24.03.2018 yildagi PQ-3624-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 24.03.2018 yildagi PQ-3624-son
Date of entry into force
26.03.2018
Hujjat 26.03.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashqi savdoni yanada erkinlashtirish va savdo operatsiyalarining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashqi savdoni yanada erkinlashtirish, tadbirkorlik subyektlarining tashqi iqtisodiy faoliyatda keng ishtirok etishi uchun teng va qulay sharoitlar yaratish, shuningdek, savdo operatsiyalarini amalga oshirishda ortiqcha toʻsiq va gʻovlarni bartaraf etish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi va “Oʻzstandart” agentligining Oʻzbekiston Respublikasiga import qilinadigan tovarlarni yuklashdan oldin majburiy inspeksiyadan oʻtkazish tartibotini bekor qilish haqidagi taklifi qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasiga import qilinadigan tovarlarni yuklashdan oldin inspeksiyadan oʻtkazish ixtiyoriy asosda amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasiga import qilinadigan tovarlarni yuklashdan oldin inspeksiyadan oʻtkazish xizmatlarini koʻrsatish huquqiga vakolatli organ tomonidan xalqaro standartlar talablariga muvofiq akkreditatsiya qilingan inspeksiya organlari ega;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
inspeksiya organlarining xizmatlari, shu jumladan yuk ortishdan oldin inspeksiyadan oʻtkazish xizmatlari uchun haq toʻlash ularning Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi banklarda ochilgan hisob raqamlari orqali amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasiga import qilinadigan tovarlar sifati, miqdori va narxlarining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKda (keyingi oʻrinlarda — Markaz) roʻyxatdan oʻtgan import kontraktlari shartlariga muvofiqligini taʼminlash boʻyicha zarur choralarni koʻrish uchun javobgarlik import qiluvchining mansabdor shaxslari zimmasiga yuklatiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat bojxona xizmati organlari Markazda roʻyxatdan oʻtgan import kontraktlari doirasida erkin muomalaga chiqarilgan tovarlarning miqdori va narxlari haqidagi maʼlumotlarni axborot tizimlaridan foydalangan holda Markazga taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Davlat organlari va tashkilotlariga, shuningdek, tijorat banklariga yuk ortishdan oldin inspeksiyani oʻtkazuvchi inspeksiya organini tanlash haqida import qiluvchilarga tavsiyalar berish taqiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti “Oʻzstandart” agentligi va Davlat bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda, mazkur qaror talablaridan kelib chiqib, davlat manfaatlariga yetkazilgan zararni qoplash kafolatlarini taʼminlovchi mexanizmlarni joriy etgan holda import qiluvchilar va vakolatli davlat organlari mansabdor shaxslarining javobgarligini kuchaytirish boʻyicha takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir oy muddatda akkreditatsiya obyektlari tomonidan vakolatli organga oʻtkaziladigan toʻlovlarni undirish shartlari va miqdorlarining tanqidiy qayta koʻrib chiqilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Belgilansinki, Markaz faoliyati sohasi tatbiq etiladigan tovarlar, ishlar va xizmatlar xaridlarini oʻtkazish (xarid tartibotlarini bajarish, reklama ishlarini tashkil etish, tender va boshqa hujjatlarni rasmiylashtirish va boshqalar) boʻyicha ixtisoslashgan tashkilotni tanlash Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi tomonidan oʻrnatiladigan talablarga javob beradigan ixtisoslashgan tashkilotlar orasidan tanlov asosida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bir oy muddatda davlat xaridlarini oʻtkazish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish huquqiga ega ixtisoslashgan tashkilotlarga qoʻyiladigan talablarni, shuningdek, davlat xaridlarini oʻtkazish doirasida ixtisoslashgan tashkilotlar tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar turlari roʻyxatini oʻrnatilgan tartibda belgilasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. “Oʻzstandart” agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori Sh.M. Sadikov va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori O.B. Murodov zimmasiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 24-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-3624-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2018-y., 07/18/3624/0939-son; 11.01.2019-y., 06/19/5624/2471-son)