16.04.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2998
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining qarori, 16.04.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2998
Date of entry into force
16.04.2018
Hujjat 16.04.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki ishlar organlarida majburiy xizmatni oʻtash haqidagi shartnomalarni tuzish hamda shartnoma shartlari bajarilmaganda xarajatlarni qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 16-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2998]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabrdagi PQ-3413-son “Ichki ishlar organlari kadrlari bilan ishlash va ularning xizmatini tashkil etish tartibini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda Moliya vazirligi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ichki ishlar organlarida majburiy xizmatni oʻtash haqidagi shartnomalarni tuzish hamda shartnoma shartlari bajarilmaganda xarajatlarni qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki ishlar vaziri P. BOBOJONOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 28-fevral,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliya vaziri D. KUCHKAROV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 28-fevral,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
55-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Moliya vazirligining 2018-yil 28-fevraldagi 18 va 55-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki ishlar organlarida majburiy xizmatni oʻtash haqidagi shartnomalarni tuzish hamda shartnoma shartlari bajarilmaganda xarajatlarni qoplash tartibi toʻgʻrisidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabrdagi PQ-3413-son “Ichki ishlar organlari kadrlari bilan ishlash va ularning xizmatini tashkil etish tartibini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining (bundan buyon matnda Vazirlik deb yuritiladi) oliy harbiy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirgan fuqarolar (bundan buyon matnda kursant deb yuritiladi) hamda Vazirlik tomonidan xorijiy davlatlar oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga yuboriladigan fuqarolar (bundan buyon matnda tinglovchi deb yuritiladi) bilan belgilangan tartibda oʻqishni tamomlaganidan keyin besh kalendar yili mobaynida ichki ishlar organlarida, shuningdek taqsimot boʻyicha yuborilganda boshqa davlat idoralarida majburiy uzluksiz xizmat oʻtashlari haqida belgilangan tartibda shartnoma tuzish hamda shartnoma shartlari bajarilmaganda xarajatlarni qoplash tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom talablari Vazirlik oliy harbiy taʼlim muassasalarining kunduzgi taʼlim shaklini hamda xorijiy oliy taʼlim muassasalarini tamomlagan va majburiy uzluksiz xizmat oʻtash uchun ichki ishlar organlariga yoki taqsimot boʻyicha boshqa davlat idoralariga yuborilgan shaxslarga (bundan buyon matnda xodim deb yuritiladi) nisbatan tatbiq etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlik oliy harbiy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilingan va Vazirlik tomonidan xorijiy davlatlar oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga yuborilgan fuqarolar hamda Vazirlik oʻrtasida oʻqishni tamomlagandan keyin besh kalendar yili mobaynida ichki ishlar organlarida, shuningdek taqsimot boʻyicha yuborilganda boshqa davlat idoralarida majburiy uzluksiz xizmat oʻtashlari haqida shartnoma tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Shartnoma shartlari hamda uning bajarilmasligi sababli moddiy javobgarlik haqida nomzod (shuningdek uning ota-onasi) oʻqishga kirguniga qadar dastlabki tanlov davrida yozma ravishda ogohlantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda Vazirlikning tegishli bosh boshqarmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarida tuziladigan ishchi guruhlar tomonidan nomzod (shuningdek uning ota-onasi) yozma ravishda ogohlantiriladi va ulardan mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda tilxat olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Kursant, tinglovchi yoki xodim tomonidan shartnoma shartlari bajarilmasa undan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan (bundan buyon matnda davlat budjeti deb yuritiladi) oʻqishiga sarflangan mablagʻlar qonun hujjatlariga muvofiq undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Shartnoma tuzish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Shartnoma