14.10.2017 yildagi 825-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 14.10.2017 yildagi 825-son
Date of entry into force
17.10.2017
Hujjat 17.10.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Qadimiy Buxoro” turizm zonasini qurish” loyihasini amalga oshirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2019-yillarda Buxoro shahri va Buxoro viloyatining turizm salohiyatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 19-maydagi PQ-2980-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek “Qadimiy Buxoro” turizm zonasini qurish” loyihasini amalga oshirish bilan bogʻliq tashkiliy masalalarni jadal hal etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Buxoro viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Madaniyat vazirligi hamda Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining Buxoro shahridagi Gʻijduvon koʻchasi va “Koʻhna va boqiy Buxoro” madaniy-maʼrifiy kompleksi oraligʻida 10,0 gektar yer maydoni ajratish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 2017 — 2019-yillar davrida “Qadimiy Buxoro” turizm zonasini qurish” loyihasi (keyingi oʻrinlarda loyiha deb ataladi) amalga oshirilishini samarali tashkil etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan Buxoro shahrida “NBU Bukhara Invest” MChJ investitsiya kompaniyasi tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Buxoro viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi hamda Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda “Qadimiy Buxoro” turizm zonasi hududini arxitektura-rejalashtirishni tashkil etish loyihasini, xalqaro tajribani hisobga olgan holda, uch oy muddatda ishlab chiqsin hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika arxitektura-shaharsozlik kengashiga kelishish uchun belgilangan tartibda taqdim etsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Qadimiy Buxoro” turizm zonasini qurish loyihasi va zonada joylashadigan obyektlar loyiha-smeta hujjatlarining ishlab chiqilishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga va “NBU Bukhara Invest” MChJga Buxoro viloyati hokimligi bilan kelishgan holda quyidagi huquqlar berilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihani amalga oshirish doirasida alohida obyektlar qurilishi uchun, shu jumladan investorlar ishtirokida 100 foizgacha ulushli korxonalar barpo etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shu jumladan boshqa investorlarga tijorat kreditlari yoki “Qadimiy Buxoro” turizm zonasi korxonalarining ustav kapitallaridagi ulushni kiritilgan (milliy va xorijiy valyutadagi) mablagʻlarni bozor qiymati boʻyicha valyutada, lekin barcha xarajatlar va investitsiyalar summasidan kam boʻlmagan miqdorda ajratgan holda obyektni (obyektlar kompleksini) amalga oshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga va “NBU Bukhara Invest” MChJga, shuningdek loyihani amalga oshirish ishtirokchilariga — tadbirkorlik subyektlariga, istisno tariqasida, 2017 — 2019-yillar davrida “Qadimiy Buxoro” turizm zonasi obyektlarini loyihalash va qurishga yetakchi, shu jumladan xorijiy arxitektorlar va muhandislarni jalb qilishga, shuningdek eng yaxshi takliflarni tanlab olish asosida tender savdolari oʻtkazmasdan yoki toʻgʻridan toʻgʻri muzokaralar oʻtkazish yoʻli bilan pudrat tashkilotlarini hamda tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilarni aniqlashga, texnik topshiriqlarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyihalarni boshqarish milliy agentligi bilan majburiy tartibda kelishib olishga ruxsat etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Buxoro viloyati hokimligi quyidagilarni belgilangan tartibda taʼminlasin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga va “NBU Bukhara Invest” MChJga, loyihalash va pudrat tashkilotlariga ushbu qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda har tomonlama koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, “Oʻzbekneftgaz” AJ, “Oʻzbekenergo” AJ bilan birgalikda “Qadimiy Buxoro” turizm zonasi obyektlarini zarur muhandislik (gaz quvurlari, elektr tarmoqlari, suv quvurlari va kanalizatsiya) kommunikatsiyalariga ulash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan tasdiqlanadigan “NBU Bukhara Invest” MChJ buyurtmanomalariga binoan, loyihani amalga oshirishda qatnashadigan xorijiy mutaxassislarga kirish vizalarining belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan tasdiqlanadigan “NBU Bukhara Invest” MChJ buyurtmanomalariga binoan, loyihani amalga oshirishda qatnashadigan xorijiy mutaxassislarga koʻp martalik vizalarning uzaytirilishini, shuningdek ularning vaqtinchalik yashash joylarida vaqtinchalik propiska qilinishini hamda uning muddati uzaytirilishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi loyihani amalga oshirish doirasida qurilayotgan obyektlarning loyiha-smeta hujjatlari davlat ekspertizasidan oʻtkazilishini amalga oshirilayotgan qurilish-montaj ishlarining sifati, shaharsozlik norma va qoidalariga qatʼiy rioya etilishi yuzasidan davlat arxitektura-qurilish nazorati olib borilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan tasdiqlanadigan “NBU Bukhara Invest” MChJ buyurtmanomalariga binoan, loyihani amalga oshirishda qatnashadigan (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari orasida mavjud boʻlmagan) yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni jalb etishga belgilangan tartibda ruxsatnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini), shuningdek koʻrsatib oʻtilgan xorijiy mutaxassislarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati bilan shugʻullanish huquqiga tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, sanʼat va turizmni rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamentiga hamda Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamentiga, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki boshqaruvi raisi S.R. Xolmurodov hamda Buxoro viloyati hokimi Oʻ.I. Barnoyev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 14-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
825-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2017-y., 09/17/825/0116; 27.03.2019-y., 09/19/254/2839-son)