28.03.2018 yildagi 244-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 28.03.2018 yildagi 244-son
Date of entry into force
31.03.2018
Hujjat 31.03.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Bolalarni davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga davlat xizmatlari koʻrsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 12-dekabrdagi PF-5278-son Farmoniga muvofiq hamda bolalarni davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Bolalarni davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2018-yil 1-apreldan boshlab amalga kiritilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilansinki, 2018-yil 1-apreldan boshlab, davlat xizmatlari olish uchun jismoniy shaxslar faqat Davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda YIDXP deb ataladi) orqali murojaat qiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi quyidagilarni taʼminlasin:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻn kun muddatda — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishgan holda, davlat xizmatlari koʻrsatish uchun zarur boʻlgan namunaviy shakllarni, hujjatlar blankalarini hamda boshqa hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir hafta muddatda — tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimlari rasmiy veb-saytlari (sahifalari)ni takomillashtirish, ularda davlat maktabgacha taʼlim muassasalari haqidagi maʼlumotlarni joylashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil mobaynida har chorakda kamida bir marta Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda, Davlat xizmatlari markazlari, tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimlari, davlat maktabgacha taʼlim muassasalari xodimlari ishtirokida, ushbu qaror bilan tasdiqlangan Maʼmuriy reglamentni amalda qoʻllanish samaradorligi va natijadorligi darajasini oshirishga yoʻnaltirilgan oʻquv seminarlari oʻtkazish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Maktabgacha taʼlim vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda 2018-yil 1-aprelgacha boʻlgan muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuman (shahar) davlat maktabgacha taʼlim boʻlimlari, davlat maktabgacha taʼlim muassasalari hamda davlat xizmatlari koʻrsatishda ishtirok etuvchi boshqa tuzilmalarning YIDXPga ulanishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
YIDXPda bolalarni davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning har bir bosqichida jismoniy shaxslarning murojaatlari koʻrib chiqilishini kuzatib borish tartibotini joriy etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimlari va boshqa tashkilotlarning ular tomonidan bolalarni davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning belgilangan tartibini amalga oshirishga doir faoliyati yuzasidan, shu jumladan YIDXP orqali doimiy nazorat oʻrnatsin;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu qaror bilan tasdiqlangan Maʼmuriy reglament talablari buzilganligi uchun tuman (shahar) davlat maktabgacha taʼlim boʻlimlari va boshqa tashkilotlarning mansabdor shaxslariga nisbatan maʼmuriy jazo choralarini belgilangan tartibda qoʻllasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 528-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 30-son, 732-modda) bilan tasdiqlangan Davlat maktabgacha taʼlim muassasasi toʻgʻrisidagi nizomga 2018-yilning 1-aprelidan boshlab 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi va Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi rahbarlari ushbu qarorda nazarda tutilgan vazifalarning oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Q.V. Akmalov va Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 28-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
244-son

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-martdagi 244-son qaroriga
1-ILOVA