oliy harbiy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirgan fuqarolar hamda Vazirlik tomonidan xorijiy davlatlar oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga yuboriladigan fuqarolar bilan belgilangan tartibda oʻqishni tamomlaganidan keyin besh kalendar yili mobaynida ichki ishlar organlarida, shuningdek taqsimot boʻyicha yuborilganda boshqa davlat idoralarida majburiy uzluksiz xizmat oʻtashlari uchun tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Kursant va Vazirlik nomidan Vazirlik oliy harbiy taʼlim muassasasi rahbari oʻrtasida mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda shartnoma tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tinglovchi va Vazirlik nomidan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari — Kadrlar bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrtasida mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda shartnoma tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kursantlar yoki tinglovchilar safidan chiqarilib oʻqishga qayta tiklangan kursant va tinglovchi bilan qayta shartnoma tuzilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Shartnoma ikki nusxada davlat yoki rus tilida tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shartnomani tuzish tomonlarning imzolashlari orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Kursant yoki tinglovchi shartnoma tuzishni rad qilganda, mazkur holat boʻyicha masʼul xodim tomonidan dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dalolatnomada kursant yoki tinglovchining shartnoma tuzishni rad etish sabablari, kursant yoki tinglovchini oʻqishga kirganligini tasdiqlovchi hujjatning raqami va sanasi koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Tuzilgan shartnomaning bir nusxasi kursant yoki tinglovchiga beriladi ikkinchi nusxasi kursant yoki tinglovchining shaxsiy hujjatlar yigʻmajildiga biriktiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Oʻqitishga sarflangan mablagʻlarni qoplash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Xizmatni majburiy oʻtashi lozim boʻlgan muddatdan oldin boʻshatilgan xodim uning Vazirlik oliy harbiy taʼlim muassasasida yoki xorijiy davlatlar oliy taʼlim muassasasida taʼlim olishi uchun davlat budjetidan sarflangan mablagʻlar u xizmatdan boʻshatilgan kundan boshlab 30 kun ichida davlat budjetiga qaytarilishi kerakligi haqida ogohlantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Xodim tomonidan qaytarilishi lozim boʻlgan pul mablagʻlari yuridik shaxslar tomonidan toʻlab berilishi mumkin. Bunda pul mablagʻlarini davlat budjeti mablagʻlari hisobidan toʻlab berishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Xodim qaytarilishi lozim boʻlgan pul mablagʻlarini toʻlagandan keyin tasdiqlovchi hujjatning nusxasini oʻzining soʻnggi ish joyiga taqdim qilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Xodim tomonidan qaytarilishi lozim boʻlgan pul mablagʻlari muddatida qaytarilmagan taqdirda u belgilangan tartibda sud orqali undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Pul mablagʻlarini toʻlagan xodim xizmatga tiklangan taqdirda undan undirilgan pul mablagʻlari toʻliq qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Xodim Vazirlik oliy harbiy taʼlim muassasasini yoki xorijiy davlatlar oliy taʼlim muassasasini tamomlagandan keyin shartnomani muddatidan ilgari bekor qilganda, undan undiriladigan pul mablagʻlari besh kalendar yili mobaynida oʻtalgan va oʻtalmay qolgan xizmat davrining nisbatidan kelib chiqib hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda xodimni Vazirlik oliy harbiy taʼlim muassasasida yoki xorijiy davlatlar oliy taʼlim muassasasida oʻqitishga sarflangan xarajatlar xodim uchun yoʻnaltirilgan davlat budjeti mablagʻlari miqdoridan kelib chiqib, xodim xizmatni ichki ishlar organlari tizimida oʻtagan boʻlsa Vazirlikning tegishli tarkibiy tuzilmasi yoki xodim xizmatni taqsimot boʻyicha yuborilgan davlat idoralarida oʻtagan taqdirda Vazirlik tomonidan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Xodimning Vazirlik oliy harbiy taʼlim muassasasida yoki xorijiy davlatlar oliy taʼlim muassasasida oʻqishi uchun sarflangan mablagʻlarni hisoblashda quyidagilar eʼtiborga olinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
