02.04.2018 yildagi 257-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 02.04.2018 yildagi 257-son
Date of entry into force
04.04.2018
Hujjat 10.08.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

“Moʻtabar ayol” koʻkrak nishonini taʼsis etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 2-fevraldagi PF-5325-son Farmoniga muvofiq “Moʻtabar ayol” koʻkrak nishoni taʼsis etilganligi munosabati bilan jamiyat va davlat hayotida faollik va tashabbuskorlik koʻrsatgan, oʻzining samarali mehnati bilan oilaning shakllanishiga va farovonligi mustahkamlanishiga, onalik va bolalik muhofazasiga munosib hissa qoʻshgan, shuningdek, sogʻlom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularni vatanparvarlik va istiqlol gʻoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, joylarda maʼnaviy-axloqiy muhitni sogʻlomlashtirish va milliy qadriyatlarimizni keng targʻib etish borasida ibratli faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarni munosib taqdirlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasining “Moʻtabar ayol” koʻkrak nishonini 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami arafasida topshirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilab qoʻyilsinki, “Moʻtabar ayol” koʻkrak nishoni bilan mukofotlash Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi Hayʼatining qarori asosida amalga oshiriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Moʻtabar ayol” koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Moʻtabar ayol” koʻkrak nishoni va uning guvohnomasi tavsiflari 2 va 3-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. “Davlat belgisi” davlat — ishlab chiqarish birlashmasi Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasining buyurtmasiga asosan, belgilangan tartibda “Moʻtabar ayol” koʻkrak nishonlari va ularning guvohnomalari tayyorlanishini taʼminlasin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. “Moʻtabar ayol” koʻkrak nishonlari va ularning guvohnomalarini tayyorlash hamda mukofotlanganlarni taqdirlash bilan bogʻliq xarajatlar Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanishi inobatga olinsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda tegishli normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Z.B. Mahkamova zimmasiga yuklansin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 2-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
257-son

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-apreldagi 257-son qaroriga
1-ILOVA

“Moʻtabar ayol” koʻkrak nishoni toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

1. “Moʻtabar ayol” koʻkrak nishoni (keyingi oʻrinlarda koʻkrak nishoni deb ataladi) bilan jamiyat va davlat hayotida faollik va tashabbuskorlik koʻrsatgan, oʻzining samarali mehnati bilan oilaning shakllanishiga va farovonligi mustahkamlanishiga, onalik va bolalik muhofazasiga munosib hissa qoʻshgan, shuningdek, sogʻlom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularni vatanparvarlik va istiqlol gʻoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, joylarda maʼnaviy-axloqiy muhitni sogʻlomlashtirish va milliy qadriyatlarimizni keng targʻib etish borasida ibratli faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar taqdirlanadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻkrak nishoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga oid dastlabki takliflar Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasining xotin-qizlar masalalari boʻyicha boshlangʻich tashkilotlari, mahalladagi xotin-qizlar faoli hamda oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi tomonidan shakllantiriladi va tegishli yigʻilish qarorlari asosida har yili 10-yanvarga qadar tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimiga taqdim etiladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimlari koʻkrak nishoniga tavsiya qilinayotgan nomzodlarni har tomonlama oʻrganib, ularning faoliyatiga oid barcha hujjatlarni tegishli yigʻilish qarorlari asosida har yili 25-yanvarga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasiga, viloyatlar va Toshkent shahar oila va xotin-qizlar boshqarmalariga taqdim etadilar.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar oila va xotin-qizlar boshqarmalari koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga tavsiya qilingan nomzodlar boʻyicha hujjatlarni koʻrib chiqib, tegishli yigʻilish qarorlari asosida har yilning 10-fevral sanasiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasiga (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita) taqdim etadilar.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflarni koʻrib chiqish tartibi Qoʻmita raisi tomonidan belgilanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita raisining buyrugʻi bilan koʻkrak nishoniga tavsiya etilgan nomzodlarni koʻrib chiqish boʻyicha doimiy komissiya (keyingi oʻrinlarda — komissiya) tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya yigʻilishida nomzodlar boʻyicha hujjatlar koʻrib chiqilib, har yili 20-fevralga qadar yakuniy xulosalar qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya xulosasiga asosan koʻkrak nishoni bilan taqdirlash boʻyicha Qoʻmita raisining buyrugʻi qabul qilinadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Koʻkrak nishoni va uning guvohnomasi mukofotlanganlarga 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami arafasida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi raisi yoki uning topshirigʻiga binoan boshqa masʼul shaxslar tomonidan tantanali vaziyatda topshiriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash toʻgʻrisidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasining matbuot nashrlarida va boshqa tegishli ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Koʻkrak nishoni bilan mukofotlangan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt baravari miqdorida biryoʻla toʻlanadigan pul mukofoti oladilar.
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofotlari Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan toʻlanadi.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Bir shaxs koʻkrak nishoni bilan bir marta mukofotlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Koʻkrak nishoni davlat mukofotlaridan keyin koʻkrakning chap tomoniga taqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-apreldagi 257-son qaroriga
2-ILOVA

“Moʻtabar ayol” koʻkrak nishonining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TAVSIFI

