07.09.2017 yildagi O‘RQ-443-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 07.09.2017 yildagi O‘RQ-443-son
Date of entry into force
08.09.2017
Hujjat 08.09.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilik palatasi tomonidan 2017-yil 15-avgustda qabul qilingan
Senat tomonidan 2017-yil 24-avgustda maʼqullangan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonunning maqsadi huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda. Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda. Asosiy tushunchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
huquqiy axborot — normativ-huquqiy hujjatlarning, ularga oid rasmiy sharhlarning, normativ-huquqiy hujjatlarning qoʻllanilish tartibi toʻgʻrisidagi tushuntirishlarning, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi qarorlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qonun hujjatlari qoʻllanilishi masalalari boʻyicha qarorlarining matnlari, shuningdek sud amaliyotini umumlashtirish materiallari;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
huquqiy axborotdan foydalanish — huquqiy axborotni erkin olish va undan foydalanish imkoniyati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
huquqiy axborotni tarqatish — nomuayyan doiradagi shaxslarni huquqiy axborot bilan tanishtirishga qaratilgan harakatlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda. Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlashning asosiy prinsiplari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlashning asosiy prinsiplari huquqiy axborotni tarqatish hamda undan foydalanishni taʼminlashning oshkoraligi, ochiqligi, oʻz vaqtidaligi, huquqiy axborotni izlash va olish erkinligidan iboratdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda. Huquqiy axborotdan foydalanish kafolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Huquqiy axborotdan foydalanish davlat tomonidan kafolatlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolar huquqiy axborotni moneliksiz izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat organlari, boshqa tashkilotlar va mansabdor shaxslar har kimga huquqiy axborotdan foydalanish imkoniyatini belgilangan tartibda taʼminlashi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar huquqiy axborot davlat sirlarini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlar jumlasiga belgilangan tartibda kiritilgan boʻlsa, ushbu axborotdan foydalanish cheklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Huquqiy axborotni tarqatishni amalga oshiruvchi va undan foydalanishni taʼminlovchi organlar hamda tashkilotlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash sohasidagi vakolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi oʻz vakolatlari doirasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
huquqiy axborotni belgilangan tartibda tarqatadi, shu jumladan normativ-huquqiy hujjatlarni yuborish, eʼlon qilish, oʻz rasmiy veb-saytiga joylashtirish orqali tarqatadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarining matnlarini hamda zarur boʻlgan taqdirda, ularga doir axborot-tahliliy materiallarni rasmiy eʼlon qilish va ijrochilarga yetkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yoʻllaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
huquqiy axborotni oʻz vaqtida tarqatishga va undan foydalanishni taʼminlashga qaratilgan zarur tadbirlarning ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
normativ-huquqiy hujjatlar majburiy tartibda yuboriladigan davlat organlari va tashkilotlarning roʻyxatini tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-modda. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari hamda idoralarning huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash sohasidagi vakolatlari
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar oʻz vakolatlari doirasida:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
huquqiy axborotni belgilangan tartibda tarqatadi, shu jumladan normativ-huquqiy hujjatlarni yuborish, eʼlon qilish, oʻz rasmiy veb-saytlariga joylashtirish orqali tarqatadi;

oʻzi qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarning matnlarini hamda zarur boʻlgan taqdirda, ularga doir axborot-tahliliy materiallarni yuborish va rasmiy eʼlon qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yoʻllaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
markaziy devonga kelib tushgan normativ-huquqiy hujjatlarning matnlarini oʻz tarkibiy va hududiy boʻlinmalariga oʻz vaqtida yetkazilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining oʻz tarkibiy va hududiy boʻlinmalarida ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
normativ-huquqiy hujjatlar matnlaridagi normalarning mohiyati va ahamiyatini tushuntirishga doir, jamiyatda huquqiy ongni, huquqiy madaniyatni yuksaltirishga hamda qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan zarur ishlarni tashkil etadi;

oʻz faoliyati sohasiga oid huquqiy axborot fondlarini shakllantiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
normativ-huquqiy hujjatlarning tizimlashtirilgan hisobini belgilangan tartibda yuritadi;

jismoniy va yuridik shaxslarning soʻrovlariga koʻra oʻz faoliyati sohasiga doir huquqiy axborotni taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
normativ-huquqiy hujjatlarning qoʻllanilish tartibi haqida belgilangan tartibda tushuntirishlar beradi.

Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash sohasidagi vakolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi oʻz vakolatlari doirasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlaridan va tashkilotlardan ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarning matnlarini hamda zarur boʻlgan taqdirda, ularga doir axborot-tahliliy materiallarni (normativ-huquqiy hujjatning konsepsiyasi bayon etilgan tushuntirish xati, oʻzgartish va qoʻshimchalar tushuntirilgan holdagi taqqoslash jadvali va boshqalar) qogʻozda va elektron shaklda oladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
normativ-huquqiy hujjatlar matnlarining hamda zarur boʻlgan taqdirda, tegishli axborot-tahliliy materiallarning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan roʻyxat boʻyicha barcha davlat organlariga va tashkilotlarga elektron shaklda yuborilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
normativ-huquqiy hujjatlarning rasmiy eʼlon qilinishini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
normativ-huquqiy hujjatlarning tizimlashtirilgan hisobini yuritish tartibini tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
normativ-huquqiy hujjatlarni davlat hisobiga olish va qonun hujjatlarini tizimlashtirish ishlarini amalga oshiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarining, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari normativ-huquqiy hujjatlarining nazorat nusxalarini yuritadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
normativ-huquqiy hujjatlarning fondini shakllantiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasini shakllantiradi hamda yuritadi, undan jismoniy va yuridik shaxslarning belgilangan tartibda foydalanishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Huquqiy targʻibot va maʼrifat boʻyicha davlat organlari ishlarini muvofiqlashtirish boʻyicha idoralararo kengashning ishini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlari va tashkilotlarning huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirishni, bu faoliyatga uslubiy rahbarlik qilish hamda uni nazorat qilishni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi ustidan tizimli monitoringni tashkil etadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
huquqiy axborotning tarqatilishi holatini tizimli tarzda tahlildan oʻtkazadi hamda mazkur sohadagi qonun hujjatlarini va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlarini, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini, nodavlat notijorat tashkilotlarini, ommaviy axborot vositalarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini jalb etgan holda jamiyatda huquqiy targʻibotni tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
normativ-huquqiy hujjatlarni ijrochilarga yetkazish hamda ularning mohiyati va ahamiyatini aholi oʻrtasida tushuntirish boʻyicha namunaviy tadbirlar rejasini tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va uning hududiy organlari tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga, xalq deputatlari viloyatlar hamda Toshkent shahar Kengashlariga huquqiy targʻibot va maʼrifatning holati haqida har yili axborot taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash sohasidagi vakolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahalliy davlat hokimiyati organlari oʻz vakolatlari doirasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
huquqiy axborotni belgilangan tartibda tarqatadi, shu jumladan normativ-huquqiy hujjatlarni yuborish, eʼlon qilish, oʻz rasmiy veb-saytlariga joylashtirish orqali tarqatadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzi qabul qilgan normativ-huquqiy xususiyatga ega boʻlgan qarorlarning matnlarini va zarur boʻlgan taqdirda, ularga doir axborot-tahliliy materiallarni yuborish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga uning hududiy organlari orqali yoʻllaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy davlat hokimiyati organlariga kelib tushgan normativ-huquqiy hujjatlarning matnlarini oʻz tarkibiy va hududiy boʻlinmalariga hamda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga oʻz vaqtida yetkazilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
normativ-huquqiy hujjatlar matnlaridagi normalarning mohiyati va ahamiyatini tushuntirishga doir, jamiyatda huquqiy ongni, huquqiy madaniyatni yuksaltirishga hamda qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan zarur ishlarni tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
huquqiy axborot fondlarini shakllantiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
normativ-huquqiy hujjatlarning tizimlashtirilgan hisobini belgilangan tartibda yuritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy va yuridik shaxslarning soʻrovlariga koʻra ularga huquqiy axborotni taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
normativ-huquqiy hujjatlarning qoʻllanilish tartibi haqida belgilangan tartibda tushuntirishlar beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-modda. Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlashda axborot-kutubxona muassasalarining ishtiroki
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Axborot-kutubxona muassasalari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz faoliyatining yoʻnalishiga oid huquqiy axborot fondlarini shakllantiradi;