professor-oʻqituvchilar tarkibining ish haqi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kursantga toʻlangan stipendiya;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dori vositalari taʼminoti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kiyim-kechak taʼminoti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oziq-ovqat taʼminoti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kursantlarning ish oʻrganish amaliyotini (stajirovkani) tashkil etish bilan bogʻliq xizmat safari xarajatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoʻl xarajatlari (tinglovchilar uchun).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Davlat budjetidan 1 ta kursant yoki tinglovchi uchun 1 yilda sarflanadigan mablagʻning belgilangan qiymati har yili 1-aprelga qadar Vazirlik oliy harbiy taʼlim muassasasi yoki Vazirlikning oʻtgan moliya yili koʻrsatkichlaridan kelib chiqib hisoblanadi hamda tegishli rahbar tomonidan tasdiqlanadi, shuningdek belgilangan tartibda saqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Davlat budjetidan 1 ta kursant uchun 1 yilda sarflanadigan mablagʻ quyidagi formulaga asosan aniqlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SMY = (POʻIH + S + DV + KK + OO + XSX) / SHS,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SMY — 1 yilda davlat budjetining 1 ta kursant uchun sarflanadigan mablagʻlar yigʻindisi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
POʻIH — professor-oʻqituvchilar tarkibi ish haqi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
S — stipendiya;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
DV — dori vositalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
KK — kiyim kechak;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OO — oziq-ovqat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
XSX — xizmat safari xarajatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SHS — kursantlarning umumiy soni.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Davlat budjetidan 1 ta tinglovchi uchun 1 yilda sarflanadigan mablagʻ quyidagi formulaga asosan aniqlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SMY = KK + YX,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SMY — 1 yilda davlat budjetining 1 ta tinglovchi uchun sarflanadigan mablagʻlar yigʻindisi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
KK — kiyim-kechak;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
YX — yoʻl xarajatlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Xodim Vazirlik oliy harbiy taʼlim muassasasida yoki xorijiy davlatlar oliy taʼlim muassasasida oʻqishining butun davri uchun sarflangan davlat budjeti mablagʻlarining miqdori har yili kursant yoki tinglovchi uchun sarflangan davlat budjeti mablagʻlarining yigʻindisini qoʻshgan holda aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Vazirlik oliy harbiy taʼlim muassasasida yoki xorijiy davlatlar oliy taʼlim muassasasida taʼlim olganlik uchun xodimlar tomonidan qoplanishi kerak boʻlgan davlat budjeti mablagʻlarining miqdori quyidagi formulaga asosan aniqlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MM = (5 — TXY — TXO / 12 — XOʻK / 365) × (SBMM / 5),
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MM — mablagʻlar miqdori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TXY — xodim Vazirlik oliy harbiy taʼlim muassasasini yoki xorijiy davlatlar oliy taʼlim muassasasini tamomlaganidan keyin ichki ishlar organlarida yoki taqsimot boʻyicha yuborilgan davlat idorasida toʻliq xizmat oʻtagan yillar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TXO — xodim ichki ishlar organlaridan yoki taqsimot boʻyicha yuborilgan davlat idorasidan xizmatdan boʻshatilgan yiliga kelib toʻliq xizmat oʻtagan oylar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
XOʻK — xodim xizmatdan boʻshatilish yilida ichki ishlar organlarida yoki taqsimot boʻyicha yuborilgan davlat idorasida xizmat oʻtagan kunlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SBMM — oʻqishning butun davri uchun sarflangan davlat budjeti mablagʻlarining miqdori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Yakuniy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Ushbu Nizomda qayd etilgan masalalar yuzasidan kelib chiqadigan nizolar qonun hujjatlariga muvofiq hal etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki ishlar organlarida majburiy xizmatni oʻtash haqidagi shartnomalarni tuzish hamda shartnoma shartlari bajarilmaganda xarajatlarni qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

