Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025 23.10.2017 yildagi 859-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 23.10.2017 yildagi 859-son
Date of entry into force
23.10.2017
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025
Hujjat 22.06.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Oldingi tahrirga qarang.

Buyrak va (yoki) jigar boʻlagi hamda gematopoetik suyak koʻmigi oʻzak hujayralarini transplantatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida
(qarorning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-iyundagi 387-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.06.2021-y., 09/21/387/0585-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Surunkali buyrak va jigar hamda qon hosil qilish tizimi kasalliklarining terminal bosqichidagi bemorlarni yuqori texnologiyali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam bilan taʼminlash, shuningdek, respublikada transplantatsiya jarrohlik amaliyotlarini keng joriy etishni tashkil qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-iyundagi 387-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.06.2021-y., 09/21/387/0585-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Buyrak va (yoki) jigar boʻlagi hamda gematopoetik suyak koʻmigi oʻzak hujayralarini transplantatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-iyundagi 387-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.06.2021-y., 09/21/387/0585-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vaqtinchalik nizomning amal qilish vaqti — “Inson organlari, toʻqimalari va (yoki) hujayralarini transplantatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining kuchga kirish kunigacha deb belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Sogʻliqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2017-yil 31-dekabrgacha boʻlgan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga “Inson organlari, toʻqimalari va (yoki) hujayralarini transplantatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini belgilangan tartibda kiritsin, unda jumladan transplantatsiya xizmatini rivojlantirishning yuridik mexanizmlari taʼminlanishi yuzasidan qatʼiy nazorat belgilanishini hamda transplantatsiyadan keyingi davrda bemorlarning doimiy dispanser kuzatuvi amalga oshirilishini nazarda tutsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A.K. Shodmonov zimmasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 23-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
859-son

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 23-oktabrdagi 859-son qaroriga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Buyrak va (yoki) jigar boʻlagi hamda gematopoetik suyak koʻmigi oʻzak hujayralarini transplantatsiya qilish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vaqtinchalik nizom
(ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-iyundagi 387-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.06.2021-y., 09/21/387/0585-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Vaqtinchalik nizom tirik donordan buyrak va (yoki) jigar boʻlagi hamda gematopoetik suyak koʻmigi oʻzak hujayralarini transplantatsiya qilish tartibini, transplantatsiyani bajarishga koʻrsatma va qarshi koʻrsatmalarni, donor va retsipiyentning huquqlari va majburiyatlarini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-iyundagi 387-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.06.2021-y., 09/21/387/0585-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Buyrak va (yoki) jigar boʻlagini transplantatsiya qilish retsipiyentga oʻzining jabrlangan va hayot uchun muhim faoliyatini bajarolmasdan, uning sogʻligʻiga qaytarib boʻlmaydigan asoratlarga olib keladigan buyrak va (yoki) jigar boʻlagi oʻrniga tirik qarindosh donordan sogʻlom buyrak va (yoki) jigar boʻlagini koʻchirib oʻtkazish maqsadida bajariladigan jarrohlik amaliyotdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Gematopoetik suyak koʻmigi oʻzak hujayralarini transplantatsiya qilish — bu inson salomatligining qaytarib boʻlmas buzilishlariga olib keluvchi va qon hosil qilish vazifalarini amalga oshira olmaydigan shikastlangan hujayralar oʻrniga retsipiyentga oʻzining sogʻlom suyak koʻmigi oʻzak hujayralarini yoki tirik donorning suyak koʻmigi oʻzak hujayralarini koʻchirib oʻtkazish maqsadida amalga oshiriladigan jarrohlik amaliyoti hisoblanadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-iyundagi 387-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.06.2021-y., 09/21/387/0585-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Buyrak va (yoki) jigar boʻlagini transplantatsiya qilish uchun oʻzaro birinchi, ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi darajada qarindosh boʻlgan shaxslar tirik qarindosh donorlar mumkin, bunda:
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-iyundagi 387-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.06.2021-y., 09/21/387/0585-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bolalar ota-onasiga nisbatan birinchi darajadagi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nevara bobosi va buvisiga nisbatan, shuningdek, tugʻishgan aka-uka va opa-singillar — ikkinchi darajadagi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
evara katta bobosi va katta buvisiga nisbatan, shuningdek, togʻa va amaki, amma va xola oʻz jiyanlari bilan — uchinchi darajadagi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