axborot-kutubxona resurslaridan foydalanuvchilarning huquqiy axborot fondidan foydalanishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot-kutubxona resurslaridan foydalanuvchilarning soʻrovlariga koʻra huquqiy axborotni taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Axborot-kutubxona muassasalari huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlashda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa shakllarda ham ishtirok etishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-modda. Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlashda taʼlim muassasalarining ishtiroki
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umumtaʼlim, oʻrta maxsus, kasb-hunar va oliy taʼlim muassasalari, shuningdek kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash boʻyicha taʼlim muassasalari (bundan buyon matnda taʼlim muassasalari deb yuritiladi) tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, shuningdek tarkibida taʼlim muassasalari boʻlgan boshqa vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar tomonidan huquqiy axborot bilan taʼminlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taʼlim muassasalari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz faoliyatining yoʻnalishiga oid huquqiy axborot fondlarini shakllantiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlim oluvchilarning huquqiy axborot fondidan foydalanishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlim oluvchilarning soʻrovlariga koʻra huquqiy axborotni taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taʼlim muassasalari huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlashda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa shakllarda ham ishtirok etishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-modda. Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlashda fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining hamda fuqarolarning ishtiroki
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlashda ishtirok etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishda ishtirok etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz faoliyatiga oid huquqiy axborot fondlarini shakllantiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarning huquqiy axborot fondidan foydalanishini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlashda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa shakllarda ham ishtirok etishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar huquqiy axborotni tarqatishni amalga oshiruvchi hamda undan foydalanishni taʼminlovchi organlar va tashkilotlarga koʻmaklashish hamda zarur yordam koʻrsatish orqali huquqiy axborotni tarqatishda ishtirok etishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar huquqiy axborotni tarqatish hamda undan foydalanishni taʼminlash toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining ijro etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13-modda. Huquqiy axborotni tarqatish usullari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Huquqiy axborotni tarqatish usullari quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
normativ-huquqiy hujjatlarning matnlarini yuborish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
normativ-huquqiy hujjatlarni rasmiy eʼlon qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
normativ-huquqiy hujjatlarni norasmiy eʼlon qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
huquqiy targʻibotni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy va yuridik shaxslarga ularning soʻrovlariga koʻra huquqiy axborot taqdim etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarni matnlarini yuborish yoʻli bilan tarqatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Normativ-huquqiy hujjatlarning matnlari imzolangan kundan eʼtiboran bir kun ichida va zarur boʻlgan taqdirda, ularga doir axborot-tahliliy materiallar (normativ-huquqiy hujjatning konsepsiyasi bayon etilgan tushuntirish xati, oʻzgartish va qoʻshimchalar tushuntirilgan holdagi taqqoslash jadvali va boshqalar) ularni qabul qilgan organlar tomonidan qogʻozda va elektron shaklda quyidagi tartibda yuboriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirliklarning, davlat qoʻmitalarining va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlari — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Normativ-huquqiy hujjatlarni va zarur boʻlgan taqdirda, ularga doir axborot-tahliliy materiallarni boshqa davlat organlariga va tashkilotlarga yuborish Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ularning matnlarini ular Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga kelib tushgan kuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan roʻyxat boʻyicha elektron shaklda yoʻllash orqali amalga oshiriladi. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlari ular Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan eʼtiboran bir kun ichida boshqa davlat organlariga yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlarini yuborish ularning matnlarini va zarur boʻlgan taqdirda, ularga doir axborot-tahliliy materiallarni bir kun ichida ushbu organlar tomonidan oʻz tarkibiy hamda hududiy boʻlinmalariga, davlat organlari va tashkilotlarning hududiy boʻlinmalariga, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga yoʻllash, shuningdek keyinchalik ularni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga berish uchun hududiy adliya organlariga yoʻllash orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarni rasmiy eʼlon qilish yoʻli bilan tarqatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 29-moddasida nazarda tutilgan nashrlar normativ-huquqiy hujjatlar eʼlon qilinadigan rasmiy manbalardir.