoldiqlardan kelib chiqqan holda Bosh boshqarmalarning tegishli farmoyishlariga asosan ehtiyojidan ortiqcha naqd pullar HKKMga yoki naqd pul soʻrab buyurtma bergan banklarga joʻnatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50. Banklardan naqd pullarni Bosh boshqarmalarning HKKM aylanma kassasiga olib kelish yoki qayta taqsimlash hisobiga boshqa banklarga yetkazib berish Bosh boshqarmalar farmoyishiga asosan, inkassatsiya xizmati tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-bob. Yakuniy qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
51. Mazkur Yoʻriqnoma talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida banklar tomonidan naqd pul muomalasiga doir ishlarni tashkil etish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Hisob-kitob maʼlumotnomasi

20 ___yil uchun

Xoʻjalik yurituvchi subyekt nomi

Bank nomi

ming soʻm

Koʻrsatkich nomi

Xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan loyihalashtirildi

Bank tomonidan oʻrnatildi*

20__ yil
amalda

20 __yil
uchun loyiha

I. Kassa qoldigʻiga limit oʻrnatish tartibi

1.Oʻtgan yili bank kassasiga topshirilgan naqd pullar summasi

Shu jumladan:

1.1. Oʻrtacha bir oyda topshirilgan summa (2./12 oyga)

1.2. Oʻrtacha bir kunda topshirilgan summa (2.1./ish kunlariga)

2. Oʻtgan yil davomida xoʻjalik yurituvchi subyekt kassasidan qilingan xarajatlar summasi

Shu jumladan:

2.1. Oʻrtacha bir oylik xarajatlar summasi (3/12 oyga)

2.2. Oʻrtacha bir kunlik xarajatlar summasi (3.1./ish kunlariga)

3. Xoʻjalik yurituvchi subyekt kassasidagi naqd pullar qoldiq limiti

II. Naqd pullarni topshirish tartibi va muddatlari

1. Naqd puldagi tushumlarni topshirish tartibi

2. Naqd puldagi tushumlarni topshirish muddatlari

III. Naqd pulda toʻlanadigan ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar

1. Naqd pulda toʻlanadigan ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni amalga oshirish sanasi

Shu jumladan:

1.1. Avans

1.2. Oylik

1.3. Boshqalar

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
*banklar tomonidan faqat kassaga naqd pullar qoldigʻi limiti, naqd pul tushumini topshirish tartibi, muddati va naqd pulda ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni amalga oshirish sanasi qatori toʻldiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element


Xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbari


(imzo)


F.I.O.

Bosh (katta) buxgalter yoki uning

majburiyatlarini bajaruvchi shaxs


(imzo)

F.I.O.

Bank rahbari

(imzo)

F.I.O.

Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida banklar tomonidan naqd pul muomalasiga doir ishlarni tashkil etish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarga bank kassalaridan naqd pullarni berish kalendari

20____ yilning ________ oyi uchun

________________________________________________________

Bankning nomi

ming soʻm.

Talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻi raqami

Xoʻjalik yurituvchi subyektning nomi

Jami oyda

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

15

16

h.k

30



Jami


Bank rahbari


(imzo)


F.I.O.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida banklar tomonidan naqd pul muomalasiga doir ishlarni tashkil etish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Aylanma kassani naqd pullar bilan taʼminlash uchun
BUYURTMA

Bank nomi va raqami (MFO)

Naqd pul

olish

sanasi

Zarur boʻlgan

naqd pul

summasi

(mln.soʻmda)

1

2

3



Bank rahbari



(imzo)



F.I.O.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida banklar tomonidan naqd pul muomalasiga doir ishlarni tashkil etish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

‎‎Bank aylanma kassasini
‎ichki hududiy muvofiqlashtirish
‎tartibida taʼminlashga
‎ruxsat berilsin
___________________________‎(mln.soʻm)

‎Bank aylanma kassasini madad pullari hisobiga
‎taʼminlash
‎___________________________‎(mln.soʻm)

‎Markaziy bankning
‎__________________________viloyati
‎(respublikasi, shahri) boʻyicha Bosh
‎boshqarmasi boshligʻi
_________________ ‎(imzo)‎‎
‎‎

‎‎________________ viloyati (respublikasi, shahri) boʻyicha
‎bank aylanma kassalarini naqd pul bilan taʼminlash
‎QAYDNOMASI
‎20__ yil “___” ___________ uchun

‎‎(mln. soʻm)

N
‎t/r

Banklar nomi

Naqd pul soʻrab berilgan buyurtmaning sanasi

Soʻralayotgan naqd pul summasi

Naqd pul olishga
‎ruxsat berildi

Hisob-kitob kassa markazining aylanma kassalaridagi naqd pullar hisobidan‎‎

Markaziy bankning ruxsatiga koʻra

Summa‎‎

Summa‎‎

1‎

‎‎2

‎‎3

‎‎4

5

‎‎6

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎Naqd pul muomalasini
‎tashkil etish Boshqarmasi Boshligʻi

‎‎‎(imzo)


‎‎‎F.I.O.

Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida banklar tomonidan naqd pul muomalasiga doir ishlarni tashkil etish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
5-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Ruxsat berilgan madad pulining umumiy summasi
‎_______________________________ (mln. soʻm)
‎Markaziy bank Raisi oʻrinbosari
‎______________________________ imzo
‎‎

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining Qoraqalpogʻiston Respublikasi,
‎viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha Bosh boshqarmalari Hisob-kitob kassa
‎markazi aylanma kassasini naqd pul bilan taʼminlash
‎QAYDNOMASI
‎20 ____ yil “____”___________uchun

‎‎(mln. soʻm)

N
‎t/r

Bosh
‎Boshqarma
‎nomi

Naqd pul soʻrab berilgan telegrammalar sanasi

Soʻralayotgan naqd pul summasi

‎‎Bosh boshqarma tomonidan joʻnatilgan telegrammalar- ning raqami

‎‎Naqd pul olishga
‎ruxsat berildi

‎‎kalit

‎‎summasi

‎‎Ruxsatnoma raqami

1‎

2‎‎

3‎‎

4‎‎

5‎‎

6‎‎‎

7‎‎‎

‎‎8

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎‎ ‎‎‎ ‎‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎‎ ‎‎‎ ‎‎

‎‎Naqd pul muomalasini tashkil etish departamenti direktori


‎‎‎(imzo)


‎‎‎F.I.O.

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.05.2018-y., 10/18/3003/1140-son, 28.12.2018-y., 10/18/3003-1/2391-son, 17.04.2019-y., 10/19/3003-2/2955-son; 15.06.2020-y., 10/20/3003-3/0762-son; 15.06.2020-y., 10/20/3003-3/0762-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 28.04.2023-y., 10/23/3003-4/0227-son; 05.08.2026-y., 10/26/3916/0819-son)