Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Oʻzbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish sohasi xodimlari kunini belgilash toʻgʻrisida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2018-yil 6-martda qabul qilingan
Senat tomonidan 2018-yil 29-martda maʼqullangan
Senat tomonidan 2018-yil 29-martda maʼqullangan
1-modda. 18-aprel Oʻzbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish sohasi xodimlari kuni etib belgilansin.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 2-aprel,
OʻRQ-464-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2018-y., 03/18/464/0983-son)