1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.06.00.00 Pensiyalar / 06.06.16.00 Pensiyalarni tayinlash va toʻlash;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.07.00.00 Nafaqalar. Kompensatsiya toʻlovlari / 06.07.01.00 Nafaqalar / 06.07.01.11 Nafaqalarni tayinlash, qayta hisoblash va toʻlash. Boshqa masalalar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy himoya]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyrugʻi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki ishlar organlari xodimlariga pensiya va nafaqa tayinlash hamda toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 1-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2977]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2022-yil 30-avgustdagi 342-sonli ““Ichki ishlar organlari xodimlariga pensiya va nafaqa tayinlash hamda toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2977-3, 07.09.2022-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Yoʻriqnomada quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yetkazib berish (topshirish) davri — pensiya va nafaqalarni yetkazib berish (topshirish) amalga oshiriladigan joriy toʻlov oyining 15-sanasidan 27-sanasigacha boʻlgan davr;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pensiya — ichki ishlar organlari xodimlari yoki ularning oila aʼzolariga pensiya olish huquqini beradigan xizmat muddatini oʻtaganligi, nogironlik yoki boquvchisini yoʻqotganlik munosabati bilan beriladigan oylik pul toʻlovi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nafaqa — xizmatdan boʻshatilayotgan xodimlarga yoki ichki ishlar organlari pensionerining vafot etganligi munosabati bilan dafn etish marosimi uchun uning oila aʼzolariga bir marta tayinlanadigan pul toʻlovi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pensiyaga oid hujjatlar yigʻmajildi — pensiya soʻrab murojaat qilgan shaxsga pensiya tayinlangan hujjatlarning tikilgan turkumi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pensiyaga oid hujjatlar yigʻmajildi turadigan joy — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Moliya-iqtisod boshqarmasi, doimiy yashash joyi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi moliyaviy taʼminot xizmatlari (bundan buyon matnda ichki ishlar organlari moliyaviy taʼminot xizmatlari deb yuritiladi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yashash joyi — turar joy, kvartira, xizmat turar joyi, ixtisoslashtirilgan uylar (yotoqxona, pansionat, yolgʻiz keksalar uchun maxsus uy, nogironlar, faxriylar uchun internat uy va boshqalar), shuningdek pensiya uchun murojaat qilgan jismoniy shaxs ijaraga olish shartnomasi (ikkilamchi ijara), ijara shartnomasi yoxud qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslar boʻyicha mulkdor sifatida doimiy yashaydigan (doimiy roʻyxatdan oʻtgan) boshqa turar joy, doimiy yashash joyi mavjud boʻlmagan (doimiy roʻyxatdan oʻtmagan) taqdirda — vaqtincha yashash (vaqtincha roʻyxatdan oʻtish) joyi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ichki ishlar organlari xodimlari yoki ularning oila aʼzolariga pensiyaning quyidagi turlari tayinlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xizmat muddatini oʻtaganligi boʻyicha pensiyasi (uni olish huquqi mavjud boʻlganda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nogironlik pensiyasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ichki ishlar organlari xodimlari yoki ularning oila aʼzolariga nafaqaning quyidagi turlari tayinlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xizmatdan pensiyaga chiqish munosabati bilan boʻshatilayotgan xodimlarga toʻlanadigan nafaqa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki ishlar organi pensioneri vafot etganligi munosabati bilan dafn etish marosimi uchun uning oila aʼzolariga tayinlanadigan nafaqa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xizmatdan pensiyaga chiqish munosabati bilan boʻshatilayotgan xodimlarga va ichki ishlar organi pensioneri vafot etganligi munosabati bilan dafn etish marosimi uchun uning oila aʼzolariga beriladigan nafaqalar bir marta tayinlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Ichki ishlar organlari xodimlariga pensiya va nafaqa toʻlovlari Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Pensiya va nafaqa tayinlashni rasmiylashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Xizmatdan pensiyaga chiqish munosabati bilan boʻshatilgan xodimga pensiya tayinlash uchun