05.09.2017 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2926
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining qarori, 05.09.2017 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2926
Date of entry into force
11.09.2017
Hujjat 11.09.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori

Soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetidan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 5-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2926]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 221-moddasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-iyuldagi PF-5116-sonli “Soliq maʼmuriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning yigʻiluvchanligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetidan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 15-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-41-son

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2017-yil 15-avgustdagi 2017-41-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetidan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 221-moddasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-iyuldagi PF-5116-sonli “Soliq maʼmuriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning yigʻiluvchanligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetidan foydalanish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti (bundan buyon matnda shaxsiy kabinet deb yuritiladi) — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining rasmiy veb-saytiga joylashtirilgan, soliq toʻlovchilar va davlat soliq xizmati organlarining soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan huquq va majburiyatlari amalga oshirilishi bilan bogʻliq boʻlgan oʻzaro munosabatlarni elektron tarzda amalga oshirishni taʼminlaydigan axborot resursi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliq toʻlovchilar — amaldagi qonunchilikka muvofiq zimmasiga soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash majburiyati yuklatilgan jismoniy shaxslar, yuridik shaxslar va ularning alohida boʻlinmalari;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaxsiy kabinetni aktivlashtirish — soliq toʻlovchilar va davlat soliq xizmati organlarining soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan huquq va majburiyatlari amalga oshirilishi bilan bogʻliq boʻlgan oʻzaro munosabatlarni elektron tarzda amalga oshirishga oʻtish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaxsiy kabinetni amal qilishini toʻxtatib turish — soliq toʻlovchilar va davlat soliq xizmati organlarining soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan huquq va majburiyatlari amalga oshirilishi bilan bogʻliq boʻlgan oʻzaro munosabatlarni elektron tarzda amalga oshirishdan voz kechish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron raqamli imzo — elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus oʻzgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yoʻqligini aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron hujjat — elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan hamda elektron hujjatning uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan boshqa rekvizitlariga ega boʻlgan axborot;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yagona identifikatsiya qilish tizimi — jismoniy va yuridik shaxslarni haqiqiy identifikatsiya qilishni, shuningdek idoralararo elektron hamkorlikda mansabdor shaxslarning axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalaridan ruxsat olib foydalana olishlarini taʼminlovchi davlat axborot tizimi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Shaxsiy kabinetni qoʻllash quyidagi maqsadlarga qaratilgan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliq toʻlovchilar va davlat soliq xizmati organlarining soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan huquq va majburiyatlari amalga oshirilishida zamonaviy axborot-texnologiyalaridan keng foydalanish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliq toʻlovchilarga toʻgʻridan-toʻgʻri muloqotsiz xizmat koʻrsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliq toʻlovchilarga davlat xizmatlaridan foydalanishida qulayliklar yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliq toʻlovchilar va davlat soliq xizmati organlari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarda hujjatlar aylanish mexanizmini soddalashtirish va tezkorligini oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliq maʼmuriyatchiligi sifati va samaradorligini yanada yaxshilashni taʼminlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Soliq toʻlovchida shaxsiy kabinet mavjud boʻlmagan taqdirda, soliq toʻlovchi va davlat soliq xizmati organi oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetini shakllantirish va undan foydalanish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Shaxsiy kabinet jismoniy shaxs, yakka tartibdagi tadbirkor yoki yuridik shaxs soliq toʻlovchi sifatida davlat soliq xizmati organlarida hisobga qoʻyilgan kundan boshlab uch ish kuni ichida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining rasmiy veb-saytida avtomatik rejimida shakllantiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaxsiy kabinet soliq toʻlovchilar toifalari (jismoniy shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar, yuridik shaxslar) uchun alohida shakllantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Soliq toʻlovchi faqat bitta shaxsiy kabinetga ega boʻlishi mumkin. Soliq toʻlovchini hisobga olish joyidan qatʼi nazar, uning davlat soliq xizmati organlari bilan oʻzaro munosabatlari bitta shaxsiy kabinet orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Shaxsiy kabinetni aktivlashtirish yoki amal qilishini toʻxtatib turish soliq toʻlovchi tomonidan ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Shaxsiy kabinetni aktivlashtirish yoki amal qilishini toʻxtatib turish uchun soliq toʻlovchi tomonidan tegishlicha ushbu Nizomning 1, 2 va 3-ilovalarida keltirilgan shakl boʻyicha bevosita hisobga olingan joydagi davlat soliq xizmati organiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining rasmiy veb-sayti orqali Davlat soliq xizmati organlari bilan oʻzaro munosabatlarni shaxsiy kabinet orqali amalga oshirish (amalga oshirishdan voz kechish) toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ariza taqdim etilgan kundan boshlab shaxsiy kabinet aktivlashtiriladi (amal qilishi toʻxtatib turiladi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Shaxsiy kabinetga kirish soliq toʻlovchining elektron raqamli imzosi qoʻllanilgan holda yagona identifikatsiya qilish tizimi orqali amalga oshiriladi. Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliq toʻlovchi jismoniy shaxsning shaxsiy kabinetiga kirish uchun — jismoniy shaxsning elektron raqamli imzosi kaliti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliq toʻlovchi yakka tartibdagi tadbirkorning shaxsiy kabinetiga kirish uchun — davlat roʻyxatidan oʻtgan hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan jismoniy shaxsning elektron raqamli imzosi kaliti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliq toʻlovchi yuridik shaxsning shaxsiy kabinetiga kirish uchun — yuridik shaxs vakilining elektron raqamli imzosi kaliti talab etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Agar jismoniy shaxs davlat soliq xizmati organlarida yuridik shaxsning rahbari sifatida hisobda turgan boʻlsa, ushbu jismoniy shaxs oʻz elektron raqamli imzosi kaliti bilan yuridik shaxsning shaxsiy kabinetiga kirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Soliq toʻlovchilar va davlat soliq xizmati organlari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali amalga oshirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Soliq toʻlovchi shaxsiy kabinet orqali davlat soliq xizmati organlariga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Davlat soliq xizmati organlari bilan oʻzaro munosabatlarni shaxsiy kabinet orqali amalga oshirish (amalga oshirishdan voz kechish) toʻgʻrisidagi arizani;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) davlat soliq xizmati organiga shaxsiy kabinet orqali yuborilishi Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksida nazarda tutilgan hujjatlarni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) boshqa hujjatlarni (maʼlumotlarni), shu jumladan davlat soliq xizmati organlariga murojaatlarni yuborishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soliq toʻlovchilar tomonidan shaxsiy kabinet orqali davlat soliq xizmati organlariga yuboriladigan elektron hujjatlarning roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Shaxsiy kabinet orqali yuborilgan elektron hujjatning joʻnatish vaqti elektron hujjat davlat soliq xizmati organlari tomonidan qabul qilib olingan vaqt deb hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Soliq toʻlovchilar elektron hujjatlarni aktivlashtirilgan shaxsiy kabinet orqali yuborganda ushbu hujjatlarni davlat soliq xizmati organlariga qogʻoz shaklida yuborish talab etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Shaxsiy kabinetga yangi hujjat kelib tushganda soliq toʻlovchining arizasida koʻrsatilgan mobil telefoni raqamiga avtomat tarzda SMS xabarnoma yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Soliq toʻlovchi oʻz shaxsiy kabinetida saqlanadigan elektron hujjatlarni koʻrishi, kompyuteriga yuklab olishi va chop etishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Soliq toʻlovchi tomonidan shaxsiy kabinet orqali yuborilgan elektron hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi va boshqa qonun hujjatlarida belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Davlat soliq xizmati organlari shaxsiy kabinet orqali soliq toʻlovchilarga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) soliq toʻlovchiga shaxsiy kabinet orqali yuborilishi Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksida nazarda tutilgan hujjatlarni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) soliq toʻlovchiga beriladigan fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasining roʻyxatdan oʻtkazish kartochkasini berish rad etilganligi toʻgʻrisidagi xabarnomani;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) soliq toʻlovchiga beriladigan fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasining roʻyxatdan oʻtkazish kartochkasini;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) boshqa hujjatlarni (maʼlumotlarni), shu jumladan soliq toʻlovchilarni davlat soliq xizmati organlariga qilgan murojaatlariga javob xatlarini yuborishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat soliq xizmati organlari tomonidan shaxsiy kabinet orqali soliq toʻlovchilarga yuboriladigan elektron hujjatlarning roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Davlat soliq xizmati organlari elektron hujjatlarni aktivlashtirilgan shaxsiy kabinet orqali yuborganda ushbu hujjatlarni soliq toʻlovchilarga qogʻoz shaklida yuborish talab etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Davlat soliq xizmati organlari tomonidan shaxsiy kabinet orqali soliq toʻlovchiga elektron hujjatlar yuborilgan kundan keyingi ish kuni ushbu hujjatlar soliq toʻlovchi tomonidan qabul qilib olingan kun deb hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Davlat soliq xizmati organlari tomonidan shaxsiy kabinet orqali soliq toʻlovchiga elektron hujjatlar yuborilgan kuni soliq toʻlovchi tomonidan shaxsiy kabinetning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisida ariza berilgan taqdirda yoki soliq toʻlovchining elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining amal qilish muddati tugagan yoki bekor qilingan boʻlsa, mazkur hujjatlar soliq toʻlovchiga uch ish kuni ichida qogʻoz koʻrinishida joʻnatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Yakuniy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Shaxsiy kabinet orqali qabul qilib olingan va yuborilgan elektron hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, “Elektron hujjat aylanishi toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda boshqa qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda saqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Davlat soliq xizmati organlari oʻz vakolati doirasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaxsiy kabinetni oʻz vaqtida shakllantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz dasturiy-texnik vositalarini qoʻllagan holda shaxsiy kabinetni samarali va uzluksiz ishlashini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliq toʻlovchilarga shaxsiy kabinetdan foydalanish borasida tushuntirishlar berish, mazkur masalada qoʻllanmalar tayyorlash va tarqatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaxsiy kabinetning axborot xavfsizligini taʼminlash chora-tadbirlarini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaxsiy kabinetdagi maʼlumotlarning dolzarbligini taʼminlash maqsadida ularni bir ish kunida bir marta yangilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliq toʻlovchi tomonidan yuborilgan elektron hujjatlarni belgilangan tartib va muddatlarda koʻrib chiqish uchun javobgar hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri v. b. Sh. SHERMATOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 15-avgust

