Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.06.1996 14.01.1992 yildagi 524-XII-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 14.01.1992 yildagi 524-XII-son
Date of entry into force
18.03.1992
Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.06.1996
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA XALQ DEPUTATINI ChAQIRIB OLISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Ushbu Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996-yil 26-apreldagi 230-I-sonli “Oʻzbekiston Respublikasida deputatni chaqirib olish tartibi toʻgʻrisida”gi Qonunini amalga kiritish haqida”gi qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotdi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida xalq deputatini chaqirib olish huquqi deputatning haqiqatan ham saylovchilar nazorati ostida ish olib borishi va ularning oldida masʼuliyatli boʻlishining kafolatidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda. Xalq deputatini chaqirib olishning asoslari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Deputatlik vazifalarini bajarmaslik, Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini va qonunlarini buzish oqibatida yoki boshqacha koʻrinishda saylovchilarning ishonchini oqlamagan Oʻzbekiston Respublikasining xalq deputati, xalq deputatlari mahalliy Kengashining deputati istalgan paytda, lekin kechi bilan deputatlik vakolati muddati tugashiga olti oy qolguniga qadar ushbu Qonunda belgilangan tartibda saylovchilar koʻpchiligining qarori bilan chaqirib olinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda. Xalq deputatini chaqirib olish toʻgʻrisidagi taklif
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respubikasi xalq deputatini chaqirib olish toʻgʻrisidagi taklif tegishli saylov okrugi hududida joylashgan mehnat jamoalarining yigʻilishlari (konferensiyalari), qonunda belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtgan jamoat birlashmalar, oliy oʻquv yurtlari oʻqituvchilari va xizmatchilarining talabalar bilan birgalikdagi yigʻilishlari, saylovchilarning turar joylardagi va harbiy qismlar harbiy xizmatchilarining yigʻilishlari tomonidan kiritilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahalliy Kengashning xalq deputatini chaqirib olish toʻgʻrisidagi taklif xalq deputatlari tegishli mahalliy Kengashining hududida joylashgan mehnat jamoalarining, qonunda belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtgan jamoat birlashmalari vakillarining yigʻilishlari (konferensiyalari), oliy oʻquv yurtlari oʻqituvchilari va xizmatchilarining talabalar bilan birgalikdagi yigʻilishlari, saylovchilarning turar joylardagi va harbiy qismlar harbiy xizmatchilarining yigʻilishlari tomonidan, shahar (nohiyaga boʻysunuvchi shahar), qishloq va posyolka Kengashlari deputatlariga nisbatan esa — shuningdek hududiy oʻzini oʻzi boshqarish jamoat idoralari tomonidan kiritilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yigʻilishlar “Oʻzbekiston Respublikasi xalq deputatlari saylovi haqida”gi va “Oʻzbekiston Respublikasi xalq deputatlari mahalliy Kengashlarning deputatlari saylovi haqida”gi qonunlarda belgilangan tartibda oʻtkaziladi. Yigʻilishlarning bayonlari korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mahalliy ijroiya-boshqaruv idoralarining rahbarlari tomonidan tasdiqlab beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalq deputatini chaqirib olish toʻgʻrisidagi taklif yozma ravishda tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi yoki uning Rayosatiga, xalq deputatlari mahalliy Kengashiga beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi xalq deputatini chaqirib olish toʻgʻrisidagi taklifni okrugda koʻllab-quvvatlagan saylovchilarning soni saylov kuni saylovchilar roʻyxatiga kiritilgan saylovchilar umumiy sonining kamida 10 foizini tashkil etishi kerak. Bunda Oʻzbekiston Respublikasi xalq deputatini chaqirib olish toʻgʻrisidagi taklifni muhokama qilishga bagʻishlangan yigʻilishlar chaqirib olish toʻgʻrisidagi dastlabki taklif tushgan vaqtdan boshlab 20 kun mobaynida oʻtkaziladi. Yigʻilishlar oʻtkazishni tashkil etish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi yoki uning Rayosati topshirigʻiga binoan tegishli nohiya yoki shahar hokimi zimmasiga yuklatiladi, u esa chaqirib olish toʻgʻrisidagi takliflar berish tugagan kundan boshlab 5 kunlik muddat ichida turar joyini koʻrsatgan holda chaqirib olish toʻgʻrisidagi taklifni