25.04.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3002
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining qarori, 25.04.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3002
Date of entry into force
01.06.2018
Hujjat 01.06.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tijorat banklarining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida depozitga oʻtkaziladigan majburiy rezervlari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 25-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3002]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-yanvardagi PF-5296-son “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni va 2017-yil 13-sentabrdagi PQ-3272-son “Pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Tijorat banklarining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida depozitga oʻtkaziladigan majburiy rezervlari toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qaror 2018-yil 1-iyundan kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 31-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12/8-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 31-martdagi 12/8-sonli qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tijorat banklarining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida depozitga oʻtkaziladigan majburiy rezervlari toʻgʻrisidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-yanvardagi PF-5296-son “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-sentabrdagi PQ-3272-son “Pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq tijorat banklari (bundan buyon matnda — banklar deb yuritiladi) tomonidan majburiy rezervlarni hisoblash va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida (bundan buyon matnda — Markaziy bank deb yuritiladi) depozitga oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
majburiy rezervlar — banklar tomonidan Markaziy bankda alohida ochilgan hisobvaraqqa majburiy tartibda milliy valyuta va chet el valyutasida depozitga oʻtkazilgan pul mablagʻlari;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rezerv shakllantiriladigan majburiyatlar — banklarning mazkur Nizomning 1-ilovasida roʻyxati keltirilgan milliy valyuta va chet el valyutalaridagi majburiyatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
majburiy rezervlar normativi — Markaziy bank tomonidan bankning rezerv shakllantiriladigan majburiyatlariga nisbatan oʻrnatiladigan foiz miqdori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
majburiy rezervlarning normativ miqdori — banklar tomonidan Markaziy bankka oʻtkazilishi lozim boʻlgan majburiy rezervlar hajmi. Majburiy rezervlarning normativ miqdori rezerv shakllantiriladigan majburiyatlarning hisob-kitob davridagi oʻrtacha miqdoriga majburiy rezervlar normativini koʻpaytirish orqali hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrtachalash koeffitsiyenti — milliy valyutadagi majburiy rezervlar normativ miqdorining Markaziy bankdagi vakillik hisobvaragʻida saqlanadigan oʻrtachalashtirilgan miqdorini aniqlashda foydalaniladigan qiymati 0 dan 1 gacha boʻlgan koeffitsiyent;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
majburiy rezervlarning oʻrtachalashtirilgan miqdori — banklar tomonidan milliy valyutadagi majburiy rezervlarning normativ miqdoriga nisbatan oʻrtachalash koeffitsiyentini qoʻllash orqali hisoblangan hamda banklarning Markaziy bankdagi vakillik hisobvaraqlarida saqlash davri mobaynida saqlanishi lozim boʻlgan oʻrtacha hisobdagi pul mablagʻlarining eng kam miqdori;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy bankka oʻtkazilishi lozim boʻlgan majburiy rezerv mablagʻlari — majburiy rezervlarning normativ miqdoridan chegiriladigan mablagʻlar hamda majburiy rezervlarning oʻrtachalashtirilgan miqdori chegirilgandagi qoldiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
majburiy rezervlarning hisob-kitob davri — birinchi kuni seshanbadan boshlanib, oxirgi kuni dushanbada tugaydigan oʻn toʻrt kalendar kunidan iborat boʻlgan majburiy rezervlarni hisoblash davri;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
majburiy rezervlarni saqlash davri — birinchi kuni payshanbadan boshlanib, oxirgi kuni chorshanbada tugaydigan oʻn toʻrt kalendar kunidan iborat boʻlgan majburiy rezervlarni saqlash davri.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Majburiy rezervlar normativi hamda oʻrtachalash koeffitsiyenti Markaziy bank Boshqaruvi qarori bilan oʻrnatiladi va rezerv shakllantiriladigan majburiyatlarning turi, valyutasi va muddatiga bogʻliq boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Boshqa banklarning depozitlari rezerv shakllantiriladigan majburiyatlar tarkibiga kiritilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Majburiy rezervlar boʻyicha banklarga foizlar toʻlash haqidagi qaror Markaziy bank Boshqaruvi tomonidan Markaziy bankning Kredit qoʻmitasi taklifiga asosan respublika iqtisodiyotidagi vaziyat, bank tizimidagi likvidlik holati va monetar siyosatning asosiy yoʻnalishlaridan kelib chiqqan holda qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Banklarning boshqa davlatlar hududida roʻyxatga olingan boʻlinmalarining majburiy rezervlarini hisoblash va depozitga oʻtkazish ushbu davlatlar qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Milliy valyutadagi