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Normativ-huquqiy hujjatlar eʼlon qilinadigan rasmiy manbalar qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda nashr etiladi va ochiq obuna yoʻli bilan tarqatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rasmiy manbalarda eʼlon qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar xronologik tartibda ketma-ket joylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning matnlari “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami”da ushbu hujjatlarning raqami va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanasiga muvofiq xronologik tartibda ketma-ket joylashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Normativ-huquqiy hujjatning bir qismi rasmiy manbalarda eʼlon qilinganda normativ-huquqiy hujjatning nomidan keyin “Koʻchirma” degan yozuv joylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Normativ-huquqiy hujjatlar eʼlon qilinadigan rasmiy manbalarda eʼlon qilingan normativ-huquqiy hujjat matni mazkur hujjatni qabul qilgan organ tomonidan rasmiy ravishda yoʻllangan normativ-huquqiy hujjatning matniga muvofiq boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Katta hajmli normativ-huquqiy hujjatlarning matnlari normativ-huquqiy hujjatlar eʼlon qilinadigan rasmiy manbalarga ilova tarzida eʼlon qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarni norasmiy eʼlon qilish yoʻli bilan tarqatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Normativ-huquqiy hujjatlarni “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 29-moddasida nazarda tutilmagan manbalarda eʼlon qilish norasmiy eʼlon qilishdir.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Normativ-huquqiy hujjatlarni norasmiy eʼlon qilish jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar matnlarini davriy nashrlarda, veb-saytlarda, qonun hujjatlarining elektron maʼlumot tizimlarida eʼlon qilish, shuningdek normativ-huquqiy hujjatlarga doir risolalar, toʻplamlar va sharhlar eʼlon qilish yoʻli bilan amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kodekslarni, qonun hujjatlari toʻplamlarini nashr qilishda, shuningdek qonun hujjatlarining elektron maʼlumot tizimlarini realizatsiya qilishda ular nashr qilinayotgan (realizatsiya qilinayotgan) sanadagi nazorat holatiga keltirilgan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Norasmiy nashrlarda, shu jumladan qonun hujjatlarining elektron axborot tizimlarida normativ-huquqiy hujjatlarning boshqa tillardagi norasmiy tarjimalari eʼlon qilinishi mumkin. Normativ-huquqiy hujjatlarning norasmiy tarjimalari norasmiy tarjima ekanligi haqidagi belgiga ega boʻlishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarni tarqatish va undan foydalanishni normativ-huquqiy hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasiga joylashtirish yoʻli bilan taʼminlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Normativ-huquqiy hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida rasmiy eʼlon qilish ular Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga kelib tushgan paytdan eʼtiboran bir kun ichida “Normativ-huquqiy hujjatlarni rasmiy eʼlon qilish” boʻlimida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining qarorlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumlarining qonun hujjatlari qoʻllanilishi masalalari boʻyicha tushuntirishlar berish toʻgʻrisidagi qarorlarini Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga ular imzolanganidan keyin bir kun ichida yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida joylashtirilgan Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining matnlari va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning matnlari maʼlumot xususiyatiga ega boʻlib, hujjatning kelib tushishi va unga ishlov berilishiga qarab, biroq ular rasmiy eʼlon qilinganidan keyin uch kundan kechiktirmay yangilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasidan foydalanish bepul amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18-modda. Huquqiy axborotni davlat organlarining rasmiy veb-saytlariga joylashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Normativ-huquqiy hujjatlar matnlarining elektron shakllari ularni qabul qilgan organlarning rasmiy veb-saytlariga belgilangan tartibda majburiy tarzda joylashtirilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat organlarining rasmiy veb-saytlariga huquqiy axborot davlat tilida joylashtirilishi kerak. Rasmiy veb-saytning boshqa tillardagi shakllari ham boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat organlarining rasmiy veb-saytlariga joylashtirilgan huquqiy axborot ishonchli boʻlishi va u ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadigan axborot bilan bir xil kuchga ega boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarni huquqiy targʻibot yoʻli bilan tarqatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Normativ-huquqiy hujjatlarni huquqiy targʻibot yoʻli bilan tarqatish barcha davlat organlari va tashkilotlar, shuningdek xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan amalga oshiriladi. Nodavlat notijorat tashkilotlari ham huquqiy targʻibotni amalga oshirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qiluvchi va (yoki) ishlab chiquvchi organlar ushbu hujjatlar qabul qilinganidan keyin bir haftalik muddatda huquqiy targʻibot boʻyicha chora-tadbirlar rejasini Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan namunaviy tadbirlar rejasi asosida ishlab chiqishi va tasdiqlashi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Huquqiy targʻibot quyidagi usullarda amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
