27.04.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2696-2
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining qarori, 27.04.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2696-2
Date of entry into force
31.05.2018
Hujjat 31.05.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori

Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash uchun zaxiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 27-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2696-2]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi va “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 13-iyundagi 14/5-son qarori (roʻyxat raqami 2696, 2015-yil 14-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 28-son, 374-modda) bilan tasdiqlangan Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash uchun zaxiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran bir oydan keyin kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 31-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12/20-son

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 31-martdagi 12/20-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash uchun zaxiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aktivlar — kredit, mikroqarz, overdraft, lizing, faktoring, qimmatli qogʻozlar, investitsiyalar, boshqa banklardagi mablagʻlar, hisoblangan foizsiz daromadlar, bankning boshqa xususiy mulklari, boʻlib-boʻlib toʻlash shaklida sotilgan mulklar, balansdan tashqari moddalar (chaqirib olinmaydigan kredit majburiyatlari, foydalanilmagan kredit liniyalari, akkreditivlar, kafolatlar) hamda hisoblangan foizlardan tashqari boshqa barcha talablar;”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼminlanmagan aktivlar — taʼminoti belgilangan tartibda rasmiylashtirilmagan aktivlar;”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishonchli (eʼtimodli) aktivlar — bank hisobvaragʻida muntazam pul oqimi mavjud boʻlgan, yaxshi obroʻ va kredit tarixiga ega qarz oluvchilarga taʼminotsiz ajratilgan aktivlar.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagi mazmundagi 11-band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“11. Aktivlar sifatini tasniflash va ularni bank balansida aks ettirish bank va qarzdor oʻrtasida tuzilgan shartnoma shartlarini oʻzgartirmaydi, shu jumladan shartnoma shartlariga muvofiq bank tomonidan asosiy qarz va unga hisoblangan foizlarni, shuningdek shartnoma shartlarini bajarmaganligi uchun jarima va penyalarni toʻliq miqdorda qarzdordan undirish huquqini bekor qilmaydi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. 9 va 10-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“9. Qarzlarning oʻz muddatida toʻlanishiga shubha tugʻdirmaydigan aktivlar sifati “standart” deb tasniflanadi. Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarz oluvchi yuridik yoki tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxs moliyaviy jihatdan barqaror hisoblangan, yetarli miqdorda kapitalga, yuqori daromadlilik darajasiga hamda barcha mavjud majburiyatlarni, jumladan mazkur qarzni qondirish uchun yetarli pul mablagʻlari oqimiga, shuningdek amalga oshirilishi mumkin boʻlgan strategik rejaga, bozorda raqobatdoshlik qobiliyatiga, yaxshi mahsulotni ishlab chiqarishga va oʻz mahsuloti boʻyicha marketing rejasiga ega boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchi) jismoniy shaxs barqaror daromad manbaiga ega hamda daromadlari bankdan olingan kredit va foizlarni toʻlashga yetarli, yaxshi kredit tarixiga ega, yaʼni oldin olgan barcha kreditlari boʻyicha toʻlovlarni va boshqa majburiyatlarni oʻz vaqtida bajargan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taʼminot “yaxshi taʼminlangan” kredit mezonlariga mos kelishi lozim. Jumladan, taʼminot turlari notarial jihatdan tasdiqlangan boʻlishi (agar qonun hujjatlarida notarial tasdiqlanishi nazarda tutilgan boʻlsa), zarur hollarda, tegishli mulk bitimini roʻyxatdan oʻtkazish uchun belgilangan tartibda roʻyxatga olinishi, shu jumladan tijorat bankining garov mol-mulkiga doir huquqlari toʻgʻrisidagi yozuv garov reyestrida aks ettirilishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tijorat banki kredit qaytarilmagan holda cheklovlarsiz va erkin ravishda uni taʼminot hisobidan undirib olishga haqli. Taʼminotga doir taqdim etilayotgan barcha hujjatlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilishi lozim. Bundan ishonchli (eʼtimodli) aktivlar mustasno boʻlib, ularning asosiy qarzi va foizlari boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorliklari mavjud boʻlmasa, bunday aktivlar sifati “standart” deb tasniflanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Sifati “standart” deb tasniflangan aktivlar qaytarilishida muammolar kuzatilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdor tomonidan oxirgi 180 kunda aktivlarning asosiy qarzi va (yoki) foizlari boʻyicha muddati 30 kungacha kechiktirilgan yagona holat mavjud boʻlsa, ushbu aktivlar sifati “standart” deb tasniflanadi, ishonchli (eʼtimodli) aktivlar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda shartlari qayta koʻrilgan aktivlar sifati “standart” deb tasniflanishi mumkin emas.