07.09.2004 yildagi 420-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori, 07.09.2004 yildagi 420-son
Date of entry into force
07.09.2004
Hujjat 07.09.2004 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ilmiy va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ilmiy va moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash va rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 60 yilligini nishonlash toʻgʻrisida” 2003-yil 28-oktabrdagi 470-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi ishtirokida tuzilgan maxsus komissiya tomonidan Fanlar akademiyasining asosiy fondlari xatlovdan oʻtkazilganligi hamda sotiladigan va hisobdan chiqariladigan mol-mulkning roʻyxati belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining koʻchmas mulk birjasi orqali belgilangan tartibda sotiladigan obyektlari roʻyxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ikki oy muddatda maxsus komissiya tomonidan xatlovdan oʻtkazish natijalariga koʻra aniqlangan mol-mulkni hisobdan chiqarish va sotish bilan bogʻliq chora-tadbirlar belgilangan tartibda amalga oshirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining muassasalari 1-ilovada koʻrsatilgan obyektlarni, shuningdek xatlov natijalariga koʻra aniqlangan priborlar, asbob-uskunalar va boshqa moddiy boyliklarni sotishdan oladigan tushumlar boʻyicha daromad (foyda) soligʻi toʻlashdan ozod qilinsin, tushadigan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga, birinchi navbatda, ilmiy-texnika va laboratoriya asbob-uskunalari xarid qilishga maqsadli yoʻnaltirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tushadigan mablagʻlar Fanlar akademiyasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun yoʻnaltirilgan holda maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat oʻrnatsin. Mablagʻlardan boshqa maqsadlarda foydalanish hollari aniqlangan taqdirda boshqa maqsadlarda foydalanilgan mablagʻlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda budjet daromadiga olib qoʻyilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda 2005-yildan boshlab Fanlar akademiyasining 2-ilovaga muvofiq obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish loyihalarini ularning ustuvorligidan kelib chiqib hamda har yili ajratiladigan kapital qoʻyilmalar limitlari doirasida Oʻzbekiston Respublikasining investitsiya dasturiga kiritish toʻgʻrisida Fanlar akademiyasining takliflarini belgilangan tartibda koʻrib chiqsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2004-yilda va keyingi yillarda tasdiqlanadigan budjet parametrlari doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eksperimental yer uchastkalariga ishlov berish uchun zarur traktor texnikasi, Fanlar akademiyasining tadqiqot muassasalari tomonidan seysmologik, biologik, arxeologik, geologik-geofizik ilmiy ekspeditsiyalar oʻtkazish uchun maxsus va yuk avtotransporti xarid qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fanlar akademiyasining ilmiy-tadqiqot muassasalari binolari, inshootlari, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini mukammal taʼmirlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zamonaviy laboratoriya asbob-uskunalari, priborlar va fan ehtiyojlari uchun yadro yoqilgʻisi xarid qilish uchun mablagʻ ajratishni nazarda tutsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalar markazi Fanlar akademiyasi va Moliya vazirligi bilan birgalikda Fanlar akademiyasining milliy boylik hisoblangan nodir ilmiy qurilmalari, maxsus obyektlari va inshootlari, muzeylari va kutubxonalari taʼminotiga har yili zarur mablagʻlar ajratishni nazarda tutsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalar markazi Fanlar akademiyasining ilmiy-tadqiqot muassasalarini zamonaviy ilmiy-texnika asbob-uskunalari bilan jihozlash uchun grantlar, xorijiy mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar va moliyaviy tashkilotlarning begʻaraz yordamini jalb qilishda Fanlar akademiyasiga koʻmaklashsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Azizxoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2004-yil 7-sentabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
420-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-sentabrdagi 420-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining koʻchmas mulk birjasi orqali sotiladigan obyektlari (binolar, inshootlar va tugallanmagan qurilishlar)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
T/r‎

