13.11.2017 yildagi 908-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 13.11.2017 yildagi 908-son
Date of entry into force
14.11.2017
Hujjat 14.11.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashkilotni qayta tiklanadigan manbalardan energiya ishlab chiqarish qurilmalari tayyorlashga ixtisoslashayotgan tashkilot sifatida identifikatsiyalash mexanizmi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda qayta tiklanuvchi energetikani yanada rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari dasturi toʻgʻrisida” 2017-yil 26-maydagi PQ-3012-son qaroriga muvofiq, berilayotgan imtiyozlar boʻyicha soliq qonunchiligini qoʻllashda yagona yondashuvni taʼminlash, qayta tiklanadigan manbalardan energiya ishlab chiqarish qurilmalari tayyorlashga ixtisoslashayotgan tashkilotlarni identifikatsiyalash mexanizmini joriy etish, shuningdek, ularning mahsulotlarini qayta tiklanadigan manbalardan energiya ishlab chiqarish qurilmalari toifasiga kiritish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2015 — 2019-yillar uchun iqtisodiyot va ijtimoiy tarmoq sohalarida energiya hajmini qisqartirish, energiyani tejovchi texnologiyalarni joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi toʻgʻrisida” 2015-yil 5-maydagi PQ-2343-son qarori 5-bandining uchinchi xatboshiga muvofiq, qayta tiklanadigan manbalardan energiya ishlab chiqarish qurilmalari tayyorlashga ixtisoslashgan korxonalar va tashkilotlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan boshlab 5 yil muddatga barcha soliqlardan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasiga majburiy ajratmalardan ozod etilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Tashkilotni qayta tiklanadigan manbalardan energiya ishlab chiqarish qurilmalari tayyorlashga ixtisoslashgan tashkilot sifatida identifikatsiyalash mexanizmi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qayta tiklanadigan manbalardan energiya ishlab chiqarish qurilmalari tayyorlashga ixtisoslashgan tashkilotlarga ushbu qaror bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq soliq imtiyozlari berilishida koʻmaklashishni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qayta tiklanadigan manbalardan energiya ishlab chiqarish qurilmalari tayyorlashga ixtisoslashgan va soliq imtiyozlari berilayotgan tashkilotlarning yagona maʼlumotlar bazasi shakllantirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qayta tiklanadigan energiya manbalari boʻyicha texnologiyalarni joriy etish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohalarda energiya samaradorligini oshirish masalalari, yoqilgʻi-energetika resurslaridan tejamkorlik bilan oqilona foydalanishning muhimligi muntazam yoritib borilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — “Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi A.S. Sultonov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ boshqaruvi raisi N.S. Otajonov hamda “Oʻzstandart” agentligi bosh direktori A.U. Karimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 13-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
908-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-noyabrdagi 908-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashkilotni qayta tiklanadigan manbalardan energiya ishlab chiqarish qurilmalari tayyorlashga ixtisoslashayotgan tashkilot sifatida identifikatsiyalash mexanizmi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom tashkilotni qayta tiklanadigan manbalardan energiya ishlab chiqarish qurilmalari tayyorlashga ixtisoslashayotgan tashkilot sifatida identifikatsiyalash mexanizmini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qayta tiklanadigan manbalardan energiya ishlab chiqarish qurilmasi — qayta tiklanadigan manbalardan elektr, issiqlik energiyasi yoki biogaz ishlab chiqarish uchun moʻljallangan texnologik uskunalar toʻplami;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qayta tiklanadigan energiya manbalari — oʻz-oʻzidan sodir boʻladigan tabiiy jarayonlar hisobidan uzluksiz qayta tiklanadigan va quyidagilarni oʻz ichiga oladigan energiya manbalari: quyosh nuri energiyasi, shamol energiyasi, suvning gidrodinamik energiyasi, geotermal energiya — tuproq, yerosti suvlari, daryolar, suv havzalari