Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.08.2024 05.04.2018 yildagi PQ-3654-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 05.04.2018 yildagi PQ-3654-son
Date of entry into force
06.04.2018
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.08.2024
Hujjat 06.04.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-avgustdagi PF-133-sonli “Maʼmuriy islohotlar doirasida Tashqi ishlar vazirligi faoliyatini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimini tubdan takomillashtirish hamda tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatning ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirishda uning masʼuliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2018-yil 5-apreldagi PF-5400-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining mustaqilligi, suvereniteti, xavfsizligi, hududiy yaxlitligi va chegaralari daxlsizligini, shuningdek, boshqa milliy manfaatlarini himoya qilishni siyosiy-diplomatik va xalqaro-huquqiy vositalar orqali taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining yagona tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy siyosati amalga oshirilishini taʼminlash, xalqaro hamkorlikning milliy manfaatlarga daxldor masalalari boʻyicha tegishli vazirlik va idoralarning, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlarining faoliyatini, shu jumladan, oʻzining hududiy boʻlinmalari orqali muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish va ilgari surish, savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, chet el investitsiyalari va ilgʻor texnologiyalarni jalb qilish, milliy tovarlar va xizmatlarni jahon bozorlarida targʻib etish hamda mamlakatga sayyohlar oqimining koʻpayishi uchun qulay tashqi siyosiy sharoitlar yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda xorijiy sheriklarning savdo-iqtisodiy, moliyaviy-investitsiyaviy va ilmiy-texnikaviy salohiyatini, ular bilan oʻzaro hamkorlikning darajasi va koʻlami, ularning xalqaro munosabatlar tizimidagi roli va oʻrnidan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning strategik yoʻnalishlarini inobatga olgan holda tashqi siyosatning ustuvor yoʻnalishlarini ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekistonning siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi xalqaro tashabbuslarini, shuningdek, mintaqaviy va global taraqqiyotning muhim masalalari boʻyicha mamlakatning nuqtai nazari va yondashuvlarini ilgari surish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro munosabatlarning rivojlanish tendensiyalarini tizimli tahlil qilish, yuzaga kelayotgan jahon siyosiy-iqtisodiy jarayonlar dinamikasidan va xavfsizlik sohasidagi vaziyatdan kelib chiqadigan Oʻzbekiston Respublikasining tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy manfaatlariga potensial xavflarni prognoz qilish va aniqlash, shuningdek, ularni oʻz vaqtida bartaraf etishga qaratilgan samarali chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro nufuzini mustahkamlash, mamlakatning ishonchli va masʼuliyatli sherik sifatidagi ijobiy imidjini shakllantirish va saqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi ichki va tashqi siyosatining asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida xolis axborotni har tomonlama yetkazish boʻyicha xorijiy mamlakatlarda faol axborot-targʻibot ishlarini olib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslarining huquq va qonuniy manfaatlarini diplomatik va xalqaro-huquqiy vositalar orqali himoya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijda yashayotgan vatandoshlar bilan samarali aloqalar va muloqotlarni yoʻlga qoʻyish hamda qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, chet davlatlardagi oʻzbek diasporasi vakillari bilan oʻzaro hamkorlik qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
diplomatik kadrlarni kasbiy tayyorlashni, shuningdek, vazirlik tizimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil qilish.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 256 nafar boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi markaziy apparatining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimi xodimlarining diplomatik martabalari toʻgʻrisidagi nizom 4-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashqi ishlar vazirligi tizimi xodimlarining diplomatik martabalari va uzoq muddat xizmat qilganligi uchun lavozim maoshiga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoʻshiladigan ustamalar miqdorlari 5 va 6-ilovalarga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik xizmat organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom 7-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashqi ishlar vazirligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan hududiy boʻlinmalari boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 8-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Tashqi ishlar vazirligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy boʻlinmalarining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
savdo, investitsiya va turizm sohalarida mintaqalararo hamda xalqaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va rivojlantirishda mahalliy davlat hokimiyati organlariga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy davlat hokimiyati organlarining mamlakat tegishli hududlariga biriktirilgan Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi muassasalari bilan oʻzaro hamkorligini muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mamlakat hududida jismoniy va yuridik shaxslarga konsullik-huquqiy yordam koʻrsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy davlat hokimiyati organlariga xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlarning yuqori martabali mansabdor shaxslari ishtirokidagi xalqaro ahamiyatga ega tadbirlarni tayyorlash hamda oʻtkazishda koʻmaklashish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziriga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarur hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining markaziy apparati, hududiy boʻlinmalari va tasarrufidagi idoraviy tashkilotlar tuzilmasiga xodimlarning belgilangan shtatlar soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik va konsullik muassasalarining yillik jamlanma xarajatlar smetasini joriy yilning 1-fevraliga qadar tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik va konsullik muassasalarining moddama-modda normativ boʻyicha xarajatlar asosida ishlab chiqilgan yillik xarajatlar smetasini joriy yilning 15-fevraliga qadar tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va uning hududiy boʻlinmalari xodimlarining lavozim maoshiga ularning ish hajmi hamda samaradorligini hisobga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik xizmat organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 200 foizgacha har oylik ustamalar belgilash huquqi berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. 2018-yil 1-maydan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining markaziy apparati xodimlari mehnatiga haq toʻlash razryadlari Yagona tarif setkasi boʻyicha bir razryadga oshirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Belgilab qoʻyilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri, shuningdek, uning oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashqi ishlar vazirligi tizimidagi taʼlim muassasalarining faoliyatiga mutasaddilik qiladigan Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari bir vaqtning oʻzida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori hisoblanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashqi ishlar vazirining maslahatchisi — Ijro etuvchi apparat rahbari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi hamda maqomi, mehnatga haq toʻlash, tibbiy va transport taʼminoti shartlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining oʻrinbosariga tenglashtiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi boshligʻi ommaviy diplomatiya masalalari boʻyicha ishlarni muvofiqlashtiradi hamda Tashqi ishlar vazirligining matbuot kotibi — rasmiy vakili vazifalarini bajaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Tashqi ishlar vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi muassasalari faoliyati natijadorligini baholash vazirlik rahbariyati hamda Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi muassasalari rahbarlari tomonidan ustuvor tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy vazifalar bajarilishining samaradorligi mezonlari asosida amalga oshirilishi belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazir zimmasiga — Oʻzbekiston Respublikasining yagona tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy siyosatini samarali amalga oshirish, tegishli vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlarining xalqaro hamkorlik masalalari boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro nufuzini izchil mustahkamlash, shuningdek, davlatlararo munosabatlarni rivojlantirish hamda milliy manfaatlarni ilgari surish boʻyicha prognoz baholarini va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqish orqali tizimli axborot-tahlil ishlarini taʼminlash yuzasidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirning birinchi oʻrinbosari zimmasiga — xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnikaviy va turistik hamkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha samarali idoralararo aloqalarni taʼminlash, xorijiy davlatlar bilan ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiyalarning (qoʻmitalarning, kengashlarning) Oʻzbekiston qismi faoliyatini tashkil etish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi muassasalari tomonidan tashqi iqtisodiy sohada qabul qilingan qarorlar va erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi yuzasidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirning ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha oʻrinbosari zimmasiga — xorijiy mamlakatlar bilan ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlarini mustahkamlash va rivojlantirish, yuqori hamda oliy darajadagi tashriflarni puxta tayyorlash va natijali oʻtkazish, amaliy ahamiyat kasb etuvchi kelishuvlarga erishish, shuningdek, siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiyaviy, madaniy-gumanitar, ilmiy-texnikaviy va boshqa sohalardagi hamkorlik rejalarining (“yoʻl xaritalari”ning) oʻz vaqtida hamda toʻlaqonli amalga oshirilishini taʼminlash yuzasidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirning koʻp tomonlama hamkorlik boʻyicha oʻrinbosari zimmasiga — xalqaro tashkilotlar va formatlar doirasidagi koʻp tomonlama hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlarini mustahkamlash va rivojlantirish, mamlakatning mintaqaviy va global taraqqiyotning muhim masalalari boʻyicha xalqaro tashabbuslari, nuqtai nazari va yondashuvlarini ilgari surish, yuqori malakali diplomatik kadrlarni samarali tayyorlash, shuningdek, xorijdagi vatandoshlar bilan har tomonlama muloqotni qoʻllab-quvvatlash yuzasidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazir maslahatchisi — Ijro etuvchi apparat rahbari zimmasiga — konsullik xizmatlari koʻrsatilishining sifati va tezkorligini taʼminlash, xorijda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslarining huquq va qonuniy manfaatlarini taʼsirchan himoya qilish, ularning murojaatlarini har tomonlama koʻrib chiqish, vazirlik hamda Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi muassasalari faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, shuningdek, moliya-xoʻjalik faoliyatini samarali amalga oshirish yuzasidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi muassasalari rahbarlari zimmasiga — xorijiy sheriklar bilan har tomonlama hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va rivojlantirish, tasdiqlangan “yoʻl xaritalari”ni amalga oshirishning natijadorligi, mamlakatning tashqi siyosiy hamda savdo-iqtisodiy manfaatlarini diplomatik va boshqa xalqaro-huquqiy vositalar orqali ilgari surishni taʼminlash, oʻzi ishlab turgan davlatdan investitsiyalar va sayyohlar oqimini jalb qilish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy va yuridik shaxslarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, xorijdagi vatandoshlar bilan oʻzaro manzilli hamkorlik qilish yuzasidan shaxsiy masʼuliyat yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Tashqi ishlar vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda tashqi siyosiy idora, Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi muassasalari tizimida ilgʻor texnologiyalardan foydalanib, shu jumladan, quyidagilarni nazarda tutgan holda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tubdan takomillashtirish va rivojlantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashqi ishlar vazirligining moddiy-texnika bazasini zamonaviy kompyuter texnikasi va dasturiy taʼminot vositalari bilan mustahkamlash, axborot tarmoqlarini modernizatsiyalash, axborot xavfsizligini mustahkamlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi xorijdagi muassasalarining ishlab turilgan mamlakat bilan faol va tizimli ish olib borish boʻyicha “yoʻl xaritalari”ni monitoring qilishning axborot tizimini joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
himoyalangan videokonferensaloqa tizimini, shuningdek, xalqaro shartnomalarni, ularning amalga oshirilishini inventarizatsiya va monitoring qilishni yagona hisobga olish elektron maʼlumotlar bazasini yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
veb-saytlarni, konsullik xizmatlarini koʻrsatish tartibini takomillashtirish va ularni elektron shaklga oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashqi ishlar vazirligining Murojaatlarni qabul qilish sektori (call-center)ni zamonaviy asbob-uskunalar va aloqa texnika vositalari bilan jihozlash, kelib tushayotgan murojaatlar bilan ishlash yagona elektron tizimini va zarur dasturiy taʼminotlarni yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Internet tarmogʻi, shu jumladan, ijtimoiy platformalarning imkoniyatlaridan keng foydalanishni nazarda tutadigan “raqamli diplomatiya”ning qoʻllanilishini kengaytirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Belgilab qoʻyilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur qarorning 8-bandida nazarda tutilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashqi ishlar vazirligining axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish uchun masʼul boʻlgan boʻlinmalari xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan lavozim maoshining 100 foizidan kam boʻlmagan miqdorda qoʻshimcha oylik ustama toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Vazirliklar, idoralar va boshqa davlat tashkilotlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chet davlatlar, xalqaro tashkilotlar va xalqaro huquqning boshqa subyektlari bilan Oʻzbekiston Respublikasining milliy manfaatlariga daxldor hamkorlik masalalari boʻyicha oʻz faoliyatini Tashqi ishlar vazirligi bilan muvofiqlashtirib borilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro shartnomalar loyihalarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kelishish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun Tashqi ishlar vazirligiga kiritilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Belgilab qoʻyilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 1-maydan boshlab konsullik harakatlarini amalga oshirganlik uchun konsullik yigʻimlaridan tushgan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga — 70 foiz, Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik xizmat organlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga — 30 foiz nisbatida taqsimlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik xizmat organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlaridan faqat diplomatik xizmat organlarining vazifalarini samarali amalga oshirish, xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish, ularning kasbiy mahoratini oshirish, Tashqi ishlar vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi muassasalari moddiy-texnika bazasini modernizatsiya qilish va mustahkamlash uchun foydalaniladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 1-yanvardan boshlab Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamentiga va Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi muassasalaridagi konsul lavozimlariga ishga qabul qilish, asosan, chet tillarini biladigan va oliy yuridik maʼlumotga, shu jumladan, qonun ustuvorligi hamda fuqarolarning huquq va manfaatlariga soʻzsiz rioya etilishini taʼminlash sohasida ish tajribasiga ega boʻlgan shaxslar tarkibidan amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tarjimonlar byurosini xodimlar bilan toʻldirish yuqori malakali tarjimonlar, shu jumladan, gid-tarjimonlar tarkibidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ikki oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) vazirlik tarkibiy tarmoqlari toʻgʻrisidagi nizomlarni va markaziy apparat xodimlarining funksional majburiyatlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Tashqi iqtisodiy hamkorlik bosh boshqarmasini, eng avvalo, oliy iqtisodiy maʼlumotga va iqtisodiyotning tegishli tarmoqlarida amaliy ish tajribasiga ega boʻlgan shaxslar tarkibidan toʻldirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) Moliya vazirligi bilan birgalikda moddiy ragʻbatlantirishning aniq mezonlarini belgilagan holda Tashqi ishlar vazirligi xodimlarini Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik xizmat organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini kiritsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjet mablagʻlaridan oqilona va samarali foydalanishni hisobga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi muassasalarini moliyalashtirish boʻyicha moddama-modda normativlarni tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijda favqulodda vaziyatga tushib qolgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga moliyaviy yordam koʻrsatish mezonlari, shart-sharoitlari va mexanizmini belgilash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Toshkent shahar, Mustaqillik maydoni, 5-uy manzilida joylashtirilib, fuqarolarga konsullik xizmatlari koʻrsatiladigan Toshkent shahar, I. Karimov koʻchasi, 11-uy manzilidagi bino uning ixtiyorida qoldirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Tashqi ishlar vazirligi Qabullar uyini Toshkent shahar hokimligi tasarrufiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent shahar hokimligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qabullar uyining manfaatdor vazirlik va idoralar murojaatlariga binoan xorijiy sheriklar bilan rasmiy tadbirlar hamda muzokaralar oʻtkazish uchun taqdim qilinishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qabullar uyi, shuningdek, unga tutash hududning saqlanishi, samarali va qatʼiy maqsadlarda foydalanilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Tashqi ishlar vazirligi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzlari tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida Tashqi ishlar vazirligining faoliyatini tashkil etish va takomillashtirish masalalari toʻgʻrisida”gi 1994-yil 16-martdagi 140-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov va Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri A.X. Kamilov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 5-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-3654-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi PQ-3654-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashkiliy tuzilmasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi PQ-3654-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi markaziy apparatining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuzilmasi

Boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni — 256 nafar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* texnik va xizmat koʻrsatish xodimlari soni oʻrnatilgan meʼyorlarga muvofiq belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi PQ-3654-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
N I Z O M
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, masʼuliyati, faoliyatini tashkil etish va hisobotini yuritish tartibini, shuningdek, vazirlik rahbarlarining funksional vazifalari va javobgarligini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlik davlat boshqaruvi organi boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasining yagona tashqi va tashqi iqtisodiy siyosati amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va taʼminlash uchun javobgardir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining bevosita rahbarligida amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, xalqaro shartnomalarga hamda xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan prinsiplari va normalariga amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirlik tomonidan oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan ijro etilishi majburiydir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Vazirlikning, uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy boʻlinmalari, Oʻzbekiston Respublikasining chet ellardagi diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotlar huzuridagi vakolatxonalari va missiyalarining, vazirlikka idoraviy boʻysunuvchi “Dunyo” axborot agentligi, Tahlil va prognozlashtirish markazi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Mutaxassislarni chet ellarda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot markazi, Tarjimonlar byurosi (keyingi oʻrinlarda — idoraviy boʻysunuvchi tashkilotlar)ning faoliyatini moddiy-texnik jihatdan taʼminlash, shuningdek, ularning xodimlari mehnatiga haq toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hamda qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Vazirlik, chet ellardagi muassasalar va idoraviy boʻysunuvchi tashkilotlar yuridik shaxs hisoblanib, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan hamda oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhr va blanklarga, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligida shaxsiy hisobvaraqlariga, Oʻzbekiston Respublikasi va xorijiy davlatlarning banklarida, shu jumladan chet el valyutasida hisobvaraqlarga egadir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Vazirlikning rasmiy nomlanishi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) davlat tilida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) rus tilida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ministerstvo inostrannix del Respubliki Uzbekistan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) ingliz tilida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
The Ministry of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Vazirlik joylashgan manzil (pochta manzili): Toshkent shahri, Mustaqillik maydoni, 5-uy.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Vazirlik tuzilmasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Vazirlik tizimiga quyidagilar kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlikning markaziy apparati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy boʻlinmalar (keyingi oʻrinlarda — hududiy boʻlinmalar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining chet ellardagi diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotlar huzuridagi vakolatxonalari va missiyalari (keyingi oʻrinlarda — chet ellardagi muassasalar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Dunyo” axborot agentligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tahlil va prognozlashtirish markazi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mutaxassislarni chet ellarda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot markazi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diplomatik korpusga xizmat koʻrsatish markazi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tarjimonlar byurosi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Vazirlikning vazifalari va funksiyalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Quyidagilar Vazirlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar va xalqaro munosabatlarning boshqa subyektlari bilan aloqalarda Oʻzbekiston Respublikasi nomidan vakillik qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining yagona tashqi va tashqi iqtisodiy siyosati amalga oshirilishini taʼminlash, sohaga aloqador vazirliklar va idoralarning, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlarining milliy manfaatlariga dahldor xalqaro hamkorlik masalalari boʻyicha faoliyatini, shu jumladan oʻzining hududiy boʻlinmalari orqali muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar va xalqaro munosabatlarning boshqa subyektlari bilan siyosiy-diplomatik, harbiy-texnik, savdo-iqtisodiy, moliyaviy-investitsion, ilmiy-taʼlim, madaniy-gumanitar, parlamentlararo aloqalar hamda boshqa aloqalarini yoʻlga qoʻyish va izchil rivojlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish va ilgari surish, savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, xorijiy investitsiyalar va ilgʻor texnologiyalarni jalb etish, milliy tovarlar va xizmatlarni jahon bozorlariga olib chiqish hamda mamlakatga turistlar oqimini koʻpaytirish uchun qulay tashqi siyosiy sharoitlarni shakllantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy sheriklarning savdo-iqtisodiy, moliyaviy-investitsiyaviy va moliyaviy-texnikaviy salohiyatidan, ular bilan oʻzaro hamkorlik darajasi va koʻlamidan, ularning xalqaro munosabatlar tizimidagi oʻrni va rolidan kelib chiqqan holda, Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning strategik yoʻnalishlarini eʼtiborga olib sohaga aloqador vazirliklar va idoralar bilan birgalikda tashqi siyosatning ustuvor yoʻnalishlarini ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar hamda boshqa sohalarda Oʻzbekistonning xalqaro tashabbuslarini, shuningdek, mintaqaviy va global rivojlanishning eng muhim masalalari boʻyicha mamlakatning oʻrni va pozitsiyasini ilgari surish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro munosabatlar rivoji tendensiyalarini tizimli tahlil qilish, jahon siyosiy-iqtisodiy jarayonlari va xavfsizlik sohasidagi vaziyatning vujudga kelayotgan dinamikasidan kelib chiqqan holda Oʻzbekiston Respublikasining tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy manfaatlariga potensial xavf-xatarlarni prognozlash va aniqlash, shuningdek, ushbu xavf-xatarlarni oʻz vaqtida bartaraf etishga qaratilgan samarali oldini olish choralarini ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro obroʻ-eʼtiborini mustahkamlash, ishonchli va masʼuliyatli sherik sifatida mamlakatning ijobiy nufuzini shakllantirish va qoʻllab-quvvatlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining ichki va tashqi siyosati asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida xolis axborotni kompleks tarzda yetkazish boʻyicha chet mamlakatlarda faol axborot-targʻibot ishlarini olib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining chet ellardagi fuqarolari hamda yuridik shaxslarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini diplomatik va xalqaro-huquqiy vositalar bilan himoya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chet ellarda istiqomat qiluvchi vatandoshlar bilan samarali aloqa va munosabatlarni, shuningdek, xorijiy davlatlardagi oʻzbek diasporasi vakillari bilan oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va qoʻllab-quvvatlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
diplomat kadrlarni professional tayyorlash, shuningdek, Vazirlik tizimidagi xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkillashtirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Vazirlik oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) siyosiy-diplomatik sohada:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyati strategiyasiga takliflar ishlab chiqadi, ularni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti koʻrib chiqishi uchun kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentini, zarur hollarda, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa davlat organlarini xalqaro siyosat va xavfsizlik masalalari boʻyicha axborot bilan taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro munosabatlar sohasida Oʻzbekiston Respublikasi nomidan ish koʻradi va xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar hamda xalqaro aloqalarning boshqa subyektlari bilan rasmiy, shu jumladan diplomatik va konsullik munosabatlarini olib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining parlamentlararo aloqalar va boshqa tashqi aloqalarni amalga oshirishiga koʻmaklashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mintaqada va dunyodagi vaziyatni muttasil monitoring qilish, tahdidlar va xavf-xatarlarni oʻz vaqtida aniqlash va baholash, xalqaro siyosat va jahon iqtisodiyotidagi jarayonlar hamda tendensiyalarni oʻrganish va tahlil qilishga qaratilgan tizimli, axborot-tahliliy ishlarni amalga oshiradi hamda ular asosida prognozlar va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining ichki va tashqi siyosati toʻgʻrisida xolis axborotni yetkazish, uning jahon maydonidagi xalqaro obroʻ-eʼtiborini mustahkamlash maqsadida ommaviy axborot vositalari vakillari, siyosatni shakllantiruvchi va ekspert doiralari hamda jahon jamoatchiligi bilan hamkorlik qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlatlar, hukumatlar rahbarlari va boshqa oliy mansabdor shaxslarning tashriflarini, shuningdek, siyosiy ahamiyatga molik boshqa xalqaro tadbirlarni axborot va protokol-tashkiliy jihatdan taʼminlash choralarini koʻradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar va boshqa xalqaro aloqalar subyektlari bilan munosabatlarda Oʻzbekiston Respublikasining yagona tashqi siyosatini amalga oshirish maqsadida xalqaro munosabatlar sohasida Oʻzbekiston Respublikasining boshqa davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) savdo-iqtisodiy va investitsiya sohalarida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining yagona tashqi iqtisodiy siyosati amalga oshirilishini muvofiqlashtiradi hamda mamlakatning iqtisodiy manfaatlarini ilgari surish, Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyati qatnashchilarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chet mamlakatlardagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni, iqtisodiyot tarmoqlarining rivojlanish tendensiyalari va dinamikasini, shuningdek, ularning tashqi iqtisodiy siyosatidagi ustuvor yoʻnalishlarni har tomonlama va chuqur tahlil qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, mahalliy tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksporti hajmlarini koʻpaytirish, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar va ilgʻor texnologiyalarni jalb etish, respublikaning turistik salohiyatini roʻyobga chiqarish, mamlakatning transport kommunikatsiyalari va tranzit salohiyatini rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yetakchi xorijiy kompaniyalardan boʻlgan ishbilarmon sheriklar bilan aloqalar oʻrnatish, xorijiy davlatlarning turdosh tashkilotlari bilan uchrashuv va muzokaralarni tashkil etishda Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilariga koʻmaklashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hamkor mamlakatlarga mahalliy tovarlar va xizmatlar eksporti hajmlarini koʻpaytirishga, ular bilan oʻzaro tovar ayirboshlash nomenklaturasini kengaytirishga koʻmaklashish boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni koʻradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiyalarni, ilgʻor texnologiyalar va innovatsion ishlanmalarni jalb etish, shuningdek, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlari hamda infratuzilmani rivojlantirish va modernizatsiya qilishda zamonaviy menejment tajribasini oʻrganish maqsadida xorijiy tashkilotlar va kompaniyalar bilan, xalqaro moliya institutlari va fondlari bilan oʻzaro hamkorlik boʻyicha aniq maqsadga yoʻnaltirilgan ishlarni olib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarmoqlar va hududlar kesimida jalb qilish maqsad qilingan investorlarni aniqlaydi, manfaatdor vazirliklar va idoralar, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tayyorlanadigan investitsiya takliflarini ularga yetkazadi, muzokaralar oʻtkazishga va oʻzaro amaliy tashriflarni tashkil etishga koʻmaklashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shu jumladan milliy turistik mahsulotlarni olgʻa siljitish, shuningdek, respublikaning turistik infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha birgalikdagi dasturlar va qoʻshma loyihalarni amalga oshirishga yetakchi xorijiy kompaniyalarni taklif etish orqali Oʻzbekiston Respublikasiga chet mamlakatlardan turistlar oqimini jalb etish choralarini koʻradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro transport kommunikatsiyalari va logistika infratuzilmasini rivojlantirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining tashqi savdo yuklarini tashish va tranzit qilish uchun imtiyozli tartiblar qoʻllanilishiga koʻmaklashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mamlakatda amalga oshirilayotgan keng miqyosli islohotlar va oʻzgarishlar, Oʻzbekiston Respublikasining eksport, investitsiyaviy va turistik salohiyati toʻgʻrisida xolis va ishonchli axborotni chet ellik sheriklarga yetkazish choralarini koʻradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