zarur boʻlgan hujjatlar ichki ishlar organlarining kadrlar (bosh) boshqarmalari tomonidan qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Pensiya tayinlash uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) pensiya olish huquqini beradigan xizmat muddatini oʻtaganligi boʻyicha pensiya tayinlash uchun:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur Yoʻriqnomaning 1-ilovasiga muvofiq shaklda ariza;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolik pasportining, nikoh tuzilganligi yoki bekor qilinganligi toʻgʻrisidagi va voyaga yetmagan farzandlarining tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomalarning nusxalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xizmat yili hisobi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pul taʼminoti varaqasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yashash joyi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi (bundan buyon matnda Pensiya jamgʻarmasi deb yuritiladi) tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan davlat pensiyalari tayinlanmaganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) nogironlik pensiyasi tayinlash uchun mazkur bandning “a” kichik bandida nazarda tutilgan hujjatlar bilan birga kasallik tarixidan koʻchirma va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Tibbiy-mehnat ekspertiza komissiyasi (bundan buyon matnda TMEK deb yuritiladi) tomonidan nogironlikni belgilash toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur Yoʻriqnomaning 1-ilovasiga muvofiq shaklda ariza;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boquvchisining vafot etganligi toʻgʻrisida oʻlim guvohnomasi nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi tayinlanayotgan shaxsning fuqarolik pasporti, nikoh tuzilganligi yoki bekor qilinganligi toʻgʻrisidagi va voyaga yetmagan farzandlarining tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomalarining nusxalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yashash joyi boʻyicha Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan davlat pensiyalari yoki nafaqalari tayinlanmaganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xizmat vazifalarini bajarish paytida yaralanish, kontuziya olish, mayib boʻlish va kasallanish tufayli oʻlim toʻgʻrisida xulosa va xodimning vafot etganligi munosabati bilan ichki ishlar organlaridagi shaxsiy tarkib roʻyxatidan chiqarilganligi toʻgʻrisida buyruqdan koʻchirma (zarur boʻlganda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chin yetimlarga pensiya tayinlangan holatlarda mahalliy davlat hokimiyati organlarining vasiylik yoki homiylikni tayinlash toʻgʻrisidagi qarori nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TMEK tomonidan nogironlik belgilanganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma (turmush oʻrtogʻi, ota-onasiga pensiya tayinlanganda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pul taʼminoti varaqasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Ichki ishlar organi pensioneri vafot etganligi munosabati bilan dafn etish marosimi uchun uning oila aʼzolariga nafaqa tayinlash uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nafaqa tayinlash toʻgʻrisida ariza (ixtiyoriy shaklda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
murojaat etgan shaxsning fuqarolik pasporti nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boquvchisining vafot etganligi toʻgʻrisida oʻlim guvohnomasi nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nafaqa uchun oila aʼzosi murojaat etmagan holatlarda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan dafn marosimini oʻtkazgan shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Ichki ishlar organlarining kadrlar (bosh) boshqarmasi masʼul xodimi tomonidan xodimning xizmatni oʻtaganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar pensiya tayinlash uchun arizachi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida tekshiriladi hamda kalendar va imtiyozli hisobga olinadigan davrlari, umumiy xizmat yili hisoblab chiqiladi va belgilangan tartibda tasdiqlanadi, shuningdek hisoblangan xizmat yillari ichki ishlar organlarining moliyaviy taʼminot xizmatlari bilan kelishiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Pensiya va nafaqalarni tayinlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Ichki ishlar organlarining kadrlar (bosh) boshqarmasi tomonidan pensiya yoki nafaqa tayinlash boʻyicha toʻplangan hujjatlar ichki