13.09.2017 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2930
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyrugʻi, 13.09.2017 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2930
Date of entry into force
01.10.2017
Hujjat 01.10.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyrugʻi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki ishlar organlari tayanch punktlari profilaktika inspektorlarining hisobotini fuqarolar yigʻinlarida eshitish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 13-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2930]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi PQ-2896-sonli “Ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ichki ishlar organlari tayanch punktlari profilaktika inspektorlarining hisobotini fuqarolar yigʻinlarida eshitish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur buyruq 2017-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazir P. BOBOJONOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 6-sentabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
193-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2017-yil 6-sentabrdagi 193-sonli buyrugʻiga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki ishlar organlari tayanch punktlari profilaktika inspektorlarining hisobotini fuqarolar yigʻinlarida eshitish tartibi toʻgʻrisidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom ichki ishlar organlarining tayanch punktlari profilaktika inspektorlarining (bundan buyon matnda profilaktika inspektorlari deb yuritiladi) huquqbuzarliklar profilaktikasi va huquqbuzarliklarni oldini olish holati toʻgʻrisidagi hisobotini fuqarolar yigʻinlarida eshitish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Profilaktika inspektorlari oʻzlariga biriktirilgan maʼmuriy hudud boʻyicha tegishli fuqarolar yigʻinlarida har oy yakuni boʻyicha hisobot beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Profilaktika inspektorining hisobotini eshitish fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli), uning maslahatchilari, taʼlim muassasalari, oilaviy poliklinikalar, qishloq vrachlik punktlari vakillari, fuqarolar yigʻinidagi xonadonlarda, koʻp qavatli uylarda istiqomat qiluvchi aholi, ichki ishlar organining ushbu hududga masʼul etib biriktirilgan rahbari ishtirokida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Profilaktika inspektorining hisobotini eshitish kuni fuqarolar yigʻini kengashi tomonidan ichki ishlar organining ushbu hududga masʼul etib biriktirilgan rahbari bilan kelishilgan holda belgilanadi. Yigʻin oʻtkazilishidan uch kun oldin bu haqda fuqarolar yigʻinida koʻrinarli joyga eʼlon osib qoʻyiladi hamda aholiga yetkazish choralari koʻriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Profilaktika inspektorining hisobotini eshitish boʻyicha oʻtkaziladigan yigʻin fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) tomonidan olib boriladi. Yigʻin bayonnomasi fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli), fuqarolar yigʻini masʼul kotibi, ichki ishlar organining ushbu hududga masʼul etib biriktirilgan rahbari tomonidan imzolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organ va muassasalar vakillari profilaktika inspektorlarining hisobotini eshitish boʻyicha oʻtkaziladigan yigʻinga fuqarolar yigʻini tomonidan taklif etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Profilaktika inspektorlarining fuqarolar yigʻinlarida hisobotini eshitish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Profilaktika inspektorlari quyidagi asosiy yoʻnalishlar boʻyicha hisobot beradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
huquqbuzarliklar profilaktikasini, ayniqsa voyaga yetmaganlar va yoshlar oʻrtasida tashkil etish, huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini, ularga imkon beruvchi shart-sharoitlarni aniqlash, oʻrganish va bartaraf etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
voyaga yetmaganlar va yoshlar bilan ularni Vatanga muhabbat, vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga, yosh avlodni terrorizm, diniy ekstremizm, zoʻravonlik va shafqatsizlik gʻoyalaridan himoyalashga yoʻnaltirilgan ishlarni bevosita amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
huquqbuzarliklar profilaktikasi, fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish masalalari boʻyicha ichki ishlar organlarining boshqa boʻlinmalari, davlat organlari, tashkilotlar, fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari bilan oʻzaro hamkorlikni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
