Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.09.2019 06.10.2017 yildagi PQ-3314-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 06.10.2017 yildagi PQ-3314-son
Date of entry into force
07.10.2017
Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.09.2019
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
To‘qimachilik sanoati xomashyo bazasini diversifikatsiya qilishning qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 16-sentabrdagi PQ-4453-sonli “Yengil sanoatni yanada rivojlantirish va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jahon bozorida barqaror talabga ega, yuqori qo‘shilgan qiymatli raqobatdosh to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni ta’minlash, shuningdek, kimyo xomashyosini chuqur qayta ishlash bo‘yicha zamonaviy ilmiy yutuqlar va taraqqiy etgan innovatsiya texnologiyalarini ko‘llagan holda to‘qimachilik tarmog‘ida yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun xomashyo bazasini kengaytirish, ichki sanoat kooperatsiyasini hamda import o‘rnini egallaydigan mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtiruvchi korxonalarni rivojlantirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “O‘zbekyengilsanoat” aksiyadorlik jamiyati hamda “Namangan sharbati” mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi qo‘shma korxonasi (keyingi o‘rinlarda — “Namangan sharbati” MChJ QK)ning “Namangan sharbati” MChJ QK negizida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10,0 ming tonna poliefir tolasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10,0 ming tonna poliefir ipi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20,0 mln. p.m. aralash tolali gazlamalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7,0 ming tonna aralash tolali polotnolar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6,0 mln. dona aralash tolali to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatlarini 2018-yilda ishga tushirgan holda aralash tolali to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha yangi korxonani tashkil etish loyihasi (keyingi o‘rinlarda — loyiha)ni amalga oshirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilansinki, umumiy qiymati 92,0 mln. AQSh dollari bo‘lgan loyihani moliyalashtirish “Namangan sharbati” MChJ QKning 30,0 mln. AQSh dollari miqdoridagi shaxsiy mablag‘lari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Tashki iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan qayta moliyalashtiriladigan O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining 62,0 mln. AQSh dollari miqdoridagi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. “Namangan sharbati” MChJ QK O‘zbekiston Respublikasi Tashki iqtisodiy faoliyat milliy banki va “O‘zbekyengilsanoat” AJ bilan birgalikda uch oy muddatda aralash tolali to‘qimachilik mahsulotlari yangi korxonasini tashkil etish bo‘yicha loyiha ishlab chiqilishi va “O‘zbekyengilsanoat” AJning tarmoqdagi Ilmiy-texnik kengashida ekspertizadan o‘tkazilishi hamda texnik-iqtisodiy asoslanishi belgilangan tartibda tasdiqlanishini ta’minlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Namangan viloyati hokimligi “Namangan sharbati” MChJ QKga loyihani tashkil etish va amalga oshirish uchun belgilangan tartibda yer maydoni ajratib berilishini ta’minlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. “Namangan sharbati” MChJ QK 2022-yilning 1-yanvarigacha:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxslarning foyda solig‘i, qo‘shilgan qiymat solig‘i, yuridik shaxslarning mulk solig‘i hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalar to‘lashdan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha respublikaga olib kiriladigan uskunalar, butlovchi buyumlar, shuningdek, kimyo xomashyosi asosida mahsulot ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan xomashyo, materiallar va kimyoviy vositalar bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2019-yillarda to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida” 2016-yil 21-dekabrdagi PQ-2687-sonli qarorida nazarda tutilgan O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan moliyalashtirish mexanizmi va shart-sharoitlari “Namangan sharbati” MChJ QKga, istisno tariqasida, joriy etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori Sh.M. Sodiqov va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki boshqaruvi raisi S.R. Xolmurodov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 6-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-3314-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2017-y., 07/17/3314/0071-son)