ishlar organlarining moliyaviy taʼminot xizmatlariga taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Taqdim etilgan hujjatlar asosida ichki ishlar organlarining moliyaviy taʼminot xizmatlari tomonidan pensiya tayinlash toʻgʻrisida mazkur Yoʻriqnomaning 2-ilovasiga muvofiq shaklda xulosa tayyorlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Pensiya tayinlash toʻgʻrisidagi xulosa ichki ishlar organi rahbari, uning oʻrinbosari yoki vakolat berilgan masʼul xodim tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xulosa xizmat muddatini oʻtaganligi, nogironlik hamda boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasini tayinlash uchun asos boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Pensiya tayinlash toʻgʻrisidagi xulosa tasdiqlangandan soʻng, mazkur Yoʻriqnomaning 3-ilovasiga muvofiq Pensiyaga oid hujjatlar yigʻmajildini qayd etish kitobiga yozib qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Pensionerning doimiy yashash joyi oʻzgarganda, uning arizasiga muvofiq, pensiyaga oid hujjatlar yigʻmajildi yangi yashash joyi boʻyicha tegishli ichki ishlar organlarining moliyaviy taʼminot xizmatlariga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki ishlar organlarining moliyaviy taʼminot xizmatlaridan kelib tushgan pensiyaga oid hujjatlar yigʻmajildlari, pensiya toʻgʻri tayinlanganligi tekshirilgandan soʻng, Pensiyaga oid hujjatlar yigʻmajildini qayd etish kitobiga yozib qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ilgari toʻxtatilgan pensiya toʻlovlari tiklangan taqdirda pensiyaga oid hujjatlar yigʻmajildlari unga yangi tartib raqam berish orqali Pensiyaga oid hujjatlar yigʻmajildini qayd etish kitobiga tegishli yozuv kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Pensiyalar quyidagi muddatlarda tayinlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xizmat muddatini oʻtaganligi boʻyicha pensiya — xizmatdan boʻshatilgan kundan eʼtiboran, ammo pul taʼminoti toʻlangan kundan ortiq boʻlmagan muddatga qadar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nogironlik pensiyasi — TMEK tomonidan nogironlik belgilangan kundan boshlab, agar nogironlik xizmatni oʻtash davrida yoki xizmatdan boʻshatilgan kundan boshlab uch oy ichida belgilangan boʻlsa yoki nogironlik ushbu muddatdan soʻng belgilangan boʻlsada, u xizmat vazifalarini bajarish paytida yaralanish, kontuziya, mayib boʻlish va kasallanish tufayli kelib chiqqan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi — mehnatga layoqatsiz oila aʼzolariga boquvchisi vafot etgan kundan boshlab, ammo pul taʼminoti yoki pensiya toʻlangan kundan ortiq boʻlmagan muddatga qadar, ota-onasi yoki turmush oʻrtogʻiga, boquvchisini yoʻqotganlik oqibatida pensiya olishga huquqi paydo boʻlganda, pensiya tayinlash uchun murojaat etgan kundan boshlab.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus va harbiy unvonlardan mahrum qilingan shaxslar hamda ularning oila aʼzolariga pensiyalar Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan belgilangan tartibda tayinlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Pensioner hisoblab chiqilgan umumiy xizmat yili va pensiya miqdoridan norozi boʻlgan taqdirda, uning arizasiga asosan, uning umumiy xizmat yili va pensiya miqdori qayta hisoblab berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Dafn marosimi uchun nafaqa tayinlashda arizachi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar ichki ishlar organlarining moliyaviy taʼminot xizmatlari pensiya taʼminoti boʻlimi xodimi tomonidan belgilangan tartibda oʻrganib chiqiladi va nafaqa toʻlovi amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pensioner vafot etgan taqdirda uning oila aʼzolariga yoki pensionerning dafn marosimini oʻtkazgan shaxsga vafot etgan kundagi ikki oylik pensiyasi miqdorida dafn marosimi uchun nafaqa tayinlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Pensiya va nafaqalarni toʻlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Pensiya va nafaqa doimiy yashash joyi boʻyicha ichki ishlar organlari moliyaviy taʼminot xizmatlarining pensiya taʼminoti boʻlimlari tomonidan toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pensiya va nafaqa bank plastik kartochkalari yoki omonat hisob raqamlariga oʻtkazilgan holatlarda, pensioner pensiya olish joyi boʻyicha ichki ishlar organlarining moliyaviy taʼminot xizmatlariga ariza bilan murojaat etadi va unga bank plastik kartochkasi yoki omonat hisob raqamining ochilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma, tijorat banklari va mijoz oʻrtasida tuzilgan shartnoma nusxalari ilova qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Ichki ishlar organlari xodimlarining pensiya va nafaqa toʻlovlari uchun naqd pul mablagʻlari Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari va tijorat banklari tomonidan taʼminlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Pensiya ichki ishlar organlari tomonidan yetkazib berish (topshirish) davri boʻyicha tegishli oyning 27-sanasidan kechiktirilmay amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Dafn marosimi uchun nafaqa toʻlovi pensioner vafot etgan kunidan boshlab olti oy muddat ichida mazkur Yoʻriqnomaning 7-bandida koʻrsatilgan hujjatlarni taqdim qilgan shaxsga toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Xizmatdan pensiyaga chiqish munosabati bilan boʻshatilayotgan xodimlarga bir marta toʻlanadigan nafaqa puli mazkur Yoʻriqnomaning 2-ilovasiga muvofiq xulosa asosida xodimning oxirgi ish joyidan toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Tugallanmagan oy uchun toʻlanishi lozim boʻlgan pensiya miqdori jami pensiya miqdorini shu oyning kalendar kunlar soniga boʻlish hamda hosil boʻlgan summani oʻtgan kunlar soniga koʻpaytirish orqali aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Misol uchun:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pensiya oluvchiga 20-iyundan boshlab 900 000 soʻm miqdorida pensiya tayinlandi. Bunda 11 kun uchun, yaʼni 20 — 30-iyun kunlari uchun pensionerga quyidagi miqdorda pensiya toʻlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
900 000 soʻm / 30 (kun) x 11(kun) = 330 000 soʻm.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Pensioner pensiya olish uchun ichki ishlar organlariga murojaat qilganda shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari (fuqarolik pasporti yoki uning oʻrnini bosuvchi boshqa hujjatlar (fuqarolik pasportini yoʻqotgan fuqarolarga ichki ishlar organlari tomonidan berilgan vaqtinchalik maʼlumotnoma) va pensiya guvohnomasi (zarur boʻlganda) taqdim etishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Pensiya va nafaqa tegishli ichki ishlar organlarining gʻaznachisi tomonidan pensionerning shaxsini tasdiqlovchi hujjati va pensiya guvohnomasini (zarur boʻlganda) tekshirgan holda toʻlov qaydnomasi yoki chiqim kassa orderiga muvofiq toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Pensiya summasi bir necha oy uchun bir vaqtda toʻlangan taqdirda jami pensiya summasi uchun bitta chiqim kassa orderi tuzilib, unda har bir oy uchun pensiya miqdori alohida koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Pensiya va nafaqa toʻlovlari uchun mablagʻlarni bank plastik kartochkalariga oʻtkazish ichki ishlar organlari tomonidan ularga xizmat koʻrsatuvchi tijorat bankiga taqdim qilinadigan toʻlov topshiriqnomasi va unga ilova qilinadigan toʻlov qaydnomalar (qogʻoz shaklida va elektron koʻrinishda) asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Toʻlov topshiriqnomasi va toʻlov qaydnomasi (qogʻoz shaklida va elektron koʻrinishda) taqdim qilingan sanadan keyingi kundan kechiktirmasdan mablagʻlar xizmat koʻrsatuvchi tijorat banki tomonidan pensioner yoki nafaqa oluvchiga ochilgan 22618 — “Jismoniy shaxslarning plastik kartochkalari boʻyicha majburiyatlari” hisobvaragʻiga oʻtkazib beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Bank plastik kartochkalari orqali pensiya (toʻliq miqdorda) oladigan pensioner har olti oyda pensiya toʻlaydigan ichki ishlar organlariga kelish yoʻli bilan oʻzining pensiya summasini olish huquqini tasdiqlashi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pensioner belgilangan muddatda ichki ishlar organlariga kelmagan taqdirda tegishli ichki ishlar organlari xodimlari oʻn kun mobaynida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uning tirik ekanligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishga joylashganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yashash joyi oʻzgarganligi yoki chet elga ketganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jazoni oʻtash joylarida ekanligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