‎‎Men, ___________________________________________________________________________________________ga
‎(Oʻzbekiston Respublikasi IIV yoki xorijiy davlat oliy taʼlim muassasasi nomi)
‎oʻqishga kirishga nomzod _______________________________________________________________________ oʻqishga
‎(F.I.O.)

‎‎qabul qilinsam men bilan tuziladigan shartnoma shartlarini oʻqishni tamomlaganimdan soʻng bajarmaganligim sababli, zaxiraga boʻshatilsam, shartnomani muddatidan ilgari bekor qilsam yoki jinoyat sodir etib javobgarlikka tortilsam, moddiy javobgarligim toʻgʻrisida ogohlantirildim.

‎‎__________________
‎(imzo)

_______________________________
‎‎‎(F.I.O.)

‎‎20___ yil “____” ________________
‎‎

‎‎‎‎Biz, ______________________________________________________________________________________ga oʻqishga
‎(Oʻzbekiston Respublikasi IIV yoki xorijiy davlat oliy taʼlim muassasasi nomi)

‎‎kirishga nomzodning ota-onasi, farzandimiz ____________________________________________________________

‎‎(F.I.O.)

‎‎oʻqishga qabul qilinsa u bilan tuziladigan shartnoma shartlarini oʻqishni tamomlaganidan soʻng bajarmaganligi sababli, zaxiraga boʻshatilsa, shartnomani muddatidan ilgari bekor qilsa yoki jinoyat sodir etib javobgarlikka tortilsa, moddiy javobgarligimiz toʻgʻrisida ogohlantirildik.

‎‎__________________
‎(imzo)

‎‎‎__________________ ‎(imzo)

_______________________________
‎‎‎(F.I.O.)

‎_______________________________ ‎‎‎(F.I.O.) ‎

‎‎‎‎20___ yil “____” ________________
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki ishlar organlarida majburiy xizmatni oʻtash haqidagi shartnomalarni tuzish hamda shartnoma shartlari bajarilmaganda xarajatlarni qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

‎‎Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oliy harbiy taʼlim muassasasiga oʻqishga qabul qilingan fuqaro (kursant) bilan oʻqish (xizmat oʻtash) va oʻqishni tamomlaganidan keyin besh kalendar yili mobaynida ichki ishlar organlarida, shuningdek taqsimot boʻyicha yuborilganda boshqa davlat idoralarida majburiy uzluksiz xizmat oʻtash toʻgʻrisida

‎SHARTNOMA

‎1. Shartnoma predmeti

‎Men ____________________________________________________________________________________________(F.I.O.) ________________________________________________________________________________________________(Tugʻilgan sanasi, oyi va yili)

‎‎(bundan buyon matnda kursant deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (bundan buyon matnda Vazirlik deb yuritiladi) nomidan _______________________________________________________bilan ixtiyoriy

‎‎(Oliy harbiy taʼlim muassasasi boshligʻining unvoni va F.I.O.)
‎‎ravishda kursant sifatida ____________________________________ da ______________________ oʻqish va oʻqishni

‎‎‎‎(Oliy harbiy taʼlim muassasaning nomi)

(Oʻqish davri)‎

‎‎tamomlaganidan keyin besh kalendar yili mobaynida ichki ishlar organlarida, shuningdek taqsimot boʻyicha yuborilganda boshqa davlat idoralarida majburiy uzluksiz xizmat oʻtash toʻgʻrisida ushbu shartnoma tuzildi.

