29.11.2017 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2952
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining qarori, 29.11.2017 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2952
Date of entry into force
30.11.2017
Hujjat 30.11.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori

Ijro yigʻimini qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 29-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2952]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-maydagi PF-5059-son “Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda isteʼmol qilish sohasida toʻlov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuraturasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ijro yigʻimini qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Adliya vazirligining 2010-yil 7-sentabrdagi 75, 14-son “Ijro yigʻimini qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2142, 2010-yil 21-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlar toʻplami, 2010-y., 38-son, 336-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga qiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliya vaziri B. XODJAYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,

2017-yil 23-noyabr,

168-son

Bosh prokuror I. ABDULLAYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 23-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36-son

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuraturasining 2017-yil 23-noyabrdagi 168, 36-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijro yigʻimini qaytarish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-maydagi PF-5059-son “Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda isteʼmol qilish sohasida toʻlov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq davlat ijrochilari tomonidan ijro hujjati boʻyicha undirilgan ijro yigʻimini qonunchilikda belgilangan holatlarda qaytarish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom davlat ijrochisi tomonidan undirilgan ijro yigʻimini qaytarishda qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ijro yigʻimining qaytarilishi lozim boʻlgan summasiga foizlar hisoblanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Ijro yigʻimini qaytarish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ijro yigʻimini qaytarishga majburiy ijro harakatini amalga oshirgan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi markaziy apparatining yoki tegishli hududiy boʻlinmasining (keyingi oʻrinlarda Byuro deb ataladi) ijro yigʻimini qaytarish toʻgʻrisidagi qarori asos boʻlib hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Ijro yigʻimini qaytarish toʻgʻrisidagi qarorda quyidagilar koʻrsatiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) ijro yigʻimini qaytarishga quyidagi asoslar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdorning arizasiga asosan, asos sifatida ijro hujjati berilgan sud qarori yoki boshqa organ qarorining yoxud qonun boʻyicha ijro hujjati hisoblanadigan boshqa hujjatning bekor qilinishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdor yoki undiruvchining arizasiga asosan, asos sifatida ijro hujjati berilgan sud hujjati yoki boshqa organ hujjatlarining oʻzgartirilishi, agar ushbu oʻzgartirish natijasida toʻlangan ijro yigʻimi miqdorini qaytadan koʻrib chiqish lozim boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarzdor yoki ijro yigʻimi undirilgan boshqa shaxsning arizasiga yoxud sud ijrochisining tashabbusiga asosan, ijro yigʻimi miqdorini notoʻgʻri yoki ortiqcha oʻtkazilganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasi (bundan keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb yuritiladi) va Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti hisobidan qoplanadigan ulushini alohida koʻrsatgan holda, qaytarilishi lozim boʻlgan jami mablagʻlar summasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) ijro yigʻimini toʻlagan va ushbu koʻrsatilgan mablagʻlar qaytarilayotgan shaxsning bank rekvizitlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijro yigʻimini qaytarish haqidagi ariza ushbu bandda koʻrsatilgan holatlar yuzaga kelganidan keyin uch yildan kechiktirmasdan beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Undirilgan ijro yigʻimi summalarini Oʻzbekiston Respublikasining tegishli tijorat bankida ochilgan maxsus tranzit hisob raqamiga va mazkur hisob raqamdan Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti daromadiga va Jamgʻarmaga oʻtkazilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar nusxalarini ilova qilgan holda, ijro yigʻimini qaytarish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan kundan boshlab ikki kun muddatdan kechiktirilmagan holda ijro yigʻimini toʻlagan shaxsga qaytarish uchun Jamgʻarmaga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Ijro yigʻimining qaytarilishi Jamgʻarma tomonidan ijro yigʻimini qaytarish toʻgʻrisidagi qaror olingan kundan boshlab besh bank ish kuni mobaynida Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan, keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti mablagʻlari hisobidan qaytarilishi lozim boʻlgan ijro yigʻimi ulushini Jamgʻarmaga qoplab berilishi bilan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijro yigʻimining Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti mablagʻlari hisobidan qaytarilishi lozim boʻlgan tegishli ulushini Jamgʻarmaning hisob raqamiga qoplab berish uchun, Jamgʻarma jami qaytarilishi lozim boʻlgan ijro yigʻimi summasini qaytargandan soʻng majburiy ijro harakatlarini amalga oshirgan Byuroning hududiy boʻlinmalari joylashgan joydagi tegishli tuman (shahar) davlat soliq xizmati organiga (bundan keyingi oʻrinlarda davlat soliq xizmati organi deb yuritiladi) ijro yigʻimini qaytarish toʻgʻrisidagi qaror nusxasiga Jamgʻarmaning bank rekvizitlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni va quyidagilarni:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining tegishli tijorat bankida ochilgan maxsus tranzit hisob raqamiga undirilgan va mazkur hisob raqamdan Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti daromadiga ijro yigʻimi oʻtkazilganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijro yigʻimini toʻlagan shaxsga undirilgan mablagʻning qaytarilganligi faktini tasdiqlovchi tegishli hujjatlarning nusxalarini ilova qilgan holda yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Davlat soliq xizmati organi Jamgʻarmadan ijro yigʻimini qaytarish toʻgʻrisidagi qaror nusxasini ilovalari bilan olgan kundan boshlab besh bank ish kuni mobaynida tegishli moliya organiga undirilgan ijro yigʻimining tegishli ulushi Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetiga kelib tushganligini tasdiqlovchi xulosani, kelib tushishi, haqiqatda kelib tushgan va qaytarilishi lozim boʻlgan mablagʻlarni koʻrsatgan holda va Jamgʻarmadan olingan hujjatlarning nusxalarini ilova qilgan holda yuboradi, bunda xulosaning nusxasi Jamgʻarmaga yuboriladi. Agarda undirilgan ijro yigʻimining tegishli ulushi Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti daromadiga haqiqatda kelib tushganligi tasdiqlanmagan holatda, davlat soliq xizmati organining tegishli xulosasi Jamgʻarmaga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Tegishli moliya organi davlat soliq xizmati organining undirilgan ijro yigʻimi ulushining Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti daromadiga haqiqatda tushganligini tasdiqlovchi xulosasiga asosan, xulosa olingandan soʻng ikki bank ish kunidan kechikmagan holda oʻrnatilgan tartibda tegishli mablagʻlarni Jamgʻarmaning hisob raqamiga qoplab beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mablagʻlarni qoplab berish, Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetiga va mahalliy budjetlarga ajratmalar amalga oshirilgunga qadar daromadlarning tegishli turlari boʻyicha tegishli shartli hisob raqamlar (SHHR) bilan 23402-son balans hisobvaragʻidan budjetga joriy har kunlik tushumlar hisobidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 23-noyabr
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2017-y., 10/17/2952/0336-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)