25.10.2004 yildagi 498-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori, 25.10.2004 yildagi 498-son
Date of entry into force
25.10.2004
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TOVARLARNING OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI CHEGARASI ORQALI NOQONUNIY OLIB OʻTILISHINI BARTARAF ETISHGA DOIR FAOLIYATNI RAGʻBATLANTIRISH TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovarlar va boyliklarni Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali noqonuniy olib oʻtilishini bartaraf etishda chegara xizmatlari va bojxona organlarining oʻzaro hamkorligini mustahkamlash, namuna koʻrsatgan harbiy xizmatchilar va xodimlarning moddiy ragʻbatlantirilishini taʼminlash, shuningdek chegara va bojxona postlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasiga Davlat xavfsizlik xizmati huzurida budjetdan tashqari yagona Ijtimoiy rivojlantirish va tovarlarning Oʻzbekiston Respublikasi chegarasi orqali qonuniy olib oʻtilishini taʼminlovchi xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasini tashkil qilishga ruxsat etilsin.
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 396-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilab qoʻyilsinki, koʻrsatib oʻtilgan budjetdan tashqari yagona Jamgʻarma mablagʻlaridan Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari hamda bojxona organlarining tovarlar va mol-mulkning Oʻzbekiston Respublikasi chegarasi orqali noqonuniy olib oʻtilishini bartaraf etishda bevosita qatnashuvchi harbiy xizmatchilari va xodimlarini ragʻbatlantirishda, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchilarining ipoteka krediti boʻyicha dastlabki badalni toʻlashida, shuningdek bojxona va chegara postlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashda maqsadli foydalaniladi.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-sentabrdagi 748-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2018-y., 09/18/748/2024-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 2004-yil 1-noyabrdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi chegarasi orqali noqonuniy olib oʻtilishi natijasida bojxona organlari va chegarachilar tomonidan olib qoʻyilgan hamda qonunchilikda belgilangan tartibda davlat daromadiga oʻtkazilgan tovarlar yoki boshqa boyliklarni sotishdan olingan mablagʻlarni taqsimlashning quyidagi tartibi belgilansin:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42 foizi — davlat budjetiga;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-maydagi 315-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.05.2020-y., 09/20/315/0642-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50 foizi — budjetdan tashqari yagona Ijtimoiy rivojlantirish va tovarlarning chegara orqali qonuniy olib oʻtilishini taʼminlovchi xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasiga;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-maydagi 315-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.05.2020-y., 09/20/315/0642-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8 foizi — Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga.
(2-bandning ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-apreldagi 62-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 14-15-son, 106-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagi tartib belgilansin, unga koʻra davlat daromadiga oʻtkazilgan tovarlarni sotish umumiy summasidan koʻrsatib oʻtilgan budjetdan tashqari yagona Jamgʻarmaga tushadigan mablagʻlar teng ulushlarda qayta taqsimlanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Milliy xavfsizlik xizmatining Chegara qoʻshinlariga — 25 foiz;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat bojxona qoʻmitasiga — 25 foiz hamda tegishli subhisob raqamlariga oʻtkaziladi.
(3-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-maydagi 315-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.05.2020-y., 09/20/315/0642-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Milliy xavfsizlik xizmati va Davlat bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda 2004-yil 1-noyabrgacha boʻlgan muddatda budjetdan tashqari yagona Ijtimoiy rivojlantirish va tovarlarning chegara orqali qonuniy olib oʻtilishini taʼminlovchi xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasiga mablagʻlarni oʻtkazish, ularni qayta taqsimlash hamda ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni belgilangan tartibda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Moliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2004-yil 25-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
498-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 43-son, 455-modda; 2009-y., 3-son, 14-modda; 2010-y., 14-15-son, 106-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son, 21.09.2018-y., 09/18/748/2024-son; 23.05.2020-y., 09/20/315/0642-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)