Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.10.1993 09.01.1992 yildagi 4-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining qarori, 09.01.1992 yildagi 4-son
Date of entry into force
09.01.1992
Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.10.1993
Hujjat 09.01.1992 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NARXLARNI LIBERALLAShTIRISh ChORALARI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 19-noyabrdagi 505-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash va ularning baʼzilariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini barqarorlashtirish va bozor munosabatlarini shakllantirish uchun shart-sharoit yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 1992-yil 16-yanvardan ishlab chiqarish-texnika maqsadlaridagi mahsulotlarga, xalq isteʼmoli tovarlariga, ishlar va xizmatlarga talab va taklif asosida shakllanadigan shartnomaviy (erkin) narxlar va tariflarga asosan oʻtish amalga oshirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Aholining, eng avvalo ijtimoiy jihatdan muhtoj aholi talabalarining manfaatlarini himoya qilish zarurligini eʼtiborga olib, 1—3-ilovalarga muvofiq oziq-ovqat va sanoat (bolalar) tovarlarining chegaralangan doirasiga cheklangan narxlar miqdorlari, shuningdek, aholiga koʻrsatiladigan xizmatlarga tariflarning cheklangan miqdorlari belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishni koʻpaytirishni ragʻbatlantirish va eng muhim oziq-ovqat tovarlarining belgilanadigan cheklangan chakana narxlari bilan bogʻliqlikni taʼminlash maqsadida don, guruh, chorva mollari, parranda, sut va tuxum uchun 4-ilovaga muvofiq boshqariladigan xarid narxlarining chegarasi belgilansin. Bunda xoʻjaliklarga belgilanadigan topshiriqdagi mahsulotning 15 foizining va topshirishdan oshiqcha barcha mahsulotning narxi ishlab chiqaruvchilar tomonidan belgilanadi, yaʼni koʻrsatilgan mahsulot hajmlari erkin narxlarda sotiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Savdo vazirligi, moddiy-texnika taʼminoti davlat-kooperativ qoʻmitasi, Davlat tashqi savdo va xorijiy mamlakatlar bilan aloqalar qoʻmitasi va Oʻzbekbirlashuvga mahalliy Kengashlar ijroiya qoʻmitalari bilan birgalikda respublika tashqarisidan olib kelinadigan tovarlarning shartnomaviy narxlari hamda oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlarining cheklangan chakana narxlari oʻrtasidagi tafovutni 1, 2-ilovalarga muvofiq koʻrib chiqish va belgilangan tartibda hal qilish topshirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Savdo vazirligi, Oʻzbekbirlashuv oʻn kun muddat ichida Davlat narxlar qoʻmitasi bilan birgalikda umumiy ovqatlanish korxonalari uchun ustama narxlarning cheklangan darajalarini ishlab chiqsinlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat ijroiya qoʻmitalari va Toshkent shahar ijroiya qoʻmitasi esa ularni tasdiqlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat narxlar qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat ijroiya qoʻmitalari va Toshkent shahar ijroiya qoʻmitasiga narxlarni tahlil qilish asosida oʻzining yakkahukmronlik holatidan foydalanuvchi va narxlarni asoslanmagan xolda oshirishga yoʻl qoʻyuvchi korxonalarni shartnomaviy (erkin) narxlar va tariflarni qoʻllash huquqidan mahrum qilishga hamda ularning mahsulotlariga narxlarning cheklangan darajalarini joriy qilishga ruxsat berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Konsernlarga, birlashmalarga; korxonalar va xoʻjaliklarga Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududida zaruriyat boʻlganda oʻz mablagʻlari hisobidan, eng avvalo oʻz xodimlari va xizmatchilari uchun quyidagicha kompensatsiyalar ajratish hisobiga narxlarning cheklangan darajalarini kamaytirish imkoniyatlarini qidirib topish tavsiya qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumiy ovqatlanish korxonalari mahsulotlariga (maktab, studentlar, ishchilar oshxonalari va boshqalar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
transport, maishiy, Kommunal va boshqa xizmat turlariga.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga Savdo vazirligi, Oʻzbekbirlashuv va Xalq taʼlimi vazirligi bilan birgalikda 10 kun muddat ichida maktab oshxonalari va bufetlarida ovqatlanish qiymati qoʻshimcha xarajatlarining bir qismini qoplash tartibini koʻrib chiqish va tasdiqlash vazifasi topshirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy oʻquv yurtlari talabalarining, davlat taʼminotida boʻlmagan oʻrta maxsus oʻquv yurtlari va hunar-texnika bilim yurtlari oʻquvchilarining ovqatlanish qiymatini qoplash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 4-apreldagi 87-son qarorida koʻzda tutilgan kompensatsiya miqdori 2 baravar oshirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Konsernlar, korxonalar va tashkilotlar (mulkchilik shaklidan qatʼi nazar) ishlab chiqarish-texnika maqsadlaridagi mahsulotlar va isteʼmol tovarlarining qoldiqlarini qayta baholasinlar, oshirib baholangan summa miqdorining 50 foizi aholini ijtimoiy himoya qilish uchun respublika budjetiga va 50 foizi oʻzining oborot mablagʻlarini toʻldirishga oʻtkazilsin,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Kalish ishlab chiqarishning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida “Oʻzbekrezinotexnika” birlashmasiga ishlab chiqarilgan mahsulot hajmining 15 foizini tuzilgan shartnomalar boʻyicha valyutaga sotishga ruxsat berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Aholining ayrim toifalarini ijtimoiy himoya qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 2-apreldagi 82-son, 1991-yil 12-apreldagi 97-son, 1991-yil 22-maydagi 140-son qarorlari bilan belgilangan amaldagi imtiyozlar saqlab qolinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlarning hisob-kitoblari boʻyicha 1992-yilgi budjetda aholiga ayrim oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlarini belgilangan norma boʻyicha sotishdan, shahar avtomobil va shahar elektr transportida yoʻlovchilar tashish, shuningdek, issiqlik taʼminoti va kvartira haqi xizmatlaridan dotatsiyalarni nazarda tutsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat narxlar qoʻmitasi oʻn kun muddat ichida ishlab chiqarish-texnika maqsadlaridagi mahsulotga, xalq isteʼmoli tovarlari va xizmatlarga shartnomaviy (erkin) narxlarni qoʻllanish tartibi toʻgʻrisida Vaqtinchalik nizom ishlab chiqsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat narxlar qoʻmitasi, Davlat soliq xizmati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat ijroiya qoʻmitalari va Toshkent shahar ijroiya qoʻmitasi xalq isteʼmoli tovarlari, ishlab chiqarish-texnika maqsadlaridagi mahsulotlar va xizmatlar uchun narx intizomiga rioya qilish ustidan nazoratni kuchaytirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasi Raisining oʻrinbosarlari — komplekslarning rahbarlariga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasi Raisining birinchi oʻrinbosari I. JOʻRABEKOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1992-yil 9-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
1992-yil 9-yanvardagi 4-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
BELGILANGAN BERISh NORMALARI BOʻYIChA AHOLIGA SOTILADIGAN IJTIMOIY AHAMIYATGA MOLIK OZIQ-OVQAT TOVARLARI ChAKANA NARXLARINING ChEKLANGAN MIQDORLARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Nomi‎

