07.04.2018 yildagi 277-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 07.04.2018 yildagi 277-son
Date of entry into force
10.07.2018
Hujjat 10.07.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Oʻzbekiston Respublikasida avtomobil transportida yuklarni tashish qoidalariga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Avtomobil transportida yuklarni tashish qoidalarini yanada takomillashtirish, shuningdek, tez buziladigan mahsulotlarni tashish xavfsizligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasida tez buziladigan mahsulotlarni avtomobilda xalqaro tashishlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 1-avgustdagi 213-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida avtomobil transportida yuklarni tashish qoidalariga hamda 1970-yil 1-sentabrda Jeneva shahrida (Shveysariya Konfederatsiyasi) imzolangan Tez buziladigan oziq-ovqat mahsulotlarini xalqaro tashishlar toʻgʻrisidagi va ushbu tashishlar uchun moʻljallangan maxsus transport vositalari haqidagi bitimlar (SPS) talablariga muvofiq amalga oshirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi Tez buziladigan oziq-ovqat mahsulotlarini xalqaro tashishlar toʻgʻrisidagi va ushbu tashishlar uchun moʻljallangan maxsus transport vositalari haqidagi bitimlarning amalga oshirilishi uchun vakolatli organ etib belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 1-avgustdagi 213-son qarori bilan tasdiqlangan (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2014-y., 32-son, 401-modda) Oʻzbekiston Respublikasida avtomobil transportida yuklarni tashish qoidalariga ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi tez buziladigan mahsulotlarni tashish uchun moʻljallangan avtotransport vositalarini ekspert tekshiruvidan oʻtkazish boʻyicha hududiy laboratoriyalar uch oy muddatda tashkil etilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilinganidan uch oy oʻtgandan soʻng kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi boshligʻi D.T. Dehqonov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 7-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
277-son

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-apreldagi 277-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida avtomobil transportida yuklarni tashish qoidalariga kiritilayotgan qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagi mazmundagi 611 — 613-bandlar qoʻshilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“611. Avtomobil transportida tashish uchun taqdim etiladigan tez buziladigan yuklar roʻyxati mazkur Qoidalarga 1-ilovada keltirilgan. Tez buziladigan yuklarni saqlash va tashish harorat rejimi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
612. Bitta avtotransport vositasida birga tashishga ruxsat beriladigan tez buziladigan yuklar roʻyxati mazkur Qoidalarga 2-ilovada keltirilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
613. Tez buziladigan yuklarni tashish uchun moʻljallangan avtotransport vositalarini koʻrikdan oʻtkazish tartibi mazkur Qoidalarga 3-ilovada keltirilgan”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagi mazmundagi 1 — 3-ilovalar qoʻshilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston Respublikasida avtomobil transportida yuklarni tashish qoidalariga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Avtomobil transportida tashishga taqdim etiladigan tez buziladigan yuklar roʻyxati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Yuk nomi

1.

Muzlatilgan yuklar (goʻsht, kalla-pocha, ichak-chovoq, goʻsht, qush, baliq, shpig, tuxumli muzlatilgan mahsulotlar)

2.

Sariyogʻ

3.

Eritilgan mol yogʻi, eritilgan yogʻ

4.

Yangi va pasterizatsiyalangan sut, sut mahsulotlari (yogurt, kefir, qaymoq va yangi pishloq)

5.

Birlamchi qayta ishlash zavodidan tashiladigan sut

6

Muzqaymoq

7.

Achitqi (Drojji)

8.

Mayonez

9.

Margarin

10.

Turli pishloqlar

11

Yashiklardagi yengil tuzlangan seld

12.

Sovutilgan, muz bilan aralashtirilgan baliq

13.

Issiq dudlangan muzlatilgan baliq

14.

Kolbasalar va qaynatilgan kolbasa mahsulotlari

15.

