22.02.2018 yildagi 136-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 22.02.2018 yildagi 136-son
Date of entry into force
23.02.2018
Hujjat 23.02.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent shahrining shahar tashish yoʻlovchi transporti tashkilotlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoqilgʻi-energetika resurslari hamda boshqa yuqori likvidli mahsulotlar bilan taʼminlash borasida raqobat muhitini takomillashtirish, suiisteʼmolchiliklar va talon-tarojliklar sharoitini tugatish, toʻlov intizomini mustahkamlash, debitorlik va kreditorlik qarzlarini kamaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 14-noyabrdagi PQ-3386-son, Vazirlar Mahkamasining “Yoqilgʻi-energetika resurslari bilan oʻz vaqtida taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 14-noyabrdagi 913-son qarorlariga muvofiq, Toshkent shahrining shahar yoʻlovchi tashish transporti tashkilotlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoqilgʻi-energetika resurslari hamda boshqa yuqori likvidli mahsulotlar bilan taʼminlash borasida raqobat muhitini takomillashtirish, suiisteʼmolchiliklar va talon-tarojliklar sharoitini tugatish, toʻlov intizomini mustahkamlash, debitorlik va kreditorlik qarzlarini kamaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 14-noyabrdagi PQ-3386-son qarori bilan Toshkent shahrida transportda tashuvlarga tariflarning keskin oshishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga 2017-2018-yillarda “Toshshahartransxizmat” AJga subsidiyalar ajratish nazarda tutilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar hisobiga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 15-noyabrdan keyin “Toshshahartransxizmat” AJ tashkilotlari tomonidan sotib olinayotgan hamda muntazam harakatlanadigan shahar yoʻlovchi, navbatchi, xoʻjalik tashuvlarini bajarish, shuningdek, avtobuslarni servis xizmatlari koʻrsatishga yoʻnaltirish uchun foydalanilayotgan dizel yonilgʻisi qiymatidagi tafovut summasiga subsidiya beriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik va jismoniy shaxslarning buyurtmanomalariga binoan soatbay va boshqa tijorat tashuvlari boʻyicha “Toshshahartransxizmat” AJ tashkilotlari tomonidan xizmatlar koʻrsatishda foydalaniladigan yonilgʻiga xarajatlarga subsidiya berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Toshshahartransxizmat” AJga uning asoslangan hisob-kitoblariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga “Toshshahartransxizmat” AJ tashkilotlari tomonidan 2017-yilda sotib olingan va 2018-yilda sotib olinadigan dizel yonilgʻisi qiymatidagi narx tafovutini qoplash uchun subsidiyalar ajratilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq “Toshshahartransxizmat” AJ subsidiyalar olish uchun har oyda Toshkent shahri hokimligining Moliya bosh boshqarmasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Toshshahartransxizmat” AJ tashkilotlari boʻyicha sotib olingan dizel yonilgʻisi miqdori va qiymati toʻgʻrisidagi axborotni 1-ilovaga* muvofiq shakl boʻyicha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Toshshahartransxizmat” AJ tashkilotlarining hamda neft mahsulotlari sotishni amalga oshiruvchi “Oʻzneftmahsulot” AJning tegishli tashkilotlari muhri va masʼul shaxslari imzolari bilan tasdiqlangan, olingan dizel yonilgʻisining schyot-fakturasi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik va jismoniy shaxslarning buyurtmanomalari boʻyicha “Toshshahartransxizmat” AJ tashkilotlari tomonidan koʻrsatiladigan soatbay va boshqa tijorat tashuvlarida foydalanilgan dizel yonilgʻisi qiymatining hisob-kitobi 2-ilovaga* muvofiq shakl boʻyicha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga subsidiya beriladigan “Toshshahartransxizmat” AJ tashkilotlari tomonidan sotib olinadigan dizel yonilgʻisining 2017-yil 15-noyabrdan boshlab belgilangan qiymatidagi tafovutning hisob-kitobi 3-ilovaga* muvofiq shakl boʻyicha.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1 — 3-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent shahri hokimligining Moliya bosh boshqarmasi ushbu qarorning 4-bandida nazarda tutilgan hujjatlar olingandan keyin uch kun muddatda Toshkent shahar Davlat moliya nazorati boshqarmasi bilan birgalikda, subsidiyalar ajratishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida tegishli xulosani tayyorlaydi va uni barcha zarur hujjatlarni ilova qilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga yuboradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi subsidiyalar ajratishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida tegishli xulosa olingandan keyin bir hafta muddatda ularning Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga “Toshshahartransxizmat” AJga ajratilishini taʼminlaydi, bu toʻgʻrida “Toshshahartransxizmat” AJni yozma shaklda xabardor qiladi. Xabarnomada ajratilgan subsidiyalar summasi, ajratish sanasi hamda subsidiyalar uning uchun ajratilgan hisobot davri koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 22-fevral,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
136-son