Bino va inshootlar nomi‎

Qavatlar soni‎

Bino maydoni (ming m2) ‎

Obyekt joylashgan joy‎

1.‎ Amaliy lazer fizikasi instituti binosi‎ 4‎ 0,96‎ Toshkent shahri, Naqqoshlik koʻchasi, 1‎
2.‎ Seysmologiya institutining Geografiya boʻlimi binosi‎ 2‎ 1,0‎ Toshkent shahri, Astronomiya koʻchasi, 85‎
3.‎ Issiqlik fizikasi boʻlimining Maxsus konstruktorlik byurosi binosi‎ 2‎ 0,6‎ Toshkent shahri, Krasnodon tor koʻchasi, 25‎
4.‎ Fanlar akademiyasining Taʼmirlash-qurilish boshqarmasi binosi‎ 1‎ 0,3‎ Toshkent shahri, Akademiklar shaharchasi, Hojiboyev koʻchasi, 62‎
5.‎ Fiziologiya va biofizika instituti‎ 2‎ 2,5‎ Toshkent shahri, A.Niyozov koʻchasi, 1‎
6.‎ Genetika va oʻsimliklar eksperimental biologiyasi institutining Sunʼiy iqlim yaratish laboratoriyasi korpusi‎ 3‎ 6,1‎ Toshkent viloyati, Qibray tumani, Yuqori-Yuz mahallasi‎
7.‎ Informatika instituti binosining chap qanoti‎ 3‎ 1,12‎ Toshkent shahri, A. Muhiddinov koʻchasi, 26 ‎
8.‎ Yadro fizikasi institutining fiziklar uyi‎ 2‎ 2,03‎ Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, Ulugʻbek shaharchasi, Robiyaxonim koʻchasi, 2‎
9.‎ Genetika va oʻsimliklar eksperimental biologiyasi institutining mexanika ustaxonasi‎ 3‎ 1,3‎ Toshkent viloyati, Qibray tumani, Yuqori-Yuz mahallasi‎
10.‎ “Akademasbob” IICHB elektron platolar sexi binosi, tutash hudud bilan birgalikda‎ 1‎ 0,36‎ Toshkent shahri, Hojiboyev koʻchasi, 70‎
11.‎ “Fizika-Quyosh” IICHBning qurilishi tugallanmagan klubi‎ 2‎ 2,72‎ Parkent tumani, “Quyosh” obyektining turar joy shaharchasi‎
12.‎ Informatika institutining qurilishi tugallanmagan binosi (ishlab chiqarish korpusi)‎ 1‎ 4,3‎ Toshkent shahri, Yunusobod tumani, avtomobil halqa yoʻli, (moʻljal Boʻzsuv daryosi koʻprigi)‎
13.‎ Yadro fizikasi institutining qurilishi tugallanmagan Radiokimyo korpusi‎ 3‎ 15,0‎ Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, Ulugʻbek shaharchasi‎
14.‎ Til va adabiyot institutining muzlatgich markazi‎ 1‎ 0,72‎ Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, I.Moʻminov koʻchasi, 9‎
15.‎ Fanlar akademiyasi kapital qurilish boshqarmasining “Kislovodsk” moduli‎ 1‎ 0,9‎ Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, Hojiboyev koʻchasi, 62‎
16.‎ “Akademtaʼminot” korxonasining yogʻochni qayta ishlash sexi‎ 1‎ 0,12‎ Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, Hojiboyev koʻchasi, 62‎
17.‎ Fanlar akademiyasi Taʼmirlash-qurilish boshqarmasining yogʻoch arralash sexi‎ 1‎ 1,49‎ Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, Hojiboyev koʻchasi, 62‎
18.‎ Energetika va avtomatika institutining ombori‎ 1‎ 0,21‎ Toshkent shahri, F.Xoʻjayev koʻchasi, 29‎
19.‎ Genetika va oʻsimliklar eksperimental biologiyasi institutining oziq-ovqat va sanoat mollari doʻkoni‎ 1‎ 0,7‎ Toshkent viloyati, Qibray tumani, Yuqori-Yuz mahallasi‎
20.‎ Oʻsimlik moddalari kimyosi instituti oshxonasining “Shabada” pavilyoni‎ 1‎ 0,35‎ Toshkent shahri, H.Abdullayev koʻchasi, 77‎
21.‎ Zoologiya institutining yogʻoch shchitli kottejlari (3ta)‎ 1‎ 0,15‎ Toshkent shahri, A.Niyozov koʻchasi, 1‎
Jami‎ 42,93‎
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-sentabrdagi 420-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2005—2007-yillarda quriladigan va rekonstruksiya qilinadigan obyektlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r‎

Obyektlar nomi‎

Qurilishi boshlanadigan va tugatiladigan yil‎

Kapital mablagʻlar hajmi, mln soʻm‎

I. Yildan yilga oʻtayotgan obyektlar, hammasi‎ 1 617‎
shu jumladan:‎
1.‎ Asosiy kutubxonaning kitob ombori‎ 1998 — 2006‎ 1 557‎
2.‎ Maʼmun akademiyasining laboratoriyasi‎ 2000 — 2005‎ 60‎
II. Yangidan boshlanayotgan qurilish, hammasi‎ 1 960‎
shu jumladan:‎
1.‎ Sharqshunoslik institutini rekonstruksiya qilish‎ 2004 — 2007‎ 1 960‎
Jami‎ 3 577‎
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 36-son, 401-modda; 2005-y., 34-36-son, 264-modda; 2006-y., 40-son, 396-modda; 2009-y., 37-son, 408-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)