23.02.2018 yildagi 139-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 23.02.2018 yildagi 139-son
Date of entry into force
26.02.2018
Hujjat 06.06.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Avtomototransport vositalaridan foydalanish jarayonida huquqbuzarliklarning oldini olish, avtomototransport vositalari haydovchilarining yoʻl harakati qoidalariga rioya etish boʻyicha javobgarligini oshirish, shuningdek, avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ishtirok etishi uchun teng sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Belgilab qoʻyilsinki, 2018-yil 1-avgustdan boshlab avtomototransport vositalari va shahar elektr transport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasi oshirish faoliyati davlat taʼlim muassasalari, shuningdek, nodavlat taʼlim muassasalari faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻlgan boshqa yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-maydagi 408-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.06.2018-y., 09/18/408/1315-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 18-iyuldagi 515-son qaroriga muvofiq, nodavlat taʼlim muassasalari faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyalar berish toʻgʻrisidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi ishchi organi boʻlgan Vazirlar Mahkamasining Nodavlat taʼlim muassasalari faoliyatini litsenziyalash komissiyasi tomonidan qabul qilinishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilar avtomototransport vositalari va shahar elektr transport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bilan bogʻliq yoʻnalishlar boʻyicha nodavlat taʼlim muassasalarining faoliyatini litsenziyalash uchun qoʻshimcha litsenziya talablari hamda shartlari sifatida belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv jarayoniga darslar oʻzlashtirilishini oshirishga yoʻnaltirilgan oʻqitish monitoringini olib borish va rejalashtirishning avtomatlashtirilgan axborot tizimini joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
butun oʻquv jarayonini qamrab oladigan animatsiya effektlari va videokontentga ega elektron oʻquv-uslubiy qoʻllanmalarning mavjud boʻlishi, har bir taʼlim oluvchini (tinglovchini) ushbu oʻquv qoʻllanmalari bilan taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
malaka oshirish kurslarida bilimlar oʻzlashtirilishini aniqlash uchun animatsiya effektlariga ega yagona test dasturining mavjud boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har bir oʻqituvchini oʻquv dasturlari, turli pedagogika texnologiyalaridan foydalanish yoʻriqnomalarini oʻz ichiga olgan batafsil texnologik kartalar bilan taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har biri kamida 40 kvadrat metr maydonga ega boʻlgan va bitta hududda joylashgan ikki yoki undan koʻp auditoriyalarning mavjud boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har bir auditoriyada videoproyektorlar, kompyuterlar, audio va video kuzatuv tizimlari, Yoʻl harakati qoidalari boʻyicha koʻrgazmali qoʻllanmalar, shuningdek, oʻquv jarayoni va yakuniy test sinovining oshkoraligini taʼminlash uchun jarayonini yozib olish tizimining mavjud boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlim oluvchilar bilimlarini yakuniy test sinovidan oʻtkazish uchun kompyuterlar bilan jihozlangan alohida auditoriyaning mavjud boʻlishi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilarning malaka oshirishdan oʻtishi shartligi belgilab qoʻyilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxslarga tegishli avtotransport vositalarini boshqarayotgan shaxslar, avtotransport vositalarini qisqa muddatli ijara (prokat) va lizing asosida boshqarayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va boshqa jismoniy shaxslardan tashqari — ikki yilda bir marta;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtotransport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etilgan shaxslar — maʼmuriy jazo muddati nihoyasiga yetgach va haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy hamda amaliy imtihonlar topshirgunigacha.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Avtotransport vositalari haydovchilarining malaka oshirgani toʻgʻrisidagi sertifikat shakli va tavsifi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Ichki ishlar vazirligi, boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda avtomototransport vositalari va shahar elektr transport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish boʻyicha nodavlat taʼlim muassasalarining faoliyatini litsenziyalash tartibi nazarda tutilgan hukumat qarorining loyihasini bir oy muddatda ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Adliya vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda — Xalqaro press-klubda ushbu qarorning maqsadlari, mazmun-mohiyati toʻgʻrisida matbuot anjumani oʻtkazsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda — bosma hamda elektron axborot vositalarini, shu jumladan butunjahon Internet tarmogʻini keng jalb etgan holda, aholi oʻrtasida ushbu qarorning maqsadi va vazifalarining muntazam hamda har tomonlama yoritilishini tizimli asosda taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi U.N. Toshkenboyev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 23-fevral,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
139-son

