Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Aksiyadorlik birlashmalari va kompaniyalaridagi aksiyalar davlat ulushidan samarali foydalanilishi ustidan monitoring olib borish komissiyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 31-martdagi PQ-2327-sonli “Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyati samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish boʻyicha komissiya tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Xususiylashtirilgan korxonalarning ustav fondidagi davlat ulushini boshqarish boʻyicha davlatning ishonchli vakillari va professional boshqaruvchi kompaniyalarning faoliyati samaradorligini oshirish, davlat aktivlarini professional boshqaruvchi kompaniyalarga ishonchli boshqaruvga berish jarayonlarini jadallashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
1. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 21-iyuldagi PQ–423-son Qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 30-son, 289-modda)
Aksiyadorlik birlashmalari va kompaniyalaridagi aksiyalar davlat ulushidan samarali foydalanilishi ustidan monitoring olib borish komissiyasi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
xoʻjalik jamiyatlari ustav fondidagi davlat ulushini boshqarish samaradorligini oshirishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
davlat ulushi professional boshqaruvchi kompaniyalarga boshqaruvga berilgungacha boʻlgan muddatga respublika iqtisodiyoti uchun strategik ahamiyatga ega boʻlgan xoʻjalik jamiyatlarining ustav fondidagi davlat ulushini boshqarish boʻyicha davlatning ishonchli vakilini tayinlash, shuningdek ularni yuklangan vazifalardan ozod qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
respublika iqtisodiyoti uchun strategik ahamiyatga ega boʻlgan xoʻjalik jamiyatlarining ustav fondidagi davlat ulushlarini ishonchli boshqarish huquqi uchun oʻtkazilgan tanlovlar natijalarini tasdiqlash;
xoʻjalik jamiyatlarining ustav fondidagi davlat ulushi boʻyicha dividendlar davlat budjetiga toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanishini taʼminlash ishlarini tashkil etish;
xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlari, davlat ishonchli vakillari va boshqaruvchi kompaniyalarning davlat ulushlarini boshqarish boʻyicha faoliyatlarining natijalari toʻgʻrisidagi axborotlarini muntazam ravishda eshitib borish.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Aksiyadorlik birlashmalari va kompaniyalaridagi aksiyalar davlat ulushidan samarali foydalanilishi ustidan monitoring olib borish komissiyasining ishchi organi funksiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Davlat mulki qoʻmitasi Davlat statistika qoʻmitasi, Moliya vazirligi va Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasi bilan birgalikda uch oy muddatda ustav fondida davlat ulushi boʻlgan davlat unitar korxonalari, xoʻjalik jamiyatlarini hisobga olish, davlat ulushiga hisoblangan dividendlarni davlat budjetiga tushirish boʻyicha idoralar oʻrtasida oʻzaro hamkorlik va axborot almashish tizimini ishlab chiqsin va joriy etsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 25-iyun,
295-son
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 21-iyuldagi PQ-423-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2006-y., 30-son, 289-modda)
Aksiyadorlik birlashmalari va kompaniyalaridagi aksiyalar davlat ulushidan samarali foydalanilishi ustidan monitoring olib borish komissiyasi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Aksiyadorlik birlashmalari va kompaniyalaridagi aksiyalar davlat ulushidan samarali foydalanilishi ustidan monitoring olib borish komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb yuritiladi) faoliyatini tartibga soladi va uning asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va majburiyatlarini belgilab beradi.
2. Ushbu Nizomning amal qilishi tijorat banklar ustav fondidagi aksiyalarning davlat ulushini boshqarishga nisbatan tatbiq etilmaydi.
3. Komissiyaning oʻz vakolati doirasida davlatning ishonchli vakillari va boshqaruvchi kompaniyalarni tayinlash, ozod etish va ularning faoliyatiga tegishli boʻlgan masalalar boʻyicha qabul qilgan qarorlari davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Komissiya oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oliy Majlisning qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlariga, mazkur Nizomga va boshqa normativ hujjatlarga amal qiladi.