Oʻlchov birligi‎ Bir birlik uchun
‎chakana narxi, (oʻrtacha) soʻm
‎va tiyin hisobida‎
Oq, kora, javdar buxanka nonlar* kg‎ 1—20‎
Un‎ kg‎ 1—80‎
Makaron‎ kg‎ 3—00‎
Guruch‎ kg‎ 5—00‎
Oʻsimlik yogʻi‎ kg‎ 5—00‎
Choy‎ kg‎ 30—00‎
Qand-shakar‎ kg‎ 8—00‎
Tuxum‎ 10 dona‎ 5—00‎
Barcha turdagi goʻsht‎ kg‎ 30—00‎
Sut (qaymogʻi olinmagan)* l 1—50‎
Qaymoq (yogʻdorligi 25%)* kg‎ 18—00‎
“Russkaya” arogʻi‎ 0,5 l 35—00‎
Kir sovun‎ dona 1—00‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Non, sut va qaymoq uchun ularni qanchadan berish normasi belgilanmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
1992-yil 9-yanvardagi 4-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
BELGILANGAN BERISh NORMALARI BOʻYIChA AHOLIGA SOTILADIGAN IJTIMOIY AHAMIYATGA MOLIK NOOZIQ-OVQAT TOVARLARI ChAKANA NARXLARI DARAJASINI OShIRIShNING ChEKLANGAN MIQDORLARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Nomi‎