amaliy ahamiyatga ega va oʻzaro manfaatli davlatlararo tashqi iqtisodiy kelishuvlar va bitimlarga erishishga koʻmaklashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy va yuqori darajalardagi tashriflar doirasida erishilgan, shuningdek, xorijiy sheriklar bilan har tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish boʻyicha “yoʻl xaritalari”ga kiritilgan tashqi iqtisodiy kelishuvlar amalga oshirilishining tizimli monitoring qilinishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy mamlakatlar bilan ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiyalar (qoʻmitalar, kengashlar)ning Oʻzbekiston qismi faoliyatini muvofiqlashtiradi va ularning kotibiyatlari funksiyalarini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) madaniy-gumanitar va ilmiy-texnik sohalarda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sanʼat arboblari, ijodiy jamoalar va ijrochilarning oʻzaro tashriflarini tashkil qilish orqali xorijiy mamlakatlar bilan madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirishga koʻmaklashadi, shuningdek, madaniyat va sport sohasida xalqaro tuzilmalar va institutlarda Oʻzbekiston Respublikasining faol ishtirokini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzbek madaniyatining eng yaxshi yutuqlari chet ellarda keng namoyish etilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston yoshlar tashkilotlarining xalqaro madaniy-gumanitar hamkorlikda faol ishtirok etishiga, ularning chet mamlakatlardagi xuddi shunday birlashmalar bilan samarali oʻzaro hamkorligiga koʻmaklashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yetakchi xorijiy taʼlim muassasalari, ilmiy markazlari va yuqori texnologiyali kompaniyalar bilan birgalikdagi tadqiqot hamda taʼlim dasturlari va loyihalarini amalga oshirish, shuningdek, ilgʻor texnologiyalar va ilmiy ishlanmalarni Oʻzbekiston Respublikasiga jalb etish boʻyicha hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va kengaytirishga koʻmaklashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) konsullik-huquqiy yordam, vatandoshlar bilan hamkorlik, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining chet ellardagi fuqarolari va yuridik shaxslariga konsullik xizmatlari koʻrsatadi hamda ularning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chet ellarda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan aloqa va muloqotlar rivojlantirilishiga koʻmaklashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini taʼminlaydi hamda ularni qiziqtiruvchi masalalar boʻyicha kechayu-kunduz axborot-maslahat koʻmagini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) xorijiy davlatlarning diplomatik korpusi va boshqa vakillari bilan oʻzaro hamkorlik sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy diplomatik va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalar hamda konsullik muassasalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududida xalqaro huquq normalariga muvofiq faoliyat yuritishiga koʻmaklashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarini, iqtisodiy va texnik hamkorlik qilish, gumanitar yordam koʻrsatish boʻyicha xalqaro hukumatlararo tashkilotlar va hukumat tashkilotlari vakolatxonalarini, shuningdek, ularning xodimlari va oila aʼzolarini akkreditatsiya qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy davlatlar ommaviy axborot vositalarining muxbirlik punktlari (byuro, ofislari)ni, shuningdek, muxbirlarini hamda ularning oila aʼzolarini akkreditatsiya qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) tashqi siyosiy faoliyatni normativ-huquqiy va shartnoma-huquqiy jihatdan taʼminlash sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashqi siyosiy faoliyat masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini ishlab chiqadi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz vakolatlari doirasida, shu jumladan boshqa davlat boshqaruvi organlari bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari, idoralari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolari va yuridik shaxslari uchun, shuningdek, xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar uchun bajarilishi majburiy normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari loyihalarini ishlab chiqishda qatnashadi, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tuzish, bajarish, tugatish (denonsatsiya qilish) va amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisidagi takliflarni tayyorlaydi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga koʻrib chiqish uchun kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro shartnomalarning loyihalarini ular xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan prinsiplari va normalariga, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa xalqaro shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlarga, Oʻzbekiston Respublikasining tashqi siyosiy faoliyat sohasidagi qonunchiligiga, Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarini rasmiylashtirishning yuridik texnikasi va amaliyoti talablariga mosligi nuqtai nazaridan huquqiy ekspertizadan oʻtkazadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini ratifikatsiya qilishga kiritish toʻgʻrisidagi takliflarni belgilangan tartibda taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari boʻyicha muzokaralar olib borish va imzolashga vakolatlarni rasmiylashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy davlatlarning tegishli tashqi siyosat organlari hamda boshqa davlat organlari bilan, shuningdek, xalqaro tashkilotlar bilan qonunchilikda belgilangan tartibda muzokaralar olib boradi hamda xalqaro shartnomalar va kelishuvlarni tuzadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro davlatlararo va hukumatlararo shartnomalarining asl nusxalari (tasdiqlangan nusxalari, rasmiy tarjimalari) doimiy saqlanishini taʼminlaydi va shartnomalar depozitariysi funksiyalarini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining kuchga kirgan xalqaro shartnomalari tasdiqlangan nusxalarini roʻyxatga olish va eʼlon qilish uchun belgilangan tartibda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Kotibiyatiga yuboradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bajarilishi ustidan monitoring olib borish choralarini koʻradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) tashkiliy-kadrlar va moddiy-texnik taʼminot sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chet ellardagi muassasalar, hududiy boʻlinmalar va idoraviy boʻysunuvchi tashkilotlar faoliyatini tashkil qilish, Vazirlik markaziy apparatining, chet ellardagi muassasalar, hududiy boʻlinmalar va idoraviy boʻysunuvchi tashkilotlarning tuzilmasi, xodimlar soni masalalari boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi va kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik tizimini kadrlar bilan taʼminlaydi, uning xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qiladi, Vazirlik markaziy apparatining, idoraviy boʻysunuvchi tashkilotlar, hududiy boʻlinmalar va chet eldagi muassasalarning kadrlar zaxirasini shakllantiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik tizimi xodimlarining moddiy va ijtimoiy taʼminoti toʻgʻrisida takliflar kiritadi, Vazirlikning ixtiyorida boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi hamda chet ellardagi obyektlarni, hududiy boʻlinmalar va chet ellardagi muassasalarni kapital qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlashga loyiha-smeta hujjatlari tayyorlanishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chet ellardagi muassasalarni, hududiy boʻlinmalar va idoraviy boʻysunuvdagi tashkilotlarni belgilangan tartibda moliyalashtiradi, moddiy-texnik taʼminlaydi, buxgalterlik hisobi va hisobotini tashkillashtiradi va nazorat qiladi, ularning moliya-xoʻjalik faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik qonunchilikka muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Vazirlikning huquqlari va javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Vazirlik oʻz zimmasiga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz vakolatlari doirasida tegishli davlat organlari, shu jumladan xorijiy davlatlarning tashqi siyosat organlari hamda ularning diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar va ularning organlari bilan muzokaralar oʻtkazish hamda ular bilan davlat nomidan rasmiy yozishmalar olib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzining vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlaridan hujjatlar, statistik maʼlumotlar, hisobotlar, tahliliy materiallar, takliflar, xulosalar, maʼlumotnomalar hamda boshqa maʼlumotlar, shuningdek, boshqa zarur materiallar yuzasidan soʻrov yuborish va ularni olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashqi siyosiy faoliyat va diplomatik xizmat muammolari boʻyicha muvofiqlashtiruvchi, ilmiy-maslahat kengashi va boshqa kengashlarni, idoralararo ekspert komissiyalari va guruhlarini tuzish, shuningdek, maxsus yigʻilishlarni chaqirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashqi siyosiy faoliyat muammolarini hal etish yuzasidan maslahatlashuvlar, takliflarni oʻrganish va ishlab chiqish uchun olimlar, mutaxassislar, ekspertlarni, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, ilmiy-tadqiqot, konsalting, moliya hamda boshqa tashkilotlarning vakillarini, shu jumladan shartnoma (kontrakt) asosida jalb etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan belgilangan tartibda hamjihatlik asosida zarur axborotni ayirboshlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bitiruvchilarini taqsimlash va ulardan oqilona foydalanishga rahbarlik qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik, chet ellardagi muassasalar, Oʻzbekiston Respublikasidagi hududiy boʻlinmalar va idoraviy boʻysunuvchi tashkilotlar tomonidan olinadigan milliy va xorijiy valyutadagi, shu jumladan budjetdan tashqari mablagʻlardan, shuningdek, mamlakat tashqarisida konsullik xizmatlari va boshqa funksiyalarni bajarishdan olinadigan mablagʻlardan belgilangan tartibda foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlikning rasmiy taklifi boʻyicha kelayotgan xorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashashi, ovqatlanishi, transport va boshqa sarf-xarajatlari haqini belgilangan tartibda toʻlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chet ellardagi muassasalar, hududiy boʻlinmalar va idoraviy boʻysunuvchi tashkilotlarni tashkil qilish, qayta tashkil etish va tugatish, ularning rahbarlarini lavozimga tayinlash va ozod qilish toʻgʻrisida tashabbus koʻrsatish, ularning faoliyatini tekshirish va taftish qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik faoliyatiga taalluqli masalalarga oid jurnallar, byulletenlar va boshqa bosma nashrlar chiqarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
