Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzi qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Prokuratura organlarining qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini taʼminlashdagi faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 15-fevraldagi PQ-5343-son Farmoni)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Prokuratura organlarining qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini taʼminlashdagi faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 15-fevraldagi PQ-5343-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq baʼzi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — “Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi A.S. Sultanov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 30-mart,
252-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-martdagi 252-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-iyuldagi 194-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 7-son, 72-modda) bilan tasdiqlangan Isteʼmolchilarga suv taʼminoti va oqova suvni chiqarish xizmatlari koʻrsatish qoidalarida:
a) 22-bandda:
quyidagi mazmundagi oʻninchi xatboshi qoʻshilsin:
“qarzdorlik kelib chiqqanda I guruh isteʼmolchiga tegishli boʻlgan turar joyda propiska qilingan voyaga yetgan jismoniy shaxslarning suv taʼminoti va oqova suvni chiqarish xizmatlari uchun toʻlovlar boʻyicha solidar javobgarligi”;
oʻninchi va oʻn birinchi xatboshilar tegishli ravishda oʻn birinchi va oʻn ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin;
b) 108-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Suv taʼminoti va oqova suvni chiqarish xizmatlari uchun qarzdorlik mavjud boʻlganda, I guruh isteʼmolchiga tegishli boʻlgan turar joyda propiska qilingan voyaga yetgan jismoniy shaxslar qarzdorlikni toʻlash boʻyicha solidar javobgar boʻladilar. Voyaga yetgan jismoniy shaxsning solidar javobgarligi u I guruh isteʼmolchiga tegishli boʻlgan turar joyga propiska qilingan vaqtdan boshlab vujudga keladi va propiskadan chiqarilgan vaqtgacha amal qiladi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-apreldagi 320-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2019-y., 09/19/320/2958-son)
3. Vazirlar Mahkamasining “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 12-yanvardagi 22-son qarorida:
a) 1-ilovada:
107-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Byuro maishiy isteʼmolchilar xabardor qilingan vaqtdan boshlab besh kun muddat oʻtgandan soʻng, mazkur Qoidalarning 71-bandi talablarini inobatga olgan holda esa oʻn besh kun muddat oʻtgandan soʻng, kelib chiqqan qarzdorlikni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ushbu isteʼmolchilarning plastik kartalariga xizmat koʻrsatiladigan bank hisobvaraqlaridan eng kam oylik ish haqining ikki baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda soʻzsiz har oyda chiqarish choralarini koʻradi”;
113-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Isteʼmol qilingan elektr energiyasi boʻyicha qarzdorlik mavjud boʻlganda maishiy isteʼmolchiga tegishli boʻlgan turar joyda propiska qilingan voyaga yetgan jismoniy shaxslar qarzdorlikni toʻlash boʻyicha solidar javobgar boʻladilar. Voyaga yetgan jismoniy shaxsning solidar javobgarligi u maishiy isteʼmolchiga tegishli boʻlgan turar joyga propiska qilingan vaqtdan boshlab vujudga keladi va propiskadan chiqarilgan vaqtgacha amal qiladi”;
b) 2-ilovada:
93-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Isteʼmol qilingan tabiiy gaz boʻyicha qarzdorlik mavjud boʻlganda maishiy isteʼmolchiga tegishli boʻlgan turar joyda propiska qilingan voyaga yetgan jismoniy shaxslar qarzdorlikni toʻlash boʻyicha solidar javobgar boʻladilar. Voyaga yetgan jismoniy shaxsning solidar javobgarligi u maishiy isteʼmolchiga tegishli boʻlgan turar joyga propiska qilingan vaqtdan boshlab vujudga keladi va propiskadan chiqarilgan vaqtgacha amal qiladi”;
97-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Byuro isteʼmolchilar xabardor qilingan vaqtdan boshlab besh kun muddat oʻtgandan soʻng, qarzdorlikni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda majburiy undirish, shu jumladan kelib chiqqan qarzdorlikni eng kam oylik ish haqining ikki baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda ushbu isteʼmolchilarning plastik kartalariga xizmat koʻrsatiladigan bank hisobvaraqlaridan soʻzsiz har oyda chiqarish, shuningdek, isteʼmolchilarni gaz tarmoqlaridan uzish choralarini koʻradi”.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-martdagi 252-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan baʼzi qarorlari
roʻyxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni ragʻbatlantirish boʻyicha Respublika muvofiqlashtiruvchi kengashi faoliyatini faollashtirish toʻgʻrisida” 2000-yil 17-fevraldagi 57-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni huquqiy himoya qilishni kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2003-yil 2-maydagi 205-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2003-y., 9-10-son, 72-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2004-yil 17-yanvardagi 28-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2004-y., 3-son, 31-modda) ilovaning 11-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 23-avgustdagi PQ–1602-son qarori)” 2012-yil 13-sentabrdagi 268-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 9-son, 66-modda) 1-ilovaning 4 va 5-bandlari.
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2013-yil 26-dekabrdagi OʻRQ–360-son hamda “Soliq va budjet siyosatining 2016-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2015-yil 31-dekabrdagi OʻRQ–398-son qonunlari)” 2016-yil 26-apreldagi 122-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 4-son, 28-modda) 1-ilovaning 53-bandi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2018-y., 09/18/252/0995-son; 17.04.2019-y., 09/19/320/2958-son; 06.06.2024-y., 09/24/319/0406-son)