11.09.2017 yildagi PQ-3263-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 11.09.2017 yildagi PQ-3263-son
Date of entry into force
18.09.2017
Hujjat 18.09.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuqori sifatli etil spirti va likyor-araq mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanoat ishlab chiqarishlarini yanada modernizatsiya qilish, etil spirti va likyor-araq mahsulotlarining zamonaviy ishlab chiqarishlarini tashkil etish, alkogol mahsulotlarining eksport salohiyatini oshirish, uning sifati va raqobatdoshligini orttirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, “Oʻzvinosanoat-xolding” AJning:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzspirtsanoat” AJga tegishli “Qoʻqon spirt” AJning 51,01 miqdordagi aksiyalarini balans narxi boʻyicha “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning ustav kapitaliga davlatning ulishi sifatida oʻtkazish toʻgʻrisidagi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46,98 foiz miqdoridagi davlatga tegishli boʻlgan “Qoʻqon spirt” AJning aksiyalarini balans narxi boʻyicha davlatning ulushi sifatida “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning ustav kapitaliga oʻtkazish toʻgʻrisidagi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur bandga muvofiq beriladigan aksiyalarning balans narxi summasi hisobiga “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning ustav kapitalini oshirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soʻngi avlodning ilgʻor texnologiyalaridan foydalangan holda “Lyuks” klassdagi spirtidan oliy sifatli likyor-araq mahsulotlarini quyish boʻyicha “SELENA” MCHJ (Rossiya Federatsiyasi) bilan masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “Premium Uzbekistan” (keyingi oʻrinlarda — “Premium Uzbekistan” MCHJ QK) qoʻshma korxonasini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qoʻshma korxonani “Toshkent mexanika zavodi” AJ ishlab chiqarish quvvatlari maydonlarida joylashtirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Qoʻqon spirt” AJning sanoat ishlab chiqarishlarini modernizatsiya qilish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, “Premium Uzbekistan” MCHJ QKning birlamchi ustav kapitali ekvivalenti 150,0 ming AQSH dollarini tashkil etadi, bundan “CELENA” MCHJning ulushi 51 foiz miqdorida va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning ulushi 49 foiz miqdoridagi pul mablagʻlari hisobidan shakllantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent shahrida yangi likyor-araq zavodining qurilishi “SELENA” MCHJning toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalari hisobidan amalga oshiriladi, keyinchalik ular tashkil etilayotgan qoʻshma korxonaning ustav kapitaliga yoʻnaltiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Qoʻqon spirt” AJni modernizatsiya qilish “CELENA” MCHJning “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJga ajratiladigan qarzlari hisobidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Belgilansinki, Toshkent shahrida yangi likyor-araq zavodining qurilishi va “Qoʻqon spirt” AJni modernizatsiya qilish (keyingi oʻrinlarda — loyihalar) 2017 — 2020-yillarda bir bosqichli tartibda texnik-iqtisodiy asos bilan bir vaqtda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Loyihalarni amalga oshirish doirasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent shahrida yangi likyor-araq zavodini qurish boʻyicha bosh buyurtmachi etib — “Premium Uzbekistan” MCHJ;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Qoʻqon spirt” AJni modernizatsiya qilish boʻyicha bosh buyurtmachi etib — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bosh loyiha tashkiloti etib — “Oʻzagrosanoatloyiha” MCHJ;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bosh pudratchi tashkilotlar etib — ixtisoslashtirilgan pudrat tashkilotlarini jalb etgan holda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning tarkibiy tuzilmalari belgilansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ va “Premium Uzbekistan” MCHJga loyihani amalga oshirish doirasida quyidagilarga istisno tariqasida ruxsat etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yilning 1-yanvarigacha qurilish-montaj ishlarini loyiha-smeta hujjatlari bilan bir vaqtning oʻzida amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarur hollarda eng maqbul takliflarni tanlab olish asosida yoki toʻgʻridan toʻgʻri muzokaralar olib borish yoʻli orqali, tender (tanlov) savdolarini oʻtkazmasdan turib malakali loyihalashtiruvchilar va ekspertlarni, shu jumladan, xorijiy mutaxassislarni jalb etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eng maqbul takliflarni tanlab olish asosida tovarlarni yetkazib berishga tender savdolarini oʻtkazmasdan turib ishlab chiqaruvchi zavodlar yoki ularning rasmiy dillerlari (distribyutorlari) bilan shartnomalar tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilishda qatnashayotgan pudrat tashkilotlariga “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning yoqilgʻi-moylash materiallari limitlaridan ajratish.