togʻavachcha, amakivachcha, ammavachcha va xolavachchalar — toʻrtinchi darajadagi qarindosh hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida tuzilgan nikoh asosida kamida uch yil birgalikda yashagan er-xotinlar va ularning yuqorida koʻrsatib oʻtilgan barcha qarindoshlari, shuningdek, oʻgay aka-uka va opa-singillar hamda uch yil muddat oldin qonunchilikda belgilangan tartib asosida farzandlikka olingan bolalar (farzandlikka oluvchi ota-onalari bilan oʻzaro) tirik qarindosh donorlar boʻlishi mumkin.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-dekabrdagi 1035-sonli qaroriga asosan birinchi — oltinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2019-y., 09/19/1035/4226-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Vaqtinchalik nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tirik donor (keyingi oʻrinlarda donor deb ataladi) — retsipiyentga oʻz xohishi bilan aʼzosi, toʻqimasi va (yoki) hujayralarini berayotgan odam;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
retsipiyent — inson aʼzosi, toʻqimasi va (yoki) hujayralari transplantatsiya qilinayotgan odam.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Gematopoetik suyak koʻmigi oʻzak hujayralarini transplantatsiya qilish uchun retsipiyentning qarindoshlari hamda u bilan qarindoshlik aloqalari boʻlmagan shaxslar ham tirik donorlar boʻlishi mumkin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-iyundagi 387-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.06.2021-y., 09/21/387/0585-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Donor va retsipiyent orasidagi yaqin qarindoshlik aloqalarini isbotlovchi hujjatlarga tugʻilganlik haqidagi guvohnoma, pasport, nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnoma, shuningdek qarindoshlik rishtalarini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yaqin qarindoshlik aloqalarini isbotlovchi hujjatlar, shuningdek ularning haqiqiyligini tasdiqlovchi isbotlar haqidagi majburiyatlar donor va retsipiyent zimmasiga yuklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Un sakkiz yoshga toʻlmagan, belgilangan holatda oʻzini oʻzi boshqarolmaydigan deb topilgan, ozodlikdan mahrum qilingan, I va II guruh nogironlari, homilador ayollar, narkomaniya, surunkali alkogolizm va toksikomaniyadan azob chekayotgan shaxslardan transplantatsiya maqsadida buyrak va (yoki) jigar boʻlagini olishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Transplantatsiya faqat quyidagi davlat tibbiyot tashkilotlarida amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashgan ilmiy-amaliy jarrohlik tibbiyot markazi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
U. Xalmuratov nomidagi respublika koʻp tarmoqli tibbiyot markazi (Qoraqalpogʻiston Respublikasi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Buxoro viloyati koʻp tarmoqli tibbiyot markazi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Navoiy viloyati koʻp tarmoqli tibbiyot markazi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Namangan viloyati koʻp tarmoqli tibbiyot markazi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Samarqand viloyati koʻp tarmoqli tibbiyot markazi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xorazm viloyati koʻp tarmoqli tibbiyot markazi.
(6-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-dekabrdagi 1035-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi — oʻninchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2019-y., 09/19/1035/4226-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
61. Gematopoetik suyak koʻmigi oʻzak hujayralarini transplantatsiya qilish faqat Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
62. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot tashkilotlarida buyrak yoki jigar boʻlagi hamda gematopoetik suyak koʻmigi oʻzak hujayralarini transplantatsiya qilish amaliyotini oʻtkazish uchun retsipiyentni (donor bilan) shifoxonaga yotqizish va tibbiy yordamni tashkil etish Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-sentabrdagi 696-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot tashkilotlarida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga tibbiy yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
(61 va 62-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-iyundagi 387-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.06.2021-y., 09/21/387/0585-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Transplantatsiyaga nisbatan koʻrsatma va qarshi koʻrsatmalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Quyidagilar buyrak transplantatsiyasi boʻyicha koʻrsatmalar hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
surunkali glomerulonefrit, terminal bosqichdagi surunkali buyrak yetishmovchiligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
remissiya fazasidagi surunkali piyelonefrit, terminal bosqichdagi surunkali buyrak yetishmovchiligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyraklar polikistozi, terminal bosqichdagi surunkali buyrak yetishmovchiligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
renopriv holat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Quyidagilar jigar boʻlagi transplantatsiyasi boʻyicha koʻrsatmalar hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jigarning terminal bosqichdagi surunkali diffuz kasalliklari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gepatotsitlar rivojlanishi tugʻma defektlari fonida metabolizmning buzilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻtkir jigar yetishmovchiligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rezeksiya qilinmaydigan manbali jigar kasalliklari.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
81. Quyidagilar gematopoetik suyak koʻmigi oʻzak hujayralarini transplantatsiya qilish boʻyicha koʻrsatmalar hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻtkir limfoblast leykoz va uning shakllari, oʻtkir miyeloblast leykoz va uning shakllari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
miyelom kasalligi, surunkali miyeloleykoz, surunkali limfoleykoz, miyelodisplastik sindrom;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aplastik anemiya, birlamchi tugʻma immunodefitsit, autoimmun tizimli kasalliklarni ayrim turlari, limfomalar, talassemiyaning ogʻir turlari.