‎‎2. Tomonlarning huquq va majburiyatlari

‎‎2.1. Kursantning huquqlari:
‎a) qonun hujjatlarida belgilangan huquq va erkinliklardan ichki ishlar organlari xodimlari uchun belgilangan cheklovlar va taqiqlarni hisobga olgan holda foydalanish;
‎b) komandirlar (boshliqlar) va boshqa mansabdor shaxslar tomonidan oʻziga nisbatan adolatli munosabatda boʻlishlari hamda shaʼni va qadr-qimmatining hurmat qilinishiga;
‎v) Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida nazarda tutilgan tartibda davlat hisobidan pul va moddiy taʼminlanish;
‎g) Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida nazarda tutilgan tartibda davlat pensiya taʼminoti, ijtimoiy va huquqiy himoyalanish;
‎d) Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan taʼlim standartlariga muvofiq taʼlim olish;
‎e) hayoti va sogʻligʻini himoyalash;
‎j) Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida nazarda tutilgan tartibda va shartlarda xizmat oʻtash haqida shartnoma tuzish va uni bekor qilish;
‎z) xavfsizlik texnikasi va gigiyena talablariga mos keladigan xizmat sharoitlariga ega boʻlish;
‎i) davlat tomonidan sugʻurtalanish;
‎k) xizmat majburiyatlarini bajarish munosabati bilan yuzaga kelgan tortishuvlarni tomonlar kelishuvi yoki sud tartibida hal qilish;
‎l) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa kafolatlar va kompensatsiyalarni olish.
‎2.2. Kursantning majburiyatlari:
‎a) kelgusida Oʻzbekiston Respublikasi suvereniteti va hududiy yaxlitligini, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini, jismoniy va yuridik shaxslarning mulkini, jamiyat va davlatning xavfsizligini, konstitutsiyaviy tuzumni himoyachisi — ofitser sifatida xizmat olib borish uchun zarur boʻlgan bilim hamda koʻnikmalarni sidqidildan va qunt bilan egallashni;
‎b) oʻqish davri mobaynida kursant (xodim) sifatida xizmat olib borish, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi va oliy harbiy taʼlim muassasasi boshligʻining normativ-huquqiy hujjatlari bilan belgilangan umummajburiy, funksional va maxsus majburiyatlarni vijdonan ado etishni;
‎v) oʻqishni tamomlaganidan keyin besh kalendar yili mobaynida taqsimot boʻyicha oʻzi yuborilgan vazirlik yoki boshqa davlat idorasi bilan ofitserlar tarkibi lavozimlarda xizmat oʻtash toʻgʻrisida shartnoma tuzishni;
‎g) oʻqishni tamomlaganidan keyin besh kalendar yili mobaynida ichki ishlar organlarida, shuningdek taqsimot boʻyicha yuborilganda boshqa davlat idoralarida majburiy uzluksiz xizmat oʻtashni;
‎d) shartnoma shartlarini bajarmaganlik uchun oʻqitishga sarflangan davlat budjeti mablagʻlarini qaytarishni.
‎2.3. Vazirlikning huquqlari:
‎a) xizmat oʻtash tartibi va shartlaridan kelib chiqqan holda kursant (xodim)ni qonunchilikda nazarda tutilgan ayrim huquq va erkinliklaridan cheklash;
‎b) Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda va shartlar asosida shartnoma tuzish va uni bekor qilish;
‎v) kursant (xodim) bilan yuzaga kelgan nizolarni tomonlar kelishuvi yoki sud tartibida hal qilish;
‎g) kursant (xodim)ni Oʻzbekiston Respublikasi suvereniteti va hududiy yaxlitligini, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini, jismoniy va yuridik shaxslarning mulkini, jamiyat va davlatning xavfsizligini, konstitutsiyaviy tuzumni himoyalash hamda jamoat tartibini saqlash boʻyicha xizmat-jangovar vazifalarni bajarishga yuborish;
‎d) oliy taʼlim muassasasini tamomlaganidan keyin xodimni Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari va Qurolli Kuchlari manfaatlaridan kelib chiqqan holda taqsimot boʻyicha Oʻzbekistonning har qanday mintaqasiga xizmat oʻtash uchun yuborish.
‎2.4. Vazirlikning majburiyatlari:
‎a) oliy harbiy taʼlim muassasasiga oʻqishga qabul qilinadigan nomzodni taʼlim olish va kelgusida xizmat oʻtash shartlari bilan tanishtirish;
‎b) nomzodni xizmat oʻtashning zararli va xavfli sharoitlari, kasbiy kasallikka duchor boʻlishi mumkinligi, shuningdek xizmat majburiyatlarini bajarish munosabati bilan baʼzi huquq va erkinliklarining cheklanishi haqida ogohlantirish.
‎v) mazkur shartnomani tuzgan kursant (xodim) va uning oila aʼzolari huquqlarini qonunchilikda belgilangan tartibda taʼminlash;
‎g) kursant (xodim)ni majburiy sugʻurta qilishni taʼminlash;
‎d) kursant (xodim)ni belgilangan pul va moddiy taʼminot bilan taʼminlash;
‎e) kursant (xodim)ga taʼlim standartlari boʻyicha bilim va koʻnikmalar berilishini kafolatlash;
‎j) kursant (xodim)ga tegishli taʼlim olish va yashash sharoitlarini yaratish;
‎z) kursant (xodim)ga xizmat majburiyatlarini bajarishda sogʻligʻiga yetkazilgan zararning qoplanishini taʼminlash;
‎i) oliy harbiy taʼlim muassasasida yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlari hamda bitiruv malakaviy ishini muvaffaqiyatli topshirib oʻqishni tamomlagan kursantga ofitser unvoni berilganidan keyin, ofitserlar tarkibidagi lavozimlarda xizmat oʻtash imkoniyatini berish.