qoʻllab-quvvatlagan saylovchilarning roʻyxatini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi yoki uning Rayosatiga taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi yoki uning Rayosati chaqirib olish toʻgʻrisidagi taklif asosli boʻlgani takdirda bu taklifni qoʻllab-quvvatlagan saylovchilarning roʻyxatini olganidan boshlab 15 kunlik muddat ichida okrug komissiyasini tuzish zarurligi toʻgʻrisida qaror qabul qiladi, matbuotda xabar eʼlon kiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi yoki uning Rayosati okrug komissiyasini tuzish toʻgʻrisida qaror qabul kilganidan keyin koʻpi bilan 7 kun ichida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy Kengashining Rayosati, xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar Kengashlari yoki ularning hokimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi xalq deputatini chaqirib olish boʻyicha okrug komissiyasining tarkibi tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalq deputatlari mahalliy Kengashi yoki uning rayosati deputatni chaqirib olish toʻgʻrisidagi taklifni olgach 7 kunlik muddat ichida uni qarab chiqadi va taklif asosli boʻlgan taqdirda okrug komissiyasi tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Okrug komissiyasini tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganidan keyin 5 kunlik muddat ichida tegishli Kengash yoki hokim tomonidan okrug komissiyasining tarkibi tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalq deputatlari shahar (nohiyaga boʻysunuvchi shahar, qishloq va posyolka Kengashining deputatini chaqirib olish boʻyicha kamida 3 kishidan iborat okrug saylov komissiyasiniig tarkibi tegishli Kengashning raisi tomonidan mazkur Kengash doimiy komissiyalarining raislari bilan birgalikda tasdiqlanadi. Agarda muhokama chogʻida doimiy komissiyalar raislari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etsa va ovoz berganlarning yarmidan koʻpi uning qabul qilinishini yoqlasa, mazkur masalaga doir qaror qabul qilingan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalq deputatlari shahar (nohiyaga boʻysunuvchi shahar), qishloq va posyolka Kengashining raisi ushbu Qonun talablaridan kelib chiqadigan boshqa qarorlarni ham xuddi shu tartibda qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chaqirib olish toʻgʻrisidagi taklif asossiz deb eʼtirof etilgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi yoki uning Rayosati, xalq deputatlari mahalliy Kengashi chaqirib olish toʻgʻrisida taklif kiritgan jamoalar va idoralarni, tegishli okrugdagi saylovchilarni bundan xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda. Xalq deputatini chaqirib olish toʻgʻrisidagi taklif qarab chiqilayotganda uning huquqlari kafolatlanishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi yoki uning Rayosati, mahalliy Kengash yoki hokim, okrug komissiyasi 5 kunlik muddat ichida deputatga uni chaqirib olish toʻgʻrisida taklif tushganligi hamda bu taklifning qarab chiqilish tartibini yozma ravishda maʼlum kilib, deputatga uni chaqirib olish toʻgʻrisida taklif kiritgan jamoa yoki idora yigʻilishi bayonining nusxasini takdim etadi. Bayonda chaqirib olish vajlari koʻrsatilgan boʻlishi kerak. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi yoki uning Rayosatining okrug komissiyasini tuzish zarurligi toʻgʻrisidagi qarori 3 kunlik muddat ichida Oʻzbekiston Respublikasi xalq deputatlari saylovini oʻtkazuvchi Markaziy saylov komissiyasiga joʻnatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Deputat oʻzini chaqirib olish toʻgʻrisida taklif kiritilishi uchun asos boʻlib xizmat qilgan vaziyatlar xususida okrug komissiyasiga yozma ravishda ariza takdim etishga, shuningdek saylovchilarning yigʻilishlarida (konferensiyalarida) soʻzga chiqishga, matbuotda maqola eʼlon qilishga, televideniye va radio orqali soʻzlashga, oʻziga taalluqli chaqirib olish toʻgʻrisidagi masala muhokama qilinayotgan yigʻilishlar va majlislarda ishtirok etishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Basharti, deputatni chaqirib olish toʻgʻrisida taklif kiritish uchun asos boʻlib xizmat qilgan vaziyatlar sudda qarab chiqishga taalluqli ish boʻlsa, sud ushbu ish yuzasidan uzil-kesil qaror chiqarguniga qadar tegishli Kengash yoki hokim, okrug komissiyasi chaqirib olishga doir taklifning qarab chiqilishini toʻxtatib turadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Deputatni chaqirib olish toʻgʻrisidagi