20.11.2017 yildagi 923-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 20.11.2017 yildagi 923-son
Date of entry into force
23.11.2017
Hujjat 23.11.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilar va rezervchilarning harbiy yigʻinlarda qatnashish davrida xatlarni joʻnatish harajatlarini moliyalashtirishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilar va rezervchilarning xatlarini harbiy yigʻinlarda qatnashish davrida joʻnatish xarajatlarini moliyalashtirishni tartibga solish, shuningdek, pochta aloqasi sohasining ishlash samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasining “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi va “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezervidagi xizmat toʻgʻrisida”gi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2006-yil 14-yanvardagi PQ-257-son qaroriga muvofiq muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilar va rezervchilarning harbiy yigʻinlarda qatnashish davrida harbiy qismlar tomonidan joʻnatiladigan xatlarini bepul yuborish huquqiga ega ekanliklari maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilar va rezervchilar harbiy yigʻinlarda qatnashish davrida maxsus markalangan pochta konvertlari bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilab qoʻyilsinki, muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilar va rezervchilarning harbiy yigʻinlarda qatnashish davridagi oddiy xatlari harbiy qismlar tomonidan pochta aloqasi sohasidagi maxsus vakolatli organ tomonidan oʻrnatilgan tartibda muomalaga kiritilgan belgilangan namunadagi maxsus markalangan pochta konvertlarida joʻnatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2018-yil 1-yanvardan boshlab, har yili kelgusi yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi harbiy qismlarining muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilar va rezervchilarning harbiy yigʻinlarda qatnashish davrida joʻnatiladigan oddiy xatlarini maxsus markalangan pochta konvertlarida joʻnatish xarajatlarini qoplashni nazarda tutsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri vazifasini bajaruvchi Sh.X. Shermatov zimmasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 20-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
923-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-noyabrdagi 923-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilar va rezervchilarni harbiy yigʻinlarda qatnashish davrida maxsus markalangan pochta konvertlari bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilarni va rezervchilarni harbiy yigʻinlarda qatnashishga chaqirilgan davrida maxsus markalangan pochta konvertlari bilan taʼminlash, shuningdek ularni sotib olish xarajatlarini moliyalashtirish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus markalangan pochta konverti (keyingi oʻrinlarda maxsus konvert deb ataladi) — bosmaxona usulida maxsus farqlovchi belgi va pochta toʻlovining davlat belgisi tasviri tushirilgan, muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilar va rezervchilarning harbiy yigʻinlarda qatnashish davrida harbiy qismlar tomonidan joʻnatiladigan oddiy xatlarini yuborish uchun moʻljallangan standart pochta konverti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
harbiy qismlar — harbiy xizmatchilar muddatli harbiy xizmatni oʻtaydigan, rezervchilar harbiy yigʻinlarda qatnashadigan harbiy boshqaruv idoralari, harbiy qismlar, qoʻshilmalar, tashkilotlar, vazirliklar va idoralarning harbiy tuzilmalari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ushbu Nizom muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilarga, rezervchilarning (keyingi oʻrinlarda harbiy xizmatchilar deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining harbiy qismlarida harbiy yigʻinlarda qatnashayotgan davrida amal qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Harbiy xizmatchilarning xatlari harbiy qismlar tomonidan belgilangan namunadagi maxsus konvertlarda joʻnatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Maxsus konvertlar 0ʻz DSt 1020:2002 “Pochta konvertlari. Texnik shartlar” davlat standarti talablariga muvofiq qimmatli qogʻozlar blankalarini ishlab chiqarish huquqiga ega boʻlgan matbaa tashkiloti tomonidan tayyorlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Harbiy qismlarni maxsus konvertlar bilan taʼminlash “Oʻzbekiston pochtasi” AJ ga har yili 1-apreldan kechiktirmay taqdim etiladigan buyurtmanomalarga muvofiq “Oʻzbekiston pochtasi” AJ tomonidan, toʻlov asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Maxsus konvertlar harbiy qismlar tomonidan ularning xarajatlar smetalarida ushbu maqsadda foydalanish uchun nazarda tutilgan mablagʻlar hisobiga sotib olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Harbiy xizmatchilarning harbiy qismlar tomonidan yuboriladigan oddiy xatlari “Oʻzbekiston pochtasi” AJ ning pochta aloqasi obyektlari tomonidan joʻnatiladi va yetkazib beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus konvertlarda “Oʻzbekiston pochtasi” AJ ning pochta aloqasi obyektlariga harbiy qismlar tomonidan topshiriladigan ogʻirligi 20 grammgacha boʻlgan oddiy xatlar joʻnatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Maxsus konvertlarni olish, hisobga olish, saqlash va berish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Harbiy qism tomonidan maxsus konvertlarni olish, hisobga olish, saqlash va berish uchun masʼul shaxs tayinlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Maxsus konvertlarni olish, hisobga olish, saqlash va berishni tashkil qilish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Harbiy xizmatchilarga maxsus konvertlarni berish muddatlari va davriyligi, shuningdek, bir nafar harbiy xizmatchiga (bir oy/yilda) beriladigan konvertlar soni harbiy qismlar tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Berilgan maxsus konvertlar maxsus konvertlarning mavjudligi va ishlatilganligi toʻgʻrisidagi hisobotga asosan hisobdan chiqariladi, ularning qoldigʻi esa hisobot yilidan keyingi yilning 1-yanvardagi holatiga koʻra chiqariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Maxsus konvertlarning mavjudligi va ishlatilganligi toʻgʻrisidagi yigʻma hisobotlar harbiy qismlar tomonidan har yili hisobot yilidan keyingi yilning 15-yanvariga qadar tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Maxsus konvertlarni sotib olish xarajatlarini moliyalashtirish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Navbatdagi moliyaviy yilga xarajatlar smetasini tuzish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi har yili 1-iyuldan kechiktirmasdan harbiy qismlardan olingan budjet buyurtmanomalari asosida maxsus konvertlarni sotib olish xarajatlarini hisobga olgan holda, yigʻma budjet buyurtmanomasini tuzadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Maxsus konvertlarni sotib olish uchun budjetdan ajratiladigan mablagʻlarga ehtiyojni aniqlash rejalashtirilayotgan harbiy xizmatchilar soniga, shuningdek, maxsus konvert qiymatiga koʻra amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Maxsus konvertlarni sotib olish xarajatlari harbiy qismlarning tegishli moliyaviy yil uchun tasdiqlangan xarajatlar smetalari doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Yakunlovchi qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2017-y., 09/17/923/0297-son; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son, 21.09.2018-y., 09/18/748/2024-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)