Tez muzlatilgan goʻsht, baliq, pazandalik mahsulotlari, meva va reza mevalar, quyultirilgan meva sharbatlari

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh

Oʻzbekiston Respublikasida avtomobil transportida yuklarni tashish qoidalari talablari joriy etilgan yuklarni tashishlarda ularga rioya etish uchun javobgarlik:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuklarni yollash yoki haq toʻlash boʻyicha tashishda — tovar-transport yuk xatiga muvofiq yuk joʻnatuvchi hisoblangan jismoniy yoki yuridik shaxsga yoki tovar-transport yuk xati mavjud boʻlmagan taqdirda — tashuvchi bilan tashishlar haqida shartnoma tuzgan jismoniy shaxsga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqa holatlarda — tashuvchiga yuklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida avtomobil transportida yuklarni tashish qoidalariga
2-ILOVA

Bitta avtotransport vositasida birga tashishga ruxsat beriladigan tez buziladigan yuklar guruhi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

t/r

Mahsulotlar guruhi

A guruhi) oʻsimliklardan tayyorlangan mahsulotlar

1) Sovutilgan mahsulotlar

1.

Qishki olmalar

2.

Qishki noklar

3.

Uzum

2) Sovutilgan mahsulotlar

1.

Yozgi va kuzgi olmalar va noklar

2.

Oʻrik va shaftolilar

3.

Olxoʻri

4.

Uzum

5.

Olcha va gilos

6.

Krijovnik

7.

Qoragʻat

3) Sovutilgan mahsulotlar

1.

Qoʻngʻir va pushti rang pomidorlar

2.

Oq poʻstli karam

B guruhi) hayvonlardan olingan mahsulotlar

1) Muzlatilgan va sovutilgan mahsulotlar

1.

Muzlatilgan goʻsht

2.

1-toifali muzlatilgan kalla-pocha, ichak-chovoq mahsulotlari (jigar, buyrak, yurak, miya, tillar, elin, dumlar, nimtalangan goʻsht), idishga solingan miyadan tashqari

3.

Bloklarda muzlatilgan goʻsht va kalla-pocha, ichak-chovoq,

4.

Muzlatilgan qush

5.

moy — shpig

6.

Muzlatilgan tuxum mahsulotlar

2) Sovutilgan mahsulotlar

1.

Tuxum

2.

Germetik tunuka va shisha idishlardagi konservalar

V guruhi) qayta ishlangan mahsulotlar: sut mahsulotlari, turli yogʻlar, kolbasa mahsulotlari, pishloqlar va boshqalar

G guruhi) tirik oʻsimliklar: koʻchatlar, gullar va boshqalar

D guruhi) quritilgan mahsulotlar

1.

Quritilgan tuxum mahsulotlari

2.

Quruq quymoq

3.

Quruq sut

4.

Yogʻsizlantirilgan quruq sut

5.

Quruq mevalar

6.

Yongʻoqlar

7.

Quyuqlashtirilgan sut

8.

Germetik tunuka idishdagi quyuqlashtirilgan sut

9.