issiqligi, shuningdek, birlamchi energiya resurslarining antropogen manbalari — biomassa, biogaz hamda elektr va (yoki) issiqlik energiyasi ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan organik chiqindilardan boshqa yoqilgʻi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qayta tiklanadigan manbalardan energiya ishlab chiqarish qurilmalari tayyorlashga ixtisoslashgan tashkilot — qayta tiklanadigan manbalardan energiya ishlab chiqarish qurilmalari tayyorlaydigan va bunday qurilmalarni sotishdan oladigan sof daromadi ulushi sotishdan tushadigan sof daromadning umumiy hajmida hisobot soliq davri yakunlari boʻyicha kamida 50 foizni tashkil qiladigan yuridik shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashkilotni qayta tiklanadigan manbalardan energiya ishlab chiqarish qurilmalari tayyorlashga ixtisoslashgan tashkilot sifatida identifikatsiyalash — tashkilotlar uchun qonunchilikka muvofiq nazarda tutilgan soliq imtiyozlarini qoʻllash maqsadida davlat soliq xizmati organi tomonidan tashkilotni uning yil yakunlari boʻyicha soliq hisoboti bilan birga taqdim etadigan maʼlumotnoma-hisob-kitob asosida aniqlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Identifikatsiyalash uchun zarur hujjatlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Imtiyozlardan foydalanadigan tashkilot qayta tiklanadigan manbalardan energiya ishlab chiqarish qurilmalari tayyorlashga ixtisoslashganini tasdiqlash uchun yil yakunlari boʻyicha davlat soliq xizmati organlariga soliq hisoboti bilan birga qayta tiklanadigan manbalardan energiya ishlab chiqarish qurilmalari tayyorlash toʻgʻrisida ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shaklda maʼlumotnoma-hisob-kitob ham taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Qayta tiklanadigan manbalardan energiya ishlab chiqarish qurilmalari tayyorlashga ixtisoslashgan tashkilotlarga soliq imtiyozlari davlat soliq xizmati organlari tomonidan identifikatsiyalash asosida beriladi. Bunda tashkilotlar ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq maʼlumotnoma-hisob-kitobda qayta tiklanadigan manbalardan energiya ishlab chiqarish qurilmalari roʻyxatini koʻrsatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Agar tashkilot, hisobot yili yakunlari boʻyicha taqdim etilgan maʼlumotnoma-hisob-kitobdan kelib chiqqan holda, soliq imtiyozlari berish uchun belgilangan mezonlarga mos kelmasa (qayta tiklanadigan manbalardan energiya ishlab chiqarish qurilmalari tayyorlash boʻyicha soliq imtiyozlari berilgan ixtisoslashtirilgan tashkilot hisoblanmasa), soliq imtiyozlari bekor qilinadi va unga nisbatan ushbu imtiyozlarni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga toʻlash majburiyatlari tiklanadi hamda belgilangan tartibda penya hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Soliq imtiyozlarini qoʻllash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Qayta tiklanadigan manbalardan energiya ishlab chiqarish qurilmalari tayyorlashga ixtisoslashgan tashkilot sifatida identifikatsiyalangan tashkilotlarga ushbu Nizomga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2015 — 2019-yillar uchun iqtisodiyot va ijtimoiy tarmoq sohalarida energiya hajmini qisqartirish, energiyani tejovchi texnologiyalarni joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi toʻgʻrisida” 2015-yil 5-maydagi PQ-2343-son qarorining 5-bandida nazarda tutilgan soliq imtiyozlari beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Tomonlar oʻrtasida tashkilotni qayta tiklanadigan manbalardan energiya ishlab chiqarish qurilmalari tayyorlashga ixtisoslashgan tashkilot sifatida identifikatsiyalash jarayonida paydo boʻladigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat soliq xizmati organlari nizolarni hal etish jarayoniga ushbu sohaning tegishli mutaxassislari va ekspertlarini jalb qilish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Soliq imtiyozlarining toʻgʻri qoʻllanishini davlat soliq xizmati organlari nazorat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qayta tiklanadigan manbalardan energiya ishlab chiqarish qurilmalari tayyorlashga ixtisoslashgan tashkilot sifatida identifikatsiyalash mexanizmi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