huquqbuzarliklarni aniqlash va ularga chek qoʻyish, huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablari va ularga imkon beruvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish boʻyicha maxsus profilaktik chora-tadbirlarni, shuningdek, huquqbuzarliklarni sodir etishga moyil shaxslar bilan profilaktika ishlarini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquvchilarining taʼlim muassasalaridagi davomatini nazorat qilish, ijtimoiy xavfli holatda boʻlgan va taʼlim muassasalariga qatnamaydigan voyaga yetmaganlar va yoshlar, shuningdek, ushbu toifadagi shaxslarning ota-onalari bilan profilaktika ishlarini olib borish.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Profilaktika inspektorlari hisobot berish jarayonida qonun hujjatlariga muvofiq qoʻriqlanadigan davlat va xizmat sirlarini himoya qilishi hamda insonlarning shaxsiy va oilaviy sirlarining daxlsizligini taʼminlashi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Profilaktika inspektorlarining fuqarolar yigʻinlarida hisobot berishi muayyan sabablarga koʻra mumkin boʻlmay qolgan hollarda (profilaktika inspektori vaqtincha mehnatga layoqatsiz boʻlganda, boshqa lavozimga oʻtganda, nafaqaga chiqqanda) ushbu hududga masʼul etib biriktirilgan ichki ishlar organi rahbari fuqarolar yigʻini raisi bilan kelishilgan holda hisobot berish uchun boshqa kunni belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Hududga xizmat koʻrsatuvchi profilaktika inspektori lavozimiga yangi xodim tayinlansa, ushbu hududga masʼul etib biriktirilgan ichki ishlar organi rahbari fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqol) ishtirokida aholiga profilaktika inspektori lavozimiga yangi tayinlangan xodimni tanishtiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Profilaktika inspektori lavozimga tayinlangan kundan boshlab amalga oshirgan ishlari yuzasidan fuqarolar yigʻinida hisobot beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Profilaktika inspektorlari faoliyatiga aholi tomonidan haqqoniy baho berilishini taʼminlash maqsadida fuqarolar yigʻini raisi hududdagi hovlilar, uylar, koʻchalar va mahallalardagi aholi (ularning vakillari) qatnashishini taʼminlaydi. Oʻtkaziladigan yigʻinga fuqarolarni turli sabablar bilan qatnashishini taqiqlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Profilaktika inspektorlarining hisobotlarini eshitish yakunlariga koʻra ular zimmasiga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi yuzasidan koʻrilayotgan choralar va ish natijalari tanqidiy muhokama qilinadi, ular faoliyatining samaradorligiga alohida baho beriladi hamda egallab turgan lavozimiga loyiq yoki noloyiqligi haqida tavsiyalar qabul qilinadi hamda ichki ishlar organi boshligʻiga taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Profilaktika inspektorining faoliyatiga baho berish yigʻin qarori bilan belgilanadi. Fuqarolar yigʻini unda qatnashish huquqiga ega boʻlgan barcha aholining yarmidan koʻprogʻi hozir boʻlgan taqdirda vakolatli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Fuqarolar yigʻinini chaqirishning imkoni boʻlmaganda fuqarolar vakillarining yigʻilishi oʻtkaziladi. Fuqarolar vakillarining yigʻilishi unda fuqarolarning hovlilar, uylar, koʻchalar va mahallalardagi vakillarining kamida uchdan ikki qismi hozir boʻlgan taqdirda vakolatli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Fuqarolar yigʻinida (fuqarolar vakillarining yigʻilishida) qaror unda qatnashganlarning koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda yigʻinni olib boruvchi masʼullarning ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Yakuniy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Profilaktika inspektorlari hisobot berishga tayyorgarlik koʻrish jarayonida oʻzlariga biriktirilgan maʼmuriy hududdagi huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organ va muassasalardan huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan maʼlumotlarni oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Mazkur Nizom talablarini buzgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Mazkur Nizom Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi bilan kelishilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashi raisining birinchi oʻrinbosari Sh. JAVLONOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 6-sentabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 37-son, 1021-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 16.10.2024-y., 10/24/2930-1/0823-son)