Baravar koeffitsiyentlarda‎
Ip-gazlama matolar:‎
boʻz‎ 2,7‎
oqartirilgan chit, mal-mal,‎
madapolam (oq surp)‎ 2,7‎
doka‎ 3,5
Chaqaloqlar uchun komplekt‎ 1,8

12 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun tovarlar‎‎

Oʻgʻil bolalar koʻylaklari, shimlari‎
Qizlar koʻylagi‎ 2,5‎
Poyabzal‎ 3,6‎
Paypoq mahsulotlari, kolgotkalar‎ 2,5
Kalish‎ *
Koʻmir* 3‎
Benzin** 5‎
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* bir juft kalish uchun — 40 soʻm.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
** normalanmaydigan tovarlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
1992-yil 9-yanvardagi 4-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
AHOLIGA KOʻRSATILADIGAN IJTIMOIY AHAMIYATGA MOLIK XIZMATLAR TARIFLARI DARAJASI OʻZGARIShINING ChEKLANGAN MIQDORLARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koeffitsiyent‎
Aholi ehtiyoji uchun beriladigan elektr energiyasi‎ *
Havo transportida tashish tariflari‎ 4,7‎
Temir yoʻl transportida tashish tariflari‎ 3,9‎
Shahar avtobusida yoʻlovchilarni tashish tariflari‎ 2,0‎
Engil taksomotorda tashish tariflari‎ 4,0‎
Marshrutli taksomotor avtobuslari bilan yoʻlovchilarni tashish tariflari‎ 5,0‎
Shaharlararo avtobus marshrutlarida yoʻlovchilarni tashish tariflari‎ 2,9‎
Xizmat yengil avtomobillari uchun tariflar‎ 2,4‎
Shahar elektr transportida yoʻlovchilarni tashi� tariflari:‎
metro, tramvay, trolleybus‎ 2,0‎
Markaziy isitish‎ 2,0‎‎
Issiq suv bilan taʼminlash‎ 2,0‎‎
Kvartira haqi‎ 1,5‎
Kanalizatsiya xizmatlari‎ 2,0‎
Vodoprovod xizmatlari‎ 2,0‎
Aloqa xizmatlari, oʻrtacha‎ 3,6‎
Transport-ekspeditsiya xizmatlari‎ 4,3‎
Aholi buyurtmasi boʻyicha remont-qurilish ishlari‎ 3,9‎
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Shahar va qishloq aholi punktlarida yashovchi axoli ehtiyojlari uchun beriladigan elektr energiyasiga bir kVt-soat uchun tegishli ravishda 4 tiyin va 2 tiyin oʻrniga 8 tiyin miqdorida tarif belgilandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
1992-yil 9-yanvardagi 4-son qaroriga
4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ENG MUHIM OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI UChUN XARID NARXLARINING ChEKLANGAN MIQDORLARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

1 tonnasiga soʻm hisobida (oʻrtacha)‎

Boshoqli don‎ 1200‎
Makkajoʻxori doni‎ 1000
Guruch‎ 2000‎
Qoramol, ot va tuya‎ 15300‎
Choʻchqa‎ 15600‎
Qoʻy va echkilar‎ 11700‎
Parranda‎ 20100‎
Bazis yogʻdorligi 3,6 foiz boʻlgan sut‎ 1850‎
Tuxum (1 ming donasi uchun)‎ 580‎
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh. Ishlab chiqarish uchun sarflanadigan jami xarajatlardan kelib chiqib, mol yogʻi yetishtiruvchilar uchun uning eng yuqori ulgurji narxi har kilogrammiga 50 soʻmgacha qilib belgilansin