25.12.2017 yildagi 1018-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 25.12.2017 yildagi 1018-son
Date of entry into force
27.12.2017
Hujjat 27.12.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi huzuridagi Jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 23-maydagi PQ-2993-son qaroriga muvofiq milliy madaniy markazlar, doʻstlik jamiyatlari, ijodiy uyushmalar, davlat tashkilotlari va nodavlat notijorat tashkilotlarning faoliyatini idoralararo muvofiqlashtirishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi huzuridagi Jamoatchilik kengashi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi huzuridagi Jamoatchilik kengashi tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi hamda Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, sanʼat va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 25-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1018-son

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-dekabrdagi 1018-son qaroriga
1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi huzuridagi Jamoatchilik kengashi toʻgʻrisidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Qoʻmita deb yuritiladi) huzuridagi Jamoatchilik kengashining (keyingi oʻrinlarda Jamoatchilik kengashi deb yuritiladi) asosiy vazifalari, funksiyalari, huquq va majburiyatlari, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Jamoatchilik kengashi oʻz faoliyatini mustaqil amalga oshiruvchi maslahat organi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamoatchilik kengashi Qoʻmita huzurida tuziladi hamda uning faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining butun hududiga nisbatan tatbiq etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Jamoatchilik kengashining reglamenti Jamoatchilik kengashining qarori bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Jamoatchilik kengashining asosiy maqsadi, vazifalari, funksiyalari, huquq va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Quyidagilar Jamoatchilik kengashining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmitaning nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan samarali hamkorligini taʼminlash, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxldor faoliyatining eng muhim masalalari yuzasidan jamoatchilik fikrining tizimli monitoringi olib borilishini va har tomonlama tahlil qilinishini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita faoliyatiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni, shuningdek ichki idoraviy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, ularning Qoʻmita xodimlari oʻrtasida muhokamasini tashkil qilishda ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita faoliyati samaradorligini takomillashtirish yuzasidan mazkur organda sogʻlom maʼnaviy-ruhiy holatni, qonuniylik, yuqori huquqiy madaniyat va axloqiylikni taʼminlash borasida taklif va tavsiyalar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita faoliyati boʻyicha tushuntirish va maʼrifiy ishlarni olib borishni tizimli ishlab chiqish va amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita faoliyatining ochiqligini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar monitoringini olib borish.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Jamoatchilik kengashi oʻzining asosiy vazifalariga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolar, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining Qoʻmita faoliyatiga oid tashabbus va murojaatlarini koʻrib chiqishda ishtirok etadi, ularni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha Qoʻmitaga tegishli takliflar tayyorlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita bilan fuqarolar, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining samarali shakl va usullarda oʻzaro hamkorligi tahlilini amalga oshiradi, shuningdek, ularni takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita faoliyatiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni, shuningdek ichki idoraviy hujjatlarni takomillashtirish, ulardagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi hamda ushbu takliflarni xodimlar oʻrtasida muhokama qilish boʻyicha tadbirlarni tashkil qilishda ishtirok etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmitada qonuniylik, yuqori huquqiy madaniyat va axloqiylikni taʼminlash, xodimlarda Vatanga sadoqat va qonunlarga hurmat ruhini kuchaytirish, ularni ijtimoiy, siyosiy, psixologik va maʼnaviy-maʼrifiy jihatdan yuksaltirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi, ushbu sohada maʼnaviy-maʼrifiy va madaniy tadbirlarni tashkil etishda ishtirok etadi, shuningdek, bu boradagi ilmiy-maʼrifiy va oʻquv adabiyotlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita faoliyatini isloh qilish boʻyicha mamlakat hududida va xorijda amalga oshirilayotgan tizimli chora-tadbirlar haqida muntazam ravishda maʼlumot beradi hamda mavjud muammolarni hal qilish, kamchiliklarni bartaraf qilish haqida takliflar ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita faoliyatini isloh qilishga bagʻishlangan ilmiy-nazariy va ilmiy-amaliy anjumanlar, seminarlar, “davra suhbatlari”ni tashkil qilishda ishtirok etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita faoliyatini rasmiy veb-saytlarda hamda ommaviy axborot vositalarida yoritish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar natijalarini tahlil qiladi, ularning samaradorligini oshirish va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz vazifalarini amalga oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari, shuningdek, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari hamda fuqarolar bilan hamkorlik qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Jamoatchilik kengashi oʻzining asosiy vazifalari va funksiyalarini bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz vakolatlari doirasida Qoʻmitadan kerakli hujjatlarni, statistik va tahliliy maʼlumotlarni soʻrab olish va qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamoatchilik kengashi vakolatiga tegishli masalalarni hal qilish uchun Jamoatchilik kengashi aʼzolaridan iborat jamoatchilik komissiyalarini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita rahbari bilan kelishgan holda Qoʻmitada oʻtkaziladigan yigʻilishlar va boshqa tadbirlarda ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodimlar (xizmatdan boʻshatilgan xodimlar) hamda ular oila aʼzolarining konstitutsiyaviy huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini tahliliy oʻrganish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmitaga Jamoatchilik kengashi vakolatiga tegishli masalalar boʻyicha takliflar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita va Jamoatchilik kengashi tomonidan tashkil etiladigan tadbirlarga davlat, jamoat, madaniyat va sanʼat arboblari, olimlar, mutaxassislar, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini jalb qilish, shuningdek, ular bilan hamkorlikda tadbirlar tashkil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamoatchilik kengashining faoliyati haqida ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamoatchilik kengashi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Jamoatchilik kengashi oʻz faoliyatini amalga oshirishda quyidagi majburiyatlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, vazirliklar va idoralar tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga, mazkur Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
foydalanish doirasi cheklangan toifadagi hujjatlar bilan ishlash qoidalariga qatʼiy rioya qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamoatchilik kengashi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham bajarishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Jamoatchilik kengashining tarkibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Jamoatchilik kengashining tarkibiga uning raisi, rais oʻrinbosari, kotib va aʼzolar kiradi. Jamoatchilik kengashi oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida olib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Qoʻmita raisi yoki uni vazifasini bajaruvchi shaxs Jamoatchilik kengashining raisi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamoatchilik kengashining shaxsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamoatchilik kengashi aʼzosi boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning oʻrniga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki uning vazifasini bajarish zimmasiga yuklangan shaxs kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita xodimlari, faxriylari, nodavlat notijorat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalarining vakillari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining boshqa fuqarolari Jamoatchilik kengashining tarkibiga kiritilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Jamoatchilik kengashi raisi Jamoatchilik kengashi faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi hamda quyidagi vakolatlarni amalga oshiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamoatchilik kengashi majlisini chaqirish va kun tartibini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamoatchilik kengashi majlisiga raislik qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamoatchilik kengashining ish rejasi, Jamoatchilik kengashi majlisining bayonnomasi va Jamoatchilik kengashining ish yurituviga oid boshqa hujjatlarini tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamoatchilik kengashi qarorlarining bajarilishini nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamoatchilik kengashi aʼzolarining ularga qoʻyilgan topshiriqlarni bajarish ishini va faoliyatini muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasiga Jamoatchilik kengashiga kiruvchi shaxslarni uning tarkibidan chiqarish boʻyicha takliflarni kiritish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Jamoatchilik kengashi raisi yoʻqligida uning vakolat va vazifalarini jamoatchilik kengashi raisining oʻrinbosari amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Jamoatchilik kengashi raisining oʻrinbosari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamoatchilik kengashi raisi boʻlmaganda jamoatchilik kengashi majlislariga raislik qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamoatchilik kengashi qarorlari bajarilishini nazorat qilish ishlarini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi hamda ariza, taklif va shikoyatlarni koʻrib chiqish ishlarini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlari va Jamoatchilik kengashi qarorlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Jamoatchilik kengashi masʼul kotibi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamoatchilik kengashining majlisiga kerakli hujjatlar oʻz vaqtida tayyorlanishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamoatchilik kengashi majlisining kun tartibi boʻyicha oʻtishini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamoatchilik kengashi raisi bilan majlis oʻtkazish muddati, joyi hamda taklif qilinuvchilar haqida maslahatlashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamoatchilik kengashi aʼzolari va taklif qilingan shaxslarni majlis oʻtkazish joyi, sanasi va vaqti haqida xabardor qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamoatchilik kengashi qarorlarining bajarilishi monitoringini olib boradi va uning natijalarini Jamoatchilik kengashi majlisida koʻrib chiqish boʻyicha taklif kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamoatchilik kengashi bayonnomasini rasmiylashtiradi hamda tasdiqlangan bayonnomani Jamoatchilik kengashi aʼzolariga va boshqa manfaatdor shaxslarga yuborilishini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Jamoatchilik kengashi aʼzolari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamoatchilik kengashi majlislarida koʻriladigan masalalarni hal qilish va muhokama qilishda oʻz vakolatlarini berish huquqisiz qatnashadilar. Jamoatchilik kengashi aʼzolari ayrim hollarda jamoatchilik kengashi majlislarida qatnasha olmagan taqdirda oʻz fikrlarini yozma tarzda Jamoatchilik kengashi masʼul kotibiga taqdim etishlari mumkin. Koʻrsatib oʻtilgan fikrlar majlisda koʻrib chiqiladi va ovoz berishda hisobga olinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar va ichki idoraviy hujjatlarni yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodimlar va ularning oila aʼzolarining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash boʻyicha Jamoatchilik kengashiga takliflar kiritadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Jamoatchilik kengashining ishchi organi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Jamoatchilik kengashining ishchi organi tarkibi Jamoatchilik kengashining aʼzolaridan shakllantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Jamoatchilik kengashining ishchi organi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamoatchilik kengashi faoliyatining metodik, tashkiliy-huquqiy, tashkiliy- texnik taʼminot masalalarini hal qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamoatchilik kengashining ish rejalari loyihalarini tayyorlaydi, Jamoatchilik kengashiga koʻrib chiqish uchun kiritadi va tasdiqlangan ish rejasining bajarilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamoatchilik kengashining navbatdagi majlisiga barcha zarur hujjatlarni tayyorlaydi, Qoʻmita xodimlaridan kerakli hujjatlar va maʼlumotlarni soʻrab oladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamoatchilik kengashi majlisi kun tartibidagi masalalar boʻyicha tahliliy materiallar tayyorlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamoatchilik kengashi vakolatlariga kiruvchi murojaatlarni koʻrib chiqadi va tegishli hujjatlarni tayyorlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamoatchilik kengashi tomonidan berilgan boshqa vazifalarni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Jamoatchilik kengashining faoliyati Jamoatchilik kengashi tomonidan ushbu Nizom asosida ishlab chiqilib, tasdiqlangan Reglamentda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Reglamentda quyidagilar belgilanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamoatchilik kengashi aʼzolarining uning faoliyatida ishtirok etishi tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamoatchilik kengashi yigʻilishlarini oʻtkazilish muddatlari va tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamoatchilik kengashi doimiy ishchi organining ish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamoatchilik kengashi komissiyasi faoliyati va tuzilishi tartibi, shuningdek, rahbar vakolatlari va uni saylash tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamoatchilik kengashi aʼzolarining vakolatlarini toʻxtatish va tugatish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamoatchilik kengashi qarorlarining tuzilishi va ularni qabul qilish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamoatchilik kengashida tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va tadbirlarni oʻtkazish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamoatchilik kengashi faoliyati tartibiga doir boshqa masalalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Jamoatchilik kengashi faoliyatining asosiy masalalari Jamoatchilik kengashi majlislarida koʻrib chiqiladi. Jamoatchilik kengashi majlisi Jamoatchilik kengashining ish rejasi asosida kamida har yilda bir marotaba chaqiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamoatchilik kengashi raisi Jamoatchilik kengashi aʼzolarining kamida uchdan bir qismining yozma murojaati asosida navbatdan tashqari majlis chaqirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Jamoatchilik kengashi majlislariga milliy madaniy markazlar, doʻstlik jamiyatlari, davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillari taklif qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamoatchilik kengashi majlisiga taklif qilinuvchi shaxslar roʻyxati Jamoatchilik kengashi raisi va Jamoatchilik kengashi aʼzolari bilan kelishgan holda Jamoatchilik kengashi kotibi tomonidan shakllantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Jamoatchilik kengashi majlisining kun tartibi loyihasi Jamoatchilik kengashi aʼzolarining takliflari va Jamoatchilik kengashi raisi topshirigʻi asosida Jamoatchilik kengashi kotibi tomonidan shakllantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Jamoatchilik kengashi majlislari uning raisi tomonidan olib boriladi. Rais ishtirok eta olmagan hollarda majlisga uning oʻrinbosari raislik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamoatchilik kengashi majlislarida Qoʻmita rahbarining oʻrinbosarlari yoki boshqa xodimlar ishtirok etishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Jamoatchilik kengashi majlisi unga taklif qilingan shaxslarning uchdan ikki qismidan kam boʻlmagan qismi (kvorum) ishtirok etgan taqdirda qonuniy hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar majlis olib borish uchun kvorum shakllanmasa, Jamoatchilik kengashining yangi majlis oʻtkazish sanasi eʼlon qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Jamoatchilik kengashining qarori uning majlisida qatnashayotgan aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Agar ovozlar teng kelib qolsa, Jamoatchilik kengashi raisining ovozi hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Jamoatchilik kengashi qaror qabul qilishda masalalarni erkin muhokama qilish, ovoz berish, jamoatchilik fikrini inobatga olish, tenglik va kollegiallikka asoslanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Jamoatchilik kengashining har bir aʼzosi qabul qilingan qarorga oʻzining fikrlarini yozma tarzda bildirish huquqiga ega. Bunda fikrlar Jamoatchilik kengashi majlisi bayonnomasiga kiritib qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Jamoatchilik kengashining qarori qabul qilingan kundan boshlab uch kundan kechikmasdan Qoʻmitaga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamoatchilik kengashining qarori tavsiyaviy xarakterga egadir. Agar qaror Qoʻmita tomonidan maʼqullanmasa, Qoʻmita qaror qabul qilingan kundan boshlab oʻn kundan kechikmasdan Jamoatchilik kengashiga asoslantirilgan javobini taqdim qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Tezkor qaror qabul qilish zarurati kelib chiqqanda, Jamoatchilik kengashining qarori Jamoatchilik kengashi raisi tashabbusi bilan Jamoatchilik kengashi aʼzolari bilan maslahatlashilgan holda soʻrov yoʻli bilan qabul qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Jamoatchilik kengashi majlisida qabul qilingan qaror majlis bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnoma Jamoatchilik kengashi kotibi tomonidan imzolanadi, majlisga raislik qiluvchi tomonidan tasdiqlanadi hamda uch kunlik muddatda Jamoatchilik kengashi aʼzolariga va boshqa manfaatdor shaxslarga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Jamoatchilik kengashining ishchi organi va kotibi Jamoatchilik kengashi aʼzolari bilan birgalikda Jamoatchilik kengashi qarorlarini ijro etish yoʻllarini tizimli oʻrganadi va koʻrib chiqadi, zarur hollarda, Jamoatchilik kengashi raisiga takliflar kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Ishchi organ Jamoatchilik kengashi qarorlarini ijro etish natijalari haqida har oyda Jamoatchilik kengashi raisiga maʼlumot taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Jamoatchilik kengashining moddiy-texnik taʼminoti Qoʻmita tomonidan, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Jamoatchilik kengashi faoliyati ustidan nazoratni Qoʻmita raisi amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Jamoatchilik kengashining qarorlari hamda Qoʻmita raisining Jamoatchilik kengashining faoliyatini tashkil etish bilan bogʻliq qarorlari ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-dekabrdagi 1018-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi huzuridagi Jamoatchilik kengashi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TARKIBI
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

1.

Lavozimiga koʻra

Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi raisi, Jamoatchilik kengashi raisi

2.

Lavozimiga koʻra

Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari, Jamoatchilik kengashi raisining oʻrinbosari

3.

Ishanxodjayev Kamoliddin Nuriddinovich

Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari, Jamoatchilik kengashi raisining oʻrinbosari

4.

Kamilov Kamaldjan Sabitdjanovich

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni masʼul xodimi (kelishuv asosida)

5.

Axmedjanov Karim Bakidjanovich

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi prorektori

6.

Nazarbekov Ozod Ahmadovich

Madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari

7.

Niyazxodjayev Saidikram Parxatovich

Tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari

8.

Saidov Akmal Xolmatovich

Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori

9.

Maʼrufova Gulnora Mahmudovna

Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisining oʻrinbosari

10.

Latipov Isfandiyor Xudoyorovich

“Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi raisi

11.

Javlonov Shavkat Sardarovich

“Mahalla” xayriya jamoat fondi raisi

12.

Meliyev Xudoyor Xurramovich

Adliya vazirligi boshqarmasi boshligʻi

13.

Turdiqulov Shuhrat Xudoyqulovich

Toshkent shahri hokimining oʻrinbosari, shahar milliy-madaniy markazlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kengash raisi

14.

Yusupov Ortiqbek Odilovich

Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi

15.

Tadjiyev Odil Patixdjanovich

Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisining birinchi oʻrinbosari

16.

Jalilov Shuhrat Ilxamovich

“Nuroniy” jamgʻarmasi raisi

17.

Abdullayev Rustam

Bastakorlar uyushmasi raisi

18.

Nuritdinov Akmal Vaxobjonovich

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi

19.

Qodirov Alisher

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari

20.

Mahmadaliyev Baxtiyor Xasanovich

Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisining oʻrinbosari

21.

Saidov Sirojiddin Saloxovich

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi oʻrinbosari

22.

Nuritdinov Xayrulla Boqijonovich

Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisining birinchi oʻrinbosari

23.

Mansurov Komil Tohirovich

Matbuot va axborot agentligi bosh direktori oʻrinbosari

24.

Abduxalimov Baxrom Abduraximovich

Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti

25.

Zokirov Orifxon Anvarovich

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Madaniyat, sanʼat va yoshlari siyosati masalalari axborot tahlil departamentining bosh mutaxassisi

26.

Lavozimiga koʻra

Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi masʼul xodimi, Jamoatchilik kengashi masʼul kotibi

27.

Lavozimiga koʻra

Doʻstlik jamiyatlari va Milliy madaniy markazlar rahbarlari

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh. Jamoatchilik kengashi aʼzosi boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki uning vazifasini bajarish zimmasiga yuklangan shaxs kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.