Germetik tunuka va shisha idishlardagi konservalar

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida avtomobil transportida yuklarni tashish qoidalariga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tez buziladigan yuklarni tashishga moʻljallangan avtotransport vositalarini koʻrikdan oʻtkazish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Atamalar va taʼriflar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SPS — 1970-yil 1-sentabrda Jeneva shahrida (Shveysariya Konfederatsiyasi) imzolangan Tez buziladigan oziq-ovqat mahsulotlarini xalqaro tashishlar toʻgʻrisidagi va ushbu tashishlar uchun moʻljallangan maxsus transport vositalari haqidagi bitimlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
izotermik avtotransport vositasi — kuzovi, shu jumladan eshigi, poli va tomi kuzovning tashqi va ichki yuzasi oʻrtasida issiqlik almashishini cheklash imkonini beradigan termoizolatsiya devorlaridan iborat boʻlgan avtotransport vositasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muzxona-avtotransport vositasi — mexanik yoki absorbsion uskuna boʻlmagan sovuqlik manbai yordamida (tuz qoʻshilgan yoki qoʻshilmagan tabiiy muz; evtektik plitalar; sublimatsiyasini boshqarish imkonini beradigan moslamali yoki moslamasiz quruq muz; bugʻlanishni boshqara oladigan uskunali yoki uskunasiz suyultirilgan gazlar va boshqalar) yuksiz kuzovning ichida haroratni pasaytirish va shundan soʻng ushbu haroratni belgilangan tashqi haroratda, belgilangan vaqtgacha oʻrnatilgan diapazonda saqlab turish imkonini beruvchi izotermik avtotransport vositasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
refrijerator-avtotransport vositasi — bir necha avtotransport vositalari uchun alohida yoki umumiy boʻlgan muzlatgich uskunasi (mexanik kompressor yoki absorbsion uskuna va boshqalar bilan jihozlangan) yordamida yuksiz kuzovning ichida haroratni pasaytirish va shundan soʻng ushbu haroratni belgilangan tashqi haroratda, belgilangan vaqtgacha oʻrnatilgan diapazonda saqlab turish imkonini beruvchi izotermik avtotransport vositasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
isitiladigan avtotransport vositasi — isitish uskunasi yordamida yuksiz kuzovning ichida haroratni koʻtaradigan va shundan soʻng ushbu haroratni qoʻshimcha issiqlik kelmaganda, muayyan vaqt davomida doimiy maromda saqlab turish imkonini beruvchi izotermik avtotransport vositasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SPS guvohnomasi — mamlakatning SPS Bitimini amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan vakolatli organi tomonidan beriladigan va avtotransport vositasi SPS Bitimi talablariga mosligini tasdiqlovchi hujjat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
texnik koʻrik (kelgusida — avtotransport vositalari koʻrigi — avtotransport vositasining oʻrnatilgan talablarga muvofiqligini tasdiqlash maqsadida ularni ekspert tekshiruvlarini oʻz ichiga olgan chora-tadbirlar. Ushbu tekshiruvlar natijalari boʻyicha SPS guvohnomasi rasmiylashtiriladi va SPSda belgilangan tartibda markirovka amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
texnik tartibga solish — mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligiga qoʻyiladigan majburiy talablarning oʻrnatilishi, qoʻllanishi va bajarilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtotransport vositalarining ekspert tekshiruvi — tez buziladigan yuklarni tashishlarga moʻljallangan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida roʻyxatdan oʻtgan va foydalanishdagi avtotransport vositalarining “Oʻzstandart” agentligida belgilangan tartibda roʻyxatga olingan laboratoriyalar tomonidan oʻtkaziladigan tekshiruvi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sovutish va isitish uchun moʻljallangan termik uskunaning samaradorligi — termik uskunaning maʼlum tashqi haroratda izotermik avtotransport vositasi kuzovi ichidagi belgilangan haroratni saqlash qobiliyati.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Tez buziladigan yuklarni tashish uchun moʻljallangan avtotransport vositalari quyidagi belgilar boʻyicha toifalanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtotransport vositasi turi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kuzov turi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
harorat rejimini taʼminlash texnologiyasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Tez buziladigan yuklarni tashish uchun moʻljallangan avtotransport vositalari turlar boʻyicha quyidagilarga boʻlinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuk avtomobili;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tirkama;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yarimtirkama;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
konteyner.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Tez buziladigan yuklarni tashish uchun moʻljallangan avtotransport vositalari kuzov turlari boʻyicha quyidagilarga boʻlinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
furgon;

