1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.06.00 Alohida toifadagi xodimlarning ish haqi;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.04.00 Ilmiy xodimlar, ilmiy muassasalar mutaxassislari (maqom, attestatsiya, ilmiy daraja va unvonlar)]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Fan va ilmiy faoliyat]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Sobiq Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasining haqiqiy aʼzolari va muxbir aʼzolarini qoʻllab-quvvatlashni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sobiq Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasining haqiqiy aʼzolari va muxbir aʼzolarini ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 10-avgustdagi PF-5146-son Farmoniga muvofiq, sobiq Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasining haqiqiy aʼzolari va muxbir aʼzolarining salomatligini mustahkamlash va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni yanada kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Sobiq Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasining haqiqiy aʼzolari va muxbir aʼzolarining salomatligini sanatoriy-sogʻlomlashtirish hamda kurort-sogʻlomlashtirish muassasalarida mustahkamlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi fanlar akademiyalari aʼzolarining gonorarlari, doktorantlar va aspirantlarning stipendiyalari miqdorini oshirish toʻgʻrisida” 1994-yil 1-dekabrdagi 578-son qaroriga2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari masalalari, Taʼlim, ilm-fan va yoshlar siyosati masalalari hamda Sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot tahlil departamentlariga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 18-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
846-son

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-oktabrdagi 846-son qaroriga 1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sobiq Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasining haqiqiy aʼzolari va muxbir aʼzolarining salomatligini sanatoriy-sogʻlomlashtirish hamda kurort-sogʻlomlashtirish muassasalarida mustahkamlash tartibi toʻgʻrisidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sobiq Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasining haqiqiy aʼzolari va muxbir aʼzolarini ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 10-avgustdagi PF-5146-son Farmoniga muvofiq sobiq Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasining haqiqiy aʼzolari va muxbir aʼzolari (keyingi oʻrinlarda Akademiya aʼzolari deb ataladi) va ularning kuzatuvchilari salomatligini sanatoriy-sogʻlomlashtirish va kurort-sogʻlomlashtirish muassasalarida mustahkamlash tartibini, shu jumladan ularni sogʻlomlashtirish shart-sharoitlari va muddatlarini, yoʻllanmalarni ajratish va moliyalashtirish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sobiq Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasining haqiqiy aʼzolari va muxbir aʼzolarini ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 10-avgustdagi PF-5146-son Farmoniga muvofiq, Akademiya aʼzolari bir nafar kuzatuvchi bilan birga yiliga bir marta oʻzlari uchun maqbul boʻlgan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga qarashli sanatoriy-sogʻlomlashtirish muassasalarida hamda Yalta va Kislovodsk shaharlaridagi “Oʻzbekiston” kurort-sogʻlomlashtirish aksiyadorlik jamiyatining sanatoriylarida (keyingi oʻrinlarda sanatoriylar deb ataladi) sogʻlomlashtirish kursidan bepul foydalanish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kuzatuvchi sifatida birinchi navbatda Akademiya aʼzolarining yaqin qarindoshlari boʻlishi mumkin. Agar yaqin qarindoshlari boʻlmasa, sogʻlomlashtirish kursidan oʻtuvchi Akademiya aʼzosi tomonidan Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat taʼminoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) bilan kelishilgan holda taklif etilgan shaxs kuzatuvchi boʻlishi mumkin.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Akademiya aʼzolari hamda ularning kuzatuvchilarini sanatoriylarga yuborish ushbu Nizomning 1-ilovasidagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Akademiya aʼzolari hamda ularning kuzatuvchi shaxslari sanatoriylarda sogʻlomlashtirish kursini Akademiya aʼzolari tomonidan oʻzlariga maqbul boʻlgan muddatlarni koʻrsatgan holda berilgan arizalarga asosan Vazirlar Mahkamasi tomonidan har yili tasdiqlanadigan yoʻllanmalarni taqsimlash rejasiga muvofiq oʻtaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Yoʻllanmalar olish uchun murojaat qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Akademiya aʼzolari keyingi yilga sanatoriyga yoʻllanma olish uchun har yili 1-sentabrgacha Markazga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Nizomning 2-ilovasida keltirilgan shakl boʻyicha ariza;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pasport nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasining haqiqiy aʼzoligini yoki muxbir aʼzoligini tasdiqlovchi guvohnoma nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kuzatuvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markazga taqdim etilgan hujjatlar ushbu Nizomning 3-ilovasiga muvofiq “Yoʻllanmalar soʻrab yozilgan arizalarni roʻyxatga olish daftari”da roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Yoʻllanma unda koʻrsatilgan muddatda haqiqiy hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Akademiya aʼzolari salomatligining holatiga