‎‎3. Tomonlarning javobgarligi

3.1. Tomonlar zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishi shart;
‎3.2. Shartnoma shartlariga rioya qilmaganlik uchun tomonlar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.

‎‎4. Shartnomani bekor qilish tartibi

‎‎4.1. Kursant oliy harbiy taʼlim muassasasidan shartnoma amal qilish muddati tugashidan avval kursantlar safidan chetlashtirilganida;
‎4.2. Kursant (xodim) vafot etishi, bedarak yoʻqolgan deb topilganligi yoki vafot etgan deb eʼlon qilinganligi munosabati bilan ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi roʻyxatidan oʻchirilishi kunidan boshlab;
‎4.3. Kursant (xodim) ichki ishlar organlaridan harbiy-tibbiy komissiya xulosasi asosida yoki tashkiliy-shtat oʻzgarishlari sababli boʻshatilganda;
‎4.4. Kursant (xodim)ning ota-onasi, aka-ukalari yoki opa-singillaridan biri nazorat yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimi yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchisi boʻlib, xizmat vazifalarini bajarish chogʻida halok boʻlgan taqdirda;
‎ 4.5. Amal qilish muddati tugaganida.

‎‎5. Yakuniy qoidalar

‎‎5.1. Mazkur shartnoma bilan tartibga solinmagan masalalar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
‎5.2. Ushbu shartnoma 20_____yil “_____”_________________gacha amal qiladi.
‎5.3. Shartnoma tomonlarning har biri uchun ikki nusxada tuzildi va ular bir xil yuridik kuchga ega.

‎‎6. Tomonlarning manzili va rekvizitlari:

‎‎“Kursant”
‎______________________________________
‎______________________________________
‎______________________________________
‎______________________________________
‎(F.I.O. imzo)

‎‎‎‎“Vazirlik” ‎______________________________________ ‎______________________________________ ‎______________________________________ ‎______________________________________ ‎(Mansabdor shaxsning lavozimi, unvoni, F.I.O., imzo, M.Oʻ.)

Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki ishlar organlarida majburiy xizmatni oʻtash haqidagi shartnomalarni tuzish hamda shartnoma shartlari bajarilmaganda xarajatlarni qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oliy harbiy taʼlim muassasasiga oʻqishga qabul qilingan fuqaro (tinglovchi) bilan oʻqish (xizmat oʻtash) va oʻqishni tamomlaganidan keyin besh kalendar yili mobaynida ichki ishlar organlarida, shuningdek taqsimot boʻyicha yuborilganda boshqa davlat idoralarida majburiy uzluksiz xizmat oʻtash toʻgʻrisida

‎SHARTNOMA

‎1. Shartnoma predmeti

‎Men _____________________________________________________________________________________________(F.I.O.) _________________________________________________________________________________________________(Tugʻilgan sanasi, oyi va yili)

(bundan buyon matnda tinglovchi deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (bundan buyon matnda Vazirlik deb yuritiladi) nomidan _______________________________________________________________bilan

‎‎(Vazirlik mansabdor shaxsning lavozimi, unvoni va F.I.O.)

ixtiyoriy ‎‎ravishda kursant sifatida _______________________________________________ da _________________

‎‎(Xorijiy davlat oliy taʼlim muassasaning nomi)

‎‎(Oʻqish davri)

oʻqish va oʻqishni tamomlaganidan keyin besh kalendar yili mobaynida ichki ishlar organlarida, shuningdek taqsimot boʻyicha yuborilganda boshqa davlat idoralarida majburiy uzluksiz xizmat oʻtash toʻgʻrisida ushbu shartnoma tuzildi.