‎‎‎‎Yillik soliq hisoboti bilan birga taqdim etiladi

‎‎_______________________________________________________________________________ manzilida joylashgan

‎__________________________________________________________________________________________________
‎(tashkilotning toʻliq nomi)
‎_______________________________________________________________________________________________ga
‎(soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organi)

‎‎taqdim etiladi.
‎‎1. Davlat roʻyxatidan oʻtkazilgani toʻgʻrisida guvohnoma
‎‎2. Tashkil etilgan sana (kun/oy/yil)
‎‎3. STIR
‎‎4. OKED
‎‎5. Telefon: ‎‎kod

‎‎raqam


‎____________ yilda qayta tiklanadigan manbalardan energiya ishlab chiqarish qurilmalari
‎ tayyorlash toʻgʻrisida maʼlumotnoma-hisob-kitob

‎‎Soliq imtiyozini qoʻllash uchun asos

‎‎______________________________________
‎‎‎(normativ-huquqiy hujjat nomi)

‎‎ming soʻm

Mahsulot turi‎‎ Summasi‎‎‎ Ishlab chiqarish umumiy hajmiga nisbatan foizda‎‎
Ishlab chiqarish hajmi
‎(QQS va aksiz soligʻisiz belgilangan narxlarda), jami ‎‎
‎‎ ‎‎
shu jumladan‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎
shundan soliq imtiyozlari berilgan mahsulotlar‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎

‎‎Maʼlumotlarning toʻliqligi va
‎ishonchliligin tasdiqlayman:

‎‎Rahbar:
STIR
‎‎F.I.O. ‎‎________________________
‎‎Imzo ‎‎________________________
‎‎Bosh buxgalter
‎‎STIR
‎‎F.I.O. ‎‎___‎________________________
Imzo‎‎ ‎‎‎‎___‎________________________
‎‎Sana

‎‎(kun/oy/yil)

‎‎M.Oʻ. ‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qayta tiklanadigan manbalardan energiya ishlab chiqarish qurilmalari tayyorlashga ixtisoslashgan tashkilot sifatida identifikatsiyalash mexanizmi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qayta tiklanadigan manbalardan energiya ishlab chiqarish qurilmalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Qurilmaning energiya ishlab chiqarish uslubi boʻyicha nomi

Qayta tiklanadigan manbalar

TIF TN kodi

1.

Quyosh energiyasi qurilmalari

Quyosh nuri energiyasini elektr energiyasiga (PV — fotoelektrik oʻzgartirish) va/yoki issiqlik energiyasiga (CSP — termodinamik oʻzgartirish, QSK — quyosh suv isitish kollektori) oʻzgartirish.

8501 61,
8501 62,
8501 63,
8501 64,
8419 19

2.

Shamol energetikasi qurilmalari

Havoda harakatlanuvchi massalarning kinetik energiyasini rotorni aylantirish natijasida mexanik energiyaga va keyinchalik uni elektr energiyasiga oʻzgartirish.

8502 31

3.

Geotermal energiya qurilmalari

Yer usti va osti issiqligidan foydalangan holda issiqlik yoki elektr energiyasi olish.

8502 39

4.

Gidroenergetika (30 MVt gacha) qurilmalari

Suv resurslari va gidravlika tizimlari energiyasini kam quvvatli gidroenergetika qurilmalari (30 MVt gacha) yordamida elektr energiyasiga aylantirish.

8502 39

5.

Bioenergetika qurilmalari

Organik energiya manbalaridan foydalanish orqali issiqlik, elektr va mexanik energiya olish.

8419 89,
8479 89

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.11.2017-y., 09/17/908/0246-son; 04.06.2020-y., 09/20/348/0716-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)