tsisterna.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Tez buziladigan yuklarni tashish uchun moʻljallangan avtotransport vositalari harorat rejimini taʼminlash texnologiyasi boʻyicha quyidagilarga boʻlinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I — izotermik avtotransport vositasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
R — muzlatgich-avtotransport vositasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
F — refrijerator-avtotransport vositasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
C — isitiladigan avtotransport vositasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Izotermik avtotransport vositalari kuzovning ichki va tashqi yuzalari oʻrtasida issiqlik almashishni cheklash xususiyatiga koʻra ikki toifaga boʻlinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
normal izolatsiyali IN izotermik avtotransport vositasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kuchaytirilgan izolatsiyali IR izotermik avtotransport vositasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Sovutish va isitish uchun moʻljallangan termik uskunalar samaradorligi boʻyicha avtotransport vositalari quyidagi toifalarga boʻlinadi: A, B, C, D E va F.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Issiqlik berish umumiy koeffitsiyentining miqdori, yaʼni K koeffitsiyenti tez buziladigan yuklarni tashish uchun moʻljallangan avtotransport vositalari kuzovining izotermik xususiyatlarini ifodalovchi asosiy koʻrsatkich hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Tez buziladigan yuklarni tashish uchun moʻljallangan avtotransport vositalari K koeffitsiyentiga nisbatan quyidagi talablarga javob berishi shart:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
normal izolatsiyali IN izotermik avtotransport vositalari — 0,70 Vt/m2Kdan koʻp boʻlmagan K koeffitsiyentiga ega boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kuchaytirilgan izolatsiyali IR izotermik avtotransport vositalari — 0,40 Vt/m2Kdan koʻp boʻlmagan K koeffitsiyentiga ega boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. A toifadagi normal yoki kuchaytirilgan izolatsiyali muzxonalar tashqi harorat oʻrtacha 30 Sº boʻlganda, kuzov ichidagi haroratning plyus 7 Sº dan oshmaydigan darajada saqlanishini taʼminlashi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. V toifadagi kuchaytirilgan izolatsiyali muzxonalar tashqi harorat oʻrtacha 30 Sº boʻlganda, kuzov ichidagi haroratning minus 10 Sº dan oshmaydigan darajada saqlanishini taʼminlashi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. S toifadagi kuchaytirilgan izolatsiyali muzxonalar oʻrtacha 30 daraja tashqi issiq haroratda, kuzov ichida minus 20 Sº darajadagi haroratni saqlanishini taʼminlashi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. D toifadagi normal yoki kuchaytirilgan izolatsiyali muzxonalar tashqi harorat oʻrtacha 30 Sº boʻlganda, kuzov ichidagi haroratning 0 Sº darajada saqlanishini taʼminlashi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. A toifadagi normal yoki kuchaytirilgan izolatsiyali refrijeratorlar tashqi harorat oʻrtacha 30 Sº boʻlganda, kuzov ichidagi haroratning plyus 12 dan 0 Sº gacha darajada saqlanishini taʼminlashi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. V toifadagi kuchaytirilgan izolatsiyali refrijeratorlar tashqi harorat oʻrtacha 30 Sº boʻlganda, kuzov ichidagi haroratning plyus 12 Sº dan minus 10 Sº gacha darajada saqlanishini taʼminlashi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. S toifadagi kuchaytirilgan izolatsiyali refrijeratorlar tashqi harorat oʻrtacha 30 Sº boʻlganda, kuzov ichidagi haroratning plyus 12 Sº dan minus 20 Sº gacha darajada saqlanishini taʼminlashi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. D toifadagi normal yoki kuchaytirilgan izolatsiyali refrijeratorlar tashqi harorat oʻrtacha 30 Sº boʻlganda, kuzov ichidagi haroratning 0 Sº dan oshmaydigan darajada saqlanishini taʼminlashi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. E toifadagi kuchaytirilgan izolatsiyali refrijeratorlar tashqi harorat oʻrtacha 30 Sº boʻlganda, kuzov ichidagi haroratning minus 10 Sº dan oshmaydigan darajada saqlanishini taʼminlashi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. F toifadagi kuchaytirilgan izolatsiyali refrijeratorlar tashqi harorat oʻrtacha 30 Sº boʻlganda, kuzov ichidagi haroratning minus 20 Sº dan oshmaydigan darajada saqlanishini taʼminlashi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. A toifadagi normal va kuchaytirilgan izolatsiyali isitiladigan izotermik avtotransport vositalari tashqi harorat oʻrtacha minus 10 Sº boʻlganda, kuzov ichidagi haroratning plyus 12 Sº dan oshmaydigan darajada kamida 12 soatdan davomida saqlanishini taʼminlashi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. V toifadagi kuchaytirilgan izolatsiyali isitiladigan izotermik avtotransport vositalari tashqi harorat oʻrtacha minus 20 Sº boʻlganda, kuzov ichidagi haroratning plyus 12 Sº dan oshmaydigan darajada kamida 12 soatdan davomida saqlanishini taʼminlashi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Tez buziladigan yuklarni tashish uchun moʻljallangan avtotransport vositalari yuk boʻlinmalarida havo haroratini minus 20 Sº dan plyus 30 Sº gacha darajada nazorat qilish, shuningdek, tashishlar harorat rejimining oʻzgarishlari haqida haydovchini xabardor qilish imkonini beradigan oʻlchash va yozib boruvchi uskunalar bilan jihozlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Tez buziladigan yuklarni tashish uchun moʻljallangan avtotransport vositalarining yuk boʻlinmalari oziq-ovqat mahsulotlari bilan kontaktda boʻlganda xavfsiz materiallardan tayyorlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Izotermik avtotransport vositalarining termik uskunalarida ozonni yemirish