keksalar va nogironlarning internat uylarida (pansionatlarida) yashayotganligi holatlarini aniqlash uchun pensioner yashaydigan joyga boradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Olinadigan pensiyaga pensionerning huquqi tasdiqlangan taqdirda pensiyani toʻlash navbatdagi olti oyga davom ettiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pensionerning huquqlari tasdiqlanmagan taqdirda, pensiyani toʻlash fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish tegishli organi vakillari va qoʻshnilar ishtirokida tegishli ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan tuzilgan toʻlanayotgan pensiyani toʻlashga va uning miqdori asoslanganligiga taʼsir koʻrsatuvchi holatni tasdiqlaydigan dalolatnoma asosida toʻxtatib turiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻrsatib oʻtilgan dalolatnoma asosida tegishli ichki ishlar organi pensiyani toʻlashni toʻxtatib turish (toʻxtatish) yoki uning miqdorini oʻzgartirish toʻgʻrisida tegishli qaror qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Bir oydan koʻp boʻlmagan muddat uchun pensiya toʻlovini muddatidan oldin amalga oshirish pensionerning arizasiga asosan ichki ishlar organlari rahbarlarining ruxsati bilan quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pensioner sanatoriy-kurort muassasalariga davolanish uchun bormoqchi boʻlganida (yil davomida bir marotaba);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pensionerning mulkiga zarar yetkazuvchi favqulodda holatlar sodir boʻlganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pensionerning oila aʼzolari (yaqin qarindoshlari) vafot etganda va bu haqda fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tomonidan berilgan tegishli hujjat taqdim qilinganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Pensiya toʻlash qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma boʻyicha amalga oshirilishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida rasmiylashtirilgan ishonchnomaga ushbu hujjatni rasmiylashtirgan davlatning vakolatli davlat organi tomonidan apostil qoʻyilishi lozim, bundan Fuqarolik, oilaviy va jinoyat ishlari boʻyicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar konvensiyasining (Minsk shahri, 1993-yil 22-yanvar) ishtirokchisi boʻlgan davlatlari — Mustaqil davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo davlatlar mustasno. Bunda ishonchnoma bergan shaxs pensiya toʻlaydigan ichki ishlar organlariga bir yilda kamida bir marta kelib tayinlangan pensiyaga boʻlgan oʻz huquqini tasdiqlashi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishonchli vakil pensiya toʻlashga taʼsir etishi mumkin boʻlgan, oʻziga maʼlum barcha holatlar toʻgʻrisida ichki ishlar organlariga xabar berishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Ishonchnoma asosida pensiya toʻlashda ichki ishlar organlarining gʻaznachisi pensiya oluvchi shaxsning chiqim kassa orderidagi va shaxsini tasdiqlovchi hujjatdagi imzolarini oʻzaro solishtiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bir necha oyga berilgan ishonchnoma orqali pensiya toʻlovi amalga oshirilganda chiqim kassa orderida ishonchnoma mavjudligi va uning amal qilish muddati koʻrsatib oʻtiladi. Ishonchnoma pensionerning pensiyaga oid hujjatlar yigʻmajildida saqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bir martalik ishonchnoma orqali pensiya toʻlanganda, ishonchnoma chiqim kassa orderiga ilova qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Doimiy yashash uchun Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga ketishgacha tayinlangan pensiya (Oʻzbekiston Respublikasi pensiya taʼminoti toʻgʻrisida xalqaro shartnomalar tuzgan davlatlar bundan mustasno) ichki ishlari organlarining moliyaviy taʼminot xizmatlariga ketish toʻgʻrisida ariza berilgan kundagi pensiya miqdori hisob-kitobidan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga joʻnab ketishdan olti oy avval Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasida toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pensiya toʻlanadigan olti oylik davr Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga doimiy yashash uchun ketishdan avvalgi olti oy uchun pensiya toʻlash uchun arizada koʻrsatilgan sanadan boshlab hisoblab chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi pensiya taʼminoti toʻgʻrisida xalqaro shartnomalar tuzgan Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisidagi davlatga doimiy yashash uchun ketilgan kungacha tayinlangan pensiya turar joyidan roʻyxatdan chiqqan oyning oxirigacha toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga doimiy yashash uchun ketayotgan fuqarolarga pensiyani toʻlash uning arizasi va “Doimiy yashash joyidan roʻyxatdan chiqarildi” degan belgi boʻlgan shaxsini tasdiqlovchi hujjat asosida toʻxtatilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Tayinlangan pensiyani toʻlash:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pensioner vafot etganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tayinlangan pensiyaga huquqlar yoʻqolganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