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. 11-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Standart aktivlarga yaratiladigan zaxiralar tijorat banklari tomonidan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar toʻlangandan soʻng qolgan sof foyda hisobidan mazkur Nizom kuchga kirgan kundan keyin ajratilib, hisobot sanasiga sifati “standart” deb tasniflangan aktivlar qoldigʻidan kelib chiqqan holda bank foydasini taqsimlash boʻyicha aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi qaroriga muvofiq tashkil qilinadi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. 12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“12. Qarzdorning moliyaviy holati barqaror hisoblangan, lekin ayrim salbiy holatlar yoki tendensiyalar mavjud boʻlib, agar ular bartaraf etilmasa, moliyalashtirilgan loyihaning amalga oshishiga yoki qarzdorning aktivni oʻz vaqtida toʻlash qobiliyatiga nisbatan shubha paydo boʻlishi mumkin boʻlgan aktivlar sifati “substandart” deb tasniflanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyida keltirilgan omillardan hech boʻlmaganda bittasi mavjud boʻlsa, aktivlarning sifati “substandart” deb tasniflanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moliyaviy holati yoki taʼminotni nazorat qilish borasida shubhalar boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kredit hujjatlarida yetarlicha axborot yoki taʼminot boʻyicha hujjatlari boʻlmasa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdorning 2-son kartotekasi mavjud boʻlib, undagi toʻlov hujjatlarining muddati 30 kundan oshmagan boʻlsa (faoliyati mavsumiy xususiyatga ega qarzdorlar bundan mustasno);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oxirgi 180 kun ichida aktivlarning asosiy qarzi va (yoki) foizlari boʻyicha muddati 30 kungacha kechiktirilgan bir nechta holatlar mavjud boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishonchli (eʼtimodli) aktivlarning asosiy qarzi va foizlari boʻyicha 30 kundan oshmagan muddati oʻtgan qarzdorlik mavjud boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼminlangan aktivlar boʻyicha asosiy qarz va foizlar boʻyicha 30 kundan ortiq, lekin 90 kundan oshmagan muddati oʻtgan qarzdorlik mavjud boʻlsa.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. 14-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“14. Quyida keltirilgan omillardan hech boʻlmaganda bittasi mavjud boʻlsa, aktivlarning sifati “qoniqarsiz” deb tasniflanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
asosiy toʻlov manbalari qarz toʻlash uchun yetarli boʻlmasa, taʼminotga qoʻyilgan mulkni va qarz oluvchining boshqa asosiy vositalarini sotish, toʻlanishi lozim boʻlgan qarzlarni uzaytirishlarni hisobga olgan holda qoʻshimcha toʻlov manbalarini topish talab etiladigan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarz oluvchining joriy moliyaviy holati yoki uning pul mablagʻlarining moʻljallanayotgan oqimi majburiyatlarni qoplash uchun yetarli boʻlmasa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarz oluvchining kapitali yetarli darajada boʻlmasa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdorning 2-son kartotekasida 31 kundan ortiq, lekin 90 kundan oshmagan muddatga kechiktirilgan toʻlov hujjatlari mavjud boʻlsa (faoliyati mavsumiy xususiyatga ega qarzdorlar bundan mustasno);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu sohaga nisbatan tendensiya va istiqbollar barqaror boʻlmasa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼminot qiymati asosiy qarz summasidan oshmagan, hech boʻlmaganda asosiy qarzning toʻlanmagan summasiga teng boʻlsa (ishonchli (eʼtimodli) aktivlar bundan mustasno);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishonchli (eʼtimodli) aktivlar boʻyicha asosiy qarz va foizlar boʻyicha 31 kundan ortiq, lekin 90 kundan oshmagan muddati oʻtgan qarzdorlik mavjud boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼminlangan aktivlar boʻyicha asosiy qarz va foizlar boʻyicha 91 kundan ortiq, lekin 120 kundan oshmagan muddati oʻtgan qarzdorlik mavjud boʻlsa.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“qarzdorning 2-son kartotekasida 91 kundan ortiq, lekin 180 kundan oshmagan muddatga kechiktirilgan toʻlov hujjatlari mavjud boʻlsa (faoliyati mavsumiy xususiyatga ega qarzdorlar bundan mustasno);”