qobiliyati nolga teng va global isitish qobiliyati past ruxsat etilgan xladagentlar qoʻllanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Avtotransport vositalarini koʻrikdan oʻtkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Koʻrik tez buziladigan yuklarni tashish uchun moʻljallangan har bir avtotransport vositalariga SPS ga muvofiq SPS guvohnomasini berishni nazarda tutadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. SPS guvohnomasida quyidagilar qayd etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tez buziladigan yuklarni tashish uchun moʻljallangan avtotransport vositasi egasining (vakilining) nomi va joylashgan joyi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tez buziladigan yuklarni tashish uchun moʻljallangan avtotransport vositasini ishlab chiqaruvchining nomi va joylashgan joyi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
guvohnomani bergan tashkilotning nomi va joylashgan joyi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tez buziladigan yuklarni tashish uchun moʻljallangan avtotransport vositasi haqida, ushbu Tartibga muvofiq ushbu avtotransport vositasini, uning turi, toifasini identifikatsiyalash imkonini beradigan maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tez buziladigan yuklarni tashish uchun moʻljallangan avtotransport vositasining belgilangan talablarga muvofiqligi haqida ekspert tashkilotining xulosasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtotransport vositalarining oʻtkazilgan ekspert tekshiruvlari natijalari haqidagi maʼlumot;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SPS guvohnomasining amal qilish muddati.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Guvohnoma berganlik uchun yigʻim undirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Tez buziladigan yuklarni tashish uchun moʻljallangan va Oʻzbekiston Respublikasi hududida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtgan va foydalanilayotgan avtotransport vositalari avtotransport vositalarini ekspert tekshiruvlarini oʻtkazish asosida koʻrikdan oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Tez buziladigan yuklarni tashish uchun moʻljallangan va Oʻzbekiston Respublikasi hududida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtgan va foydalanilayotgan avtotransport vositalarining ekspert tekshiruvlari “Oʻzstandart” agentligida belgilangan tartibda roʻyxatga olingan laboratoriyalar (keyingi oʻrinlarda roʻyxatga olingan laboratoriya deb ataladi) tomonidan oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Avtotransport vositalarini ekspert tekshiruvdan oʻtkazish usullari foydalanilayotgan avtotransport vositalarini tekshiruvdan oʻtkazishiga nisbatan SPSga hamda ekspert tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan boshqa usullarga muvofiq boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Tez buziladigan yuklarni tashish uchun moʻljallangan yangi tayyorlangan avtotransport vositalarining ekspert tekshiruvi ular tayyorlanganidan 6 yildan soʻng, kelgusi yillarda esa — har 3 yilda oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Tez buziladigan yuklarni tashish uchun moʻljallangan avtotransport vositalarining egalari yoki egalarining nomidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda ularga egalik qiluvchi, foydalanuvchi va (yoki) tasarruf etuvchi shaxslar (keyingi oʻrinlarda egalari/egalarining vakillari deb ataladi) avtotransport vositalarini ekspert tekshiruvidan oʻtkazish uchun mazkur Tartibning 30-bandiga muvofiq muddatlarda taqdim etishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Avtotransport vositalarining ekspert tekshiruvi roʻyxatga olingan laboratoriya tomonidan ariza beruvchining talabnomasi va u bilan ikki nusxada tuziladigan shartnoma asosida oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Roʻyxatdan oʻtgan laboratoriya arizani bir ish kunida roʻyxatga oladi va ikki ish kuni davomida ariza beruvchiga transport vositasining izotermik xususiyatlari tekshirilgani toʻgʻrisida bayonnoma nusxasini beradi. Bayonnomaning asl nusxasini SPSni amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan vakolatli organga SPS guvohnomasini berish uchun topshiradi. Bayonnoma elektron shaklda yoki toʻgʻridan toʻgʻri berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Bitimni amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan vakolatli organ (Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi va uning hududiy boshqarmalari) bir ish kuni davomida ariza beruvchiga SPS guvohnomasini SPSda oʻrnatilgan shaklda beradi va uni SPS guvohnomalari reyestrida roʻyxatdan oʻtkazadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Tez buziladigan yuklarni tashish uchun moʻljallangan avtotransport vositalari izotermik xususiyatlarining yoki ularga oʻrnatilgan termik uskunalar samaradorligining ayrim tashqi taʼsirlar natijasida konstruksiya buzilishi tufayli oʻzgarishi tez buziladigan yuklarni tashish uchun moʻljallangan avtotransport vositalari egasi (uning vakili) tomonidan avtotransport vositasini ekspert tekshiruvi shaklida rejadan tashqari koʻrikdan oʻtkazish uchun taqdim etishga asos boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Tez buziladigan yuklarni tashish uchun moʻljallangan avtotransport vositasining egasi (uning vakili) SPS guvohnomasi berilgan tez buziladigan yuklarni tashish uchun moʻljallangan avtotransport vositasiga mazkur Tartib talablariga muvofiq uning toifasi va turini oʻz ichiga olgan harfli tanish belgilarini qoʻyishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Foydalanilayotgan transport vositalarining izotermik xususiyatlarini nazorat qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Transport vositasini umumiy tekshirish:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Bajarilayotgan ishlar nomi