masala qoʻyilishiga sabab boʻlgan soxta axborotni qasddan bergan fuqarolar amaldagi qonunlarga muvofiq javobgar boʻladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda. Xalq deputatini chaqirib olish toʻgʻrisida masala qoʻzgʻatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi xalq deputatini, viloyat, nohiya, shahar (viloyatga boʻysunuvchi shahar) Kengashi deputatini chaqirib olishga doir masala qoʻzgʻatishni okrug saylovchilarining konferensiyasi hal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Okrug saylovchilarining konferensiyasi okrug komissiyasi tuzilganidan keyin 10 kunlik muddat ichida okrug komissiyasi chiqaradigan qarorga muvofiq oʻtkaziladi va okrug komissiyasi tomonidan belgilanadigan saylov okrugiga kiruvchi mehnat jamoalari aʼzolarining, aholi punktlarida istiqomat qiluvchi saylovchilarning sonini hisobga olgan holda normalar boʻyicha shakllantiriladi. Okrug saylovchilarining konferensiyasiga vakillar mehnat jamoalari yigʻilishlari (konferensiyalari) tomonidan, qonunda belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtgan jamoat birlashmalarining idoralari tomonidan, oliy oʻquv yurtlari oʻqituvchilari va xizmatchilarining talabalar bilan birgalikdagi yigʻilishlari, saylovchilarning turar joylardagi va harbiy qismlardagi harbiy xizmatchilarning yigʻilishlari tomonidan ochiq yoki yashirin ovoz berish yoʻli bilan koʻrsatiladi. Konferensiyaga tegishli saylov okrugi hududida istiqomat qiluvchi saylovchilargina vakil qilinadi. Delegatlarning roʻyxati istiqomat joylari koʻrsatilgan holda yigʻilishning ertasi kuni okrug komissiyasiga topshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saylovchilar vakil qilgan kishilarning uchdan ikki qismi hozir boʻlgani taqdirda okrug saylovchilarining konferensiyasi qonuniy kuchga ega boʻladi va u chaqirib olish toʻgʻrisidagi taklifni qoʻllab-quvvatlashga yoki qoʻllab-quvvatlashdan bosh tortishga haqlidir. Bu xususdagi qaror konferensiya qatnashchilari koʻpchiligining ovozi bilan yashirin ovoz berish yoʻli orqali qabul qilinadi va okrug saylovchilarining eʼtiboriga yetkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalq deputatlari shahar (nohiyaga boʻysunuvchi shahar), qishloq, posyolka Kengashining deputatini chaqirib olishda okrug saylovchilarining konferensiyasi oʻtkazilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda. Deputatni chaqirib olish toʻgʻrisidagi masala yuzasidan ovoz berishni tayinlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Okrug saylovchilari konferensiyasining Oʻzbekiston Respublikasi xalq deputatini chaqirib olish toʻgʻrisida masala qoʻzgʻatishga doir qarori 5 kunlik muddat ichida okrug komissiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi xalq deputatlari saylovini oʻtkazuvchi Markaziy saylov komissiyasiga yuboriladi. Markaziy saylov komissiyasi 15 kunlik muddat ichida chaqirib olish tartibiga qay darajada rioya qilinganligini tekshiradi va chaqirib olish toʻgʻrisidagi masala yuzasidan ovoz berish oʻtkazishni tayinlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Okrug saylovchilari konferensiyasining viloyat, nohiya, shahar (viloyatga boʻysunuvchi shahar) Kengashi deputatini chaqirib olish toʻgʻrisida masala qoʻzgʻatishga doir qarori 3 kunlik muddat ichida tegishli okrug komissiyasiga yuboriladi, bu komissiya 10 kunlik muddat ichida chaqirib olish tartibiga qay darajada rioya qilinganligini tekshiradi va chaqirib olish toʻgʻrisidagi masala yuzasidan ovoz berish oʻtkazishni tayinlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalq deputatlari shahar (nohiyaga boʻysunuvchi shahar), qishloq va posyolka Kengashining deputati chaqirib olish masalasini hal qilish chogʻida tegishli okrug komissiyasi oʻzi tuzilganidan keyin 7 kunlik muddat ichida chaqirib olish tartibiga qay darajada rioya qilinganligini tekshiradi va chaqirib olish toʻgʻrisidagi masala yuzasidan ovoz berish oʻtkazilishini tayinlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi xalq deputatini chaqirib olish toʻgʻrisidagi masala yuzasidan ovoz berishni oʻtkazish kuni — okrug saylovchilarining konferensiyasi qaror qabul qilgan kundan boshlab koʻpi bilan ikki oy ichida; viloyat, nohiya, shahar (viloyatga boʻysunuvchi shahar) Kengashi deputatini chaqirib olish yuzasidan ovoz berishni oʻtkazish kuni — okrug saylovchilarining konferensiyasi qaror qabul qilgan kundan boshlab 40 kundan kechiktirmay; shahar (nohiyaga boʻysunuvchi