majburiyatlar boʻyicha majburiy rezervlar milliy valyutada Markaziy bankdagi rezident banklarning majburiy rezerv hisobvaragʻiga pul oʻtkazish yoki Markaziy bankdagi vakillik hisobvaragʻida oʻrtachalashtirilgan miqdorni ushlab turish orqali shakllantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chet el valyutasidagi majburiyatlar boʻyicha majburiy rezervlar chet el valyutasida Markaziy bankdagi rezident banklarning majburiy rezerv hisobvaragʻiga pul oʻtkazish orqali shakllantiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Majburiy rezervlarni saqlash davrida milliy valyutani chet el valyutasiga, chet el valyutasini milliy valyutaga almashtirishga ruxsat etilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Chet el valyutasidagi mablagʻlarni majburiy rezervlarga depozitga oʻtkazish AQSH dollari, yevro, Angliya funt sterlingi, Shveysariya franki, Yaponiya iyenasi va Xitoy yuanida hisob-kitob davrining oxirgi kunida amal qilgan Markaziy bankning rasmiy kursi boʻyicha kross kurs asosida amalga oshirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Majburiy rezervlarni hisoblash va depozitga oʻtkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Har bir hisob-kitob davrining tugashi bilan banklar tomonidan ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda mazkur Nizomning 3-ilovasidagi uslubiy koʻrsatmalar asosida Markaziy bankka depozitga oʻtkazilishi lozim boʻlgan majburiy rezervlar miqdori hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy bankda depozitga oʻtkazilishi lozim boʻlgan majburiy rezervlar miqdori majburiy rezervlar normativini rezerv shakllantiriladigan majburiyatlarning hisob-kitob davridagi oʻrtacha miqdoriga koʻpaytirish orqali hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Rezerv shakllantiriladigan milliy valyuta yoki chet el valyutasidagi majburiyatlarning oʻrtacha miqdori hisob-kitob davrining har bir kuni uchun rezerv shakllantiriladigan majburiyatlar hisobvaraqlarining tegishli valyutadagi qoldiqlarini jamlash va ushbu summani hisob-kitob davridagi kalendar kunlari soniga boʻlish orqali aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Majburiy rezervlarning normativ miqdoridan chegiriladigan mablagʻlarning oʻrtacha miqdori hisob-kitob davrining har bir kuni uchun chegiriladigan hisobvaraqlarining tegishli valyutadagi qoldiqlarini jamlash va ushbu summani hisob-kitob davridagi kalendar kunlari soniga boʻlish orqali hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bayram va dam olish kunlari uchun ushbu kunlardan oldingi oxirgi ish kunining rezerv shakllantiriladigan majburiyatlar hisobvaraqlarining balans qoldiqlari olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Majburiy rezervlar hisob-kitobini Markaziy bankka taqdim qilish va qoʻshimcha ravishda majburiy rezervlar hisobvaragʻiga depozitga oʻtkazish lozim boʻlgan summalarni oʻtkazish banklar tomonidan hisob-kitob davri tugagan kundan keyingi uch ish kuni mobaynida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Majburiy rezervlarga ortiqcha mablagʻlar oʻtkazilganda, majburiy rezervlar hisob-kitobi taqdim etilgan kundan keyingi ikki ish kuni mobaynida, ortiqcha mablagʻlar Markaziy bank tomonidan bankka qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Majburiy rezervlar hisob-kitobi banklar tomonidan Markaziy bankka elektron pochta orqali belgilangan tartibda elektron raqamli imzo bilan imzolangan holda yoʻllanishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Majburiy rezervlar hisob-kitobi va taqdim qilingan hujjatlarning mazkur Nizom talablariga muvofiqligini tekshirish maʼlumotlar toʻliqligini, arifmetik hisob-kitoblarning toʻgʻriligini hamda hujjatlarda qayd qilingan maʼlumotlarning banklarning hisob-kitob davridagi buxgalterlik balansiga mos kelishini aniqlash orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hujjatlarda yaxlitlash va almashuv kursi oʻzgarishi natijasida yuzaga keladigan farq boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Keyingi saqlash davri boshlanguniga qadar banklarga Markaziy bankka taqdim etilgan hisob-kitoblar va hujjatlarga tuzatishlar kiritish imkoniyati beriladi. Tuzatish kiritilgan hisob-kitoblar bilan birga tegishli bank boshqaruv raisi tomonidan imzolangan tushuntirish xati taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Markaziy bankka oʻtkazilgan majburiy rezerv mablagʻlari banklarda 10309 — “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankidagi majburiy rezerv hisobvaragʻi”da va Markaziy bankda 21312 — “Rezident banklarning majburiy rezerv hisobvaragʻi”da yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Banklarning 10309 — “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankidagi majburiy rezerv hisobvaragʻi”dagi qoldiq Markaziy bankdagi 21312 — “Rezident banklarning majburiy rezerv hisobvaragʻi”dagi mablagʻlar qoldigʻiga teng boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Oʻrtachalash koeffitsiyenti qoʻllanilganda majburiy rezervlarni hisob-kitob qilish va depozitga oʻtkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Markaziy bank tomonidan oʻrtachalash koeffitsiyentini qoʻllash huquqi quyidagi talablarga javob beradigan banklarga beriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