yoki boshqa asosli sabablarga koʻra yoʻllanmadan belgilangan muddatda foydalanish imkoniyatiga ega boʻlmagan taqdirda, yoʻllanmaning amal qilish muddati tugashidan kamida ikki hafta oldin Markazga murojaat qilib, yoʻllanma muddatini yil yakuniga qadar oʻzgartirishlari mumkin. Yoʻllanmada koʻrsatilgan muddatlarni kalendar yil mobaynida ikki martadan ortiq koʻchirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Markaz salomatlikni tiklash muddati koʻrsatilgan holda ariza bergan shaxslar roʻyxatini shakllantiradi va har yili 10-sentabrgacha Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Sogʻlomlashtirish yoʻnalishlarini aniqlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Markaz tomonidan taqdim etilgan roʻyxatni olgandan keyin uni besh ish kuni mobaynida Akademiya aʼzolarining doimiy yashash joyidagi tibbiyot muassasalariga yetkazadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Tibbiyot muassasalari taqdim etilgan roʻyxatlar boʻyicha bir oy muddatda Akademiya aʼzolarini bepul dispanserizatsiyadan oʻtkazadilar va uning natijalariga koʻra sanatoriyda sogʻlomlashtirishning zarur yoʻnalishini aniqlaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Akademiya aʼzolarini dispanserizatsiyadan oʻtkazish natijalari asosida uning tibbiy kartasida sanatoriyda sogʻlomlashtirishning zarur yoʻnalishi va zid koʻrsatmalar (ular mavjud boʻlganda) koʻrsatilgan holda tegishli yozuv qayd etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Tibbiy kartadagi yozuv asosida tibbiyot muassasasi Akademiya aʼzolariga belgilangan shakldagi sanatoriy-kurort kartasini rasmiylashtiradi va ushbu karta yoʻllanma olish uchun asos hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zarurat boʻlganda, Akademiya aʼzolarining salomatligida oʻzgarishlar yuz bergan taqdirda sanatoriy-kurort kartasiga tuzatishlar kiritilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tibbiyot muassasalaridan har yili 25-oktabrgacha dispanserizatsiyadan oʻtgan Akademiya aʼzolarining sogʻlomlashtirish yoʻnalishlarini va sanatoriylar nomlarini koʻrsatgan holda tuzilgan roʻyxatini oladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
besh ish kuni mobaynida roʻyxatni Markazga taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Yoʻllanmalarni taqsimlash va ajratish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Tibbiyot muassasasi rahbari Akademiya aʼzolarini dispanserizatsiyadan oʻtkazishning belgilangan muddatlarida taʼminlanishi, shuningdek, tibbiy va sanatoriy-kurort kartasida sogʻlomlashtirishning zarur yoʻnalishi toʻgʻrisidagi yozuvlarning haqqoniyligi uchun shaxsan javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Markaz Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi taqdim etgan roʻyxat asosida har bir sanatoriy boʻyicha kelgusi yil uchun yoʻllanmalarni taqsimlash rejasini ishlab chiqadi va sanatoriylarning yuqori turuvchi vazirliklari, idoralari va tashkilotlari bilan kelishilgan holda 15-noyabrgacha Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Markaz yoʻllanmalarni taqsimlash rejasi tasdiqlangandan soʻng uni oʻn ish kuni mobaynida sanatoriylarga yetkazadi, yoʻllanmalarni rasmiylashtiradi va ularni Akademiya aʼzolariga yetkazilishini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zarurat boʻlganda, yil mobaynida yoʻllanmalarni taqsimlash rejasiga asosli sabablardan (tibbiy koʻrsatma, rad etilishi va boshqa asosli sabablar) kelib chiqqan holda, oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin. Oʻzgartirishlar Markaz tomonidan tegishli sanatoriylarning yuqori turuvchi vazirliklari, idoralari va tashkilotlari bilan kelishilgan holda kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda Markaz har oyning 30-sanasiga qadar sanatoriylar tomonidan oʻrinlar ajratishi uchun tuzatishlar kiritilgan parametrlarni sanatoriylarga yetkazadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Yoʻllanmalar bosmaxona usulida bosilgan, tartib raqamiga ega boʻlgan maxsus blankalarda va Akademiya aʼzosi uchun yoʻllanma” soʻzlari yozilgan tegishli shtamp bilan tasdiqlanadi hamda ularda qaytarma talon boʻlishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Markaz qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yoʻllanmalar reyestrini yuritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Markaz yoʻllanmalarni taqsimlash rejasiga muvofiq har yili 15-yanvargacha sanatoriylar bilan Akademiya aʼzolarini sogʻlomlashtirish yuzasidan shartnomalar tuzadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Sanatoriylar tuzilgan shartnomalarga muvofiq Akademiya aʼzolari hamda ularning kuzatuvchi shaxslarini qabul qilinishini taʼminlaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Sanatoriylar rahbarlari tuzilgan shartnomalar shartlari toʻliq bajarilishiga, shuningdek koʻrsatiladigan xizmatlar sifati uchun shaxsan masʼuldirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Akademiya aʼzolari hamda ularning kuzatuvchilari salomatligini mustahkamlash uchun xarajatlarni moliyalashtirish Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat taʼminoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi xarajatlarining belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan smetasida yoʻllanmalar uchun toʻlovga har yili maqsadli tartibda nazarda tutiladigan budjetdan ajratiladigan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Sanatoriylar har oyning 5-kunigacha oʻtgan oyda Akademiya aʼzolari