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“ishonchli (eʼtimodli) aktivlar boʻyicha asosiy qarz va foizlar boʻyicha 91 kundan ortiq lekin, 180 kundan oshmagan muddati oʻtgan qarzdorlik mavjud boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼminlangan aktivlar boʻyicha asosiy qarz va foizlar boʻyicha 121 kundan ortiq lekin, 180 kundan oshmagan muddati oʻtgan qarzdorlik mavjud boʻlsa.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. 20-bandning toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“qarzdorning 2-son kartotekasida muddati 180 kunga kechiktirilgan toʻlov hujjatlari mavjud boʻlsa;”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Quyidagi mazmundagi 211 — 213-bandlar bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“211. Agar ikki yildan ortiq muddatga ajratilgan aktivlar boʻyicha asosiy qarz va unga hisoblangan foizlarni qaytarish grafikka asosan oxirgi olti oyga belgilangan boʻlsa yoki shartnomada aktivlarni qaytarish grafigi boʻlmasa, bunday aktivlar sifatining tasnifi bir toifaga pasaytirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
212. Respublika hududidagi banklarga joylashtirilgan aktivlar (vakillik hisobvaraqlari, banklararo depozitlar va kreditlar) sifati quyidagicha tasniflanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
asosiy qarz va (yoki) foizlarni qaytarish muddati 10 kungacha kechiktirilganda — “qoniqarsiz”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
asosiy qarz va (yoki) foizlarni qaytarish muddati 11 kundan 30 kungacha kechiktirilganda — “shubhali”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
asosiy qarz va (yoki) foizlarni qaytarish muddati 31 kundan kechiktirilganda, shuningdek aktiv joylashtirilgan bankning litsenziyasi chaqirib olingan yoki boshqa tartibda uni tugatish ishlari boshlanganda — “umidsiz”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda aktiv joylashtirilgan banklarning moliyaviy koʻrsatkichlari hamda Markaziy bank tomonidan oʻrnatilgan normativlarning bajarilishi muntazam oʻrganib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
213. Respublika hududidan tashqaridagi banklarga joylashtirilgan aktivlar (vakillik hisobvaraqlari, banklararo depozitlar va kreditlar) sifati quyidagicha tasniflanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aktivlar joylashtirilgan bank “Standard & Poor`s”, “Fitch Ratings” va “Moody`s Investors Service” reyting kompaniyalarining investitsion reyting baholariga yoki Markaziy bank tomonidan tan olinadigan boshqa reyting kompaniyalarining ushbu baholarga teng boʻlgan reyting baholariga ega boʻlganda — “standart”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aktivlar joylashtirilgan bank “Standard & Poor`s”, “Fitch Ratings” va “Moody`s Investors Service” reyting kompaniyalarining investitsion reyting baholaridan yoki Markaziy bank tomonidan tan olinadigan boshqa reyting kompaniyalarining ushbu baholardan past reyting bahosiga ega boʻlganda, shuningdek ushbu banklarning reyting baholari investitsion reyting baholaridan pasaytirilganda — “substandart”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aktivlarning asosiy qarz va (yoki) foizlari boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorliklar mavjud boʻlganda — “umidsiz”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda aktiv joylashtirilgan banklarning moliyaviy koʻrsatkichlari hamda reyting baholari muntazam oʻrganib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aktivlar joylashtirilgan bank ikki yoki undan koʻp reyting kompaniyalarining baholariga ega boʻlganda, hisob-kitoblarda eng past reyting bahosi hisobga olinadi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. 