majburiy rezervlarni hisob-kitob qilish va Markaziy bankdagi depozitga oʻtkazish tartibiga rioya qilgan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻtgan davrda majburiy rezervlarning oʻrtachalashtirilgan miqdorini banklarning Markaziy bankdagi vakillik hisobvaraqlarida saqlash boʻyicha majburiyatini bajargan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur talablarga javob bermagan banklarga majburiy rezervlar miqdoriga nisbatan oʻrtachalash koeffitsiyentini qoʻllash huquqi berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Markaziy bank tomonidan banklarga majburiy rezervlar miqdoriga nisbatan oʻrtachalash koeffitsiyentini qoʻllash huquqini berish masalasi ularning murojaatlari asosida uch ish kunida koʻrib chiqiladi va bankka xabar beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻrtachalash koeffitsiyentini qoʻllash huquqi berilgan hollarda mazkur huquq keyingi saqlash davridan boshlab kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Banklar tomonidan mazkur Nizomning 17-bandida koʻrsatilgan talablar bajarilmagan taqdirda Markaziy bank tomonidan berilgan huquq bekor qilinadi. Mazkur huquqning qayta berilishi masalasi ikki oydan soʻng Markaziy bank tomonidan bankning tegishli murojaatnomasi asosida koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Markaziy bankka oʻtkazilishi lozim boʻlgan majburiy rezerv mablagʻlari miqdori majburiy rezervlarning normativ miqdoridan chegiriladigan mablagʻlar hamda majburiy rezervlarning oʻrtachalashtirilgan miqdorini ayirgan holda aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Majburiy rezervlarni saqlash davrida oʻrtachalash koeffitsiyentini qoʻllash huquqidan foydalanish uchun banklar majburiy rezervlarning oʻrtachalashtirilgan miqdorini hisoblaydi va Markaziy bankka taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Majburiy rezervlarning oʻrtachalashtirilgan miqdorini hisoblash davri majburiy rezervlarni hisob-kitob davriga teng boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Majburiy rezervlarni saqlash davrida banklarning Markaziy bankdagi vakillik hisobvaraqlaridagi mablagʻlarning oʻrtacha qoldigʻi majburiy rezervlarning oʻrtachalashtirilgan miqdoridan kam boʻlmasligi talab etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Majburiy rezervlarni qayta rasmiylashtirish va majburiy rezerv talablarini bajarish majburiyatini toʻxtatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Banklarning qoʻshib yuborish, qoʻshib olish, boʻlish va ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etilgan holatlarda majburiy rezervlar qayta rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Bankni moliyaviy sogʻlomlashtirish va bankrotlik holatlarida, unga vaqtinchalik tashqi boshqaruv tayinlanganda, shuningdek alohida bank operatsiyalarini amalga oshirish yoki vakillik hisobvaragʻidagi mablagʻlardan foydalanish boʻyicha cheklovlar oʻrnatilganda majburiy rezervlarni tartibga solish amaliyoti toʻxtatilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Markaziy bank tomonidan bankning bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyasi chaqirib olinganda bankning majburiy rezervlar boʻyicha talablarni bajarish majburiyati toʻxtatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Banklar tomonidan rezerv talablarining bajarilishi ustidan nazorat
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Banklar tomonidan majburiy rezerv talablari bajarilishi ustidan nazoratni Markaziy bank amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Majburiy rezervlar boʻyicha hisob-kitoblarning oʻz vaqtida taqdim etilmasligi yoki ularning notoʻgʻriligi, saqlash davrida kamomadni qoplash uchun talab etiladigan mablagʻlarning oʻtkazilmasligi va oʻrtachalashtirilgan majburiy rezervlar boʻyicha majburiyatning bajarilmasligi majburiy rezerv talablarini buzilishi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Banklar tomonidan majburiy rezerv talablari va majburiy rezervlarning oʻrtachalashtirilgan miqdorini toʻgʻri shakllantirilganligi banklarning balans hisoboti asosida Markaziy bank tomonidan tekshirib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Yakuniy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Bank tomonidan mazkur Nizomda belgilangan talablar bajarilmagan taqdirda Markaziy bank tomonidan qatʼiy tartibda majburiy rezervlar boʻyicha yetishmayotgan mablagʻlar va mazkur mablagʻlar hajmiga nisbatan qayta moliyalash stavkasining ikki baravaridan oshmaydigan miqdorda jarima undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Markaziy bank tomonidan bankning bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyasi chaqirib olingan taqdirda Markaziy bank uch kunlik muddatda bankning tugatish komissiyasi soʻrovnomasiga asosan bank majburiyatlari boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun Markaziy bankda depozitga oʻtkazilgan majburiy rezerv mablagʻlarini bankning tugatish komissiyasi hisobvaragʻiga qaytaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tijorat banklarining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida depozitga oʻtkaziladigan majburiy rezervlari toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tijorat banklarining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida rezerv shakllantiriladigan majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Balans hisobvaragʻi