(81-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-iyundagi 387-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.06.2021-y., 09/21/387/0585-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Quyidagilar buyrak transplantatsiyasiga nisbatan qarshi koʻrsatmalar hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
turli xil lokalizatsiyalardagi klinik ahamiyatga ega surunkali va oʻtkir yuqumli xastaliklar, shu jumladan tuberkulyoz, VICH va boshqalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oshqozon-ichak traktining yarali jarohatlanishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
retsipiyentlar qon zardobida ilgaridan mavjud boʻlgan limfotoksikantli tanalarning 30 foizdan ortiq boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
surunkali yurak yetishmovchiligi, Pb, III bosqichlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jigar sirrozi, faol davridagi gepatit;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yurak, bosh miya va oyoqlar qon tomirlarining xastalanishi bilan kechuvchi tarqoq ateroskleroz;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ogʻir nevrologik xastaliklar (insult va boshqalar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
psixik xastaliklar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xatarli yangi oʻsmalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davolanishga taʼsirchanligi boʻlmagan buyrak va peshob chiqarish yoʻllarining surunkali infeksiyasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Quyidagilar jigar boʻlagi transplantatsiyasiga qarshi koʻrsatmalar hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hayot uchun muhim organlar faoliyati, shu jumladan markaziy nerv sistemasi faoliyatining korreksiya qilinmaydigan buzilishlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jigardan tashqaridagi infeksion jarayon, shu jumladan tuberkulyoz, OITS yoki boshqa xil davolab boʻlmaydigan sistemali yoki manbali infeksion holatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jigardan tashqari onkologik kasalliklar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jigarning korreksiya qilinmaydigan va hayot bilan nomutanosib boʻlgan tugʻma qoʻshimcha kasalliklarning mavjudligi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
101. Quyidagilar gematopoetik suyak koʻmigi oʻzak hujayralarini transplantatsiya qilishga qarshi koʻrsatmalar hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ruhiy buzilishlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
faol infeksiya;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qandli diabet dekompensatsiyasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
homiladorlik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
asosiy kasallikni inkurabel retsidivi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
donor va retsipiyentning nomuvofiqligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bemorni ximiorezistentligi.
(101-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-iyundagi 387-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.06.2021-y., 09/21/387/0585-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-dekabrdagi 1035-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2019-y., 09/19/1035/4226-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Transplantatsiyani bajarish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Transplantatsiyani amalga oshiruvchi davlat tibbiyot tashkiloti rahbarining transplantatsiyaga tayyorlash jarayonidagi majburiyatlari:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
donordan operativ usul bilan uning bir buyragi va (yoki) jigar boʻlagini hamda gematopoetik suyak koʻmigi oʻzak hujayralarini olish donorning sogʻligʻiga taʼsir qilib, rivojlanishi mumkin boʻlgan asoratlarning yuzaga kelishi haqida uni ogohlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
donordan operativ usul bilan uning bir buyragi va (yoki) jigar boʻlagini hamda gematopoetik suyak koʻmigi oʻzak hujayralarini olishga undan ongli ravishda va erkin holatda yozma shakldagi roziligini olish;
(12-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-iyundagi 387-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.06.2021-y., 09/21/387/0585-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
donorning transplantatsiyani bajarish mumkin ekanligini tasdiqlovchi toʻlaqonli tibbiy koʻrikdan oʻtkazilishi va transplantatsiya boʻyicha mutaxassislarning xulosasini olishini taʼminlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Donor va retsipiyentning tibbiy koʻrikdan, klinik, bioximiyaviy, shuningdek instrumental tekshiruvlardan oʻtkazilishi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Transplantatsiyani amalga oshirishning zarurligi haqidagi soʻnggi qaror donor va retsipiyentning barcha hujjatlari va tibbiy tekshirish natijalari asosida maxsus komissiya tomonidan qabul qilinadi. Komissiyaning tarkibi va ish reglamenti Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Transplantatsiya bajarilgandan soʻng davlat tibbiyot tashkiloti donor va retsipiyentni quyidagilar bilan taʼminlashi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
profilaktik dispanser koʻrigi — kamida uch yil davomida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ambulatoriya nazoratida boʻlgan bemorlarni qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli dori vositalari bilan taʼminlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Yakunlovchi qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Ushbu Vaqtinchalik nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob berishadi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2017-y., 09/17/859/0156; 26.12.2019-y., 09/19/1035/4226-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.06.2021-y., 09/21/387/0585-son; 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)