hamda ularning kuzatuvchi shaxslari amalda foydalangan yoʻllanmalardan kelib chiqib, bajarilgan ishlar dalolatnomalari va oʻzaro hisob-kitoblarning taqqoslash dalolatnomalarini Markazga taqdim etib, hisob-kitoblarni amalga oshiradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markazga taqdim etiladigan maʼlumotlarning ishonchliligi va asoslanganligi uchun sanatoriylar rahbarlari shaxsan masʼuldirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Sanatoriylarda yashash va sogʻlomlashtirish shartlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Yoʻllanmadan faqat unda koʻrsatilgan Akademiya aʼzosi foydalanishi mumkin. Yoʻllanmaning boshqa shaxsga berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu talab kuzatuvchilarga nisbatan qoʻllanilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Sanatoriyga kelgan Akademiya aʼzolarida pasport, sogʻliqni saqlash muassasasi tomonidan berilgan sanatoriy-kurort kartasi (tibbiy xulosa) va yoʻllanma boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Akademiya aʼzolari hamda ularning kuzatuvchilariga “standart” yotoqxonalardan joy beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Akademiya aʼzolari hamda ularning kuzatuvchilari sanatoriylardagi mavjud qoʻshimcha xizmatlar uchun belgilangan toʻlovlarni oʻz hisobidan amalga oshirgan holda foydalanishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Akademiya aʼzolari hamda ularning kuzatuvchilari sanatoriyning davolovchi shifokori tomonidan tayinlagan barcha zarur tibbiy muolajalar bilan birinchi navbatda taʼminlanadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Davolanishga kelgan Akademiya aʼzosi hamda uning kuzatuvchisiga sanatoriy tomonidan yoʻllanmaning qaytish taloni Markazga topshirish uchun beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoʻllanmaning qaytish talonida tegishli shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, sanatoriyda amalda boʻlgan vaqti koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Akademiya aʼzolariga sogʻlomlashtirish uchun berilgan yoʻllanmalarga muvofiq sanatoriylarda joy ajratilishi yuzasidan sanatoriylar rahbarlari shaxsan javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Akademiya aʼzolari hamda ularning kuzatuvchilariga berilgan va ular tomonidan foydalanilgan yoʻllanmalar boʻyicha hisob-kitoblar va ularning nazorati Markaz tomonidan olib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Markaz sanatoriy yoʻllanmalarining oʻz vaqtida va maqsadli berilishini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sobiq Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasining haqiqiy aʼzolari va muxbir aʼzolarining salomatligini sanatoriy-sogʻlomlashtirish hamda kurort-sogʻlomlashtirish muassasalarida mustahkamlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sobiq Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasining haqiqiy aʼzolari va muxbir aʼzolarini hamda ularning kuzatuvchilarini sanatoriylarga yuborish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sobiq Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasining haqiqiy aʼzolari va muxbir aʼzolarining salomatligini sanatoriy-sogʻlomlashtirish hamda kurort-sogʻlomlashtirish muassasalarida mustahkamlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
________________________________________________(arizani qabul qilgan shaxsning F.I.Sh., lavozimi)
Sana: 20__ yil “___” _______________________
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sobiq Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlari Akademiyasining haqiqiy aʼzolari va muxbir aʼzolarining salomatligini sanatoriy-sogʻlomlashtirish hamda kurort-sogʻlomlashtirish muassasalarida mustahkamlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoʻllanma soʻrab yozilgan arizalarni roʻyxatga olish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
DAFTARI

T/r
Sobiq Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasining haqiqiy aʼzosi, muxbir aʼzosi
va ularni kuzatuvchi
shaxsning F.I.Sh.
Doimiy
yashash
joyi
Tibbiy
maʼlumotnomaning tartib
raqami va
sanasi,
shuningdek
tibbiy maʼlumotnomani
bergan
muassasaning
nomi
Tibbiy
maʼlumotnomada
koʻrsatilgan
sanatoriyning nomi
Sanatoriyning nomi,
yoʻllanmaning tartib
raqami,
muddati
Yoʻllanmani
bergan
masʼul
xodimning
F.I.Sh. va
imzosi
Yoʻllan-
mani olgan
sobiq Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasining haqiqiy aʼzosi yoki muxbir aʼzosining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-oktabrdagi 846-son qaroriga 2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi fanlar akademiyalari aʼzolarining gonorarlari, doktorantlar va aspirantlarning stipendiyalari miqdorini oshirish toʻgʻrisida” 1994-yil 1-dekabrdagi 578-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzolari, sobiq Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi haqiqiy aʼzolari va muxbir aʼzolarining gonorarlari miqdori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nomi
Bir oylik gonorar miqdori
1. Fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzosi (akademik)
Respublikada belgilangan eng kam ish haqining 10 baravari miqdorida
2. Sobiq Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasining haqiqiy aʼzosi
Respublikada belgilangan eng kam ish haqining 10 baravari miqdorida
3. Sobiq Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasining muxbir aʼzosi
Respublikada belgilangan eng kam ish haqining 7 baravari miqdorida”.