II. Komissiyaning vazifalari va funksiyalari
5. Quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
xoʻjalik jamiyatlari ustav fondidagi davlat ulushini boshqarish samaradorligini oshirishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
davlat ulushi professional boshqaruvchi kompaniyalarga boshqaruvga berilgungacha boʻlgan muddatga respublika iqtisodiyoti uchun strategik ahamiyatga ega boʻlgan xoʻjalik jamiyatlarining ustav fondidagi davlat ulushini boshqarish boʻyicha davlatning ishonchli vakilini tayinlash, shuningdek ularni yuklangan vazifalardan ozod qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
respublika iqtisodiyoti uchun strategik ahamiyatga ega boʻlgan xoʻjalik jamiyatlarining ustav fondidagi davlat ulushlarini ishonchli boshqarish huquqi uchun oʻtkazilgan tanlovlar natijalarini tasdiqlash;
xoʻjalik jamiyatlarining ustav fondidagi davlat ulushi boʻyicha dividendlar davlat budjetiga toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanishini taʼminlash ishlarini tashkil etish;
xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlari, davlat ishonchli vakillari va boshqaruvchi kompaniyalarning davlat ulushlarini boshqarish boʻyicha faoliyatlarining natijalari toʻgʻrisidagi axborotlarini muntazam ravishda eshitib borish.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Quyidagilar Komissiyaning funksiyalari hisoblanadi:
respublika iqtisodiyoti uchun strategik ahamiyatga ega boʻlgan xoʻjalik jamiyatlarining ustav fondidagi davlat ulushini boshqarish uchun tanlov gʻoliblari — davlatning ishonchli vakillarini tayinlash va boshqaruvchi kompaniyalarni tasdiqlash;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
respublika iqtisodiyoti uchun strategik ahamiyatga ega boʻlgan xoʻjalik jamiyatlarining ustav fondidagi davlat ulushlarini ishonchli boshqarish huquqiga tanlovlar natijalarini tasdiqlash;
xoʻjalik jamiyatlarining ustav fondlaridagi davlat ulushlarini boshqarish boʻyicha faoliyatida davlatning ishonchli vakillari, boshqaruvchi kompaniyalarning asosiy maqsad va vazifalarini belgilash;
Keyingi tahrirga qarang.
xoʻjalik jamiyatlaridagi davlat ulushlarini boshqarish boʻyicha davlatning ishonchli vakillarini ularga yuklangan majburiyatlardan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ozod etish;
davlat ulushlarini boshqarish boʻyicha shartnomaviy munosabatlarni boshqaruvchi kompaniyalar bilan davom ettirish maqsadga muvofiqligini koʻrib chiqish;
Keyingi tahrirga qarang.
davlatning ishonchli vakillari, boshqaruvchi kompaniyalarning hisobot shakllarini tasdiqlash;
Keyingi tahrirga qarang.
xoʻjalik jamiyatlarining ustav fondlaridagi davlat ulushlarini boshqarish samaradorligi yuzasidan doimiy monitoringni amalga oshirish va tahlil qilish, uni takomillashtirish boʻyicha takliflar va mexanizmlarni ishlab chiqish.
Keyingi tahrirga qarang.
III. Komissiyaning huquq va majburiyatlari
7. Komissiya quyidagi huquqlarga ega:
oʻz ish tartibini mustaqil ishlab chiqish va tasdiqlash, respublika iqtisodiyoti uchun strategik ahamiyatga ega boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari roʻyxatini belgilash;
davlatning ishonchli vakillarini tayinlash uchun nomzodlarni tanlash talablarini va shartlarini belgilash;
Keyingi tahrirga qarang.
oʻz vakolatlari doirasida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga topshiriqlar berish.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Komissiya quyidagilarga majbur:
xoʻjalik jamiyatlaridagi davlat ulushlarini boshqarish boʻyicha davlatning ishonchli vakillari va boshqaruvchi kompaniyalarni tayinlashni tashkil etish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarini bajarish;
Keyingi tahrirga qarang.
Komissiya majlislarida qabul qilingan qarorlarning oʻz vaqtida bajarilishi yuzasidan nazorat va monitoringni amalga oshirish.
IV. Komissiyaning ishini tashkil etish
9. Komissiya ishini Rais tashkil qiladi, u Komissiya ish tartibini tasdiqlaydi, majlis oʻtkaziladigan sanani va kun tartibini belgilaydi, oʻzi oʻrnida boʻlmagan hollarda komissiya aʼzolaridan birini oʻrinbosar etib tayinlaydi.
Komissiyaning majlislari zaruriyatga qarab davriy, ammo chorakda kamida bir marta uning aʼzolarining uchdan ikki qismidan kam boʻlmagan aʼzolari ishtirokida oʻtkaziladi.