doimiy yashash uchun Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga chiqib ketganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy davlatda boʻlgan davrida pensiya (ijtimoiy nafaqa) olganligi holati aniqlanganda toʻxtatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Tayinlangan pensiyani toʻlash:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pensiya toʻlash muddati tamom boʻlganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pensioner ozodlikdan mahrum etilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pensiyani toʻlashni toʻxtatib turish toʻgʻrisida pensioner tomonidan ariza bilan murojaat qilinganda toʻxtatib turiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pensiyani toʻlash pensioner yoki uning vasiysi tegishli ichki ishlar organiga shaxsini tasdiqlovchi hujjat taqdim etgan va ariza bilan murojaat qilgan taqdirda qayta tiklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Pensionerning sud hukmi boʻyicha ozodlikdan mahrum etish joylarida boʻlgan vaqti uchun pensiya toʻlanmaydi. Pensioner sud hukmi bilan tayinlangan jazoni oʻtab, undan ozod boʻlgandan keyin pensiyani toʻlash ichki ishlar organiga ariza berilgan kundan boshlab tiklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Agar nogiron pensioner tayinlangan muddatda qayta tibbiy koʻrikdan oʻtish uchun TMEKga uzrli sabablarsiz (nogironlik muddati tugagan kundan bir oy muddat mobaynida) kelmasa, unga pensiya toʻlash toʻxtatib turiladi, u yana nogiron deb eʼtirof etilgan taqdirda toʻxtatib turilgan kundan boshlab tiklanadi. Qolgan holatlarda pensiya murojaat qilingan sanadan boshlab toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uzrli sababga koʻra qayta tibbiy koʻrikdan oʻtish muddati oʻtkazib yuborilgan taqdirda, pensiyani toʻlash toʻlov toʻxtatib turilgan kundan boshlab qayta tekshirish kunigacha, biroq, agar TMEK uni bu davrda nogiron deb eʼtirof etsa, 3 yildan ortiq boʻlmagan muddatga amalga oshiriladi. Bunda agar qayta tekshirish chogʻida nogiron nogironlikning boshqa guruhiga (yuqoriroq yoki pastroq guruhga) oʻtkazilgan boʻlsa, u holda koʻrsatib oʻtilgan vaqt uchun pensiya oldingi guruh boʻyicha toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Pensionerga hisoblab chiqarib qoʻyilgan, lekin uning tomonidan oʻz vaqtida talab qilib olinmagan pensiya puli pensiyani olish maqsadida murojaat etilganidan oldingi oʻn ikki oydan oshmagan davr uchun toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki ishlar organi moliyaviy taʼminot xizmatining aybi bilan oʻz vaqtida olinmay qolgan pensiya puli oʻtgan davr uchun muddati cheklanmagan holda toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda oʻtgan davr uchun toʻlovlar bir yoʻla tegishli oylar uchun hisoblab chiqarib qoʻyilgan va olinmagan pensiyaning summalariga mos miqdorda toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Ishlab turgan pensionerlarga pensiya toʻlash Ishlovchi pensionerlarga pensiya toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 2222, 2011-yil 30-aprel) muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Pensiya miqdori oʻzgarishiga yoki pensiya toʻlash toʻxtatilishiga sabab boʻladigan holatlar yuz bergan taqdirda (ishga kirish, oila aʼzolari tarkibining oʻzgarishi, toʻliq davlat taʼminotiga oʻtish va shu kabilar) pensiya oluvchi oʻn kun muddatda bu haqda oʻziga pensiya toʻlaydigan tegishli ichki ishlar organiga maʼlum qilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda pensiyani qayta hisoblash mazkur holatlar vujudga kelgan oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan holatlar boshlanganligi toʻgʻrisida ichki ishlar organlariga oʻz vaqtida xabar berilmasligi munosabati bilan pensiyaning noqonuniy summasi pensioner yoki qonuniy vakil (ota-ona), shuningdek ishonch bildirilgan (pensionerning vafoti holati qasddan yashirilgan taqdirda) tomonidan qaytarilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Pensionerga berilishi kerak boʻlgan va uning vafoti munosabati bilan olinmay qolgan pensiya summasi meros