Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.08.2024 04.12.2002 yildagi 422-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 04.12.2002 yildagi 422-son
Date of entry into force
04.12.2002
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.08.2024
Hujjat 04.12.2002 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Banklarning kreditlari boʻyicha qarzdorlik oʻz vaqtida qaytarilmagan taqdirda undiruvni qarzdorlarning likvidli mol-mulkiga qaratish tartibini tasdiqlash toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli “Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini taʼminlash, sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Pul massasi oʻsishini cheklash va moliya intizomiga rioya etish masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 30-martdagi PF-3047-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Banklarning kreditlari boʻyicha qarzdorlik oʻz vaqtida qaytarilmagan taqdirda undiruvni qarzdorlarning likvidli mol-mulkiga qaratish tartibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Davlat mulki qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, “Oʻzgeodezkadastr” bosh boshqarmasi va Yer resurslari davlat qoʻmitasi Adliya vazirligi bilan birgalikda oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat boji stavkalari haqida” 1994-yil 3-noyabrdagi 533-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 11-son, 49-modda) ilovaning 4-bandida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“g” kichik band “v” kichik band deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi yangi “g” kichik band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“g) banklar bilan qarz oluvchilarning kredit boʻyicha qarzdorlikni qarzdorning likvidli mol-mulki hisobiga qaytarish toʻgʻrisidagi bitimlarini (shartnomalarini) tasdiqlaganlik uchun — 1 eng kam oylik ish haqi;”.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2002-yil 4-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
422-son

Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 4-dekabrdagi 422-son qaroriga
ilova
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Banklarning kreditlari boʻyicha qarzdorlik oʻz vaqtida qaytarilmagan taqdirda undiruvni qarzdorlarning likvidli mol-mulkiga qaratish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TARTIBI

1. Mazkur Tartib Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Pul massasi oʻsishini cheklash va moliya intizomiga rioya etish masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 30-martdagi PF-3047-son Farmoniga muvofiq ishlab chiqilgan va agar qarzdor kredit boʻyicha oʻz majburiyatlarini oʻz vaqtida bajarmagan taqdirda garovga qoʻyilgan mol-mulk qiymati kreditor bankning talabini qoplash uchun yetarli boʻlmaganda undiruvni qarzdorlarning garovdan boʻsh boʻlgan boshqa, likvidli mol-mulkiga qaratish tartibotini belgilab beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur Tartib maqsadlari uchun quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kreditor bank — kredit bergan bank;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdor — kreditor bankdan kredit olgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
likvidli mol-mulk — qarz oluvchining oson sotiladigan mol-mulki, shu jumladan ijtimoiy infratuzilma obyektlari, transport vositalari, kompyuter va boshqa asbob-uskunalar, shuningdek qarzdorning boshqa mol-mulki.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Qarzdorning pul mablagʻlari yetarli boʻlmagan taqdirda, kreditor bank kredit boʻyicha qarzdorlikni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuzilgan va notarial tasdiqlangan yozma bitim asosida qarzdorning likvidli mol-mulki hisobiga, yoxud undiruvni sud tartibida qarzdorning likvidli mol-mulkiga qaratish yoʻli bilan qaytarishga haqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kreditor bank tomonidan kredit boʻyicha qarzni qarzdorning likvidli mol-mulki hisobiga qaytarish toʻgʻrisidagi yozma bitim kredit va foiz toʻlovlari boʻyicha qarz toʻliq qaytarilgungacha istalgan vaqtda tuzilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Kreditor bankning kredit boʻyicha qarzni qarzdorning likvidli mol-mulki hisobiga qaytarish boʻyicha huquqi, kredit boʻyicha qarz toʻlanmagan taqdirda qarzdorning sotiladigan likvidli mol-mulki roʻyxati, shuningdek ushbu mol-mulkni sotish tartibi kreditor bank va qarzdor oʻrtasidagi bitim bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Qarzdor tomonidan kredit boʻyicha qarz pul mablagʻlari yetishmasligi sababli oʻz vaqtida toʻlanmagan taqdirda kreditor bank qarzdorni kredit boʻyicha qarzni uning likvidli mol-mulki hisobiga qaytarish boʻyicha oʻz moʻljali toʻgʻrisida, kredit boʻyicha qarzni uzish hisobiga qabul qilishga rozi boʻlgan mol-mulk turlarini koʻrsatgan holda yozma ravishda xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Qarzdor bildirishnoma olingan kundan boshlab 15 kundan kechikmay kreditor bankka yozma javob yuborishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Qarzdor rozi boʻlmagan taqdirda kreditor bank kredit boʻyicha qarzni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda toʻlatish maqsadida qarzdorning likvidli mol-mulkiga undirishni qaratish toʻgʻrisidagi daʼvo bilan sudga murojaat qilishga haqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Qarzdorning likvidli mol-mulkini sotish qonun hujjatlarida va bitimda belgilangan tartibda ochiq savdolar oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Kreditor bank qarzdorning likvidli mol-mulkini sotish maqsadida ochiq savdolar tashkil etishning tashabbuskori hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Kreditor bank ochiq savdolar oʻtkazilgungacha 15 kundan kechikmay qarzdorni ularning oʻtkazilish sanasi va joyi toʻgʻrisida xabardor qilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Qarzdor ochiq savdolarda umumiy asoslarda qatnashish huquqiga egadir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Kreditor bankka berilishi kerak boʻlgan toʻlov summasi kreditor bank tomonidan qarzdorning likvidli mol-mulkini sotish davri uchun ochiladigan maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Ochiq savdolardan tushgan mablagʻlarni taqsimlash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Agar mol-mulkni sotishdan olingan summa kreditor bank talablarini qoplash uchun yetarli boʻlmasa, qonun hujjatlarida yoki bitimda boshqacha koʻrsatma boʻlmasa, u yetishmagan summani qarzdorning boshqa mol-mulkidan umumiy asoslarda olish huquqiga egadir.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Agar qarzdorning likvidli mol-mulkini sotishdan olingan summa qarzdorning kreditor bankdan kredit boʻyicha qarzidan ortiq boʻlsa, summadagi farq qarzdorga qaytarib beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Kreditor bank va qarzdor oʻrtasidagi kelishmovchiliklar bitim shartlariga muvofiq hal etiladi. Vujudga kelgan kelishmovchiliklarni oʻzaro kelishuvga koʻra hal etish mumkin boʻlmagan taqdirda tomonlar sudga murojaat qilishga haqlidir.
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 23-son, 186-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2020-y., 09/20/30/0061-son; 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)