Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 31.10.2001 yildagi 433-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori , 31.10.2001 yildagi 433-son
Date of entry into force
31.10.2001
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 31.10.2001 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IJTIMOIY AHAMIYATGA EGA BOʻLGAN ISTEʼMOL TOVARLARI BILAN SAVDO QILIShNI TARTIBGA SOLIShGA DOIR QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan ayrim isteʼmol tovarlari narxlarining sunʼiy oshirib yuborilishiga yoʻl qoʻymaslik, shuningdek ularni respublika tashqarisiga noqonuniy olib chiqib ketish hollarini bartaraf etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Belgilansinki, 2001-yil 1-noyabrdan boshlab chetdan keltiriladigan va respublikada ishlab chiqariladigan un, oʻsimlik yogʻi va qand-shakarni sotish faqat yuridik shaxslar tomonidan shartnomaviy narxlar boʻyicha, vositachilar sonidan qatʼi nazar, koʻpi bilan 25 foiz miqdorida belgilanadigan cheklangan savdo ustamasi qoʻllangan holda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda savdo tashkilotlari tomonidan ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan isteʼmol tovarlarining koʻrsatib oʻtilgan turlariga cheklangan savdo ustamalarini qoʻllanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni shu yilning 1-noyabrigacha ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Moliya vazirligi hamda Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
savdo korxonalari tomonidan kundalik ehtiyoj isteʼmol tovarlariga narxlarni shakllantirishning belgilangan tartibiga rioya qilinishi ustidan qatʼiy nazoratni taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kundalik ehtiyoj isteʼmol tovarlari narxlarining asossiz ravishda oshirib yuborilishiga urinishlarga yoʻl qoʻymaslik va ularning oldini olish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni koʻrsin, qonun buzuvchilarga nisbatan amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq iqtisodiy jazo choralarini qoʻllasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. 2001-yil 1-noyabrdan boshlab:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga keltiriladigan oʻsimlik yogʻiga aksiz soligʻi stavkalari ularning bojxona qiymatining 10 foizi miqdorida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika hududiga jismoniy shaxslar (“oʻzlari qatnab olib keladiganlar”) tomonidan keltiriladigan tijorat faoliyati uchun moʻljallangan oziq-ovqat tovarlaridan, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisidan jismoniy shaxslar nomiga keladigan tovarlardan (xalqaro pochta joʻnatmalaridan tashqari) olinadigan yigʻim stavkalari, boj toʻlovisiz keltirishning cheklangan normasini qoʻllamasdan, ularning bojxona qiymatining 25 foizi miqdorida belgilansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika hududiga jismoniy shaxslar (“oʻzlari qatnab olib keladiganlar”) tomonidan tijorat maqsadlarida boj toʻlovisiz keltirishning belgilangan normasi doirasida 1000 AQSh dollarigacha miqdorda keltiriladigan unni bojxonada rasmiylashtirish bojxona toʻlovlari undirmasdan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika hududiga jismoniy shaxslar (“oʻzlari qatnab olib keladiganlar”) tomonidan keltiriladigan tijorat faoliyati uchun moʻljallangan nooziq-ovqat tovarlardan olinadigan yigʻim stavkasi amaldagi miqdorda – boj toʻlovisiz keltirishning cheklangan normasini qoʻllamasdan, ularning bojxona qiymatining 50 foizi miqdorida va uni undirish tartibi saqlab qolinsin;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga jismoniy shaxslar tomonidan keltiriladigan tijorat faoliyati uchun moʻljallanmagan tovarlardan olinadigan yigʻim miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Importni tariflar bilan boshqarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 24-fevraldagi 80-son qarorida belgilangan amaldagi miqdorlarda va uni undirish tartibi saqlab qolinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. “Yogʻmoytamakisanoat” uyushmasi va oʻsimlik yogʻi ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan xoʻjaliklar resurslaridan ishlab chiqarilgan va belgilangan tartibda ularga qaytariladigan oʻsimlik (paxta) yogʻini ushbu xoʻjaliklarning topshirigʻiga binoan yoki ishonchnomalari boʻyicha boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarga sotilishi taqiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilab qoʻyilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻsimlik (paxta) yogʻining tuzilgan shartnomalarga muvofiq xoʻjaliklar tomonidan sotib olinmagan miqdori ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sotiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqaruvchi korxonalarning xoʻjaliklar resurslaridan ishlab chiqarilgan oʻsimlik (paxta) yogʻini mazkur xoʻjaliklarning topshirigʻiga binoan yoki ishonchnomasi boʻyicha boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarga sotishdan olingan tushumi davlat soliq organlari tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda davlat budjetiga undiriladi, mansabdor shaxslarga nisbatan qonunchilikka muvofiq javobgarlik choralari qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi kundalik ehtiyoj isteʼmol tovarlarining respublika tashqarisiga noqonuniy olib chiqib ketilishi hollarining oldini olishni taʼminlovchi bojxona nazoratini kuchaytirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir hafta muddatda idoraviy normativ hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari M.Z. Usmonov va R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2001-yil 31-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
433-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 20-son, 144-modda; 2002-y., 13-son, 108-modda; 14-son, 111-modda; 2005-y., 32-33-son, 251-modda; 2010-y., 17-son, 130-modda; 2013-y., 37-son, 485-modda; 2017-y., 33-son, 863-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son)