Texnik xususiyat, qisqa taʼrif

Transport vositasini umumiy tekshirish:

Izolatsiyalovchi qatlam tuzilishining umumiy xususiyati;

Izolatsiyalash usuli, devorlar turi va holati;

Izotermik toʻsiqning saqlanish holati;

Devorlar qalinligi.

Ekspert tomonidan koʻrikdan oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Aniqlangan kamchiliklar, eʼtirozlar koʻrik bayonnomasida qayd etiladi

Havo oʻtkazmasligini tekshirish

Teshiklardan qarama-qarshi tomondan yorugʻlik tushishini tekshirish. Bu jarayon ekspert tomonidan bajariladi.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh. Havo oʻtkazmasligini tekshirish (tsisterna-transport vositalariga nisbatan qoʻllanilmaydi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Tekshiruv yorqin yoritiladigan zonaga qoʻyiladigan transport vositasining ichida turgan ekspert tomonidan amalga oshiriladi. Aniqroq natijalarni berishi mumkin boʻlgan boshqa usullar qoʻllanilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Oʻlchovlar vositalari ulardan foydalanish hujjatlariga muvofiq joriy etiladi, oʻlchovlar shartlari va davomiyligi oʻlchovlar usuliga toʻliq mos kelishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Geometrik hajmlar oʻlchovlar vositalari yoki bir necha oʻlchov vositalari yordamida oʻlchanganda, ushbu hajm uch marta oʻlchanishi lozim va yakuniy natija esa uch oʻlchovning oʻrtacha arifmet qiymati sifatida qabul qilinishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻlchovlarni amalga oshirishda oʻlchov priborlarining texnik hujjatlari yoʻriqnomasiga rioya etilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Geometrik hajmlarni shtangensirkul va ruletkalardan foydalangan holda oʻlchanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagi koʻrsatkichlar oʻlchanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kuzovning tashqi oʻlchamlari: uzunligi, eni, balandligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kuzovning ichki oʻlchamlari: uzunligi, eni, balandligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisob-kitob yoʻli bilan quyidagilar aniqlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kuzovning umumiy maydoni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kuzovning ichki foydali hajmi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kuzovning umumiy ichki yuzasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kuzovning umumiy tashqi yuzasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kuzovning oʻrtacha yuzasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
issiqlik almashish yuzasining oʻrtacha kattaligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
devorlarning umumiy qalinligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Ekspert transport vositasining umumiy holati boʻyicha xulosa qiladi. Kuzovning umumiy holatiga tegishli xulosa ijobiy boʻlgan taqdirda, transport vositasini uni ishlab chiqargan zavod tomonidan dastlab belgilangan toifa boʻyicha uch yil muddatga baholash tavsiya etiladi va avtotransport vositasi uning izotermik xususiyatlarini aniqlash oʻtkazish uchun yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Xulosa salbiy boʻlgan taqdirda, avtotransport vositasi aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun yuboriladi. Kamchiliklar bartaraf etilgandan soʻng avtotransport vositasi qayta tekshiruvga taqdim etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Foydalanilayotgan transport vositalari termik uskunalarining samaradorligini tekshirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Foydalanilayotgan har bir refrijerator-transport vositasi termik uskunalarining samaradorligini tekshirish uchun uning izotermik xususiyatlari tekshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. 2012-yil 2-yanvardan keyin ishlab chiqarilgan transport vositalari uchun:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashqi harorat plyus 15 Sº dan kam boʻlmaganda, yuksiz transport vositasining ichki harorati maksimal davrda (daqiqalarda) ushbu toifadagi transport vositasi uchun quyidagi jadvalda nazarda tutilgan haroratgacha yetkazilishi mumkinligini aniqlash maqsadida tekshirish amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Tashqi harorat

