12.10.2017 yildagi 821-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 12.10.2017 yildagi 821-son
Date of entry into force
13.10.2017
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha Islom tashkiloti (AYSESKO) bilan hamkorlik toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taʼlim, fan va madaniyat sohasida xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, Oʻzbekistonning madaniy-gumanitar sohadagi yutuqlarini keng targʻib qilish, mamlakatimizning islom taraqqiyotidagi buyuk rolini keng yoritish, respublikaning qadimgi tarixi va madaniy merosi bilan tanishtirish, Taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha Islom tashkiloti (AYSESKO) doirasida Oʻzbekistonning maʼnaviy aloqalarini kengaytirish maqsadida, shuningdek Taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha Islom tashkiloti (AYSESKO) Nizomiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
YUNESKO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi Taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha Islom tashkiloti (keyingi oʻrinlarda AYSESKO deb ataladi) bilan oʻzaro hamkorlikni muvofiqlashtiruvchi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent islom universiteti rektori AYSESKO Ijroiya qoʻmitasida Oʻzbekiston vakili etib belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2018-yil va kelgusi yillar uchun respublikaning xalqaro tashkilotlarga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan majburiy toʻlovlari roʻyxatini shakllantirishda Oʻzbekiston Respublikasining AYSESKOga yillik aʼzolik badalini toʻlash uchun mablagʻ ajratishni nazarda tutsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-noyabrdagi 957-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.11.2018-y., 09/18/957/2228-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi T.K. Norboyeva va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri A.X. Komilov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 12-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
821-son
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-noyabrdagi 957-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.11.2018-y., 09/18/957/2228-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.10.2017-y., 09/17/821/0106-son; 27.11.2018-y., 09/18/957/2228-son)