MAʼMURIY REGLAMENTI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Reglament bolalarni davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga (keyingi oʻrinlarda muassasalar deb ataladi) qabul qilish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Reglamentning amal qilishi bolalarni davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasalariga qabul qilishda tatbiq etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Bolalarni muassasaga qabul qilish tartibotini amalga oshirishda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) muassasalar har oyda keyingi oyning birinchi sanasigacha muassasalardagi mavjud boʻsh oʻrinlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimiga (keyingi oʻrinlarda vakolatli organ deb ataladi) yuborishadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) vakolatli organlar muassasalardagi boʻsh oʻrinlarning elektron hisobini yuritadilar, bolalarni muassasaga qabul qilish boʻyicha elektron navbatlarni shakllantiradilar, bolalarni muassasaga qabul qilish boʻyicha yoʻllanmalar (keyingi oʻrinlarda yoʻllanmalar deb ataladi) beradilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) muassasalar bolalarni yoʻllanmalar asosida qabul qilishadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Davlat xizmatlari markazlari, vakolatli organlar va muassasalar oʻrtasida axborotlar almashuvi faqat idoralararo elektron oʻzaro hamkorlik orqali, elektron raqamli imzoni (keyingi oʻrinlarda ERI deb ataladi) qoʻllagan holda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Bolalarni muassasaga qabul qilish ushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Davlat xizmatlari koʻrsatish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Vakolatli organ oʻzining rasmiy veb-saytida oʻz tasarrufidagi muassasalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning joylashtirilishini va ularning muntazam yangilab borilishini taʼminlaydi, unda quyidagilar koʻrsatiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) muassasadagi oʻrinlar soni va boʻsh oʻrinlarning mavjudligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) bolalarni muassasaga qabul qilish boʻyicha umumiy asoslardagi navbatga kiritilgan anketalar roʻyxati (keyingi oʻrinlarda umumiy roʻyxat deb ataladi), unda Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi (keyingi oʻrinlarda YIDXP deb ataladi) roʻyxatga olish raqami koʻrsatiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) ushbu Reglamentning 18-bandiga muvofiq bolalarni muassasaga qabul qilish boʻyicha navbatga kiritilgan anketalar roʻyxati (keyingi oʻrinlarda imtiyozli roʻyxat deb ataladi), unda YIDXPdagi roʻyxatga olish raqami koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar (keyingi oʻrinlarda arizachilar deb ataladi) yoʻllanmalar olish uchun Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelgan holda murojaat qiladilar yoki elektron tarzda davlat xizmatlari olish uchun YIDXPda roʻyxatga olinadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzi kelgan holda murojaat qilingan taqdirda Davlat xizmatlari markazi xodimi arizachi nomidan, YIDXP orqali murojaat qilingan taqdirda esa arizachi davlat xizmatlari olish uchun anketani elektron tarzda mustaqil ravishda, vakolatli organning rasmiy veb-saytida joylashtirilgan maʼlumotdan foydalangan holda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha toʻldiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Arizachilardan ushbu bandda koʻrsatilmagan maʼlumotlarni, shuningdek boshqa hujjatlarni taqdim etishni talab qilish qatʼiyan taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Arizachilar anketada quyidagilarni koʻrsatish (tanlash) huquqiga egadirlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) boʻsh oʻrinlarga ega boʻlgan muassasani (yoʻllanma olish uchun);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) boʻsh oʻrinlarga ega boʻlmagan muassasani (navbatga kiritilishi uchun);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) boʻsh oʻrinlarga ega boʻlmagan ikkita muassasani (navbatga kiritilishi uchun);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) boʻsh oʻrinlarga ega boʻlgan bitta muassasani (yoʻllanma olish uchun) va boʻsh oʻrinlarga ega boʻlmagan boshqa muassasani (navbatga kiritilishi uchun).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Arizachi farzandini muassasaga qabul qilishning kichik yoshga yetgunigacha navbatga qoʻyish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoʻllanma muassasaga qabul qilish boʻyicha kichik yoshga yetishidan erta boʻlmagan muddatda beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Anketa rasmiylashtirilgandan va unga zarur maʼlumotlar kiritilgandan keyin arizachi uni ERI bilan tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat xizmatlari markazlari va YIDXP arizachilarni davlat xizmatlari olish uchun ERIning albatta mavjud boʻlishi toʻgʻrisida oldindan xabardor qilishadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat xizmatlari markazlari arizachilar tomonidan joyida ERIni olish uchun barcha zarur shartlarni taʼminlashi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Bolalarni muassasaga qabul qilish boʻyicha davlat xizmati bepul amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Arizachilarda ERIning yoʻqligi yoki uni olishni rad etishi va anketada ishonchsiz maʼlumotlarni koʻrsatishi davlat xizmatlari koʻrsatishni rad etish uchun asoslar hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat xizmatlari koʻrsatishni boshqa asoslarga koʻra rad etish qatʼiyan taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Arizachi davlat xizmatlari olishni ularni koʻrsatishning istalgan bosqichida rad etish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Arizachi tomonidan davlat xizmatlari olish rad etilgan taqdirda uning anketasi koʻrib chiqilmasdan qoldiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Oʻzi kelgan holda murojaat qilingan taqdirda Davlat xizmatlari markazlari anketa toʻldirilgan vaqtdan boshlab bir soat mobaynida uni vakolatli organga yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