26-bandda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi oltinchi va yettinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“tavakkalchilik darajasi past boʻlgan mamlakatlar hukumatlari va Markaziy banklari tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlar garovi, shuningdek bu mamlakatlar hukumatlarining kafolati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalqaro valyuta fondi va Jahon banki guruhi (Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro moliya koorporatsiyasi, Xalqaro investitsiyalarni kafolatlash agentligi, Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi) hamda Osiyo taraqqiyot banki, Osiyo infrastruktura investitsiya banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Yevropa investitsiya banki, Yevropa investitsiya jamgʻarmasi, Islom taraqqiyot banki hamda Yevropa Kengashining taraqqiyot banklari kafolati;”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oltinchi xatboshi sakkizinchi xatboshi deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sakkizinchi xatboshidagi “garov” degan soʻz “zakalat” degan soʻz bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Quyidagi mazmundagi 301 — 303-bandlar bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“301. Shartnomada belgilangan oxirgi muddati oʻzgartirilmagan holda, asosiy qarz va (yoki) foizlar boʻyicha oraliq toʻlovlarning muddatlari bir marta qayta koʻrib chiqilgan aktivlarning sifati “qoniqarsiz” deb tasniflanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur aktivlarning muddati qayta koʻrib chiqilgandan keyin qaytarish grafigiga asosan kamida ketma-ket 3 ta toʻlov toʻliq va oʻz vaqtida toʻlangan taqdirda, ularning sifati “substandart” deb tasniflanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda aktivlarni qaytarish grafigi boʻyicha toʻlov boshlangan oydan shartnomaning oxirgi muddatiga qadar har oyda teng (proporsional) toʻlovlar asosida qaytarilishi belgilangan taqdirda ketma-ket 3 ta toʻlov, aks holda shu miqdorga teng 3 tadan koʻproq toʻlovlar oʻz vaqtida va toʻliq toʻlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
302. Quyida keltirilgan omillardan hech boʻlmaganda bittasi mavjud boʻlsa, shartlari qayta koʻrib chiqilgan aktivlarning sifati “shubhali” deb tasniflanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur nizomning 28-bandi ikkinchi, uchinchi, toʻrtinchi va oltinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnomaning oxirgi muddati bir marta uzaytirilganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
303. Shartlari qayta koʻrib chiqilgandan keyin asosiy qarz va (yoki) foiz toʻlovlari oʻz vaqtida va toʻliq toʻlanmagan aktivlar sifati “umidsiz” deb tasniflanadi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. 31-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“31. Yangi qarzdor tomonidan asosiy qarz va foizlarning toʻlanmagan barcha summalari qoplanib, aktivni qaytarish grafigi boʻyicha ketma-ketlikdagi keyingi 3 ta toʻlovlar toʻliq va oʻz vaqtida toʻlansa, muammoli aktivlar sifatining tasnifi tegishli tarzda qayta koʻrib chiqilishi mumkin.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. 33-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“33. Aktivlar sifati ularning shartlari qayta koʻrib chiqilishidan oldingi tasniflangan toifadan yuqori yoki yaxshiroq toifada tasniflanishi mumkin emas (mazkur nizomning 301-bandi ikkinchi va uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hech qanday holatda aktivga uning shartlari qayta koʻrib chiqilgandan soʻng darhol “standart” toifani berish mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aktiv ikki va undan ortiq marta shartlari qayta koʻrib chiqilganda, aktiv sifatini tasniflash toifasi shartlari qayta koʻrib chiqilishidan oldingi toifasidan bir pogʻonaga past boʻlishi kerak.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Quyidagi mazmundagi 41-bob bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“41-BOB. BERILGAN BANK KAFOLATLARINING SIFATINI TASNIFLASh
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
331. Tijorat banklari tomonidan berilgan kafolatlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarga qarshi zaxira miqdori prinsipialning moliyaviy ahvoli, kredit tarixi va prinsipial faoliyat koʻrsatayotgan iqtisodiyot tarmogʻi holatini hisobga olgan holda uning kreditga layoqatliligidan kelib chiqib belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
332. Quyidagi holatlar mavjud boʻlganda, bank kafolatining sifati “standart” deb tasniflanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
prinsipial moliyaviy jihatdan barqaror;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
prinsipial yuqori daromadlilik darajasiga ega;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
barcha moliyaviy majburiyatlarini oʻz muddatida bajarishiga shubha tugʻdirmaydigan, shu jumladan kafolat boʻyicha qarzini qondirish uchun yetarli pul mablagʻlari oqimiga ega;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tijorat ishlarini rivojlantirish hamda moliya resurslarini erkin jalb qilish imkoniyatlari mavjud;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