raqami

Rezerv shakllantiriladigan majburiyatlar nomlari

1.

20200

Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar

2.

20400

Jamgʻarma depozitlar

3.

20600

Muddatli depozitlar

4.

21202

Boshqaruv (menejer) cheklari

5.

22604

Mijozlarning boshqa depozitlari — Jamgʻarma — Maqsadli

6.

22608

Mijozlarning qimmatli qogʻozlar bilan boʻladigan operatsiyalar boʻyicha mablagʻlari

7.

22610

Oʻzbekiston pochtasi” OAJ tarkibiy boʻlinmalari tomonidan toʻlanadigan pensiya va nafaqalar

8.

22612

Oʻzbekiston pochtasi” OAJ tarkibiy boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladigan pul oʻtkazmalari va davriy nashrlarga obuna

9.

22613

Valyuta bozorida konvertatsiya qilish uchun mijozlarning zaxiralangan mablagʻlari

10.

22616

Jismoniy shaxslarning bank hisob raqamlaridagi masofadan turib xizmat koʻrsatish tizimi orqali boshqariladigan mablagʻlari

11.

22617

Pensionerlarning plastik kartochkalari boʻyicha majburiyatlar

12.

22618

Jismoniy shaxslarning plastik kartochkalari boʻyicha majburiyatlar

13.

22619

Yakka tartibdagi tadbirkorlarning plastik kartochkalari boʻyicha majburiyatlar

14.

22620

Korporativ plastik kartochkalar boʻyicha majburiyatlar

15.

22622

Yuridik shaxslarning oʻz vakolatxonalari va filiallari taʼminoti uchun ajratgan mablagʻlari

16.

22624

Ayrim turdagi aksizli tovarlarni sotadigan yuridik shaxslarning maqsadli mablagʻlari

17.

22626

Korxona va tashkilotlarning maqsadli mablagʻlari

18.

22630

Mahalliy budjetdan moliyalashtirilayotgan, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan tayinlangan ijtimoiy nafaqalar mablagʻlari

19.

22632

Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlinmalari tomonidan moliyalashtiriladigan, naqd pul bilan beriladigan pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa toʻlovlar uchun mablagʻlar

20.

22634

Tabiiy gaz uchun kelib tushadigan pul mablagʻlarini jamlash uchun yagona maxsus hisobvaraq

21.

22636

Elektr energiyasi uchun kelib tushadigan pul mablagʻlarini jamlash uchun yagona maxsus hisobvaraq

22.

22638

Suv taʼminoti va suv chiqarish xizmati uchun kelib tushadigan pul mablagʻlarini jamlash uchun yagona maxsus hisobvaraq

23.

22696

Boshqa depozit majburiyatlari

24.

23100

Mijozlarning plastik kartalariga oʻtkazilishi lozim boʻlgan pul mablagʻlari boʻyicha tranzit hisobvaraqlari

25.

23402

Respublika budjetining mablagʻlari

26.

23403

Bojxona toʻlovlari boʻyicha Respublika budjetining daromadlari

27.

23404

Respublika qaramogʻidagi budjet muassasalarining mablagʻlari

28.

23405

Nobudjet tashkilotlar va korxonalar uchun respublika budjetidan ajratilgan mablagʻlar

29.

23406

Hukumat kreditlari boʻyicha foizli daromadlar

30.

23407

Yagona soliq toʻlovi boʻyicha Respublika budjetining daromadlari

31.

23409

Yer va yagona yer soliqlari boʻyicha Respublika budjetining daromadlari

32.

