Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.01.2018 15.08.2000 yildagi 321-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 15.08.2000 yildagi 321-son
Date of entry into force
15.08.2000
Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.01.2018
Hujjat 15.08.2000 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI UMUMIY YuRISDIKSIYA SUDLARINING MODDIY-TEXNIKA TAʼMINOTINI YaXShILASh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-yanvardagi 34-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida” 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-son Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud hokimiyatining mustaqilligini mustahkamlash, sud xodimlarining ijtimoiy muhofazasi kafolatlarini kuchaytirish, sudlarning moddiy-texnika taʼminoti darajasini oshirish maqsadida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining sud tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2000-yil 14-avgustdagi PF-2682-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarning samarali faoliyat koʻrsatishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratsinlar hamda ikki oy muddatda ularni tegishli binolar bilan taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Yangi tashkil etilayotgan sudlarni uskunalar, avtotransport, mebel, zamonaviy texnika bilan taʼminlashga aloqador sarf-xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi adliya muassasalari va sudlarni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarning yangi ajratilgan lavozim birliklarini moddiy taʼminlash hamda 2001-yildan boshlab fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarni moliyalash uchun zarur mablagʻlar ajratishni koʻzda tutsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi belgilangan tartibda sudlarni zarur telefon aloqasi bilan taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 12-noyabrdagi 523-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi adliya muassasalari va sudlarni rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisida”gi Nizomning 4-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin: “Jamgʻarma umumiy summasining ikki foizi miqdoridagi mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining tasarrufiga oʻtkaziladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi Oʻ. Komilov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2000-yil 15-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
321-son