YIDXP orqali murojaat qilingan taqdirda anketa avtomatik ravishda vakolatli organga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Vakolatli organ anketa kelib tushgandan boshlab bir ish kuni mobaynida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) yoʻllanmani rasmiylashtiradi — yoʻllanma olish uchun murojaat qilingan holatlarda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) anketani tegishli ravishda umumiy yoki imtiyozli roʻyxatga kiritadi, shuningdek, xabarnomani rasmiylashtiradi — navbatga kiritish uchun murojaat qilingan holatlarda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) Yoʻllanmani rasmiylashtiradi va anketani tegishli ravishda umumiy yoki imtiyozli roʻyxatga kiritadi, shuningdek, xabarnomani rasmiylashtiradi — yoʻllanma olish uchun bitta muassasaga murojaat qilingan va ayni bir vaqtda navbatga kiritish uchun boshqa muassasaga murojaat qilingan holatlarda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) ushbu bandda nazarda tutilgan xatti-harakatlarni bajarish chogʻida parallel ravishda oʻz tasarrufidagi muassasalar toʻgʻrisidagi axborotni rasmiy veb-saytda onlayn rejimida yangilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Xabarnomalar ushbu Reglamentning 16-bandiga muvofiq rasmiylashtirilgan holatlarda tegishli yoʻllanmalar muassasalarda oʻrinlar boʻshagan kuni navbatga muvofiq rasmiylashtiriladi. Bunda imtiyozli roʻyxatga kiritilgan anketalar boʻyicha yoʻllanmalar umumiy roʻyxatga kiritilgan anketalarga nisbatan birinchi navbatda rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Bolalarning quyidagi kontingenti anketalari imtiyozli roʻyxatga kiritiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nogiron boʻlgan shaxslarning bolalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uch nafar yoki undan koʻp bolalari boʻlgan oilalarning bolalari;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
harbiy xizmatchilarning va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining bolalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabalar va pedagoglarning bolalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yetim bolalar yoki ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqa muassasalardan oʻtkazilgan bolalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
akalari yoki opalari ushbu muassasaning tarbiyalanuvchilari jumlasidan boʻlgan bolalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Arizachilarda ushbu bandga muvofiq ustunlik huquqlarining mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumot anketada koʻrsatiladi. Bunda berilgan yoʻllanmalar, tasdiqlovchi hujjatlarning asl nusxalari muassasaga taqdim etilgan holatlarda bolalarni muassasaga qabul qilish uchun asoslar hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Arizachi taqdim etgan anketada ishonchsiz yoki notoʻgʻri maʼlumotlarning mavjudligi, shu jumladan, unda koʻrsatilgan maʼlumotlarning ushbu Reglamentning 6, 9 va 18-bandlarida nazarda tutilgan maʼlumotlarga nomuvofiqligi yoʻllanmalar va xabarnomalar berishning rad etilishi uchun asos hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoʻllanmalar va xabarnomalarning berilishini boshqa asoslarga koʻra rad etish qatʼiyan taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Vakolatli organ yoʻllanma va xabarnoma rasmiylashtirilgan kuni uni oʻzining ERI bilan tasdiqlaydi va muassasaga, shuningdek, davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelgan holda murojaat qilinganda) yoki arizachiga (elektron tarzda murojaat qilinganda) YIDXP orqali elektron tarzda yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat xizmatlari markazi yoʻllanma yoki xabarnoma kelib tushgandan keyin bir soat mobaynida uni oʻzi kelgan holda murojaat etilganda oʻz muhrini qoʻygan holda arizachiga beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Bolalarni muassasaga qabul qilish yoʻllanmalar kelib tushgan yoki taqdim etilgan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida, belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bolalarni muassasaga yoʻllanmalar mavjud boʻlmaganda rasmiylashtirish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Arizachi bolalarni muassasaga qabul qilishni yoʻllanma olingandan keyin 15 kun mobaynida rasmiylashtirmagan taqdirda yoʻllanma haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Davlat xizmatlari markazlari, vakolatli organlar va muassasalar oʻz faoliyatini amalga oshirish natijasida olingan arizachi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlashi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablarining bajarilishi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati yuzasidan, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazoratni va monitoringni amalga oshiradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan arizachi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Ushbu Reglament talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bolalarni davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga

Bolalarni davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga qabul qilish ishlarini amalga oshirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bolalarni davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

__________________

(sana)

__________________

(t/r)

Bolalarni davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlari olish uchun
SOʻROVNOMA

I. Arizachi haqida maʼlumot:

1. Bolaga nisbatan (ota, ona, ularning oʻrnini bosuvchi shaxs):

2. F.I.O.:

3. pasport maʼlumotlari (raqami va seriyasi):

4. STIR:

5. manzili:

6. telefon raqami:

7. elektron pochta manzili:

II. Bola haqida maʼlumot:

a) birinchi:

1. F.I.O.:

2. tugʻilgan yili:

3. tugʻilish haqida guvohnoma maʼlumotlari (raqami va seriyasi):

b) ikkinchi: (mavjud boʻlsa)

1. F.I.O.:

2. tugʻilgan yili:

3. tugʻilish haqida guvohnoma maʼlumotlari (raqami va seriyasi):

v) uchinchi: (mavjud boʻlsa)

1. F.I.O.:

2. tugʻilgan yili:

3. tugʻilish haqida guvohnoma maʼlumotlari (raqami va seriyasi):

III. Muassasa haqida maʼlumot:

a) birinchi:

1. (Tuman, shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimi:

2. muassasa raqami:

3. rasmiy veb-sayt maʼlumotiga koʻra boʻsh oʻrinlar soni:

4. umumiy asosga koʻra muassasaga qabul qilish uchun navbatga kiritilgan anketalar soni:

5. imtiyozli asosga koʻra muassasaga qabul qilish uchun navbatga kiritilgan anketalar soni:

6. murojaat maqsadi:

yoʻllanma olish

navbatga turish

b) Ikkinchi: (zarur boʻlsa)

1. (tuman, shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimi:

2. muassasa raqami:

3. rasmiy veb-sayt maʼlumotiga koʻra boʻsh oʻrinlar soni:

4. umumiy asosga koʻra muassasaga qabul qilish uchun navbatga kiritilgan anketalar soni:

5. imtiyozli asosga koʻra muassasaga qabul qilish uchun navbatga kiritilgan anketalar soni:

6. murojaat maqsadi:

yoʻllanma olish

navbatga turish

IV. Imtiyozli huquq borligi haqida maʼlumot* (zarur boʻlsa)

1. nogironligi boʻlgan shaxsning farzandi (guvohnoma seriyasi va raqami)

2. uch va undan ziyod bolasi bor oila farzandi (tugʻilish haqida guvohnomalar seriyasi va raqamlari)

3. harbiy xizmatchi yoki huquqni muhofaza qilish organi xodimining farzandi (guvohnoma seriyasi va raqami)

4. talaba yoki pedagog farzandi (muassasa nomi, direktor (rektor) buyrugʻi raqami

5. yetim yoki ota-ona qarovidan mahrum bola (vafoti haqida guvohnoma yoki boshqa hujjat seriyasi va raqami)

6. boshqa muassasadan koʻchirilgan bola (muassasa nomi, qabul qilish toʻgʻrisidagi buyruqning sanasi va raqami)

7. aka-ukalari yoki opa-singillari ushbu muassasada tarbiyalanayotgan bola (qabul qilish toʻgʻrisidagi buyruqning sanasi va raqami)

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh:

* Oʻzi kelgan holda murojaat etgan taqdirda Davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan, taqdim etilgan hujjatlarga muvofiq toʻldiriladi. YIDXP arizachi nomidan, Yagona portal orqali murojaat etgan taqdirda tegishli hujjatlarning asl nusxalari (koʻchirmalari) muassasaga qabul qilishni rasmiylashtirishda muassasaga taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Arizachining ERI
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-martdagi 244-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 528-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat maktabgacha taʼlim muassasasi toʻgʻrisida Nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 20-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“20. Davlat maktabgacha taʼlim muassasasiga bolalarni qabul qilish Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda beriladigan yoʻllanma asosida amalga oshiriladi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 21 — 31-bandlar va 1 — 3-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.03.2018-y., 09/18/244/0959-son; 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son; 31.12.2020-y., 09/20/830/1696-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/319/0480-son, 26.10.2021-y., 09/21/656/0996-son, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son, 14.07.2022-y., 09/22/385/0643-son, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son; 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son; 29.12.2023-y., 09/23/705/1000-son; 10.07.2024-y., 09/24/380/0487-son; 23.12.2024-y., 09/24/848/1049-son; 19.06.2025-y., 09/25/378/0518-son; 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son; 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son; 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son; 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son; 28.04.2026-y., 09/26/204/0421-son)