‎‎2. Tomonlarning huquq va majburiyatlari

2.1. Tinglovchining huquqlari:
‎a) qonun hujjatlarida belgilangan huquq va erkinliklardan ichki ishlar organlari xodimlari uchun belgilangan cheklovlar va taqiqlarni hisobga olgan holda foydalanish;
‎b) komandirlar (boshliqlar) va boshqa mansabdor shaxslar tomonidan oʻziga nisbatan adolatli munosabatda boʻlishlari hamda shaʼni va qadr-qimmatining hurmat qilinishiga;
‎v) Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida nazarda tutilgan tartibda davlat hisobidan pul va moddiy taʼminlanish;
‎g) Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida nazarda tutilgan tartibda davlat pensiya taʼminoti, ijtimoiy va huquqiy himoyalanish;
‎d) belgilangan taʼlim standartlariga muvofiq taʼlim olish;
‎e) hayoti va sogʻligʻini himoyalash;
‎j) Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida nazarda tutilgan tartibda va shartlarda xizmat oʻtash haqida shartnoma tuzish va uni bekor qilish;
‎z) xavfsizlik texnikasi va gigiyena talablariga mos keladigan xizmat sharoitlariga ega boʻlish;
‎i) davlat tomonidan sugʻurtalanish;
‎k) xizmat majburiyatlarini bajarish munosabati bilan yuzaga kelgan tortishuvlarni tomonlar kelishuvi yoki sud tartibida hal qilish;
‎l) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa kafolatlar va kompensatsiyalarni olish.
‎2.2. Tinglovchining majburiyatlari:
‎a) kelgusida Oʻzbekiston Respublikasi suvereniteti va hududiy yaxlitligini, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini, jismoniy va yuridik shaxslarning mulkini, jamiyat va davlatning xavfsizligini, konstitutsiyaviy tuzumni himoyachisi — ofitser sifatida xizmat olib borish uchun zarur boʻlgan bilim hamda koʻnikmalarni sidqidildan va qunt bilan egallashni;
‎b) oʻqish davri mobaynida tinglovchi (xodim) sifatida xizmat olib borish, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi va xorijiy davlat oliy taʼlim muassasasi boshligʻining normativ-huquqiy hujjatlari bilan belgilangan umummajburiy, funksional va maxsus majburiyatlarni vijdonan ado etishni;
‎v) oʻqishni tamomlaganidan keyin besh kalendar yili mobaynida taqsimot boʻyicha oʻzi yuborilgan vazirlik yoki boshqa davlat idorasi bilan ofitserlar tarkibi lavozimlarda xizmat oʻtash toʻgʻrisida shartnoma tuzishni;
‎g) oʻqishni tamomlaganidan keyin besh kalendar yili mobaynida ichki ishlar organlarida, shuningdek taqsimot boʻyicha yuborilganda boshqa davlat idoralarida majburiy uzluksiz xizmat oʻtashni;
‎d) shartnoma shartlarini bajarmaganlik uchun oʻqitishga sarflangan davlat budjeti mablagʻlarini qaytarishni.
‎2.3. Vazirlikning huquqlari:
‎a) xizmat oʻtash tartibi va shartlaridan kelib chiqqan holda tinglovchi (xodim)ni qonunchilikda nazarda tutilgan ayrim huquq va erkinliklaridan cheklash;
‎b) Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda va shartlar asosida shartnoma tuzish va uni bekor qilish;
‎v) tinglovchi (xodim) bilan yuzaga kelgan nizolarni tomonlar kelishuvi yoki sud tartibida hal qilish;
‎g) tinglovchi (xodim)ni Oʻzbekiston Respublikasi suvereniteti va hududiy yaxlitligini, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini, jismoniy va yuridik shaxslarning mulkini, jamiyat va davlatning xavfsizligini, konstitutsiyaviy tuzumni himoyalash hamda jamoat tartibini saqlash boʻyicha xizmat-jangovar vazifalarni bajarishga yuborish;
‎d) oliy taʼlim muassasasini tamomlaganidan keyin xodimni Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari va Qurolli Kuchlari manfaatlaridan kelib chiqqan holda taqsimot boʻyicha Oʻzbekistonning har qanday mintaqasiga xizmat oʻtash uchun yuborish.
‎2.4. Vazirlikning majburiyatlari:
‎a) xorijiy davlat oliy taʼlim muassasasiga oʻqishga yuborilayotgan nomzodni taʼlim olish va kelgusida xizmat oʻtash shartlari bilan tanishtirish;
‎b) nomzodni xizmat oʻtashning zararli va xavfli sharoitlari, kasbiy kasallikka duchor boʻlishi mumkinligi, shuningdek xizmat majburiyatlarini bajarish munosabati bilan baʼzi huquq va erkinliklarining cheklanishi haqida ogohlantirish.
‎v) mazkur shartnomani tuzgan tinglovchi (xodim) va uning oila aʼzolari huquqlarini qonunchilikda belgilangan tartibda taʼminlash;
‎g) tinglovchi (xodim)ni majburiy sugʻurta qilishni taʼminlash;
‎d) tinglovchi (xodim)ni belgilangan pul va moddiy taʼminot bilan taʼminlash;
‎e) tinglovchi (xodim)ga taʼlim standartlari boʻyicha bilim va koʻnikmalar berilishini kafolatlash;
‎j) tinglovchi (xodim)ga tegishli taʼlim olish va yashash sharoitlarini yaratish;
‎z) tinglovchi (xodim)ga xizmat majburiyatlarini bajarishda sogʻligʻiga yetkazilgan zararning qoplanishini taʼminlash;
‎i) xorijiy davlat oliy taʼlim muassasasida oʻqishni tamomlagan tinglovchiga ofitser unvoni berilganidan keyin, ofitserlar tarkibidagi lavozimlarda xizmat oʻtash imkoniyatini berish.

