16.11.2017 yildagi PQ-3389-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 16.11.2017 yildagi PQ-3389-son
Date of entry into force
17.11.2017
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga kirish test sinovlarini o‘tkazish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonlarini takomillashtirish, yoshlarga zamonaviy talablar asosida ta’lim berish bugungi kunning asosiy masalalaridan biridir. Bu borada oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarini adolatli, xolis va shaffof o‘tkazish orqali puxta bilimli yoshlarning o‘qishga qabul qilinishini ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Lekin bugungi kunda test sinovlari orqali oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga talabalarni qabul qilishda bir qator kamchiliklar mavjud. Jumladan, keyingi yillarda test sinovlarini o‘tkazish tartib-qoidalari, test sinovlari natijalarini e’lon qilish va uni takomillashtirish borasidagi olib borilayotgan ishlar bugungi kun talablariga to‘liq javob bera olmayapti. Bu hol manfaatdor jamoatchilikning, ayniqsa, ota-onalarning test sinovlarini o‘tkazish jarayonlariga haqli ravishdagi e’tirozlarini keltirib chiqarmoqda va har yili ularning ushbu masala yuzasidan qariyb 4 mingdan ziyod asosli murojaatlari kelib tushmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ta’kidlash joizki, kirish test sinovlari topshiriqlari va uni o‘tkazish talablari qobiliyatli yoshlarni oliy ta’limga qabul qilish mezonlariga to‘la javob bermaydi. Ayniqsa, ijodkorlik va individual mahoratni talab etadigan madaniyat, san’at, dizayn, tasviriy va amaliy san’at, san’atshunoslik, musiqiy ta’lim, sport va jismoniy tarbiya sohasidagi ta’lim yo‘nalishlariga iqtidorli yoshlar o‘rniga, ushbu sohalarda yetarli iqtidorga ega bo‘lmagan yoshlar test sinovlari orqali o‘qishga qabul qilinmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun test sinovlarini o‘tkazishning moddiy-texnik ta’minoti bilan bog‘liq masalalarni ham butunlay qaytadan ko‘rib chiqish taqozo etilmoqda. Zero, bugungi kunda test sinovlari natijalari 2000-yilda xarid qilingan 4 ta optik skaner orqali chiqarilishi, test materiallarini chop etishga mo‘ljallangan ofis texnikasi (printer va kompyuterlar) ma’naviy va jismoniy jihatdan eskirib ketganligi oqibatida test sinovlari natijalari qariyb 15 — 20 kunga cho‘zilib e’lon qilinishi bugungi kun talablariga javob bermaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mamlakatimizda kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish, iqtisodiyot va ijtimoiy soha tarmoqlarini yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlash uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga qabul qilish bo‘yicha o‘tkaziladigan kirish test sinovlarini takomillashtirish, uning adolatli, xolis va shaffof o‘tkazilishini tashkil etish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi (keyingi o‘rinlarda Davlat test markazi deb ataladi) ning oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish (keyingi o‘rinlarda oliy ta’lim muassasasiga qabul qilish deb ataladi) bo‘yicha kirish test sinovlarini o‘tkazish tizimini takomillashtirish yuzasidan quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflari ma’qullansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018/2019 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasasiga qabul qilish bo‘yicha kirish test sinovlarini iyul-avgust oylarida bo‘lgan davrda o‘tkazish;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-maydagi PQ-4319-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 07/19/4319/3129-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
abituriyentning test sinovidan to‘plagan ballari haqidagi ma’lumotni test sinovi o‘tkazilgan kunning ertasiga, uning talabalikka tavsiya etilgani yoki etilmagani bo‘yicha belgilangan tartibda tasdiqlangan tanlov natijasini test sinovlarini o‘tkazish jarayoni to‘liq yakunlangandan keyin bir hafta muddat ichida Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilish;
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-maydagi PQ-4319-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 07/19/4319/3129-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-iyundagi PQ-5157-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.06.2021-y., 07/21/5157/0591-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari hamda tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab, oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha kirish test sinovlari Toshkent shahrida “O‘zekspomarkaz” Milliy ko‘rgazmalar majmuasi pavilyonlari hamda uning hududida o‘rnatiladigan qo‘shimcha yig‘ma pavilyonlarda, shuningdek, katta sig‘imdagi boshqa binolarda yoki boshqa tashkilotlarning katta sig‘imdagi binolarida o‘tkazilishini, test jarayonining maksimal darajada oshkora va shaffofligini ta’minlab, videokuzatuvlar orqali jamoatchilik, shu jumladan abituriyentlar ota-onalarining kirish test sinovlarini onlayn rejimida kuzatib borishlariga imkoniyat yaratilishini ta’minlasinlar.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
test sinovlari o‘tkaziladigan bino va pavilyonlarni zarur mebellar (stol, stul, doska va boshqa zarur vositalar) bilan jihozlanishini;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bilim va malakalarni baholash agentligining hududiy vakillari uchun zarur moddiy-texnik vositalar bilan to‘liq jihozlangan alohida xona ajratilishini;
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda katta sig‘imdagi binolarni test sinovi jarayonini videokuzatuvlar orqali onlayn tizimida ko‘rsatib o‘tkazish uchun zarur moddiy-texnik vositalar bilan to‘liq jihozlanishini ta’minlasinlar.
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi:
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
test materiallarini tayyorlash va test sinovlari natijalari o‘z vaqtida e’lon qilinishini ta’minlash maqsadida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga zamonaviy moddiy-texnik vositalar va jihozlar xarid qilish uchun 2018-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan zarur mablag‘lar ajratilishini nazarda tutsin;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat test markazining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobiga bir oy muddatda Davlat test markazi huzurida Davlat test markazi faoliyatini rivojlantirish jamg‘armasini tashkil etsin.
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi PQ-61-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2021-y., 07/21/61/1195-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Davlat test markazi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Davlat test markazi huzuridagi Davlat test markazi faoliyatini rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi Nizomni bir oy muddatda ishlab chiqsin va uning O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-sentabrdagi PQ-318-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Davlat test markazi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi hamda Adliya vazirligi bilan birgalikda test sinovlarini o‘tkazish jarayoni ishtirokchilarining mas’uliyatini yanada oshirish va ularning javobgarligini belgilash bo‘yicha qonunchilikka tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi mazkur qarorda belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda Davlat test markazining xodimlarning cheklangan soni 150 nafar bo‘lgan yangilangan tuzilmasini tasdiqlash va uning faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risidagi Hukumat qarorini bir oy muddatda qabul qilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Davlat test markazi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi A.N. Yunusxodjayev va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori M.M. Karimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 16-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-3389-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.11.2017-y., 07/17/3389/0264-son; 14.05.2019-y., 07/19/4319/3129-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.06.2021-y., 07/21/5157/0591-son, 25.12.2021-y., 07/21/61/1195-son; 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son; 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)