“Moʻtabar ayol” koʻkrak nishoni diametri 34 millimetrli doira shaklida boʻlib, mis qotishmasidan tayyorlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻkrak nishonining old tomoni markaziy qismida moʻtabar ayol siymosi quyosh nurlari fonida aks ettirilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻkrak nishonining pastki qismida zarhal hoshiya bilan oʻralgan oq emalli fonda “MOʻTABAR AYOL” soʻzlari yozilgan. Harflarning balandligi 2,3 millimetr boʻlib, yozuvlar zarhallangan. Nishonning yuqori chetlari boʻylab faxr-iftixor va sharaf maʼnolarini ifoda etuvchi ikkita dafna yaprogʻi tasvirlangan. Dafna yaproqlarining yuqori qismida sakkiz qirrali yulduz joylashgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻkrak nishonining orqa tomoni markazida uch qatorda harflarning balandligi 1,8 millimetr boʻlgan “Jamiyat va”, “davlat hayotidagi”, “faolligi uchun” soʻzlari yozilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻkrak nishonining qalinligi 2,2 millimetr.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tasvirlar va yozuvlar qabariqdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻkrak nishonining old va orqa tomonlarining chetlari qabariq doira bilan oʻralgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻkrak nishoni ilgakchalar va halqacha yordamida toʻgʻri toʻrtburchak shaklidagi qadagʻichga ulangan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qadagʻichning eni — 26 millimetr, boʻyi — 17 millimetr. Qadagʻich eni 22 millimetrli shoyi lenta bilan qoplangan boʻlib, lentaning oʻrtasidan eni 9 millimetrli sariq rangli yoʻl, uning ikki chetidan esa eni 1,5 millimetrli qizil rangli ikkita yoʻl oʻtgan. Shoyi lentaning chekka qismlari boʻylab har birining eni 5 millimetr boʻlgan yashil rangli yoʻllar oʻtgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qadagʻichning orqa tomoniga koʻkrak nishonini kiyimga taqib qoʻyish uchun toʻgʻnogʻich koʻrinishidagi moslama oʻrnatilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Moʻtabar ayol” koʻkrak nishoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-apreldagi 257-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Moʻtabar ayol” koʻkrak nishoni guvohnomasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TAVSIFI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Moʻtabar ayol” koʻkrak nishoni guvohnomasi 160x110 millimetr oʻlchamdagi kitobcha shaklida boʻlib, 240 g/kv. m qalinlikdagi ofset qogʻozdan tayyorlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Guvohnomaning tashqi tomoni (birinchi va toʻrtinchi betlari) och yashil rangda boʻlib, plyonka bilan qoplangan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Guvohnomaning birinchi beti eni 7,5 millimetrli, ichki burchaklari aylana shaklida boʻlgan yashil rangli hoshiya bilan oʻralgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Guvohnomaning yuqori chekkasidan (birinchi beti) 35 millimetr pastda, markazda oraligʻi 3,5 millimetrli ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “Moʻtabar ayol”, ikkinchi satrda “koʻkrak nishoni” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 17-kegl) soʻzlari yozilgan. Undan 6 millimetr pastda “GUVONNOMASI” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 17-kegl) soʻzi yozilgan. Yozuvlar zarhal rangida aks ettirilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Guvohnomaning ichki tomoni (ikkinchi va uchinchi betlari) “Tangir” tasviri tushirilgan och havo rangda boʻlib, ofset usulida chop etilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki tomonining chap qismida (ikkinchi beti), markazda koʻkrak nishonining asliga teng oʻlchamdagi rangli tasviri aks ettirilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Guvohnomaning ichki oʻng tomoni (uchinchi beti) yuqori chekkasidan 8 millimetr pastda, markazda “GUVONNOMA” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) soʻzi hamda guvohnoma tartib raqami uchun “№” belgisi va 15 millimetrli chiziq joylashgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“GUVONNOMA” soʻzidan 11 millimetr pastda mukofotlangan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismini qayd etish uchun oraligʻi 8 millimetrli uchta chiziq tortilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pastki chiziqdan 6 millimetr quyida, markazda oraligʻi 2 millimetrli ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani”, ikkinchi satrda “qoʻllab-quvvatlash vazirligi Hayʻatining” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) soʻzlari yozilgan.
(toʻqqizinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-iyundagi 391-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2020-y., 09/20/391/0777-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Undan 5 millimetr pastda oraligʻi 4 millimetr boʻlgan ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “20__ y. “___” ___________dagi”, ikkinchi satrda “____-sonli Qaroriga asosan” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) soʻzlari yozilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Undan 5 millimetr pastda, markazda oraligʻi 4 millimetrli ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda markazda “Moʻtabar ayol” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 14-kegl), ikkinchi satrda “koʻkrak nishoni bilan mukofotlandi” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) soʻzlari yozilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soʻnggi soʻzlardan 10 millimetr pastda, chap tomonda oraligʻi 2 millimetrli ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani”, ikkinchi satrda “qoʻllab-quvvatlash vaziri” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) soʻzlari yozilgan.
(oʻn ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-iyundagi 391-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2020-y., 09/20/391/0777-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Moʻtabar ayol” koʻkrak nishoni guvohnomasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2018-y., 09/18/257/0997-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 19.06.2020-y., 09/20/391/0777-son; 14.04.2021-y., 09/21/210/0326-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 09/21/524/0802-son; 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son; 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)