08.01.2018 yildagi PQ-3464-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 08.01.2018 yildagi PQ-3464-son
Date of entry into force
09.01.2018
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirish va roʻyobga chiqarish, davlat xaridlarini amalga oshirish doirasida hujjatlarni kompleks ekspertiza qilishning samarali tizimini yaratish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirish va roʻyobga chiqarish, davlat xaridlarini amalga oshirish doirasida loyihalarni, ularning loyihaoldi, loyiha va tender hujjatlarini, texnik topshiriqlarini kompleks ekspertiza qilishning samarali tizimini yaratish maqsadida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirish va moliyalashtirishning yangi tartibini joriy etish toʻgʻrisida”gi PQ-3437-son qaroriga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb yuritiladi), Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining Agentlik huzurida davlat unitar korxonasi shaklida Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazini (keyingi oʻrinlarda Markaz deb yuritiladi) tashkil etish haqidagi taklifi maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilab qoʻyilsinki, Markaz quyidagilarni amalga oshiradi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlariga kiritiladigan loyihalarni kompleks ekspertiza qilishni tashkil etish;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-sentabrdagi PF-176-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2025-y., 06/25/176/0878-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirish va roʻyobga chiqarish doirasida, shuningdek, davlat xaridlarini amalga oshirishda ishlab chiqiladigan loyihaoldi, loyiha va tender hujjatlarini, texnik topshiriqlarni kompleks ekspertiza qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini roʻyobga chiqarish doirasida, shuningdek, davlat xaridlarini amalga oshirishda tuziladigan import kontraktlarini ekspertiza qilish va roʻyxatdan oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
resurslarning yagona milliy maʼlumotnomasini shakllantirish va yangilash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Markazning muassisi (mulkdori) hisoblanadi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi PF-5624-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 06/19/5624/2471-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz faoliyatini toʻliq oʻzini oʻzi moliyalashtirish asosida olib boradi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida filiallar tashkil etish huquqiga ega;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markazning faoliyat sohasi barcha davlat organlariga, xoʻjalik boshqaruvi organlariga, ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga, davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslarga ustav fondining 50 foizi va undan ortigʻi tegishli xoʻjalik yurituvchi subyektlarga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlari doirasida amalga oshiriladigan barcha loyihalarga tatbiq etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz oʻziga yuklatilgan vazifalarni bajarishda davlat va nodavlat tashkilotlar, shu jumladan loyiha institutlari, injiniring va konsalting kompaniyalari, ilmiy-taʼlim muassasalari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar, chet el va mahalliy kompaniyalar bilan hamkorlik qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Markazga yuklatilgan vazifalarni sifatli bajarish maqsadida Markaz direktoriga Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan kelishgan holda qoʻshimcha ravishda mustaqil chet ellik, mahalliy maslahatchilar va ekspertlarni shartnoma asosida jalb qilish huquqi berilsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi PF-5624-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 06/19/5624/2471-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Quyidagilar Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻrsatilgan xizmatlardan olingan daromadlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, shuningdek, Markazni taʼminlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga beriladigan mulk;
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi PF-5624-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 06/19/5624/2471-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markazning boʻsh mablagʻlarini tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan olingan daromadlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Belgilansinki, Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatori ishga qabul qilishda xodimlar maʼlumotining eng past darajasi, ishchilar kasblari boʻyicha malaka razryadlarini belgilash yuzasidan tegishli yoʻnalishda xorijiy oliy taʼlim muassasalarini tamomlagan mutaxassislarga nisbatan Markazda qoʻllanilishi, istisno tariqasida, tavsiyaviy xarakterga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Belgilab qoʻyilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaz import kontraktlarini, Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlariga kiritiladigan loyihalarning loyihaoldi hujjatlari, texnik topshiriqlari, tender hujjatlarini kompleks ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha ishlar va xizmatlarni subpudrat shartida topshirishga, shuningdek, loyiha institutlari, injiniring va konsalting kompaniyalarini tanlash toʻgʻrisida tavsiyalar berishga haqli emas;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi va Markazning mansabdor shaxslari Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlariga kiritiladigan loyihalarning loyihaoldi hujjatlari, texnik topshiriqlari, tender hujjatlari hamda import kontraktlarining kompleks ekspertizasi natijalarining ishonchliligi va xolisligi uchun javobgardir.