idoraviy arxivda Vazirlik hujjatlarini saqlash, hisobga olish va ulardan foydalanish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Vazirlik:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi bilan xorijiy mamlakatlar oʻrtasida hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha har yilgi harakat rejalari (“yoʻl xaritalari”)da nazarda tutiladigan Vazirlik faoliyatiga taalluqli tadbirlar bajarilishini soʻzsiz taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladigan, Vazirlik tomonidan ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlarning, u qabul qiladigan qarorlar loyihalarining sifati, shuningdek, ularning samarali amalga oshirilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlariga rioya etilishi va himoya qilinishini taʼminlash yuzasidan javobgar boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Vazirlik faoliyatini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Vazirlikka Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tasdiqlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri (keyingi oʻrinlarda — vazir) rahbarlik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan uch nafar oʻrinbosarga, shu jumladan bir nafar birinchi oʻrinbosarga va bir nafar maslahatchiga egadir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Alohida topshiriqlar boʻyicha elchilar va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maxsus vakillari vazirning taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va ozod qilinadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va vazirning maxsus topshiriqlarini bajaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Vazir:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik, chet ellardagi muassasalar, hududiy boʻlinmalar va idoraviy boʻysunuvchi tashkilotlar faoliyatiga yakkaboshchilik asosida umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, Vazirlik zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi yuzasidan shaxsan javob beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz oʻrinbosarlarining vakolatlarini belgilaydi, ular oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi, Vazirlik tizimidagi boshqa mansabdor shaxslarning vakolatlarini, Vazirlik faoliyatining alohida yoʻnalishlarini boshqarishda oʻz oʻrinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarning javobgarlik darajasini oʻrnatadi, shuningdek, chet ellardagi muassasalar, hududiy boʻlinmalar va idoraviy boʻysunuvchi tashkilotlarning ishini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, xorijiy davlatlarning tegishli organlari va xalqaro tashkilotlar bilan oʻzaro munosabatlarda Vazirlik nomidan ish koʻradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz faoliyati toʻgʻrisida yiliga ikki marta Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga axborot taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomlarni, ulardagi mansabdor shaxslarning funksional majburiyatlarini, shuningdek, idoraviy boʻysunuvchi tashkilotlarning nizomlari (ustavlari)ni belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodimlarning belgilangan umumiy soni va mehnat haqi fondi doirasida Vazirlik markaziy apparatining tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritib, shtat jadvalini tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat budjetida nazarda tutilgan, tegishli davr uchun tasdiqlangan budjet ajratmalari doirasida Vazirlik markaziy apparati, chet ellardagi muassasalar, hududiy boʻlinmalar va idoraviy boʻysunuvchi tashkilotlarning xarajatlar smetasini tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik, chet ellardagi muassasalar, hududiy boʻlinmalar va idoraviy boʻysunuvchi tashkilotlarning tarkibiy boʻlinmalari va xodimlari tomonidan ijro etilishi majburiy boʻlgan buyruqlar va farmoyishlar chiqaradi, koʻrsatmalar beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining, jumladan bir yoki bir qancha davlatlarda oʻrindoshlik boʻyicha Favqulodda va Muxtor Elchisi, Favqulodda va Muxtor Vakili, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotlar huzuridagi doimiy vakilligiga nomzodlar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga takliflar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik markaziy apparati xodimlarini, hududiy boʻlinmalar va idoraviy boʻysunuvchi tashkilotlar rahbarlarini, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining chet ellardagi konsullik muassasalari boshliqlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi hamda ularga konsullik patentlari beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining topshirigʻiga binoan, vakolatlarni taqdim etish zaruratisiz, Oʻzbekiston Respublikasining vakili sifatida ikki tomonlama va koʻp tomonlama muzokaralarda ishtirok etadi hamda Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini imzolaydi, bunda zarur boʻlmaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muzokaralar olib borish hamda Oʻzbekiston Respublikasining davlatlararo va hukumatlararo xalqaro shartnomalarini imzolash, xalqaro tashkilotlar ishida, shuningdek, anjumanlar, konferensiyalar va boshqa tadbirlarda davlat yoki hukumat nomidan ishtirok etish vakolatlari toʻgʻrisidagi guvohnomani rasmiylashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chet el rasmiy delegatsiyalari va shaxslarini qabul qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirishlari munosabati bilan kelgan diplomatik vakolatxonalar boshliqlarini qabul qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chet ellik konsullarga konsullik ekzekvaturasi (eʼtirof etish hujjati)ni beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik xodimlarini, shuningdek, hududiy boʻlinmalar va idoraviy boʻysunuvchi tashkilotlarning rahbar xodimlarini xorijiy davlatlarga qisqa muddatli va uzoq muddatli xizmat safarlariga yuborish masalalarini hal qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz vakolatlari doirasida Vazirlik tizimi xodimlariga diplomatik martabalar beradi, shuningdek, Favqulodda va Muxtor Elchi, birinchi va ikkinchi darajali Favqulodda va Muxtor Vakil diplomatik martabalarini berish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga takliflar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
diplomatik martabalar, uzoq yillik xizmatlari, chet tillarni bilishi uchun mehnat haqi fondi doirasida lavozim maoshlariga ustamalar va boshqa ustama haqlar toʻlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik, chet ellardagi muassasalar xodimlariga, shuningdek, hududiy boʻlinmalar va idoraviy boʻysunuvchi tashkilotlarning rahbar xodimlariga moddiy yordam koʻrsatish, ularni ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal etadi, alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlarni Oʻzbekiston Respublikasining faxriy unvonlari va davlat mukofotlari bilan taqdirlashga taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazir qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Vazirning birinchi oʻrinbosari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekistonning xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamda moliyaviy-texnik hamkorligini rivojlantirish boʻyicha Vazirlik ishini va chet ellardagi muassasalar faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikaning turistik salohiyatini rivojlantirish, turistik xizmatlar eksportini kengaytirish, turizm sohasiga investitsiyalar jalb etish, shuningdek, xorijiy turistlar uchun Oʻzbekistonning xalqaro imiji va jozibadorligini oshirish boʻyicha Vazirlik zimmasiga yuklangan dolzarb vazifalar doirasida zarur chora-tadbirlarni koʻradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy va yuqori darajadagi respublika vakillarining chet ellarga tashriflarini va xorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekistonga safarlarini tashkil qilish va oʻtkazish masalalarini muvofiqlashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mutasaddilik qilinadigan yoʻnalishlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi masalalarini muhokama qilish uchun Vazirlik hayʼatining majlislarida ishtirok etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rasmiy uchrashuvlarda qatnashadi hamda xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan ikki tomonlama va koʻp tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan diplomatik korpus vakillari bilan muzokaralar oʻtkazadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazir vaqtincha boʻlmagan vaqtda Vazirlik faoliyatini umumiy tarzda muvofiqlashtirishni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Vazir oʻrinbosarlari (ikki tomonlama, koʻp tomonlama hamkorlik boʻyicha):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan tashqi siyosiy, tashqi iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalarda ikki tomonlama va koʻp tomonlama hamkorlik masalalariga mutasaddilik qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy va yuqori darajadagi respublika vakillarining chet ellarga tashriflarini hamda xorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekistonga safarlarini tashkil etish va oʻtkazish masalalarini muvofiqlashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mutasaddilik qilinadigan yoʻnalishlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik masalalarini muhokama qilish uchun Vazirlik hayʼati majlislarida ishtirok etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro hamkorlik va xavfsizlikning dolzarb yoʻnalishlari boʻyicha axborot-tahliliy materiallarni tayyorlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining xalqaro tashriflarini hamda xorijiy mamlakatlar rahbarlari bilan Oʻzbekistondagi uchrashuvlarini axborot-tahliliy jihatdan taʼminlash borasidagi ishlarni muvofiqlashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida akkredatitsiyadan oʻtgan diplomatik korpus vakillari bilan xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan ikki tomonlama hamda koʻp tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari boʻyicha muzokara olib boradi va rasmiy uchrashuvlarda ishtirok etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashqi ishlar vazirligi tizimida taʼlim muassasalari faoliyatiga mutasaddilik qiluvchi Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari ayni bir vaqtda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining rektori hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Vazir maslahatchisi — Ijro etuvchi apparat rahbari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Konsullik-huquqiy departament faoliyati masalalariga, aloqa va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining zamonaviy tizimlarini joriy qilish va ishda foydalanish, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning Vazirlikka kelib tushayotgan murojaatlarini oʻz vaqtida va samarali koʻrib chiqish masalalariga mutasaddilik qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlikning moliya-xoʻjalik faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlikda samarali ish yuritishni, kanselyariya va idoraviy arxivning faoliyat koʻrsatishini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Alohida topshiriqlar boʻyicha Elchi Davlat chegarasini delimitatsiyalash va demarkatsiyalash masalalari boʻyicha respublikaning ustuvor vazifalarini amalga oshirish, shuningdek, xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlarga nisbatan mamlakatning milliy manfaatlarini samarali olgʻa surish va himoya qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hamda vazirning boshqa maxsus topshiriqlarini bajarish borasida aniq maqsadga qaratilgan ishlarni olib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Afgʻoniston