O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish to‘g‘risida”gi PF-5264-son Farmonini ijro etish yuzasidan:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-apreldagi PF-6198-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.04.2021-y., 06/21/6198/0269-son)
2. O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziriga:
zarur hollarda, boshqaruv xodimlarining belgilangan soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi (keyingi o‘rinlarda Vazirlik deb yuritiladi) markaziy apparatining tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish;
Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb yuritiladi) mablag‘lari hisobidan Vazirlik xodimlarining qo‘shimcha shtat birliklarini joriy etish;
Vazirlikka yuklatilgan vazifalarni bajarish doirasida davlat organlari va boshqa tashkilotlar, yetakchi loyiha institutlari, ilmiy-ta’lim muassasalarining yuqori malakali mutaxassislari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar, chet el kompaniyalari va mutaxassislarini maslahatchi sifatida jalb qilish;
yuqori malakali chet el mutaxassislarini ishga qabul qilish, shuningdek, ularga Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan ish haqi va boshqa to‘lovlarni belgilash huquqi berilsin.
3. Belgilab qo‘yilsinki:
Vazirlik O‘zbekiston Respublikasini innovatsion va ilmiy-texnik rivojlantirish sohasida jamiyat va davlat hayotini har tomonlama rivojlantirishga, mamlakatning intellektual va texnologik salohiyatini oshirishga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi;
Vazirlik O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan faoliyatning alohida masalalari bo‘yicha — bevosita O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga bo‘ysunadi.
Vazirlik huquq va majburiyatlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligining huquqiy vorisi hisoblanadi;
Jamg‘arma huquq va majburiyatlar bo‘yicha tugatilayotgan Fan va texnologiyalar bo‘yicha Davlat komissiyasi huzuridagi Ilmiy-texnik faoliyatni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamg‘armasining huquqiy vorisi hisoblanadi;
O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri, shuningdek, uning o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
31. Vazirlikka quyidagi maqsadlar uchun shartnoma asosida, jumladan xorijiy konsultantlar va ekspertlarni, shuningdek texnik ko‘mak va grantlarini jalb qilishga ruxsat etilsin:
innovatsion rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqish va ilm-fan sohasida ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganish va tatbiq etish, shuningdek vazirlikka yuklatilgan boshqa vazifalar va topshiriqlarni bajarish;
vazirlik va uning tarkibiy bo‘linmalari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shuningdek ilmiy-innovatsion rivojlantirishning dolzarb masalalari bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazish, investitsiya siyosati strategiyasini ishlab chiqish;
xorijiy mamlakatlarning tegishli vazirliklari va idoralari bilan samarali va o‘zaro manfaatli hamkorlik o‘rnatish.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-apreldagi PF-6198-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.04.2021-y., 06/21/6198/0269-son)
4. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Vazirlik buyurtmalari bo‘yicha yuklatilgan vazifalar doirasida jalb qilinayotgan chet el mutaxassislariga kirish vizalarini rasmiylashtirishni ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
5. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Vazirlikning buyurtmalari bo‘yicha yuklatilgan vazifalar doirasida jalb qilinayotgan chet el mutaxassislariga davlat boji undirilmasdan ko‘p martalik vizalar rasmiylashtirilishi, berilishi va muddati uzaytirilishini, shuningdek, ularni turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish va uning muddati uzaytirilishini ta’minlasin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
6. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Vazirlikning buyurtmalari bo‘yicha yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun respublikaga chet el mutaxassislarini jalb qilishga ruxsatnomalar berilishini (uzaytirilishini), shuningdek, jalb qilinayotgan chet el mutaxassislariga O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga tasdiqnomalar berilishini (uzaytirilishini) ta’minlasin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi belgilangan tartibda Vazirlikni zarur aloqa vositalari, jumladan hukumat aloqasi bilan ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
71. Vazirlik O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi boshqa vazirlik va idoralar statistik axborot byulletenlarini majburiy tarqatish ro‘yxatiga kiritilsin.
(71-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-apreldagi PF-6198-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.04.2021-y., 06/21/6198/0269-son)
8. Jamg‘arma quyidagilardan:
Oldingi tahrirga qarang.
yagona ijtimoiy to‘lov va to‘lov manbaidagi yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘idan tashqari barcha turdagi soliqlardan;
(8-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-sentabrdagi PF-5837-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.09.2019-y., 06/19/5837/3812-son — 2019-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
belgilangan tartibda tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha respublikada ishlab chiqarilmaydigan va Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan ilmiy-laboratoriya asbob-uskunalari bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlar bundan mustasno) ozod qilinsin.
9. O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi va Milliy axborot agentligi Vazirlik faoliyati ommaviy axborot vositalarida tizimli ravishda keng yoritilishini tashkil etsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin.
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchilari U.S. Ismailov, O.B. Murodov va O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori I.B. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 30-noyabr,
PQ-3416-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-apreldagi PF-6198-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.04.2021-y., 06/21/6198/0269-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-apreldagi PF-6198-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.04.2021-y., 06/21/6198/0269-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-apreldagi PF-6198-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.04.2021-y., 06/21/6198/0269-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-apreldagi PF-6198-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.04.2021-y., 06/21/6198/0269-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-apreldagi PF-6198-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.04.2021-y., 06/21/6198/0269-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-apreldagi PF-6198-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.04.2021-y., 06/21/6198/0269-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2017-y., 07/17/3416/0338-son; 03.03.2018-y., 06/18/5329/0846-son; 20.04.2018-y., 07/18/3674/1088-son; 08.05.2018-y., 07/18/3698/1178-son, 08.06.2018-y., 06/18/5457/1324-son, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son, 31.08.2019-y., 07/19/4433/3673-son; 26.09.2019-y., 06/19/5837/3812-son; 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son; 02.04.2021-y., 06/21/6198/0269-son; 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)