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi PF-5624-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 06/19/5624/2471-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Agentlik Markaz bilan birgalikda qurilish tarmogʻini litsenziyalash va texnik jihatdan tartibga solishning amaldagi tartibini tanqidiy oʻrgansin hamda uch oy muddatda qurilish tarmogʻini litsenziyalash va texnik jihatdan tartibga solishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish, shu jumladan quyidagilarda Agentlikning majburiy ishtirok etishini nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini belgilangan tartibda kiritsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish faoliyatini litsenziyalashda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilish loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish faoliyatini litsenziyalashda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaharsozlik faoliyati obyektlari boʻyicha loyihalash ishlarini va kompleks muhandislik qidiruvlarini muvofiqlashtirishda, loyihalash xizmati bozorini rivojlantirishga koʻmaklashishda.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi PF-5624-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 06/19/5624/2471-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi ikki hafta muddatda markazlashtirilgan maʼlumotlar bazasini va arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish, qurilish loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish, koʻpriklar va tonnellarni loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va taʼmirlash, xavfi yuqori boʻlgan obyektlar hamda potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanish, balandliklarda sanoat alpinizmi usullari orqali taʼmirlash, qurilish-montaj ishlarini bajarish faoliyatiga ilgari berilgan litsenziyalar toʻgʻrisidagi materiallarni Agentlikka topshirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi ikki hafta muddatda import kontraktlari va tender hujjatlarining ilgari ekspertizadan hamda roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasi va materiallarni Agentlikka topshirsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi Markazni davriy statistik hisobot, shuningdek, investitsiyaviy va iifratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish, kapital qoʻyilmalarni oʻzlashtirish, quvvatlarni ishga tushirish va nomoliyaviy aktivlarga investitsiyalarni yoʻnaltirishni amalga oshirish qismida har choraklik va yillik joʻnatmalar roʻyxatiga kiritsin.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi PF-27-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 06/25/27/0196-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Agentlik, Tashqi savdo vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimida (keyingi oʻrinlarda TSOYAEAT deb yuritiladi) import kontrakti roʻyxatdan oʻtkazilganligi, shu jumladan import kontraktlari boʻyicha moʻljallangan yukni ortishdan oldingi inspeksiya toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritish imkonini beruvchi tizimli mahsulotlarni ishlab chiqsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining tizimli mahsulotlarining TSOYAEATga ulanishi va undan uzluksiz foydalanish imkoniyatini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TSOYAEATda kontraktlarni tuzishda, shu jumladan bir tovar turkumi boʻyicha bir qancha kontraktlarni tuzish orqali yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan suiisteʼmolchiliklarni aniqlash yuzasidan funksiya joriy etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti, Davlat soliq qoʻmitasi Markaziy bank va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2018-yil 1-martga kadar muddatda 2015 — 2017-yillarda belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan, shu jumladan baholash ekspertizasi va import qilinayotgan tovarlarning yukni ortishdan oldingi inspeksiyasi oʻtkazilgan eksport va import kontraktlarini tanqidiy oʻrgansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻrganish natijasiga koʻra kontraktlarni ekspertiza va roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha faoliyatni takomillashtirish, taqdim qilingan hujjatlarning haqqoniyligi boʻyicha majburiy tekshirish va vakolatli shaxslarning imzolariga qoʻyilgan talablarni belgilash, manfaatlar toʻqnashuvini istisno qilish, shuningdek, tovarlar (xizmatlar) narxining, shu jumladan bojxona organlarining maʼlumotlar bazalari asosida yagona maʼlumotlar bazasini yaratishga yoʻnaltirilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasi kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Eksport va import kontraktlarini oʻrganish davomida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi va “Oʻzstandart” agentligi zarur maʼlumot va materiallarning taqdim etilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Agentlik boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markazning Ustavini tasdiqlasin va belgilangan tartibda uning davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markazni Markaz faoliyatini yuqori va professional darajada samarali tashkil etishni taʼminlay oladigan malakali kadrlar bilan toʻldirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuklatilgan vazifalarni samarali bajarish uchun Markazni mebel, kompyuter texnikasi, aloqa vositalari va boshqa zaruriy moddiy-texnika resurslari bilan jihozlashni taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining direktori Sh.M. Sadiqov va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori I.B. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 8-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-3464-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.01.2018-y., 07/18/3464/0524-son; 11.01.2019-y., 06/19/5624/2471-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 06/25/27/0196-son; 29.09.2025-y., 06/25/176/0878-son)