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ va “Premium Uzbekistan” MCHJ 2018-yilning 1-apreligacha boʻlgan muddatda Toshkent shahrida yangi likyor-araq zavodining qurilishi va “Qoʻqon spirt” AJni modernizatsiya qilish boʻyicha loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ va “Premium Uzbekistan” MCHJ, loyihalashtirish va pudratchi, subpudratchi tashkilotlar 2021-yilning 1-yanvarigacha loyihani amalga oshirish doirasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan bajariladiganlarini hisobga olgan holda tovarlar (ishlar, xizmatlar) — qoʻshimcha qiymat soligʻidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish budjetdan tashqari jamgʻarmasiga boʻlgan majburiy ajratma va yigʻimlardan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan ishlar (koʻrsatilgan xizmatlar)ni bajarishdan olinadigan yuridik shaxslarning daromadlari boʻyicha foyda soligʻidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumiy foydalanish yoʻllaridan ogʻir va yirik avtomobil vositalarining oʻtishi toʻlovlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organlarida litsenziya olish va sertifikatsiyalashdan oʻtish boʻyicha davlat yigʻimlari, bojlari va toʻlovlardan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan uskunalar va ularga ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar va uzellar, xom ashyo va materiallar, texnologik hujjatlar, shuningdek, belgilangan tartibda tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha loyihani amalga oshirish doirasida olib kelinadigan metallprokati — bojxona toʻlovlaridan (bojxona yigʻimlaridan tashqari);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuzilgan shartnomalar shartlariga muvofiq yetkazib berilayotgan texnologik uskunalarni montaj qilish va kafolat muddati boʻyicha xizmat koʻrsatish davrida xorijiy kompaniyalar tomonidan “vaqtincha olib kirish” bojxona rejimida olib kiriladigan va rasmiylashtiriladigan uskuna va anjomlar, uzellar va asbob-uskunalar — muddati bilan bogʻliq toʻlanadigan bojxona toʻlovlaridan ozod etilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki, loyihalarni amalga oshirish doirasida loyiha qatnashchilarining — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ va uning pudratchi tashkilotlari tomonidan begʻaraz asosda topshiriladigan mulki qoʻshilgan qiymat soligʻi, yuridik shaxslarning daromad soligʻi soliqqa tortiluvchi obyekt hisoblanmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uch oy muddatda “Qoʻqon spirt” AJni texnik auditdan oʻtkazilishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Qoʻqon spirt” AJ bilan birgalikda boshqa aksiyadorlardan aksiyalarni sotib olish maqsadida jamiyatning aksiyalari bozor narxini belgilanishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy muddatda “Qoʻqon spirt” AJga qaram boʻlgan xoʻjalik jamiyatlarining keyingi faoliyatini tashkil etish boʻyicha takliflar kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Qoʻqon spirt” AJ bilan birgalikda qonun hujjatlariga muvofiq aksiyadorlar aniqlanmagani holatida — pul vositalari notarial idoraning depozit hisobvaragʻiga oʻtkazib berilishi taʼminlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda mazkur qarorning 1-bandiga muvofiq topshiriladigan aksiyalar narxi summasiga “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning ustav kapitalida davlatning ulushi oshirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. “Oʻzvinsanoat-xolding” AJ Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ ustav kapitaliga topshirilayotgan “Qoʻqon spirt” AJning 51,01 foiz aksiyalar narxi summasiga “Oʻzvinsanoat-xolding” AJning ustav kapitalida davlatning ulushi kamaytirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, “Oʻzbekneftgaz” AJ, “Oʻzmetkombinat” AJ va “Oʻzqurilishmateriallari” AJ loyiha hujjatlari parametrlarini hisobga olgan holda buyurtmachi tomonidan asoslangan hisob-kitoblarga koʻra toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha hamda yetarli hajmlarda sement va metallprokatni — boshqariladigan narxlar boʻyicha yoqilgʻi-moylash materiallarini — kelishilgan narxlarda ajratilishi va yetkazib berilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Oʻzbekiston Respublikasi Arxitektura va qurilish davlat qoʻmitasi (B.I. Zakirov, K.N. Toʻlaganov) belgilangan tartibda loyiha-smeta hujjatlarini davlat ekspertizasidan oʻtkazilishini hamda loyihalar boʻyicha qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish sifati ustidan tegishli davlat arxitektura-qurilish nazoratini oʻrnatsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning talabnomalariga koʻra loyihani amalga oshirishda qatnashayotgan xorijiy mutaxassislarga kirish vizalarini konsullik va boshqa yigʻimlar undirilmagan holda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning talabnomalariga koʻra loyihani amalga oshirishda qatnashayotgan xorijiy mutaxassislarga koʻp martalik vizalarning muddatini uzaytirish, shuningdek, vaqtinchalik yashash joyiga propiska qilish va vaqtinchalik propiskaning muddatini uzaytirishni davlat bojlarini undirmagan holda amalga oshirilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning talabnomalariga koʻra loyihani amalga oshirishda qatnashadigan yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni Oʻzbekiston Respublikasiga jalb etishga ruxsatnomalar berishni (muddatini uzaytirish)ni, shuningdek, koʻrsatilgan xorijiy fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini olib borish huquqini beradigan tasdiqnomalar berishni (muddatini uzaytirish)ni davlat boji undirilmagan holda taʼminlab borsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi R.A. Gulyamov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 11-sentabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-3263-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 37-son, 986-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son, 08.11.2019-y., 07/19/4511/4005-son; 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son; 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)