23410

Hukumat subsidiyalari fondi

33.

23411

Davlat bojlari, yigʻimlar va soliq boʻlmagan toʻlovlar, maʼmuriy va moliyaviy sanksiyalarni toʻlash boʻyicha mablagʻlar

34.

23422

Kapital qoʻyilmalarni respublika budjetidan moliyalashtirish

35.

23424

Kapital qoʻyilmalarni mahalliy budjetlardan moliyalashtirish

36.

23426

Mahalliy budjet mablagʻlari — Tuman/shahar

37.

23427

Nobudjet tashkilotlar va korxonalarning tuman/shahar budjetidan ajratilgan mablagʻlari

38.

23430

Mahalliy budjet mablagʻlari — Viloyat

39.

23431

Nobudjet tashkilotlar va korxonalarning viloyat budjetidan ajratilgan mablagʻlari

40.

23432

Mahalliy budjet mablagʻlari — Qoraqalpogʻiston Respublikasi

41.

23433

Nobudjet tashkilotlar va korxonalarning Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetidan ajratilgan mablagʻlari

42.

23442

Investitsiya dasturlarini moliyalashtirish uchun davlat budjetidan va markazlashgan kreditlar hisobidan ajratilgan boʻnak mablagʻlar

43.

23500

Mijozlarning plastik kartalaridan kelib tushgan tushum

44.

29801

Mijozlar bilan hisob-kitoblar

45.

29814

Mijozlarning hisobvaraqlariga kirim qilinishi lozim boʻlgan terminallar orqali tushgan tushumlar

46.

29840

Moliya vazirligiga oʻtkaziladigan talab qilib olinmagan depozitlar

47.

29842

Harakatsiz depozit majburiyatlari

48.

29846

Talab qilib olinmagan boshqa kredit qoldiqlari

49.

29849

Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlinmalari tomonidan moliyalashtiriladigan, pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa toʻlovlar uchun boshqa banklardan olingan naqd pul bilan beriladigan mablagʻlar

50.

29896

Boshqa majburiyatlar

Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tijorat banklarining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida depozitga oʻtkaziladigan majburiy rezervlari toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga depozitga oʻtkazishi lozim boʻlgan majburiy rezervlari miqdori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
HISOB-KITOBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

(ming soʻmda)

T/r

Rezerv shakllantiriladigan

majburiyatlar

Balans

hisobvaraqlari

Rezerv shakllantiriladigan

majburiyatlarning

oʻrtacha miqdori

Majburiy rezerv

normativlari,

foizlarda

Majburiy rezervlarning normativ miqdori

milliy

valyuta

chet el

valyutasi

milliy

valyuta

chet el

valyutasi

milliy

valyuta

chet el

valyutasi

A

B

V

G

D

E

J

Z

1.

Yuridik shaxslarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari

20200

(minus 20206)

2.

Yuridik shaxslarning jamgʻarma depozitlari

20400

(minus 20406)

3.

Yuridik shaxslarning 1 yilgacha boʻlgan muddatli depozitlari

20600

(minus 20606)

4.

Yuridik shaxslarning muddati 1 yildan 2 yilgacha boʻlgan muddatli depozitlari

20600

(minus 20606)

5.

Yuridik shaxslarning muddati 2 yildan yuqori boʻlgan muddatli depozitlari

20600

(minus 20606)

6.

Jismoniy shaxslarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari

20206

7.

Jismoniy shaxslarning jamgʻarma depozitlari

20406

8.

Jismoniy shaxslarning 1 yilgacha boʻlgan muddatli depozitlari

20606

9.

Jismoniy shaxslarning muddati 1 yildan 2 yilgacha boʻlgan muddatli depozitlar

20606

10.

Jismoniy shaxslarning muddati 2 yildan yuqori boʻlgan muddatli depozitlar

20606

11.

Boshqaruv (menejerlik) cheklari

21202

12.

Mijozlarning boshqa depozitlari

22600

(minus 22602, 22606, 22614, 22616, 22617, 22618, 22628)

13.

Jismoniy shaxslarning bank hisob raqamlaridagi masofadan turib xizmat koʻrsatish tizimi orqali boshqariladigan mablagʻlari

22616

14.

Pensionerlarning plastik kartochkalari boʻyicha majburiyatlar

22617

15.

Jismoniy shaxslarning plastik kartochkalari boʻyicha majburiyatlar

22618

16.

Mijozlarning plastik kartalariga oʻtkazilishi lozim boʻlgan pul mablagʻlari boʻyicha tranzit hisobvaraqlari

23100

(minus 23102, 23104)

17.