30

29

28

27

26

25

24

23

22

21

20

19

18

17

16

15

C,F toifalar

360

350

340

330

320

310

300

290

280

270

260

250

240

230

220

210

daqiqa

B,E toifalar

270

262

253

245

236

228

219

211

202

194

185

177

168

160

151

143

daqiqa

A,D toifalar

180

173

166

159

152

145

138

131

124

117

110

103

96

89

82

75

daqiqa

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuksiz transport vositasining ichki harorati dastlab tashqi haroratgacha yetkazilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Foydalanilayotgan transport vositalariga nisbatan qoʻllaniladigan qoʻshimcha qoidalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Tartibning 45-bandida koʻrsatilgan muddatgacha ishlab chiqarilgan transport vositalariga nisbatan quyidagi qoidalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashqi harorat plyus 15 S dan kam boʻlmaganda, yuksiz transport vositasining dastlab tashqi haroratgacha yetkazilgan ichki harorati davomiyligi olti soatdan ortiq boʻlmagan muddat mobaynida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
A, V va S toifadagi transport vositalari uchun — ushbu toifadagi transport vositalariga moʻljallangan minimal haroratgacha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
D, E va F toifadagi transport vositalari uchun — ushbu toifadagi transport vositalariga moʻljallangan haroratgacha yetkazilishi mumkinligini aniqlash uchun tekshiruv oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Natijalar qoniqarli boʻlgan taqdirda, ushbu transport vositalari dastlab belgilangan toifadagi izotermik transport vositalari sifatida uch yil muddatgacha boʻlgan yangi davrda foydalanishda qolishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Izotermik avtotransport vositalarining harfli tanish belgilariga qoʻyiladigan talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. Izotermik avtotransport vositalari quyidagi harfli tanish belgilari bilan belgilanishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IN — normal izolatsiyali izotermik avtotransport vositalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IR — kuchaytirilgan izolatsiyali izotermik avtotransport vositalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
RNA — A toifadagi normal izolatsiyali muzxona;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
RRA — A toifadagi kuchaytirilgan izolatsiyali muzxona;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
RRB — B toifadagi kuchaytirilgan izolatsiyali muzxona;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
RRC — C toifadagi kuchaytirilgan izolatsiyali muzxona;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
RND — D toifadagi normal izolatsiyali muzxona;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
RRD — D toifadagi kuchaytirilgan izolatsiyali muzxona;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
FNA — A toifadagi normal izolatsiyali refrijerator;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
FRA — A toifadagi kuchaytirilgan izolatsiyali refrijerator;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
FRB — B toifadagi kuchaytirilgan izolatsiyali refrijerator;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
FRC — C toifadagi kuchaytirilgan izolatsiyali refrijerator;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
FND — D toifadagi normal izolatsiyali refrijerator;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
FRD — D toifadagi kuchaytirilgan izolatsiyali refrijerator;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
FRE — E toifadagi kuchaytirilgan izolatsiyali refrijerator;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
FRF — F toifadagi kuchaytirilgan izolatsiyali refrijerator;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
CNA — A toifadagi normal izolatsiyali isitiladigan izotermik avtotransport vositasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
CRA — A toifadagi kuchaytirilgan izolatsiyali isitiladigan izotermik avtotransport vositasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
CRB — V toifadagi kuchaytirilgan izolatsiyali isitiladigan izotermik avtotransport vositasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49. Izotermik avtotransport vositalarining harfli tanish belgilari kuzov har ikki tashqi tarafining old tomoniga yaqin yuqori burchakda oq fonga koʻk rangda lotin alifbosining bosh harflari bilan yozilishi va harflar balandligi 100 mm dan kam boʻlmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50. Maksimal vazni 3,5 tonnadan ortiq boʻlmagan izotermik avtotransport vositalari uchun harflar balandligi 50 mm ni tashkil etishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
51. Izotermik avtotransport vositalarining harfli tanish belgilari tagida SPS guvohnomasi amal qilishining tugash muddati (yil, oy) oq fonga koʻk rangda arab raqamlari bilan yozilishi lozim. Raqamlar balandligi izotermik avtotransport vositalarining harfli tanish belgilari balandligining yarmiga teng boʻlishi shart.”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/277/1048-son)