Komissiya qarori Komissiya aʼzolarining majlisida ishtirok etuvchilarning oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlganda Komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Komissiya qarori majlisda ishtirok etuvchi Komissiya aʼzolari imzolaydigan va Komissiya raisi yoki uning oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadigan protokol bilan rasmiylashtiriladi. Protokolni imzolash vaqtida Komissiya aʼzolari oʻzlarining alohida mulohazalarini bildirish huquqiga ega.
V. Komissiyaning ishchi organi
10. Komissiya majlisini tayyorlash va oʻtkazishni tashkil etishni amalga oshiruvchi Komissiyaning ishchi organi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Ishchi organ:
xoʻjalik jamiyatlaridagi davlat ulushlarini boshqarish boʻyicha davlatning ishonchli vakillarini tayinlash va boshqaruvchi kompaniyalarni tasdiqlash boʻyicha;
xoʻjalik jamiyatlarining ustav fondlaridagi davlat ulushlarini boshqarish majburiyatlaridan davlatning ishonchli vakillari va boshqaruvchi kompaniyalarni ozod etish boʻyicha;
davlat ulushlarini ishonchli boshqarish boʻyicha davlatning ishonchli vakillari va boshqaruvchi kompaniyalarning faoliyatini tartibga soladigan normativ hujjatlarni takomillashtirish boʻyicha;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat ulushlarini ishonchli boshqarish boʻyicha faoliyatga tegishli boʻlgan boshqa masalalar yuzasidan takliflarni Komissiyaga koʻrib chiqish uchun kiritish huquqiga ega.
12. Komissiyaning ishchi organi quyidagilarga majbur:
Komissiya tomonidan qabul qilingan qarorlarni oʻz vaqtida va zarur darajada bajarish;
Komissiyaning davlatning ishonchli vakillari, boshqaruvchi kompaniyalarni tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarori qabul qilingandan keyin bir hafta muddatda yangi tayinlangan davlatning ishonchli vakillari, boshqaruvchi kompaniyalar bilan ishonchli boshqaruvga shartnomalar tuzish;
Keyingi tahrirga qarang.
davlatning ishonchli vakillari, boshqaruvchi kompaniyalar tomonidan taqdim etiladigan hisobotlarni yigʻish, tartibga keltirish va ishlash;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida va chet ellarda egalik huquqi davlatga tegishli boʻlgan mol-mulkni saqlash va samarali boshqarish yuzasidan boshqaruvchi kompaniyalar va davlatning ishonchli vakillarining faoliyati natijadorligi boʻyicha monitoring oʻtkazish;
Keyingi tahrirga qarang.
ustav fondida davlat ulushi boʻlgan davlat unitar korxonalari, xoʻjalik jamiyatlari, ularning xoʻjalik faoliyatining asosiy natijalari toʻgʻrisida maʼlumotlar bazasini yuritish;
xoʻjalik jamiyatlarining ustav fondlaridagi davlat ulushlarini boshqarish boʻyicha davlatning ishonchli vakillari, boshqaruvchi kompaniyalar faoliyati toʻgʻrisidagi axborotni Komissiyaga har chorakda taqdim etish;
xoʻjalik boshqaruv organlari rahbarlari, davlatning ishonchli vakillari va boshqaruvchi kompaniyalarning ishlari samaradorligi monitoringi va ular ishining samaradorligi tahlili asosida davlat ulushlarini boshqarish boʻyicha ularning faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotlari Komissiya tomonidan eshitilishini tashkil etish;
Keyingi tahrirga qarang.
Komissiya majlisini chaqirish bilan bogʻliq tashkiliy masalalarini hal qilish;
Komissiyaning ish yuritishini aniq va toʻliq olib borish, Komissiya yozishmalarini hisobga olish va tasniflash, Komissiyaning barcha majlislari protokollarini oʻz vaqtida va toʻliq rasmiylashtirish.
13. Komissiyani qayta tashkil etish va tugatish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga koʻra amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-oktabrdagi 215-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 42-son, 417-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 9-iyundagi 112-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 23-son, 210-modda)
3. Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulki ayrim obyektlarini investitsiya majburiyatlari evaziga bepul berishni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 5-maydagi 209-son qaroriga 2-ilova (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 5-son, 45-modda) 6-bandining “a” va “v” kichik bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 26-son, 298-modda; 2005-y., 8-9-son, 67-modda; 2006-y., 23-son, 210-modda, 30-son, 289-modda, 42-son, 417-modda; 2007-y., 37-38-son, 386-modda; 2009-y., 52-son, 568-modda; 2011-y., 37-son, 381-modda; 2013-y., 37-son, 485-modda)