tarkibiga kiritilmaydi va boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi bilan taʼminlanadigan shaxslar doirasiga tegishli oila aʼzolariga toʻlanadi. Ota-onalar, eri (xotini), shuningdek pensioner vafot etgan kunda u bilan birga yashagan oila aʼzolari, agar ular boquvchisini yoʻqotganlik boʻyicha pensiyasi bilan taʼminlanadiganlar doirasiga kirmagan taqdirda ham ushbu summalarni olish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pensioner vafot etgan oy uchun olingan pensiya summasi oilaning koʻrsatib oʻtilgan aʼzolariga uning vafotigacha ushbu oyning kunlari uchun toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oilaning bir necha aʼzolari murojaat qilgan taqdirda, ularga berilishi kerak boʻlgan pensiya summasi ular oʻrtasida teng taqsimlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻrsatib oʻtilgan summa, uning uchun pensioner vafot etgandan soʻng olti oydan kechikmay murojaat qilingan taqdirda toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Pensiyalardan chegirmalar qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Pensiyalardan quyidagi hollarda chegirmalar qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sudning hal qiluv qarorlari, ajrimlari, qarorlari va hukmlari (mulkiy undirishlar borasida), notarial idoralarning ijro varaqalari hamda Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq ijrosi sud hal qiluv qarorlarini ijro etish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladigan boshqa hal qiluv qarorlari va qarorlar asosida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki ishlar organlarining qaroriga binoan pensionerga u tomonidan qilingan suiisteʼmolliklar (qasddan notoʻgʻri hujjatlarni taqdim etish, boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi tayinlangan oila aʼzolari tarkibidagi oʻzgarishlar haqida maʼlumotlar taqdim etmaganligi) natijasida yoxud hisoblashdagi yoki boshqa texnik xato oqibatida pensiya miqdoridan ortiqcha pullar toʻlangan taqdirda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pensiyalardan yuqorida koʻrsatib oʻtilgan hollardan tashqari boshqa hech qanday chegirmalar qilish mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pensiyadan chegirmalar qilish miqdori pensionerga toʻlanishi lozim boʻlgan puldan hisoblab chiqariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Har oylik chegirmalar miqdori pensiyaning 50 foizidan oshishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Pensioner ixtiyoriy ravishda aliment toʻlash istagini bildirganda, uning arizasida har oylik undiriladigan aliment miqdori (hujjatlarda koʻrsatilgan foizlarda yoki pensiya oluvchi tomonidan belgilangan summada), undirish muddati va aliment undiruvchi shaxsning manzili, familiyasi, ismi, otasining ismi koʻrsatilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ixtiyoriy ravishda toʻlanayotgan aliment miqdori va chegirma qilish muddatiga oʻzgartirish kiritish yoki bekor qilish pensionerning arizasiga asosan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Pensiyaga oid hujjatlar yigʻmajildiga pensiyadan alimentlarni chegirma qilish toʻgʻrisida tegishli yozuvlar kiritiladi. Ushbu yozuvlar ichki ishlar organlari moliyaviy taʼminot xizmatlari boshliqlari yoki ularning oʻrinbosarlari tomonidan koʻrib chiqiladi va imzolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Aliment pullari pochta orqali yuborilganda, pochta xarajatlari aliment toʻlovchi hisobidan qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Ijro hujjatida pensiyadan chegirmalar turi koʻrsatilmagan hollarda bu haqda Majburiy ijro byurosi tuman (shahar) boʻlimlariga yozma ravishda xabar beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Bir nafar pensionerga nisbatan bir nechta ijro hujjatlari kelib tushganda pensiyalardan chegirmalar Oʻzbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunining 80-moddasiga muvofiq navbat tartibida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunining 79-moddasi ikkinchi qismiga asosan har bir keyingi navbatdagi talablar oʻzidan oldingi navbatdagi talablar toʻliq qondirilgandan keyin qanoatlantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Undirilgan summa bir navbatdagi barcha talablarni toʻla qanoatlantirish uchun yetarli boʻlmasa, ular har bir undiruvchiga tegishli summaga mutanosib ravishda qanoatlantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Undiruv qaratilgan pensionerning doimiy yashash (pensiya toʻlash) joyi