boʻyicha Maxsus vakili Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentning qarorlari bilan belgilangan vakolatlar hamda vazifalarga qatʼiy muvofiq ravishda Oʻzbekiston Respublikasi tashqi siyosatining Afgʻoniston yoʻnalishi bilan bogʻliq masalalarning butun kompleksiga mutasaddilik qiladi va muvofiqlashtiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Vazirlikda uning faoliyati asosiy yoʻnalishlari boʻyicha ishlarni muvofiqlashtiruvchi vazir (hayʼat raisi), vazir oʻrinbosarlari (lavozimi boʻyicha), shuningdek, Vazirlik tarkibiy boʻlinmalarining rahbarlaridan iborat hayʼat tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hayʼatning soni va shaxsiy tarkibi vazirning taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hayʼat quyidagilar bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining davlat suvereniteti prinsipini hayotga yanada chuqurroq tatbiq etish, tashqi siyosatni amalda roʻyobga chiqarish, xorijiy davlatlar bilan, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarda Oʻzbekistonning davlat manfaatlarini hamda uning fuqarolari va yuridik shaxslarining huquqlarini himoya qilish boʻyicha Vazirlikning ushbu Nizomda belgilangan asosiy faoliyat yoʻnalishlarini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik nomenklaturasiga kiruvchi lavozimlarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qoʻyish, tayyorlash va qayta tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qaror va farmoyishlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan ijro intizomini mustahkamlash, ularning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash uchun Vazirlik rahbarlari hamda boshqa xodimlarining shaxsiy javobgarligini oshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hayʼat Vazirlik vakolatiga taalluqli boshqa masalalarni ham koʻrib chiqishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hayʼat majlislariga Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha boshqa vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning rahbarlari taklif qilinishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hayʼat majlisi hayʼat tarkibining yarmidan koʻprogʻi ishtirok etgan taqdirdagina, masalalarni koʻrib chiqish va ular yuzasidan qarorlar qabul qilishga vakolatli hisoblanadi. Koʻrib chiqilayotgan masalalar boʻyicha qarorlar oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hayʼat qarorlari vazirning buyruqlari bilan amalga oshiriladi. Vazir bilan hayʼat aʼzolari oʻrtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan taqdirda, vazir mustaqil ravishda qaror qabul qilib, yuzaga kelgan kelishmovchiliklar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga maʼlum qiladi. Hayʼat aʼzolari ham Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga oʻz fikr-mulohazalarini bildirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hayʼat faoliyatining tartibi hayʼat tomonidan tasdiqlanadigan reglament bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Vazirlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari hamda ish indikatorlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Vazirlik faoliyatining samaradorligi ushbu Nizomga ilovaga muvofiq Vazirlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari asosida muntazam baholab borilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Vazirlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari boʻyicha:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik rahbarlari va xodimlarini ragʻbatlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy javobgarlik choralari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish choralari koʻriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Vazirlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi va metodikasi qonunchilik bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bob. Yakunlovchi qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Vazirlikni qayta tashkil etish va tugatish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi toʻgʻrisidagi Nizomga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholashb
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MEZONLARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) Oʻzbekiston Respublikasi bilan xorijiy mamlakatlar oʻrtasida siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, texnologik, moliyaviy-texnik, ilmiy-texnikaviy, madaniy-gumanitar hamda boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha har yilgi harakat rejalari (“yoʻl xaritalari”)da nazarda tutiladigan chora-tadbirlarni amalda roʻyobga chiqarish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) Aniq amaliy ahamiyatga molik va oʻzaro manfaatli xalqaro shartnomalar va ahdlashuvlarga erishishga qaratilgan oliy, yuqori va boshqa darajalardagi tashriflar, uchrashuv va muzokaralarni tashkillashtirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro kun tartibidagi va mintaqaviy xavfsizlikka oid dolzarb muammolar, shuningdek, mamlakatni ichki rivojlantirish masalalari boʻyicha tashabbuslari, pozitsiyasi va yondoshuvlari xorijiy mamlakatlar tomonidan, shu jumladan xalqaro tashkilotlar doirasida siyosiy qoʻllab-quvvatlanishini taʼminlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) Dunyoda boʻlayotgan voqealar, jahon siyosati va iqtisodiyotining Oʻzbekiston Respublikasining milliy manfaatlariga daxldor eng muhim masalalarini prognoz baholari bilan birga dolzarb axborot-tahliliy materiallar bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentini va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini muntazam taʼminlab turish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) Eng avvalo mahalliy kompaniyalar va tashkilotlarning tovar va xizmatlarini jahon bozorlariga eksportga yetkazib berish, ikki tomonlama tovar ayirboshlash hajmlarining yanada oʻsishini va turlari kengayishini taʼminlashga yoʻnaltirilgan tashqi iqtisodiy bitimlar tuzilishiga koʻmaklashish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6) Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlari hamda infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiya qilishga chet el tashkilotlarining toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalari, grantlari, kreditlari va texnik koʻmaklashish vositalari, ilgʻor texnologiyalari va ilmiy ishlanmalarini jalb etish boʻyicha aniq kelishuvlarga erishish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7) Oʻzbekiston Respublikasiga turistlar oqimini koʻpaytirish, milliy turistik mahsulotlarni ommalashtirish boʻyicha qoʻshma dasturlar va loyihalarni amalga oshirish hamda turizm infratuzilmasini rivojlantirishga investitsiyalarni jalb etish yuzasidan xorijiy kompaniyalar va tashkilotlar bilan bitimlar tuzishga koʻmaklashish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8) Mamlakatda amalga oshirilayotgan keng miqyosli islohotlar va oʻzgarishlarning ahamiyati va mohiyatini, Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-tarixiy va turistik salohiyatini yaqqol koʻrsatib beradigan xolis va ishonarli axborotni chet mamlakatlarning nufuzli matbuot va elektron nashrlarida, shuningdek, televideniye va radiolarida keng tarqatish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9) Oʻzbekiston Respublikasining amaliy ahamiyatga ega xalqaro shartnomalarini tuzish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va ularni toʻla-toʻkis amalga oshirishda koʻmaklashish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10) Konsullik muassasalari faoliyatida koʻrsatilayotgan davlat xizmatlarining tezkorligi va sifati, chet ellarda Oʻzbekistonning jismoniy va yuridik shaxslarining huquqlari va qonuniy manfaatlari samarali himoya qilinishini taʼminlash, qiyin ahvolga tushib qolgan fuqarolarga yordam koʻrsatish.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi PQ-3654-son qaroriga
4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimi xodimlarining diplomatik martabalari toʻgʻrisidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
N I Z O M
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) markaziy apparati xodimlariga, Oʻzbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari rahbarlari va diplomatik personali aʼzolariga hamda Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotlar huzuridagi missiyalari va vakolatxonalari (keyingi oʻrinlarda — chet el muassasalari), Oʻzbekiston Respublikasi uchun ajratilgan kvotali lavozimlarda ishlash uchun xalqaro tashkilotlarga yuborilgan Vazirlik xodimlariga, Vazirlikning hududiy boʻlinmalari, shuningdek, Tahlil va prognozlashtirish markazi, “Dunyo” Axborot agentligi (keyingi oʻrinlarda — “Dunyo” AA) xodimlariga, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining maʼmuriy-boshqaruv va professor-oʻqituvchilar tarkibiga hamda diplomatik xizmat organlari zimmasiga yuklangan vazifa va funksiyalarni amalga oshirish maqsadida mansab vakolatlari va majburiyatlarini bajarayotgan boshqa quyi tashkilotlarning xodimlariga diplomatik martaba — farqlash darajalarini berish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diplomatik korpusga xizmat koʻrsatish byurosi rahbariyatiga, shuningdek, istisno hollarda, mehnatdagi alohida xizmatlari uchun mazkur byuro xodimlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan belgilangan tartibda tashkil etiladigan Vazirlik tizimiga kiruvchi boshqa quyi tashkilotlarning xodimlariga ham diplomatik martabalar beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlik markaziy apparatining xodimlariga, chet el muassasalari rahbarlari va diplomatik personali xodimlariga, Oʻzbekiston Respublikasi uchun ajratilgan kvotali lavozimlarda ishlash uchun xalqaro tashkilotlarga yuborilgan Vazirlik xodimlariga, shuningdek, mazkur Nizomning 4-bandida nazarda tutilgan, diplomatik xizmat organlari zimmasiga yuklangan vazifa va funksiyalarni amalga oshirish maqsadida mansab vakolatlari va majburiyatlarini bajarayotgan quyi tashkilotlarning alohida toifalari xodimlariga quyidagi diplomatik martabalar beriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Favqulodda va Muxtor Elchi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Birinchi darajali Favqulodda va Muxtor Vakil;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ikkinchi darajali Favqulodda va Muxtor Vakil;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Birinchi darajali maslahatchi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ikkinchi darajali maslahatchi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Birinchi darajali birinchi kotib;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ikkinchi darajali birinchi kotib;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Birinchi darajali ikkinchi kotib;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ikkinchi darajali ikkinchi kotib;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uchinchi kotib;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Attashe.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlik markaziy apparati xodimlariga, chet el muassasalari diplomatik personali aʼzolariga, Oʻzbekiston Respublikasi uchun ajratilgan kvotali lavozimlarda ishlash uchun xalqaro tashkilotlarga yuborilgan Vazirlik xodimlariga, Vazirlikning hududiy boʻlinmalari, shuningdek, Tahlil va prognozlashtirish markazi, “Dunyo” AA xodimlariga, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining maʼmuriy-boshqaruv va professor-oʻqituvchilar tarkibiga hamda diplomatik xizmat organlari zimmasiga yuklangan vazifa va funksiyalarni amalga oshirish maqsadida mansab vakolatlari va majburiyatlarini bajarayotgan boshqa quyi tashkilotlarning xodimlariga ijobiy xizmat tavsifnomasi, malakasiga, egallab turgan lavozimiga muvofiq oliy maʼlumotga va ish stajiga ega boʻlgan taqdirda yuqorida koʻrsatilgan ketma-ketlikda diplomatik martabalar beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Quyidagi lavozimlarni egallab turgan shaxslarga diplomatik martabalar beriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Favqulodda va Muxtor Elchi

Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziriga, Oʻzbekiston Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisiga, Oʻzbekiston Respublikasining BMT huzuridagi Doimiy vakolatxonasi boshligʻiga, Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri oʻrinbosariga, Oʻzbekiston Respublikasining alohida topshiriqlar boʻyicha Elchisiga, vazir maslahatchisi — Ijro etuvchi apparat rahbariga.

Birinchi darajali Favqulodda va Muxtor Vakil

Oʻzbekiston Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisiga, Oʻzbekiston Respublikasining Favqulodda va Muxtor Vakiliga, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro tashkilot huzuridagi doimiy vakiliga, Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri oʻrinbosariga, Oʻzbekiston Respublikasining alohida topshiriqlar boʻyicha elchisiga, vazir maslahatchisi — Ijro etuvchi apparat rahbariga.

Ikkinchi darajali Favqulodda va Muxtor Vakil

Oʻzbekiston Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisiga, Oʻzbekiston Respublikasining Favqulodda va Muxtor Vakiliga, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro tashkilot huzuridagi doimiy vakiliga, Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri oʻrinbosariga, Oʻzbekiston Respublikasining alohida topshiriqlar boʻyicha Elchisiga, vazir maslahatchisi — Ijro etuvchi apparat rahbariga.

Birinchi darajali maslahatchi

Bosh konsulga, maslahatchi vakilga, chet el muassasasi maslahatchisiga, xalqaro tashkilot huzuridagi doimiy vakil oʻrinbosariga, xalqaro tashkilot rahbari oʻrinbosari / maslahatchisiga (kvota asosida), chet el muassasasining maxsus attashesiga, tarkibiy boʻlinmalarning rahbarlariga, quyi tashkilotlar va hududiy boʻlimlarning rahbarlar tarkibiga.

Ikkinchi darajali maslahatchi

Mustaqil boʻlim rahbariga, Vazirlik tarkibiy boʻlinmasining rahbariga, tarkibiy boʻlinma boʻlimi boshligʻiga, chet el muassasasining maxsus attashesiga, tarkibiy boʻlinmalarning rahbarlariga, quyi tashkilotlar va hududiy boʻlinmalarning rahbarlar tarkibiga.

Birinchi darajali birinchi kotib

Oʻzbekiston Respublikasi uchun ajratilgan kvotali lavozimlarda ishlash uchun xalqaro tashkilotlarga yuborilgan Vazirlik xodimiga, chet el muassasasi birinchi kotibiga, konsuliga, boʻlinmalarning rahbarlariga, quyi tashkilotlar
va hududiy boʻlimlarning rahbarlar tarkibiga.

Ikkinchi darajali birinchi kotib

Oʻzbekiston Respublikasi uchun ajratilgan kvotali lavozimlarda ishlash uchun xalqaro tashkilotlarga yuborilgan Vazirlik xodimiga, chet el muassasasining birinchi kotibiga, konsuliga, tarkibiy boʻlinmalarning rahbarlariga, quyi tashkilotlar va hududiy boʻlimlarning rahbarlar tarkibiga.

Birinchi darajali ikkinchi kotib

Oʻzbekiston Respublikasi uchun ajratilgan kvotali lavozimlarda ishlash uchun xalqaro tashkilotlarga yuborilgan Vazirlik xodimiga, chet el muassasasining ikkinchi kotibga, vitse-konsuliga, Vazirlikning ikkinchi kotibiga, Tahlil va prognozlashtirish markazining bosh ilmiy xodimiga hamda quyi tashkilotlar va hududiy boʻlimlarning unga tenglashtirilgan lavozimlariga.

Ikkinchi darajali ikkinchi kotib

Oʻzbekiston Respublikasi uchun ajratilgan kvotali lavozimlarda ishlash uchun xalqaro tashkilotlarga yuborilgan Vazirlik xodimiga, chet el muassasasining uchinchi kotibiga, konsullik agentiga, Vazirlikning uchinchi kotiblariga, Tahlil va prognozlashtirish markazining bosh ilmiy xodimiga hamda quyi tashkilotlar va hududiy boʻlimlarning unga tenglashtirilgan lavozimlariga

Uchinchi kotib

Oʻzbekiston Respublikasining chet el muassasasi uchinchi kotibiga, vitse-konsuliga, konsullik agentiga, Vazirlikning uchinchi kotibiga, Tahlil va prognozlashtirish markazining yetakchi ilmiy xodimiga hamda quyi tashkilotlar va hududiy boʻlimlarning unga tenglashtirilgan lavozimlariga.

Attashe

chet el muassasasi attashesiga, Vazirlik attashesi hamda quyi tashkilotlar va hududiy boʻlimlarning unga tenglashtirilgan lavozimlariga.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Favqulodda va Muxtor Elchi, birinchi va ikkinchi darajali Favqulodda va Muxtor Vakil diplomatik martabalari Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Birinchi va ikkinchi darajalardagi maslahatchi, birinchi va ikkinchi darajalardagi birinchi kotib, birinchi va ikkinchi darajalardagi ikkinchi kotib, uchinchi kotib va attashe diplomatik martabalari Vazirlik Hayʼatining qarorlari asosida Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining buyrugʻi bilan beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Har bir diplomatik martaba uchun diplomatik lavozimni egallab turish quyidagi muddatlarni tashkil etadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Attashe