shahar), qishloq va posyolka Kengashi deputatini chaqirib olish yuzasidan ovoz berishni oʻtkazish kuni — okrug komissiya tuzilganidan keyin kechi bilan 35 kun ichida belgilanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-modda. Deputatni chaqirib olishni yoqlab yoki chaqirib olishga qarshi tashviqot oʻtkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi xalq deputatlari saylovini oʻtkazuvchi Markaziy saylov komissiyasi yoki okrug komissiyasi deputatni chaqirib olish toʻgʻrisida ovoz berish kunini tayinlaganidan keyin saylovchilarga va mehnat jamoalariga: deputatni chaqirib olish bilan bogʻliq masalalarni erkin hamda har tomonlama muhokama etish imkoniyati kafolatlanadi, shuningdek yigʻilishlarda, matbuotda, televideniye va radio orqali deputatni chaqirib olishni yoqlab yoki chaqirib olishga qarshi moneliksiz tashviqot oʻtkazish huquqi beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chaqirib olish toʻgʻrisida masala qoʻzgʻatish kimga taalluqli boʻlsa, ana shu deputatga, shuningdek uning ishonchli vakillariga ommaviy axborot vositalaridan foydalangan holda erkin tashviqot yuritish huquqi beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Deputatni chaqirib olishga bagʻishlangan ovoz berish kunida tashviqot yuritishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-modda. Ovoz berishni oʻtkazish komissiyalari va uchastkalari, ovoz beruvchilarning roʻyxati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalq deputatini chaqirib olish boʻyicha ishlarni tashkil etish tegishli okrug komissiyalari zimmasiga yuklatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi xalq deputatini chakirib olish toʻgʻrisidagi masala boʻyicha ovoz berishni tashkil etish va oʻtkazish uchun ovoz berish uchastkalari ovoz berishga kamida 35 kun qolganida tashkil etiladi va ovoz berishga kamida 30 kun qolganida uchastka komissiyalari tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahalliy Kengash deputatini chaqirib olish toʻgʻrisidagi masala boʻyicha ovoz berishni tashkil etish va oʻtkazish uchun ovoz berish uchastkalari ovoz berishga kamida 25 kun qolganida tashkil etiladi, uchastka komissiyalari esa ovoz berish kuniga kamida 20 kun qolganida tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Viloyat, nohiya, shahar (viloyatga boʻysunuvchi shahar) Kengashi deputati chaqirib olinayotganida, zarur xollarda okrug komissiyasining qaroriga muvofiq uchastka komissiyalari tuzilmasligi mumkin, bunda ularning vazifalarini okrug komissiyalari bajaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shahar (nohiyaga boʻysunuvchi shahar), qishloq va posyolka Kengashi deputati chaqirib olinayotganida tegishli okrugning hududi bitta uchastka deb hisoblanadi, uchastka komissiyasi tuzilmaydi, bunda uning vazifalarini okrug komissiyasi bajaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saylovchilarning roʻyxati hamma tanishib chiqishi uchun deputatni chaqirib olish boʻyicha ovoz berish oʻtkaziladigan kunga kamida 10 kun qolganida taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chaqirib olish boʻyicha ovoz berishni oʻtkazish uchun komissiyalar tuzish va ularning faoliyati, ovoz berish uchastkalarini tashkil etish, saylovchilarning roʻyxatlarini tuzish Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi xalq deputatlari saylovi haqida”gi va “Oʻzbekiston Respublikasi xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari saylovi haqida”gi qonunlarida belgilab qoʻyilgan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Okrug va uchastka komissiyalarining vakolat muddatlari deputatni chaqirib olish boʻyicha ovoz berish yakunlari chiqarilib, roʻyxatdan oʻtkazilgach tugaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-modda. Ovoz berish byulleteni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chaqirib olish masalasi boʻyicha ovoz berish byulletenida deputatning familiyasi, ismi, otasining ismi, egallab turgan lavozimi (mashgʻuloti), uning ishlash va yashash joyi koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chaqirib olish toʻgʻrisidagi ovoz berish byulleteni davlat tilida va millatlararo muomala tilida bosib chiqariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-modda. Ovoz berish va uning natijalarini aniqlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida xalq deputatini chaqirib olish masalasi yuzasidan ovoz berish yashirin oʻtkaziladi. Ovoz berishni tashkil