Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.12.2015 29.06.2001 yildagi 285-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori , 29.06.2001 yildagi 285-son
Date of entry into force
29.06.2001
Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.12.2015
Hujjat 15.03.2012 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Gastrol-konsert faoliyati sohasida soliq solishni va audio-video kassetalarni tarqatishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 9-dekabrdagi 354-sonli “Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Estrada qoʻshiqchilik sanʼatini yanada rivojlantirish toʻgʻrisida” 2001-yil 26-iyundagi 272-son qaroriga muvofiq hamda gastrol-konsert faoliyatiga soliq solishni, shuningdek gramplastinkalar, audio va videokassetalar, lazer disklari, boshqa audio-video kassetalarni ishlab chiqarish, koʻpaytirish va sotish bilan bogʻliq faoliyatni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Belgilansinki, 2001-yil 1-iyuldan boshlab:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gastrol-konsert faoliyati bilan shugʻullanish huquqi uchun litsenziya oluvchi yuridik va jismoniy shaxslar “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi tomonidan belgilanadigan reyting guruhiga koʻra tabaqalashtirilgan miqdorlarda davlat boji toʻlaydilar hamda budjetga davlat soliqlari va mahalliy soliqlar toʻlashdan ozod etiladilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
faoliyatini boshlayotgan ijodiy jamoalar va ijrochilar tomonidan gastrol-konsert faoliyati bilan shugʻullanish huquqi uchun litsenziya olishda ular tomonidan boj davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab birinchi yilda boshlangʻich stavka boʻyicha toʻlanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gastrol-konsert faoliyati bilan shugʻullanish huquqi uchun litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizalar koʻrib chiqilganligi uchun yigʻimlar summasi toʻliq miqdorda “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi mintaqaviy boʻlimlarining talab qilib olinadigan depozit hisob raqamlariga oʻtkaziladi, litsenziya berilganligi uchun davlat boji toʻliq miqdorda “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi ustavida nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun Milliy estrada sanʼatini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashi huzuridagi Estrada sanʼatini rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi;
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 560-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy va yuridik shaxslar belgilangan tartibda berilgan litsenziyasiz gastrol-konsert faoliyatini amalga oshirishga haqli emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
konsertlar va tomosha tadbirlarini tashkil etish yuridik shaxslar tomonidan, “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi beradigan bir martalik gastrol-konsert guvohnomasi mavjud boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bir martalik gastrol-konsert guvohnomasini berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi bilan birgalikda “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bir martalik gastrol-konsert guvohnomasi berganlik uchun:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent shahrida — eng kam oylik ish haqining 5 baravari miqdorida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
viloyat markazlarida — eng kam oylik ish haqining 3 baravari miqdorida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqa aholi punktlarida — eng kam oylik ish haqining 1 baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yigʻim mablagʻlari “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasiga tushadi va ulardan bir martalik gastrol-konsert guvohnomasini berish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplashda foydalaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Faoliyatni litsenziyasiz va gastrol-konsert guvohnomasisiz amalga oshirgan shaxslarga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan jazo choralari qoʻllanadi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-sonli qaroriga asosan oltinchi — oʻn uchinchi xatboshilar bilan toʻldirildi — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 560-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 11-noyabrdagi 498-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2003-y., 21-son, 213-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
konsert-tamosha faoliyati bilan shugʻullanish huquqi uchun bojning tabaqalashtirilgan miqdorlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 11-noyabrdagi 498-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2003-y., 21-son, 213-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbeknavo” estrada birlashmasiga belgilangan tartibda, Milliy estrada sanʼatini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashi bilan kelishgan holda oʻn kun muddatda estrada ijrochilarini tegishli reyting guruhlariga kiritish boʻyicha mezonlar va malaka talablarini ishlab chiqish va tasdiqlash topshirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-4 bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 11-noyabrdagi 498-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan— OʻR QHT, 2003-y., 21-son, 213-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda Milliy estrada sanʼatini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashining takliflarini hisobga olgan holda oʻn kun muddatda litsenziyalarning va ularni berish toʻgʻrisidagi arizalarning namunaviy shakllarini, shuningdek:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gramplastinkalar, audio va videokassetalar, lazer disklarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish, koʻpaytirish va sotish faoliyatini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida va uning tashqarisida gastrol-konsert faoliyatini amalga oshirishga litsenziya bitimlarining namunaviy shakllarini belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2001-yil 1-oktabrgacha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gastrol-konsert faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslarning taʼsis hujjatlari mazkur qarorga muvofiqlashtirilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilgari gramplastinkalar, audio va videokassetalar, lazer disklarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish, koʻpaytirish va sotish boʻyicha faoliyat bilan shugʻullanish huquqi uchun litsenziya olgan yuridik shaxslarga belgilangan tartibda litsenziya berilishini taʼminlasinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Oʻzbekkino” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi xoʻjalik subyektlari tomonidan gastrol-konsert faoliyati bilan shugʻullanishning belgilangan tartibiga rioya etilishining qatʼiy va hamma joyda nazorat qilinishini taʼminlasinlar, faoliyatning koʻrsatib oʻtilgan turlari bilan tegishli litsenziya olmasdan shugʻullanuvchi shaxslarni amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortsinlar.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 15-martdagi 72-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 12-son, 130-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasiga amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida takliflar kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
idoraviy normativ hujjatlar mazkur qarorga muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S.Azimov va H.S.Karomatov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2001-yil 29-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
285-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 11-noyabrdagi 498-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan— OʻR QHT, 2003-y., 21-son, 213-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2001-yil 29-iyundagi 285-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Konsert-tomosha faoliyati bilan shugʻullanish huquqi uchun davlat boji
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
stavkalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

