17.01.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1723-9
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining buyrugʻi, 17.01.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1723-9
Date of entry into force
17.01.2018
Hujjat 17.01.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyrugʻi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududida fuqaro va eksperimental aviatsiyasining parvoz qilish aviatsiya qoidalariga (OʻzR AQ-91) oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 17-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1723-9]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-iyundagi PQ-3029-son “Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha tashkiliy tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-maydagi 283-son “Oʻzbekiston Respublikasida fuqaro havo kemalari bilan sodir boʻladigan aviatsiya halokati va insidentlarni surishtirish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2007-yil 12-sentabrdagi 141-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723, 2007-yil 29-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 41-42-son, 420-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududida fuqaro va eksperimental aviatsiyasining parvoz qilish aviatsiya qoidalariga (OʻzR AQ-91) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshliq T. ULJAYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 11-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
106-N-son

Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2018-yil 11-yanvardagi 160-N-son buyrugʻiga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududida fuqaro va eksperimental aviatsiyasining parvoz qilish aviatsiya qoidalariga (OʻzR AQ-91) kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 160-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“160. Oʻzbekiston Respublikasi FAsi parvozlarining meteorologik taʼminoti Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmat markazi tomonidan Xalqaro FAsi toʻgʻrisidagi Konvensiyaning 3-ilovasiga (1944-y.), JMT (Jahon meteorologik tashkiloti)ning texnik reglamentiga, Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqaro va eksperimental aviatsiyasi parvozlarining meteorologik taʼminoti” aviatsiya qoidalariga (OʻzR AQ-180), Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqaro va eksperimental aviatsiyasi aerodromlarining foydalanishga yaroqlilik normalari” aviatsiya qoidalariga, har bir muayyan aeroport uchun ishlab chiqilgan parvozlarning meteorologik taʼminoti boʻyicha yoʻriqnomaga muvofiq tashkil etiladi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 555-bandda “tabiatni” degan soʻz “ekologiya va atrof-muhitni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. 730-band quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ushbu talablar paraplanlar, deltaplanlar, motodeltaplanlar va motoparaplanlar ekspluatantlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. 731-banddagi “(kichik samolyotlar, paraplanlar, deltaplanlar, motodeltaplanlar, motoparaplanlar, deltalyotlar va h.k.)” degan soʻzlar “(kichik samolyotlar, deltalyotlar)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. 757-banddagi “Deltaplan, paraplan, motodeltaplan, motoparaplan, deltaletlarda” degan soʻzlar “Deltaplan, paraplan, motodeltaplan, motoparaplanda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. 7893-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“7893. UUQlarining parvozlari erdagi boshqarish stansiya monitori orqali (boshqarish pultidan) doimiy nazorat qilgan holda oddiy meteosharoitlarda amalga oshiriladi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. 1059-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“1059. Komissiya yetib kelguniga qadar erdagi va bortdagi magnitofonlarni ochish va eshitish, bort oʻzi yozgichlarini ochish va yozuvlarini rasshifrovka qilish taʼqiqlanadi va faqat komissiya raisining yoki komissiya raisi oʻrinbosarining qaroriga muvofiq uning ixtiyoriga topshirilgandan soʻng darhol amalga oshirilishi mumkin.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Mazkur oʻzgartirishlar va qoʻshimcha Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi hamda “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi bilan kelishilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mudofaa vaziri A. AZIZOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 11-yanvar

Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi Bosh direktorining v.v.b. K. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 11-yanvar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi Bosh direktori U. ROZUQULOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 11-yanvar
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2018-y., 10/18/1723-9/0585-son)