Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.08.2024 23.08.2004 yildagi 405-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 23.08.2004 yildagi 405-son
Date of entry into force
23.08.2004
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.08.2024
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
AVTOMOBIL SANOATINI BOSHQARISH TUZILMASINI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Ko‘chirma]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli “Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini ta’minlash, sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xo‘jalik boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2003-yil 22-dekabrdagi PF-3366-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi va O‘zbekiston avtomobilsozlik korxonalari uyushmasi kengashining uyushmani ochiq aksiyadorlik jamiyati shaklidagi “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi (“O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi)ga aylantirish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki, “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi “O‘zavtosanoat” uyushmasi huquqlari va majburiyatlari bo‘yicha uning huquqiy vorisi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘rta muddatli va uzoq muddatli istiqbolda avtomobilsozlikni barqaror rivojlantirish strategiyasi va dasturlarini ishlab chiqish, tarmoqda yagona ilmiy-texnika va investitsiya siyosatini o‘tkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
marketing tadqiqotlarini tashkil etish, raqobatbardoshli mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ning yangi turlarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirishda, ularning jahon bozorlariga kirib borishida ko‘maklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarmoq korxonalarini zamonaviylashtirishga va texnologiya bilan qayta jihozlashga, ushbu maqsadlar uchun xorijiy investitsiyalarni jalb etishga ko‘maklashish, yetakchi xorijiy firmalar bilan birgalikda avtomobil transportining zamonaviy turlarini, ular uchun butlovchi buyumlar va detallarni ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtomobil tarmog‘i korxonalari va tashkilotlariga axborot xizmatlari ko‘rsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarmoq uchun malakali ishchi kadrlar va mutaxassislar tayyorlashni, menejmentning zamonaviy metodlarini egallagan, bozor sharoitlarida samarali ishlashga qodir bo‘lgan boshqaruv kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashni tashkil etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 17-iyuldagi 504-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 17-iyuldagi 504-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi kengashi uch oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi bilan birgalikda qayta tashkil etilayotgan “O‘zavtosanoat” uyushmasining mol-mulkini baholashni tashkil etsin hamda uning mol-mulki va aktivlari, shu jumladan Kompaniya tarkibiga kiruvchi aksiyadorlik jamiyatlaridagi Uyushmaga tegishli aksiyalar paketlari, shuningdek avtomobil sanoatini rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash doirasida Uyushmaga ajratilgan pul mablag‘lari hisobiga “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasining ustav jamg‘armasini shakllantirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kompaniyaning yangi tahrirdagi ustavini tasdiqlasin va uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi aksiyalari emissiyasi prospektini emissiya prospektini ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun yig‘im undirmasdan ro‘yxatdan o‘tkazsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilab qo‘yilsinki, “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi ustav jamg‘armasini shakllantirish vaqtida davlat kompaniyasi hisoblanadi hamda aksiyalari ulushining 51 foizini davlatda qoldirgan va 49 foiz miqdoridagi qolgan qismini xorijiy investorlarga sotgan holda belgilangan tartibda xususiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zavtosanoat” O‘zbekiston avtomobilsozlik korxonalari uyushmasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari to‘g‘risida” 1994-yil 17-martdagi 143-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2004-yil 23-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
405-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 17-iyuldagi 504-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 17-iyuldagi 504-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 24-iyuldagi 424-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan— O‘R QHT, 2006-y., 30-son, 290-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 34-35-son, 392-modda; 2006-y., 30-son, 290-modda; 2010-y., 23-son, 183-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)