oʻzgarganda ijro hujjati yuborilgan manzil toʻgʻrisida Majburiy ijro byurosi tuman (shahar) boʻlimlari xabardor qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. Ijro hujjatlari hamda pensionerlarning arizalari boʻyicha pensiyadan chegirma qilish mazkur Yoʻriqnomaning 33-bandida nazarda tutilgan hollarda toʻxtatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunday hollarda pensiyadan chegirma qilish boʻyicha ijro hujjatlari Majburiy ijro byurosi tuman (shahar) boʻlimlariga qaytariladi, ariza esa pensiyaga oid hujjatlar yigʻmajildiga tikiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Pensiya va nafaqa toʻlovi uchun mablagʻlar hisobi va hisobotini yuritish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49. Pensiya va nafaqa toʻlovi uchun xarajatlar hisobi ichki ishlar organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida budjet tashkilotlari uchun belgilangan tartibda buxgalteriya hujjatlari va pensionerning pensiyaga oid hujjatlari yigʻmajildlarida yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50. Ichki ishlar organlari tomonidan pensiya va nafaqa toʻloviga oid oylik, choraklik va yillik hisobotlar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilangan shakl va muddatlarda taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
51. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan pensiya va nafaqa toʻloviga oid oylik, choraklik va yillik hisobotlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
52. Pensiya va nafaqalarning toʻgʻri tayinlanishi va toʻlanishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
53. Mazkur Yoʻriqnoma talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
20 ___ y. “____” ___________________ (qabul qilingan sana)
_______________________________ (qabul qilgan shaxsning imzosi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki ishlar organlari xodimlariga pensiya va nafaqa tayinlash hamda toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“T A S D I Q L A Y M A N”
(lavozimi va unvoni)
___________ (imzo)
___________________________ (F.I.O.)
“____” ___________________ 201__ yil
Xizmat muddatini oʻtaganligi boʻyicha, nogironlik yoki boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasini ta�inlash toʻgʻrisida X U L O S A 1. _______________________________________________________________________________________________ (oxirgi ish joyi) 2. _______________________________________________________________________________________________ (lavozimi, unvoni) _________________________________________________________________________________________________ (F.I.O.) _________________________________________________________________________________________________ (tugʻilgan yili, oy va sanasi)
3. Xizmatdan boʻshatish asosi: _________________________________________________________________________ _________________________________________________________________________________________________ 4. Xizmat yili: kalendar hisobda-______ yil, imtiyozli hisobda-_____ yil. 5. TMEK tomonidan “_______” guruh nogironligi belgilangan. 6. Pensiya tayinlashda inobatga olingan pul miqdori:
a) mansab maoshi b) unvon maoshi v) ______ koeffitsiyenti g) koʻp yillik xizmati uchun foiz qoʻshimcha 25 % d) oziq-ovqat oʻrniga toʻlanadigan tovon puli Jami:
7. Pensiya tayinlanadigan oila aʼzolari (boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi tayinlanganda):
Qarindoshlik darajasi
Familiyasi, ismi, otasining ismi
Tugʻilgan yili, oyi va kuni
Tugʻilganlik guvohnomasi seriyasi va raqa�i
8. _______________________________________________ (F.I.O.) ga 20___ yilning “____” _______dan pensiya olish huquqiga ega. ___________________________________________________________________________________ ga asosan, xizmat yili boʻyicha pul miqdorining ______ % har oyiga ________________________________________________________ soʻm miqdorida pensiya belgilandi. 9. Pensiya toʻlash shartlari: oylik maoshini hisobga olgan xolda. 10. Bir yoʻla toʻlanadigan nafaqa: _________________________________________________________ soʻm miqdorida toʻlandi.
Xulosani tuzdi: Moliyaviy taʼminot xizmati Pensiya taʼminoti boʻlimi inspektori _________________________________________ (unvoni) _________________________________________ (F.I.O.)
Tekshirdi: Moliyaviy taʼminot xizmati Pensiya taʼminoti boʻlimi boshligʻi ___________________________________________ (unvoni) ___________________________________________ (F.I.O.)