konferensiyalar, uchrashuvlar, seminarlar, davra suhbatlari va muloqotlar oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy axborot vositalari orqali, shu jumladan telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlarni tashkil etish, bosma va elektron ommaviy axborot vositalariga maqolalar va huquqiy-axborot materiallarini joylashtirish orqali;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sharhlar, risolalar, plakatlar, bukletlar va flayerlar tarqatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijtimoiy reklamalar (videolavhalar, infografikalar va boshqalar) hamda targʻibotning qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa turlari orqali.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat organlari va tashkilotlarning huquqiy targʻibot sohasidagi ishlarini muvofiqlashtirish Huquqiy targʻibot va maʼrifat boʻyicha davlat organlari ishlarini muvofiqlashtirish boʻyicha idoralararo kengash hamda uning hududiy komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20-modda. Jismoniy va yuridik shaxslarga ularning soʻrovlariga koʻra huquqiy axborot taqdim etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jismoniy va yuridik shaxslar oʻz faoliyatiga taalluqli huquqiy axborotni taqdim etish toʻgʻrisidagi soʻrov bilan davlat organlari va tashkilotlarga murojaat qilish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Huquqiy axborotni taqdim etish toʻgʻrisidagi soʻrov u kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn besh kundan koʻp boʻlmagan muddatda koʻrib chiqilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rasmiy nashrlarda eʼlon qilingan yoki rasmiy veb-saytlarga joylashtirilgan huquqiy axborot soʻralganda davlat organlari va tashkilotlar soʻrovga javobda soʻralayotgan axborot eʼlon qilingan rasmiy nashrning nomiga, chiqarilish sanasiga va soniga yoki soʻralayotgan axborot joylashtirilgan rasmiy veb-saytning elektron manziliga havola berishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Huquqiy axborotni elektron tarzda taqdim etish bepul amalga oshiriladi. Huquqiy axborotni qogʻozda taqdim qilganlik uchun tomonlarning kelishuviga koʻra haq olinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Huquqiy axborotni taqdim etish toʻgʻrisidagi soʻrovni qanoatlantirishni rad etish asoslangan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarning qoʻllanilish tartibini tushuntirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jismoniy va yuridik shaxslarning soʻroviga koʻra davlat organlari va tashkilotlar oʻz faoliyatiga taalluqli normativ-huquqiy hujjatlarning qoʻllanilish tartibini tushuntiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat organlari va tashkilotlar tomonidan tayyorlangan normativ-huquqiy hujjatlarning qoʻllanilish tartibi toʻgʻrisidagi tushuntirishlar ushbu organlar va tashkilotlarning tarkibiy va hududiy boʻlinmalari uchun majburiy kuchga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi zarurat boʻlganda qonun hujjatlarining qoʻllanilish masalalari boʻyicha tushuntirishlar beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonun hujjatlarining qoʻllanilish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining, shuningdek davlat organlari va tashkilotlarning tushuntirishlari ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan tegishli organlar va tashkilotlarning rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nodavlat notijorat tashkilotlari, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari oʻz vakolatlari doirasida normativ-huquqiy hujjatlarning qoʻllanilish tartibi boʻyicha tavsiya xususiyatiga ega boʻlgan tushuntirishlar tayyorlashi va tarqatishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22-modda. Davlat organlarida normativ-huquqiy hujjatlarning tizimlashtirilgan hisobini yuritishning majburiyligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat organlarida ularning faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarning tizimlashtirilgan hisobi majburiy tartibda yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarida normativ-huquqiy hujjatlarning tizimlashtirilgan hisobini yuritish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Normativ-huquqiy hujjatlarning tizimlashtirilgan hisobini yuritish yuridik xizmat xodimi tomonidan amalga oshiriladi. Yuridik xizmat xodimi yoʻqligida ushbu vazifa davlat organi rahbari tomonidan boshqa shaxsning zimmasiga yuklatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23-modda. Normativ-huquqiy hujjatlar eʼlon qilinganda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar normativ-huquqiy hujjat rasmiy nashrlarda eʼlon qilinganda uning matnida imloviy xatolarga, yozuvdagi xatolarga, boshqa noaniqliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa, u holda nashrning eng yaqin sonida tegishli tuzatishlar eʼlon qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar norasmiy nashrlarda normativ-huquqiy hujjatlar eʼlon qilingan rasmiy manbadagiga qiyosan imloviy xatolarga, yozuvdagi xatolarga, boshqa noaniqliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa, ular aniqlangan kundan eʼtiboran oʻttiz kalendar kundan oshmagan muddatda noshir tomonidan respublika davriy nashrlarida (gazetalar, jurnallar va hokazolarda) yoki norasmiy nashrning keyingi sonida (chiqarilishida) tegishli tuzatishlar eