1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.01 Maktabgacha taʼlim va tarbiya]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi va uning tizimidagi muassasalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi va uning tizimidagi muassasalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Maktabgacha taʼlim vazirligi va uning hududiy organlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi davlat budjeti mablagʻlari hisobidan 21,0 mlrd soʻm mablagʻ ajratilganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taʼlim boʻyicha global hamkorlik granti — begʻaraz texnik koʻmagidan foydalangan holda “Maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlimni takomillashtirish” loyihasi (keyingi oʻrinlarda “Maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlimni takomillashtirish” loyihasi deb ataladi) doirasida 2018-yilda maktabgacha taʼlim muassasalari uchun jami 2 453,0 ming AQSh dollarlik tovar va xizmatlar yetkazib berilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlimni takomillashtirish” loyihasi doirasida maktabgacha taʼlim muassasalari uchun tovar va xizmatlarni xarid qilish Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu tovar va xizmatlarni maktabgacha taʼlim muassasalariga taqsimlash, ulardan maqsadli foydalanishni taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligiga yuklatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi bir oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalq taʼlimi vazirligi bilan birgalikda “Maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlimni takomillashtirish” loyihasi doirasida 2018-yilda amalga oshiriladigan ishlar boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan ajratilgan 21,0 mlrd soʻm mablagʻdan samarali foydalanish boʻyicha xarajatlar smetasi ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning hududiy organlariga taqdim etilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar markazlari, tumanlar va shaharlarda (Toshkent shahri bundan mustasno) investitsiya majburiyatlarini bajarish sharti bilan “nol” qiymatda bino berish hamda xususiy investorlarning oʻziga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan binolarda tashkil etilgan nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalarining 2023-yil 1-yanvargacha foydalanilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz xizmatlari uchun toʻlovning 50 foizi oʻz mablagʻlari hisobidan hamda qolgan 50 foizi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan toʻlanishi toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari tomonidan foydalanilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz xizmatlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan oylik kompensatsiyalarni toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Q.V. Akmalov va Maktabgacha taʼlim vaziri A.V. Shin zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 18-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
991-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-dekabrdagi 991-son qaroriga ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari tomonidan foydalanilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz xizmatlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan oylik kompensatsiyalarni toʻlash tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari tomonidan foydalanilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz xizmatlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlaridan oylik kompensatsiya toʻlovini (keyingi oʻrinlarda oylik kompensatsiya toʻlovi deb ataladi) toʻlab berish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oylik kompensatsiya toʻlovi tumanlar va shaharlarda (Toshkent shahrining tumanlari bundan mustasno) xususiy investorlarga investitsiya majburiyatlarini bajarish sharti bilan “nol” qiymatda berilgan davlat koʻchmas mulki binolarida yoki xususiy investorlarning oʻziga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan binolarda tashkil etilgan nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari (keyingi oʻrinlarda taʼlim muassasasi deb ataladi) tomonidan foydalanilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz xizmatlari uchun toʻlovlarning 50 foiz miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oylik kompensatsiya toʻlovi taʼlim muassasasining faqat maktabgacha taʼlim faoliyatini yuritish jarayonida foydalaniladigan elektr energiyasi va tabiiy gaz xizmatlari uchun qoplab beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari tomonidan foydalanilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz xizmatlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan oylik kompensatsiyalarni toʻlash mazkur nizomga 1-ilovadagi sxemaga asosan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Oylik kompensatsiya toʻlovini hisoblash va toʻlab berish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Taʼlim muassasasi zaruratdan kelib chiqib, oylik kompensatsiya toʻlovini olish uchun tegishliligicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi yoki viloyat moliya bosh boshqarmasiga (keyingi oʻrinlarda moliya organi deb ataladi) ariza bilan murojaat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlim faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziya nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlim muassasasi joylashgan bino toʻgʻrisida maʼlumot (xususiy investorga bino “nol” qiymatda berilganini tasdiqlovchi tuman (shahar) hokimining tegishli qarori yoki bino xususiy investorga mulk huquqi asosida tegishliligini tasdiqlovchi kadastr va boshqa hujjatlar nusxalari);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlim muassasasi hamda elektr energiyasi va tabiiy gaz xizmatlarini yetkazib beruvchilar bilan belgilangan tartibda tuzilgan shartnomalar nusxasi (keyingi oʻrinlarda shartnomalar deb ataladi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Moliya organi taʼlim muassasasining arizasini ariza tushgan kundan boshlab, uch ish kuni mobaynida mazkur Nizomda belgilangan talablarga mosligini oʻrganib chiqadi va arizani qanoatlantirish yoki uni rad etish boʻyicha qaror qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Moliya organi tegishli qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran ikki ish kunidan kechiktirmay taʼlim muassasasini oylik kompensatsiya toʻlash yoki arizani rad etish toʻgʻrisida yozma shaklda, shu jumladan elektron axborot tizimi orqali xabardor qilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Taʼlim muassasasiga qoplab beriladigan oylik kompensatsiya toʻlovi ushbu taʼlim muassasasi tomonidan hisobot oyida foydalanilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz xizmatlari uchun toʻlovlar summasidan kelib chiqqan holda, ushbu xizmatlarni yetkazib beruvchi tashkilotlar bilan tuzilgan shartnoma summalari doirasida hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kompensatsiya toʻlovi summasi qoplanishi lozim boʻlgan hisobot oyidan boshlab, oʻn ikki oy davomida mazkur Nizomda belgilangan tartibda toʻlab berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Moliya organi taʼlim muassasasi tomonidan taqdim etilgan solishtirish dalolatnomalaridagi elektr energiyasi va tabiiy gaz xizmatlari hajmini ularning shartnomada koʻrsatilgan hajmlari bilan solishtiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oylik kompensatsiya toʻlovi elektr energiyasi va tabiiy gaz xizmatlarini yetkazib beruvchi tashkilotlar va taʼlim muassasasi oʻrtasida tuzilgan solishtirish dalolatnomalarida koʻrsatilgan haqiqatda foydalanilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz xizmatlari uchun toʻlangan summaning 50 foizi miqdorida qoplab beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Taʼlim muassasasi tomonidan shartnomalarda belgilangan meʼyordan ortiqcha foydalanilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz xizmatlari uchun toʻlovlarni, shuningdek, penya va jarimalarni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplab berish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oylik kompensatsiya toʻlovi tegishli moliya yili uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti va viloyatlar viloyat budjetlarining parametrlarida iqtisodiyot xarajatlari uchun nazarda tutilgan mablagʻlar hisobidan belgilangan tartibda rejalashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Taʼlim muassasasi hisobot oyidan keyingi oyning 15 sanasigacha oylik kompensatsiyalarni olish uchun moliya organiga elektr energiyasi va tabiiy gaz xizmatlarini yetkazib beruvchi tashkilotlar bilan belgilangan tartibda tuzilgan solishtirish dalolatnomalarini hamda hisobot davrigacha boʻlgan oxirgi 12 oy davomida taʼlim muassasasiga toʻlab berilgan kompensatsiya toʻlovlari toʻgʻrisida maʼlumotni mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Moliya organi hududdagi taʼlim muassasalari tomonidan taqdim etilgan dalolatnomalarni umumlashtirib, oylik kompensatsiya toʻlovini toʻlash uchun mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklda elektr energiyasi va tabiiy gaz xizmatlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan oylik kompensatsiya toʻlovlari qoplab beriladigan nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalarining reyestrini tuzadi va hisobot oyidan keyingi oyning 20 sanasigacha tegishli gʻaznachilik boʻlinmasiga toʻlovni amalga oshirish uchun taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Gʻaznachilik boʻlinmasi oylik kompensatsiyalarni hisobot oyidan keyingi oyning 22 sanasigacha moliya organi tomonidan taqdim etilgan reyestr asosida tegishli taʼlim muassasasining tijorat banklardagi hisobraqamlariga belgilangan tartibda oʻtkazib beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Yakuniy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Taʼlim muassasalariga qoplab beriladigan oylik kompensatsiyalarni toʻlash uchun taqdim etilgan maʼlumotlarning asosliligi va toʻgʻriligiga taʼlim muassasasining rahbari shaxsan javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Taʼlim muassasasi tomonidan oylik kompensatsiya toʻlovlarini qoplash uchun moliya organiga taqdim etilgan maʼlumotlar va hujjatlarning soxtaligi aniqlanganda, taʼlim muassasasining rahbari va tegishli xodimlari qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi hamda ushbu muassasa elektr energiyasi va tabiiy gaz xizmatlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan oylik kompensatsiya toʻlovlari qoplab beriladigan nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalarining reyestridan chiqariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Oylik kompensatsiya toʻlovlarining maqsadli sarflanishi yuzasidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining ichki audit va moliyaviy nazorat xizmati hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliya nazorati organlariga yuklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari tomonidan foydalanilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz xizmatlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan oylik kompensatsiyalarni toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari tomonidan foydalanilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz xizmatlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan oylik kompensatsiyalarni toʻlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI

Nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari tomonidan foydalanilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz xizmatlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan oylik kompensatsiyalarni toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20___ yilda nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasiga toʻlab berilgan kompensatsiya toʻlovlari toʻgʻrisida maʼlumot
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari tomonidan foydalanilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz xizmatlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan oylik kompensatsiyalarni toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Elektr energiyasi va tabiiy gaz xizmatlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan oylik kompensatsiya toʻlovlari qoplab beriladigan __________________ dagi nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalarining
REESTRI
20__ yil _______ oyi uchun
ming soʻm
№
Nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi nomi (toʻliq koʻrsatiladi)