№‎

‎‏

‎Faoliyat turi

Jismoniy va yuridik shaxslar uchun (bir jismoniy shaxs hisobidan) yiliga boj miqdori, eng kam oylik ish haqining baravari miqdorida‎‎

reyting guruhlari boʻyicha‎‎‎

I‎

II‎

III‎

IV‎

1.‎ Oʻzbekiston Respublikasida va uning tashqarisida gastrol-konsert faoliyatini amalga oshirish:‎‎
yakka konsert (bir ijrochining yakka konsert dasturi);
bitta janrning ikki yoki undan koʻp ijrochisi ishtirokidagi konsert dasturi.‎‎

150‎

75‎

50‎

30‎

2.‎ Toʻylar, yubileyva boshqa tantanalardakonsert xizmati koʻrsatish:
restoranlar, qahvaxonalar, barlar va xususiy uylarda yubiley tantanalariga xizmat koʻrsatish;
‎‎restoranlar, xususiy uylar, qahvaxonalar va barlarda toʻylarda (nikohni qayd etish, osh berish, kechkurungi nikoh toʻyi, “kelin salom”, “charlar” “sunnat toʻyi” tadbirlariga) xizmat koʻrsatish;
‎xordiq chiqarish muassasalari, klublar, diskotekalar, restoranlar, barlar va qahvaxonalarda xizmat koʻrsatish.

100‎

50‎

25‎

15‎

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh. Reytingning IV guruhiga kiritilgan, faoliyatini boshlayotgan ijodiy jamoalar va ijrochilar tomonidan gastrol-konsert faoliyati bilan shugʻullanish huquqi uchun litsenziya olishda boj ular davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan vaqtdan boshlab birinchi yilda boshlangʻich stavka boʻyicha toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat boji miqdorlari (choraklar boʻyicha boʻlib-boʻlib toʻlanganda — davlat bojining tegishli qismi) toʻlov kunidagi eng kam oylik ish haqi miqdoridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 11-noyabrdagi 498-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2003-y., 21-son, 213-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 30-dekabrdagi 455-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan; — OʻR QHT, 2002-y., 24-son, 200-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 11-noyabrdagi 498-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan— OʻR QHT, 2003-y., 21-son, 213-modda)