O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SUDLARI FAOLIYATINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 639-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda iste’mol qilish sohasida to‘lov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 29-maydagi PF-5059-son Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 30-maydagi PQ-3016-son qarori)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Sud tizimini yanada isloh qilish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlashni takomillashtirish, sudlar mustaqilligini mustahkamlash, shuningdek sud qarorlarining o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31 maydagi 327-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 22-son, 431-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31 maydagi 327-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 22-son, 431-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-apreldagi 61-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2006-y., 15-son, 125-modda)
4. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sudlar faoliyatini tashkiliy, moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamenti O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamenti sifatida (keyingi o‘rinlarda Departament deb yuritiladi) qayta tashkil etilsin.
Belgilab qo‘yilsinki, Departament:
yuridik shaxs hisoblanadi va o‘z faoliyati to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziriga hisob beradi;
unga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadigan Departament direktori — Adliya vazirining o‘rinbosari boshchilik qiladi.
5. Quyidagilar Departamentning asosiy vazifalari hisoblanadi:
sud qarorlari va boshqa organlar qarorlari so‘zsiz ijro etilishi ishlarini tashkil etish;
sud ijrochilari kadrlarini tanlash va joy-joyiga qo‘yish ishlarini hamda ularning samarali faoliyat ko‘rsatishini tashkil etish;
sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash ishlarini tashkil etish hamda takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash;
sudlar binolarini qurish va ta’mirlash uchun ajratilgan kapital mablag‘lar samarali o‘zlashtirilishini ta’minlash hamda sudlar faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlarini ko‘rish;
sudyalar va sud protsesslarining xavfsizligini ta’minlash ishlarini tashkil etish.
6. Belgilab qo‘yilsinki, sudlarning joriy faoliyatini mablag‘ bilan ta’minlash va moddiy-texnika ta’minoti O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi sudlar va adliya organlari rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Sudlarni navbatdagi moliya yilida mablag‘ bilan ta’minlash to‘g‘risidagi takliflar Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudlari, viloyatlar va Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlari va jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarining ehtiyojlari hisobga olingan holda Departament direktori tomonidan belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etiladi;
Departament budjet mablag‘lari taqsimlanishini hamda ushbu mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda sudlarga yetkazilishini ta’minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti loyihasini tuzishda O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetida Departament va sudlar faoliyatini mablag‘ bilan ta’minlash uchun zarur budjet mablag‘larining alohida satrda ajratilishini nazarda tutsin.
(6-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
7. Belgilansinki, sud qarorlari va boshqa organlar qarorlari ijrosini tashkil etishni, shuningdek joylarda sudlarning moddiy-texnika ta’minotini Departamentning hududiy bo‘limlari amalga oshiradi.
Quyidagilar Departament hududiy bo‘limining asosiy vazifalari etib belgilansin:
sud qarorlari va boshqa organlar qarorlari so‘zsiz ijro etilishini ta’minlash, sud ijrochilari tuman (shahar) bo‘limlari faoliyati ustidan nazorat qilish ishlarini tashkil etish;
sudlarning binolari, imoratlari va boshqa obyektlarini qurish va ta’mirlashni tashkil etish va bu ishlarni amalga oshirish, ushbu maqsadlar uchun ajratilgan mablag‘lardan samarali foydalanish;
sudlarni texnika, asbob-uskunalar, avtotransport, mebel va boshqa zarur moddiy-texnika vositalari bilan ta’minlash;
sudlar faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratishga doir boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirish.
8. Belgilansinki, sud amaliyoti va sud statistikasini tizimli tahlil etish O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi oliy sudlari, viloyatlar va Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlari va jinoyat ishlari bo‘yicha sudlari tomonidan amalga oshiriladi.
(9-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 31-avgustdagi 458-sonli qarori bilan chiqarilgan—O‘R QHT, 2006-y., 36-son, 360-modda)
9. Departament qayta tashkil etilishi munosabati bilan bo‘shaydigan 35 kishidan iborat shtatdagi xodimlarning:
7 nafari — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo‘yicha oliy malaka komissiyasi kotibiyatini tashkil etishga;
28 nafari — Qoraqalpog‘iston Respublikasi oliy sudlarida, viloyatlar va Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarida va jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarida sud amaliyoti va sud statistikasini tizimli tahlil etish bo‘yicha xizmatlarni tashkil etishga yo‘naltirilsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi oliy sudlari, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari xodimlarning tasdiqlangan soni doirasida sudlar malaka hay’atlarining boshqa vazifalardan ozod qilingan kotiblari lavozimini kiritishni nazarda tutsinlar.
11. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (M. Nurmurodov) Oliy sud, Departament, Qoraqalpog‘iston Respublikasi oliy sudlari, viloyatlar va Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlari va jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarining xarajatlar smetasi va shtat jadvallariga tegishli o‘zgartirishlar kiritsin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (A. Polvon-zoda), Oliy sud (U. Mingboyev) hamda Oliy xo‘jalik sudi (M. Abdusalomov) amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar qo‘shish to‘g‘risida bir oy muddatda takliflar kiritsin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 10-martdagi 120-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘. Sultonov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi T. Xudoybergenov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2001-yil 22-sentabr,
383-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 31-avgustdagi 458-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2006-y., 36-son, 360-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 31-avgustdagi 458-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2006-y., 36-son, 360-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 31-avgustdagi 458-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2006-y., 36-son, 360-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 31-avgustdagi 458-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2006-y., 36-son, 360-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2001-y., 18-son, 133-modda; 2003-y., 7-8-son, 66-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda; 2017-y., 22-son, 431-modda)