Yuridik shaxslarning korporativ plastik kartalariga oʻtkazilishi lozim boʻlgan pul mablagʻlari boʻyicha tranzit hisobvaraqlari

23102

18.

Yakka tartibdagi tadbirkorlarning korporativ plastik kartalariga oʻtkazilishi lozim boʻlgan pul mablagʻlari boʻyicha tranzit hisobvaraqlari

23104

19.

Hukumatga tegishli daromad va boshqa tushumlar hisobvaraqlari

23400

(minus 23416)

20.

Mijozlarning plastik kartalaridan kelib tushgan tushum

23500

21.

Mijozlar bilan hisob-kitoblar

29801

22.

Mijozlarning hisobvaraqlariga kirim qilinishi lozim boʻlgan terminallar orqali tushgan tushumlar

29814

23.

Moliya vazirligiga oʻtkaziladigan talab qilib olinmagan depozitlar

29840

24.

Depozit majburiyatlari — harakatsiz

29842

25.

Boshqa kreditlar — talab qilinmagan qoldiqlar

29846

26.

Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlinmalari tomonidan moliyalashtiriladigan, pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa toʻlovlar uchun boshqa banklardan olingan naqd pul bilan beriladigan mablagʻlar

29849

27.

Boshqa majburiyatlar

29896

28.

Rezerv shakllantiriladigan majburiyatlarning jami

X

X

X

X

X

29.

Naqd pul zaxirasi

10102

X

X

X

X

X

30.

Rezerv shakllantiriladigan majburiyatlardan chegiriladigan mablagʻlar ayrilgandagi qoldiq

X

X

X

X

X

X

31.

Oʻrtachalash koeffitsiyenti

X

X

X

X

X

X

32.

Majburiy rezervlarning oʻrtachalashtirilgan miqdori

X

X

X

X

X

X

33.

Markaziy bankka oʻtkazilishi lozim boʻlgan majburiy rezerv mablagʻlari

X

X

X

X

X

X

34.

Hisob-kitob davrida majburiy rezervlarda saqlanayotgan mablagʻlar

10309

X

X

X

X

35.

Majburiy rezerv hisobvaragʻiga qoʻshimcha ravishda depozitga oʻtkazish yoki Markaziy bank tomonidan qaytarilishi lozim boʻlgan mablagʻlar

X

X

X

X

X


Bank rahbari:


Bosh buxgalter:

Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tijorat banklarining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida depozitga oʻtkaziladigan majburiy rezervlari toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Majburiy rezervlarga depozitga oʻtkaziladigan mablagʻlar hisob-kitobi” jadvalini toʻldirish boʻyicha uslubiy koʻrsatmalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umumiy koʻrsatmalar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisob-kitob elektron pochta orqali berilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jadval kataklari boʻsh qoldirilmasligi kerak. Agar axborot boʻlmasa nol koʻrsatilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisob-kitobda umumiy summa butunligicha ming soʻmda koʻrsatilishi lozim. 500 soʻm va undan kam boʻlgan summa hisobga olinmaydi (chiqarib tashlanadi), 500 soʻmdan ortiq boʻlgan summa minggacha yaxlitlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisob-kitob tuzishda ham musbat, ham manfiy summalar uchrashi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisob-kitobni tuzishda har kunlik balans hisoboti asosida hisoblanadigan oʻrtacha ikki haftalik balans maʼlumotlari aks ettirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik shaxslar uchun belgilangan majburiy rezerv normativlari yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun ham qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(V) Ustun — Milliy valyutadagi rezerv shakllantiriladigan majburiyatlarning oʻrtacha ikki haftalik qoldigʻi. Bu ustunda milliy valyutadagi koʻrsatib oʻtilgan majburiyatlarning oʻrtacha ikki haftalik qoldigʻi koʻrsatilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(G) Ustun — Xorijiy valyutadagi rezerv shakllantiriladigan majburiyatlarning oʻrtacha ikki haftalik qoldigʻi. Bu ustunda xorijiy valyutadagi koʻrsatib oʻtilgan majburiyatlarning oʻrtacha ikki haftalik qoldigʻi koʻrsatilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(D) Ustun — Milliy valyutadagi majburiyatlar uchun majburiy rezerv normativi. Bu ustunda milliy valyutadagi majburiyatlar uchun Markaziy bank tomonidan belgilangan majburiy rezerv normativlari foizlarda koʻrsatilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(E) Ustun — Chet el valyutasidagi majburiyatlar uchun majburiy rezerv normativi. Bu ustunda chet el valyutasidagi majburiyatlar uchun Markaziy bank tomonidan belgilangan majburiy rezerv normativlari foizlarda koʻrsatilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(J) Ustun — Majburiy rezervlarning normativ miqdori. Quyidagi formula boʻyicha hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(J) Ustun = (V) Ustun x (D) Ustun
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(Z) Ustun — Majburiy rezervlarning normativ miqdori. Quyidagi formula boʻyicha hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(Z) Ustun = (G) Ustun x (E) Ustun
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-satr. Yuridik shaxslarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari. Bu satrda 20206 hisobvaragʻidagi qoldigʻi olib tashlangan holda 20200 balans hisobvaragʻining qoldigʻi koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-satr. Yuridik shaxslarning jamgʻarma depozitlari. Bu satrda 20406 hisobvaragʻidagi qoldigʻi olib tashlangan holda 20400 balans hisobvaragʻining qoldigʻi koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-satr. Yuridik shaxslarning 1 yilgacha boʻlgan muddatli depozitlari. Bu satrda 20606 hisobvagʻidagi qoldigʻi olib tashlangan holda 20600 balans hisobvaragʻi qoldigʻidagi muddati 1 yilgacha boʻlgan depozitlari summasi koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-satr. Yuridik shaxslarning muddati 1 yildan 2 yilgacha boʻlgan muddatli depozitlar. Bu satrda 20606 hisobvaragʻidagi qoldigʻi olib tashlangan holda 20600 balans hisobvaragʻi qoldigʻidagi muddati 1 yildan 2 yilgacha boʻlgan depozitlari summasi koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-satr. Yuridik shaxslarning muddati 2 yildan yuqori boʻlgan muddatli depozitlar. Bu satrda 20606 hisobvaragʻidagi qoldigʻi olib tashlangan holda 20600 balans hisobvaragʻi qoldigʻidagi muddati 2 yildan yuqori boʻlgan depozitlari summasi koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-satr. Jismoniy shaxslarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari. Bu satrda 20206 balans hisobvaragʻining qoldigʻi koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-satr. Jismnoniy shaxslarning jamgʻarma depozitlari. Bu satrda 20406 balans hisobvaragʻining qoldigʻi koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-satr. Jismoniy shaxslarning 1 yilgacha boʻlgan muddatli depozitlari. Bu satrda 20606 balans hisobvaragʻi qoldigʻidagi muddati 1 yilgacha boʻlgan depozitlari summasi koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-satr. Jismoniy shaxslarning muddati 1 yildan 2 yilgacha boʻlgan muddatli depozitlar. Bu satrda 20606 balans hisobvaragʻi qoldigʻidagi muddati 1 yildan 2 yilgacha boʻlgan depozitlari summasi koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-satr. Jismoniy shaxslarning muddati 2 yildan yuqori boʻlgan muddatli depozitlar. Bu satrda 20606 balans hisobvaragʻi qoldigʻidagi muddati 2 yildan yuqori boʻlgan depozitlari summasi koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-satr. Boshqaruv (menejerlik) cheklari. Bu satrda 21202 balans hisobvaragʻining qoldigʻi koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-satr. Mijozlarning boshqa depozitlari. Bu satrda 22602, 22606, 22614, 22616, 22617, 22618 va 22628 hisobvaraqlari qoldiqlari olib tashlangan holda 22600 balans hisobvaragʻining qoldigʻi koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13-satr. Jismoniy