Savdo-sanoat palatasi raisi A. IKRAMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 15-avgust
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetidan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

‎‎Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga ______________________________________ dan

‎‎(jismoniy shaxsning F.I.Sh.)

‎(STIR)

‎‎Davlat soliq xizmati organlari bilan oʻzaro munosabatlarni soliq
‎toʻlovchining shaxsiy kabinet orqali amalga oshirish (amalga
‎oshirishdan voz kechish) toʻgʻrisidagi
‎ARIZA

‎‎Davlat soliq xizmati organlari bilan oʻzaro munosabatlarni soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali amalga oshirish uchun _____________________________________________________________________________________ga

‎‎jismoniy shaxsning F.I.Sh.

‎‎tegishli shaxsiy kabinetni aktivlashtirishingizni / amal qilishini toʻxtatib turishingizni soʻrayman.
‎Yuborilgan elektron hujjatlar toʻgʻrisida SMS xabarnomani quyidagi mobil telefon raqamiga yuborishingizni soʻrayman*:

‎‎* Telefon raqam koʻrsatilmagan taqdirda xabarlar elektron raqamli imzoni roʻyxatdan oʻtkazish jarayonida koʻrsatilgan telefon raqamiga yuboriladi. Koʻrsatilgan telefon raqami elektron raqamli imzoni roʻyxatdan oʻtkazish jarayonida koʻrsatilgan telefon raqamidan farq qilsa, elektron raqamli imzoni roʻyxatdan oʻtkazish joyidagi telefon raqami avtomatik tarzda koʻrsatilgan telefon raqamiga oʻzgartiriladi.
‎Telefon raqam oʻzgartirilganda va bu haqida davlat soliq xizmati organlari xabardor qilinganda, xabarnomalar mazkur telefon raqamiga yuboriladi.