etish Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi xalq deputatlari saylovi haqida”gi va “Oʻzbekiston Respublikasi xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari saylovi haqida”gi qonunlariga muvofiq oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ovoz berish chogʻida agar saylovchi deputatning vakolati saqlab qolinishini yoqlab ovoz bersa — deputatning byulletendagi familiyasini qoldiradi, deputatni chaqirib olish uchun ovoz bersa — uning familiyasini oʻchirib tashlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar ovoz beruvchilar roʻyxatiga kiritilgan saylovchilarning yarmidan koʻpi deputatni chaqirib olishni yoqlab ovoz bergan boʻlsa, deputat chaqirib olingan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar ovoz beruvchilar roʻyxatiga kiritilgan saylovchilarning yarmidan kami chaqirib olishni yoqlab ovoz bergan boʻlsa, shuningdek ovoz berishda ovoz beruvchilar roʻyxatiga kiritilgan saylovchilarning yarmidan kami qatnashgan boʻlsa, chaqirib olish rad etilgan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chaqirib olishni yoqlab va unga qarshi berilgan ovozlar teng boʻlgan taqdirda deputat oʻz vakolatlarini saqlab qoladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonun buzilishiga yoʻl qoʻyilganligi sababli okrug komissiyasi ovoz berish natijalarini haqiqiy emas deb topishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ovoz berish natijalari ovoz berishning ertasi kuni okrug komissiyasining majlisida aniklanadi, bayonga kiritiladi va tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi xalq deputatlari saylovini oʻtkazuvchi Markaziy saylov komissiyasiga, xalq deputatlari mahalliy Kengashiga yoki hokimga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy saylov komissiyasi, xalq deputatlari mahalliy Kengashi yoki hokim, shahar (nohiyaga boʻysunuvchi shahar), qishloq va posyolka Kengashining raisi oʻziga yuborilgan okrug komissiyasining bayoni asosida 5 kunlik muddat ichida ovoz berish natijalarini qayd etadi, ushbu Qonun buzilganligi aniqlangan va ovoz berish natijalari haqiqiy emas deb topilgan taqdirda takror ovoz berishni belgilaydi. Takror ovoz berish uzogʻi bilan ikki hafta muddat ichida ushbu Qonunning talablariga rioya etilgan holda oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi xalq deputatini chaqirib olish boʻyicha ovoz berish yakunlari toʻgʻrisida Markaziy saylov komissiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashini yoki uning Rayosatini xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Basharti, ovoz berish natijasiga koʻra xalq deputati chaqirib olingan boʻlsa, deputatni chakirib olish boʻyicha ovoz berish yakunlari roʻyxatga olingan paytdan boshlab uning vakolati muddatidan oldin tugatilgan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-modda. Ovoz berishni oʻtkazish bilan bogʻlik xarajatlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Deputatni chaqirib olish masalasi boʻyicha ovoz berishni tayyorlash va oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar tegishincha respublika yoki mahalliy budjet hisobidan qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, davlat va jamoat idoralari ovoz berishni tayyorlash va oʻtkazish uchun zarur binolar hamda jihozlarni tegishli komissiyalar ixtiyoriga beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chaqirib olish masalasi oʻziga tegishli boʻlgan deputat saylovchilar bilan uchrashuv oʻtkazadigan davr ichida oʻz arizasiga binoan ishdan boʻshab turadi, uning xarajatlari tegishincha respublika yoki mahalliy budjet hisobidan qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-modda. Oʻzbekiston Respublikasi xalq deputatini chaqirib olish tartibi toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni buzilganligi ustidan shikoyat qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonun buzilganligiga doir arizalar va shikoyatlarni tegishli okrug komissiyasi koʻrib chiqadi. Okrug komissiyasining qarori ustidan shikoyat tushgan taqdirda bu shikoyat boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi xalq deputatlari saylovini oʻtkazuvchi Markaziy saylov komissiyasi, tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashi yoki hokim uzil-kesil qaror chiqaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1992-yil 14-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
№ 524–XII
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 4-son, 179-modda)