shaxslarning bank hisob raqamlaridagi masofadan turib xizmat koʻrsatish tizimi orqali boshqariladigan mablagʻlari. Bu satrda 22616 balans hisobvaragʻining qoldigʻi koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14-satr. Pensionerlarning plastik kartochkalari boʻyicha majburiyatlar. Bu satrda 22617 balans hisobvaragʻining qoldigʻi koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15-satr. Jismoniy shaxslarning plastik kartochkalari boʻyicha majburiyatlar. Bu satrda 22618 balans hisobvaragʻining qoldigʻi koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16-satr. Mijozlarning plastik kartalariga oʻtkazilishi lozim boʻlgan pul mablagʻlari boʻyicha tranzit hisobvaragʻlari. Bu satrda 23102 va 23104 hisobvaraqlari qoldiqlari olib tashlangan holda 23100 balans hisobvaragʻining qoldigʻi koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17-satr. Yuridik shaxslarning korporativ plastik kartalariga oʻtkazilishi lozim boʻlgan pul mablagʻlari boʻyicha tranzit hisobvaraqlari. Bu satrda 23102 balans hisobvaragʻining qoldigʻi koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18-satr. Yakka tartibdagi tadbirkorlarning korporativ plastik kartalariga oʻtkazilishi lozim boʻlgan pul mablagʻlari boʻyicha tranzit hisobvaraqlari. Bu satrda 23104 balans hisobvaragʻining qoldigʻi koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19-satr. Hukumatga tegishli daromad va boshqa tushumlar hisobvaraqlari. Bu satrda 23416 hisobvaragʻidagi qoldigʻi olib tashlangan holda 23400 balans hisobvaragʻining qoldigʻi koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20-satr. Mijozlarning plastik kartalaridan kelib tushgan tushum. Bu satrda 23500 balans hisobvaragʻining qoldigʻi koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21-satr. Mijozlar bilan hisob-kitoblar. Bu satrda 29801 balans hisobvaragʻining qoldigʻi koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22-satr. Mijozlarning hisobvaraqlariga kirim qilinishi lozim boʻlgan terminallar orqali tushgan tushumlar. Bu satrda 29814 balans hisobvaragʻining qoldigʻi koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23-satr. Moliya vazirligiga oʻtkaziladigan talab qilib olinmagan depozitlar. Bu satrda 29840 balans hisobvaragʻining qoldigʻi koʻrsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24-satr. Harakatsiz depozit majburiyatlari — Bu satrda 29842 balans hisobvaragʻining qoldigʻi koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25-satr. Talab qilib olinmagan boshqa kredit qoldiqlari. Bu satrda 29846 balans hisobvaragʻining qoldigʻi koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26-satr. Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlinmalari tomonidan moliyalashtiriladigan, pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa toʻlovlar uchun boshqa banklardan olingan naqd pul bilan beriladigan mablagʻlar. Bu satrda 29849 balans hisobvaragʻining qoldigʻi koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27-satr. Boshqa majburiyatlar. Bu satrda 29896 balans hisobvaragʻining qoldigʻi koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28-satr. Rezerv shakllantiriladigan majburiyatlarning jami. Bu satrning (J) ustunida 1 — 27 satrlarning (J) ustunidagi mablagʻlarning jami hamda (Z) ustunida esa 1 — 27 satrlarning (Z) ustunidagi mablagʻlarning jami koʻrsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29-satr. Naqd pul zaxirasi. Bu satrda 10102 balans hisobvaragʻining qoldigʻi koʻrsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30-satr. Rezerv shakllantiriladigan majburiyatlardan chegiriladigan mablagʻlar ayrilgandagi qoldiq. Bu satrning (J) ustuni quyidagi formula orqali hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30-satr (J) ustuni = 28-satr (J) ustuni minus 29-satr (V) ustuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31-satr. Oʻrtachalash koeffitsiyenti. Bu satrning (B) ustunida oʻrtachalash koeffitsiyenti koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32-satr. Majburiy rezervlarning oʻrtachalashtirilgan miqdori. Bu satrning (J) ustuni quyidagi formula orqali hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32-satr (J) ustuni = 30-satr (J) ustuni x 31-satr (B) ustuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33-satr. Markaziy bankka oʻtkazilishi lozim boʻlgan majburiy rezerv mablagʻlari. Bu satrning (J) ustuni quyidagi formula orqali hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33-satr (J) ustuni = 30-satr (J) ustuni minus 32-satr (J) ustuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34-satr. Hisob-kitob davrida majburiy rezervlarda saqlanayotgan mablagʻlar. Bu satrda 10309 balans hisobvaragʻining hisob-kitob davrining oxirgi sanasidagi qoldigʻi koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35-satr. Majburiy rezerv hisobvaragʻiga qoʻshimcha ravishda depozitga oʻtkazish yoki Markaziy bank tomonidan qaytarilishi lozim boʻlgan mablagʻlar. Bu satrning (J) ustuni quyidagi formula orqali hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35-satr (J) ustuni = 33-satr (J) ustuni minus 34-satr (J) ustuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bu satrning (Z) ustuni quyidagi formula orqali hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35-satr (Z) ustuni = 28-satr (Z) ustuni minus 34-satr (Z) ustuni
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.04.2018-y., 10/18/3002/1102-son; 30.08.2018-y., 10/18/3002-1/1815-son; 10.06.2019-y., 10/19/3002-2/3162-son; 24.08.2020-y., 10/20/3002-3/1203-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 10/23/3442/0359-son; 21.06.2024-y., 10/24/3518/0431-son; 25.12.2024-y., 10/24/3002-4/1097-son; 25.12.2025-y., 10/25/3002-5/1207-son)