‎‎_________________________________________

‎‎(imzo, sana)

Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetidan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

‎‎Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga ______________________________________ dan

(yakka tartibdagi tadbirkor F.I.Sh.)

‎(STIR)

‎‎Davlat soliq xizmati organlari bilan oʻzaro munosabatlarni soliq
‎toʻlovchining shaxsiy kabinet orqali amalga oshirish (amalga
‎oshirishdan voz kechish) toʻgʻrisidagi
‎ARIZA

‎‎Davlat soliq xizmati organlari bilan oʻzaro munosabatlarni soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali amalga oshirish uchun _____________________________________________________________________________________ga

yakka tartibdagi tadbirkor F.I.Sh.

‎‎tegishli shaxsiy kabinetni aktivlashtirishingizni / amal qilishini toʻxtatib turishingizni soʻrayman.
‎Yuborilgan elektron hujjatlar toʻgʻrisida SMS xabarnomani quyidagi mobil telefon raqamiga yuborishingizni soʻrayman*:

‎‎* Telefon raqam koʻrsatilmagan taqdirda xabarlar elektron raqamli imzoni roʻyxatdan oʻtkazish jarayonida koʻrsatilgan telefon raqamiga yuboriladi. Koʻrsatilgan telefon raqami elektron raqamli imzoni roʻyxatdan oʻtkazish jarayonida koʻrsatilgan telefon raqamidan farq qilsa, elektron raqamli imzoni roʻyxatdan oʻtkazish joyidagi telefon raqami avtomatik tarzda koʻrsatilgan telefon raqamiga oʻzgartiriladi.
‎Telefon raqam oʻzgartirilganda va bu haqida davlat soliq xizmati organlari xabardor qilinganda, xabarnomalar mazkur telefon raqamiga yuboriladi.

‎‎_________________________________________

‎‎(imzo, sana)

M.Oʻ.‎‎

(muhr mavjud boʻlganda)‎‎

Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetidan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

‎‎Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga ___________________________________ rahbari

(yuridik shaxs nomi)

‎‎______________________________________ dan‎

(yuridik shaxs rahbari F.I.Sh.)‎‎

‎(STIR)

‎‎Davlat soliq xizmati organlari bilan oʻzaro munosabatlarni soliq
‎toʻlovchining shaxsiy kabinet orqali amalga oshirish (amalga
‎oshirishdan voz kechish) toʻgʻrisidagi
‎ARIZA

‎‎Davlat soliq xizmati organlari bilan oʻzaro munosabatlarni soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali amalga oshirish uchun _____________________________________________________________________________________ga

yuridik shaxs nomi

‎‎tegishli shaxsiy kabinetni aktivlashtirishingizni / amal qilishini toʻxtatib turishingizni soʻrayman.
‎Yuborilgan elektron hujjatlar toʻgʻrisida SMS xabarnomani quyidagi mobil telefon raqamiga yuborishingizni soʻrayman*:

‎‎* Telefon raqam koʻrsatilmagan taqdirda xabarlar elektron raqamli imzoni roʻyxatdan oʻtkazish jarayonida koʻrsatilgan telefon raqamiga yuboriladi. Koʻrsatilgan telefon raqami elektron raqamli imzoni roʻyxatdan oʻtkazish jarayonida koʻrsatilgan telefon raqamidan farq qilsa, elektron raqamli imzoni roʻyxatdan oʻtkazish joyidagi telefon raqami avtomatik tarzda koʻrsatilgan telefon raqamiga oʻzgartiriladi.
‎Telefon raqam oʻzgartirilganda va bu haqida davlat soliq xizmati organlari xabardor qilinganda, xabarnomalar mazkur telefon raqamiga yuboriladi.

‎‎_________________________________________

‎‎(imzo, sana)

M.Oʻ.‎‎

(muhr mavjud boʻlganda)‎‎

Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 36-son, 972-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 10/19/2926-1/4200-son; 31.03.2020-y., 10/20/2926-2/0390-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 01.08.2023-y., 10/23/3450/0546-son; 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son; 27.03.2025-y., 10/25/3614/0279-son; 13.04.2026-y., 10/26/3812/0344-son)