2 yil

Uchinchi kotib

2 yil

Ikkinchi darajali ikkinchi kotib

2 yil

Birinchi darajali ikkinchikotib

2 yil

Ikkinchi darajali birinchi kotib

3 yil

Birinchi darajali birinchi kotib

3 yil

Ikkinchi darajali maslahatchi

4 yil

Birinchi darajali maslahatchi

4 yil

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshlangʻich attashe diplomatik martabasi Vazirlik tizimidagi diplomatik lavozimda kamida bir yil ishlagan shaxsga (xodimga) beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Favqulodda va Muxtor Elchi, birinchi va ikkinchi darajalardagi Favqulodda va Muxtor Vakil martabalari umrbod muddatga beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqa diplomatik martabalarga ega boʻlgan mansabdor shaxslar Vazirlik tizimidan pensiyaga chiqqan taqdirda ushbu diplomatik martabalar mazkur shaxslarda (xodimlarda) saqlanib qoladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik yoʻli bilan uzoq muddatga oʻqishga yuborilgan xodimlarning diplomatik martabalari saqlanib qoladi. Xodim oʻqishdan va diplomatik lavozimdagi mehnat faoliyatiga qaytganidan soʻng navbatdagi diplomatik martaba ushbu Nizomda belgilangan muddatlarda beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ilgari diplomatik martabaga ega boʻlgan va boshqa davlat tashkilotlariga ishga oʻtganligi munosabati bilan Vazirlik tizimidan ozod qilingan shaxslar (xodimlar) Vazirlik tizimiga takroran ishga joylashganida ularning hozirgi diplomatik lavozimda boʻlishi muddatini hisobga olgan holda navbatdagi diplomatik martabalar berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diplomatik martabalarga, shu jumladan Favqulodda va Muxtor Elchi, birinchi va ikkinchi darajalardagi Favqulodda va Muxtor Vakil diplomatik martabalariga ega boʻlgan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq, jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaradigan nojoʻya ishlarni sodir etganlikda aybdor deb topilgan taqdirda diplomatik martabadan mahrum qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri, oʻz vakolatlari doirasida, quyidagi hollarda alohida tartibda diplomatik martabalar berish huquqiga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) mamlakatning milliy manfaatlarini himoya qilish va respublikaning obroʻsini oshirish ishida (toʻgʻridan-toʻgʻri lavozim majburiyatlaridan tashqari) koʻrsatgan xizmatlari uchun avvalgi diplomatik martabada belgilangan xizmat muddati tugamasdan avval, ammo Vazirlik tizimidagi ish davrida koʻpi bilan ikki marotaba;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) navbatga rioya etilmagan holda, ammo xodim yuqoriroq lavozimga koʻtarilish vaqtida ega boʻlgan diplomatik martabadan koʻpi bilan ikki pogʻona yuqori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) diplomatik martaba berishga ilk marotaba taqdim etilgan xodimlarga u egallab turgan lavozim boʻyicha nazarda tutilganiga nisbatan bir pogʻona past diplomatik martaba berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) xizmat vazifalarini muvaffaqiyatli ado etganligi va ishda erishgan salmoqli yutuqlari uchun Vazirlikning mustaqil, shu jumladan xoʻjalik hisobidagi boʻlinmalari rahbarlariga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) ilgari Vazirlik tizimida diplomatik lavozimlarda ishlagan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining, Vazirlar Mahkamasining, davlat muassasalari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyaning tegishli tarkibiy boʻlinmasi, Vazirlar Mahkamasi kompleksi rahbarining, shuningdek, davlat muassasasi va mahalliy davlat hokimiyati organi rahbarlarining tavsiyanomalari asosida. Bunda, mazkur organlardagi ish vaqti diplomatik martaba berish uchun zarur boʻlgan ish stajiga qoʻshiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Bir diplomatik martabada belgilangan xizmat muddatini oʻtagan, biroq xizmat faoliyatida yoki xulq-atvorida jiddiy kamchiliklari boʻlgan Vazirlik tizimi xodimlariga navbatdagi diplomatik martaba berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Xizmat vazifalarini qoʻpol ravishda buzganligi yoki muntazam ravishda lozim darajada bajarmaganligi uchun xodimning martabasi pasaytirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Favqulodda va Muxtor Elchi, birinchi va ikkinchi darajalardagi Favqulodda va Muxtor Vakil martabasiga ega boʻlgan shaxslar (xodimlar)ga nisbatan diplomatik martabani pasaytirish yoki undan mahrum qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Vazirlik markaziy apparatining xodimlariga, chet el muassasalari diplomatik personali xodimlariga, hududiy boʻlimlar, shuningdek, Tahlil va prognozlashtirish markazi, “Dunyo” AA xodimlariga, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining maʼmuriy-boshqaruv va professor-oʻqituvchilar tarkibiga hamda diplomatik xizmat organlari zimmasiga yuklangan vazifa va funksiyalarni amalga oshirish maqsadida mansab vakolatlari va majburiyatlarini bajarayotgan boshqa quyi tashkilotlarning diplomatik martabaga ega boʻlgan xodimlariga oʻrnatilgan tartibda belgilanadigan miqdorlarda lavozim maoshlariga qoʻshimcha haq tayinlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi PQ-3654-son qaroriga
5-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimi xodimlarining diplomatik martabalari uchun lavozim maoshlariga qoʻshiladigan ustamalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MIQDORI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Diplomatik martabalar nomlanishi

Lavozim maoshiga nisbatan foiz hisobidagi ustamalar miqdori

1.

Attashe

35

2.

Uchinchi kotib

40

3.

Ikkinchi darajali ikkinchi kotib

45

4.

Birinchi darajali ikkinchi kotib

50

5.

Ikkinchi darajali birinchi kotib

55

6.

Birinchi darajali birinchi kotib

60

7.

Ikkinchi darajali maslahatchi

65

8.

Birinchi darajali maslahatchi

70

9.

Ikkinchi darajali Favqulodda va Muxtor Vakil

75

10.

Birinchi darajali Favqulodda va Muxtor Vakil

80

11.

Favqulodda va Muxtor Elchi

85

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi PQ-3654-son qaroriga
6-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimi xodimlarining uzoq muddat xizmat qilganligi uchun lavozim maoshiga qoʻshiladigan ustamalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MIQDORI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Tashqi ishlar vazirligi tizimidagi umumiy ish staji

Lavozim maoshiga nisbatan foiz hisobidagi ustamalar miqdori

1.

2 yildan 5 yilgacha

10

2.

5 yildan 10 yilgacha

20

3.

10 yildan 15 yilgacha

30

4.

15 yildan 20 yilgacha

40

5.

20 yildan 25 yilgacha

50

6.

25 yildan yuqori

60

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi PQ-3654-son qaroriga
7-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik xizmat organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik xizmat organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) diplomatik xizmat organlari vazifalarini samarali amalga oshirish, xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish va professional jihatdan rivojlantirish, shuningdek, diplomatik xizmat organlarining moddiy-texnik bazasini modernizatsiya qilish va mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Jamgʻarma:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari va yuridik shaxslaridan, xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslardan konsullik harakatlari amalga oshirilganligi uchun belgilangan tartibda undiriladigan yigʻimlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasiga kirish paytida xorijiy fuqarolar tomonidan kirish yigʻimini toʻlashdan tushgan mablagʻlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) tizimidagi mavjud noshirlik va xoʻjalik faoliyatidan tushgan foyda va ijara toʻlovlari (foyda soligʻi toʻlangandan keyin);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasidagi xorijiy diplomatik korpusga koʻrsatiladigan xizmatlar haqi sifatida Diplomatik korpusga xizmat koʻrsatish byurosining hisobvaragʻiga kelib tushadigan mablagʻlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining mablagʻlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga shakllantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Jamgʻarma mablagʻlarining kirim va chiqimlarini hisobga olish mahalliy va xorijiy valyutalarda alohida-alohida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Jamgʻarma mablagʻlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
diplomatik xizmat vazifalarini samarali amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik markaziy apparati va uning hududiy boʻlinmalari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik xodimlarini chet mamlakatlarga xizmat safarlariga yuborish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik tizimi xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot texnologiyalarini joriy etish va modernizatsiya qilish, Vazirlik tizimidagi va chet el muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining ixtisoslashtirilgan kutubxonalarini shakllantirish, maʼlumotnoma adabiyotlari va turli davriy nashrlarni sotib olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik faoliyatini yaxshilashga qaratilgan boshqa tadbirlar uchun ishlatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri tomonidan tasdiqlanadigan xarajatlar smetasi asosida, diplomatik xizmat organlarini rivojlantirish dasturlarini yoki tashqi siyosiy faoliyat bilan bogʻliq aniq tadbirlarni moliyalashtirish orqali amalga oshiriladi. Tegishli dasturlar, ularni moliyalashtirish limitlari va Jamgʻarmaning har yili zaxiraga olib qoʻyiladigan bir qismi miqdori Jamgʻara Kengashi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Jamgʻarma Kengashiga rahbarlik qiladi va uning shaxsiy tarkibini tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish boʻyicha qaror Jamgʻarma Kengashi aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Jamgʻarma Kengashi tomonidan oʻrnatilgan limitlar doirasidagi dasturlar boʻyicha xarajatlar smetalarini tasdiqlash va tuzatishlar kiritish, shuningdek, Jamgʻarmaning zaxiradagi mablagʻlaridan foydalanish Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri zimmasiga yuklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish toʻgʻrisidagi hisobot har yili Jamgʻarma Kengashi tomonidan koʻrib chiqiladi va Vazirlik tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga belgilangan tartibda taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Jamgʻarma mablagʻlarini jamgʻarish va sarflash operatsiyalariga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha amaliy ishlar Vazirlikning markaziy apparati tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu maqsadlarda mustaqil tashkilotlar tuzilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi PQ-3654-son qaroriga
8-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy boʻlinmalari boshqaruv xodimlarining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
CHEKLANGAN SONI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Hududlar

Boshqaruv xodimlari soni

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

2

2.

Andijon viloyati

2

3.

Buxoro viloyati

2

4.

Jizzax viloyati

1

5.

Qashqadaryo viloyati

2

6.

Navoiy viloyati

1

7.

Namangan viloyati

1

8.

Samarqand viloyati

2

9.

Surxondaryo viloyati

2

10.

Sirdaryo viloyati

1

11.

Toshkent viloyati

1

12.

Fargʻona viloyati

1

13.

Xorazm viloyati

2

Jami:

20

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.04.2018-y., 07/18/3654/1024-son; 30.05.2019-y., 06/19/5733/3216-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2022-y., 06/22/258/1064-son)