faoliyati cheklangan taʼminotchi hamda isteʼmolchilarga bogʻliq boʻlmagan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taqdim etilayotgan taʼminotga doir barcha hujjatlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kredit yoki boshqa qarzlari boʻyicha toʻlovlar oʻz vaqtida amalga oshirilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
333. Quyidagi holatlardan biri mavjud boʻlganda, bank kafolatining sifati “substandart” deb tasniflanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumiy moliyaviy ahvoli barqaror hisoblangan, lekin faoliyatida ayrim iqtisodiy salbiy holatlar mavjud boʻlgan, ularning bartaraf etilmasligi prinsipialning majburiyatlarini oʻz vaqtida bajarmaslik holatini vujudga keltirish xavfining mavjudligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
daromadlari yoki pul mablagʻlari oqimining pasayish tendensiyasi mavjudligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
334. Quyidagi holatlardan biri mavjud boʻlganda, bank kafolatining sifati “qoniqarsiz” deb tasniflanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moliyaviy ahvolining jiddiy yomonlashuviga sabab boʻluvchi holatlarning mavjudligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
daromadlari yoki pul mablagʻlari oqimining oxirgi chorakka nisbatan 50 foizga kamayganligi (faoliyati mavsumiy xususiyatga ega qarzdorlar bundan mustasno);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oxirgi hisobot oyidagi mavjud barcha muddati kelgan majburiyatlarni, shuningdek kafolat summasini ushbu oy davomida kelib tushgan pul mablagʻlari hisobidan qoplash imkoniyatiga ega emasligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
335. Quyidagi holatlardan biri mavjud boʻlganda, bank kafolatining sifati “shubhali” deb tasniflanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur Nizomning 334-bandida nazarda tutilgan holatlardan birining ogʻirlashganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oxirgi besh yilda salbiy kredit tarixiga ega ekanligi, yaʼni toʻlovlarni oʻz vaqtida amalga oshirmaganligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
336. Quyidagi holatlardan biri mavjud boʻlganda, bank kafolatining sifati “umidsiz” deb tasniflanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
berilgan kafolat boʻyicha majburiyatni bank tomonidan bajarish holatlarining yuzaga kelishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kredit yoki boshqa qarzlari boʻyicha toʻlovlarning oʻz vaqtida amalga oshirilmaganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talab qilib olinguncha hisobvaragʻiga oxirgi chorakda tushum boʻlmaganligi (faoliyati mavsumiy xususiyatga ega qarzdorlar bundan mustasno);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moliyaviy faoliyati boʻyicha sud jarayonlarining olib borilayotganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bankrotlik alomatlarining mavjudligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
337. Bank kafolatlari boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarga doir zaxirani shakllantirish va undan foydalanish tartibi Tijorat banklari tomonidan bank kafolatlarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 2364, 2012-yil 15-may) muvofiq amalga oshiriladi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. 34-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Quyidagi holatlardan biri mavjud boʻlganda, investitsiyalar daromad keltirgan hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bankka dividend koʻrinishida daromad keltirganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bank tomonidan qilingan investitsiyani qayta baholash natijasida ijobiy farq yuzaga kelganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fond birjasida kotirovkasi oshganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bank investitsiya kiritgan korxonaning tashqi auditorlik tekshiruvidan oʻtgan moliyaviy hisobotiga koʻra hisobot davrini foyda bilan yakunlaganda.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. 35-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Bunday investitsiyalarning sifati eng past toifada tasniflanishi kerak.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Quyidagi mazmundagi 361-band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“361. Bank aktivlari boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash zaxirasi shu aktiv valyutasida shakllantirilishi lozim.”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2018-y., 10/18/2696-2/1120-son)