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-fevraldagi 139-son qaroriga
1-ILOVA

Avtotransport vositalari haydovchilarining malaka oshirgani toʻgʻrisidagi sertifikat
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SHAKLI

Avtotransport vositalari haydovchilarining malaka oshirgani toʻgʻrisidagi sertifikatning
TAVSIFI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Avtotransport vositalari haydovchilarining malaka oshirgani toʻgʻrisidagi sertifikat plastik yoki maxsus oq qogʻozdan 54 x 86 mm hajmda tayyorlanadi. Uning yuza tomoni toʻq koʻk rangli yuqori qismida malaka oshirishni amalga oshiradigan tashkilotning nomi yoziladi. Yuqorigi oʻng burchakda oq rangda ushbu tashkilotning logotipi (mavjud boʻlsa) bosiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Logotipning oʻng tomonida lotin grafikasi harflarida davlat tilidagi “SERTIFIKAT” yozuvi joylashtiriladi va ikki harf hamda oltita raqamdan iborat sertifikat raqami qayd etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sertifikat quyidagi himoya vositalariga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maksimum 30 mk hajmdagi mikromatn;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻlqinsimon hoshiyali va qalinligi 40 — 70 mk zich toʻr koʻrinishidagi naqsh — gilosh.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sertifikatda quyidagilar koʻrsatiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
malaka oshirgan haydovchining familiyasi, ismi, otasining ismi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sertifikat berilgan sana va joy;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sertifikatning amal qilish muddati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
haydovchi malaka oshirgani toʻgʻrisida maʼlumotlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-fevraldagi 139-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 1-son, 12-modda) bilan tasdiqlangan Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 22-bandining yettinchi xatboshidagi “Avtotest Report” MCHJ oʻquv kompleksining” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-martdagi 241-sonli qaroriga asosan 2018-yilning 1-aprelidan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.03.2018-y., 09/18/241/0960-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 2-avgustdagi 156-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2006-y., 31-32-son, 317-modda) bilan tasdiqlangan Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 22-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“22. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxslarga tegishli avtotransport vositalarini boshqarayotgan haydovchilar (yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda qisqa muddatli ijara (prokat) va lizing asosida avtotransport vositalarini boshqarayotgan jismoniy shaxslar bundan mustasno) ikki yilda bir marta;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtotransport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilingan shaxslar maʼmuriy jazo ijro etilganidan keyin va haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihon topshirishdan oldin malaka oshirishlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Malaka oshirish yakuni boʻyicha haydovchiga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan shaklda tegishli sertifikat beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik shaxslarning avtotransport vositalari haydovchilarining malaka oshirishlari ish beruvchining, boshqa shaxslarning esa — oʻz mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-maydagi 408-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.06.2018-y., 09/18/408/1315-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 24-dekabrdagi 370-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 12-son, 109-modda) bilan tasdiqlangan Yoʻl harakati qoidalari 7-bandining yettinchi xatboshidagi “Avtotest Report” MCHJ oʻquv kompleksining” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash tizimida taʼlim jarayonini takomillashtirish va oʻqitishning zamonaviy usullarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 30-apreldagi 106-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 4-son, 32-modda):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 2-bandning ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 4-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Vazirlar Mahkamasining “Innovatsion oʻqitish uslublarini joriy etish yoʻli bilan haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash, shuningdek ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2017-yil 4-sentabrdagi 693-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 36-son, 958-modda):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 2-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 3-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“3. Belgilansinki, yuridik shaxslar avtotransport vositalari haydovchilarining malakasini oshirish tadbirlarini moliyalashtirish ish beruvchilarning mablagʻlari hisobiga, boshqa shaxslarning esa — oʻz mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) 4-band va 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Ushbu ilova 2-bandining “b” kichik bandi, 4 va 6-bandlari 2018-yil 1-avgustdan boshlab kuchga kiradi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-maydagi 408-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.06.2018-y., 09/18/408/1315-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2018-y., 09/18/139/0818-son, 29.03.2018-y., 09/18/241/0960-son, 06.06.2018-y., 09/18/408/1315-son; 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son; 10.03.2021-y., 09/21/125/0195-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2022-y., 09/22/172/0298-son; 18.08.2023-y., 09/23/396/0625-son; 30.09.2023-y., 09/23/504/0736-son)