‎‎3. Tomonlarning javobgarligi

3.1. Tomonlar zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishi shart;
‎3.2. Shartnoma shartlariga rioya qilmaganlik uchun tomonlar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.

‎‎4. Shartnomani bekor qilish tartibi

4.1. Tinglovchi xorijiy davlat oliy taʼlim muassasasidan shartnoma amal qilish muddati tugashidan avval tinglovchilar safidan chetlashtirilganida;
‎4.2. Tinglovchi (xodim) vafot etishi, bedarak yoʻqolgan deb topilganligi yoki vafot etgan deb eʼlon qilinganligi munosabati bilan ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi roʻyxatidan oʻchirilishi kunidan boshlab;
‎4.3. Tinglovchi (xodim) ichki ishlar organlaridan harbiy-tibbiy komissiya xulosasi asosida yoki tashkiliy-shtat oʻzgarishlari sababli boʻshatilganda;
‎4.4. Tinglovchi (xodim)ning ota-onasi, aka-ukalari yoki opa-singillaridan biri nazorat yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimi yoxud Oʻzbeyiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchisi boʻlib, xizmat vazifalarini bajarish chogʻida halok boʻlgan taqdirda;
‎4.5. Amal qilish muddati tugaganida.

‎‎5. Yakuniy qoidalar

‎‎5.1. Mazkur shartnoma bilan tartibga solinmagan masalalar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
‎5.2. Ushbu shartnoma 20_____yil “_____”_________________gacha amal qiladi.
‎5.3. Shartnoma tomonlarning har biri uchun ikki nusxada tuzildi va ular bir xil yuridik kuchga ega.

‎‎6. Tomonlarning manzili va rekvizitlari:

‎‎“Tinglovchi”
‎______________________________________
‎______________________________________
‎______________________________________
‎______________________________________
‎(F.I.O. imzo)

‎‎‎‎“Vazirlik” ‎______________________________________ ‎______________________________________ ‎______________________________________ ‎______________________________________ ‎(Mansabdor shaxsning lavozimi, unvoni, F.I.O., imzo, M.Oʻ.)

Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2018-y., 10/18/2998/1074-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)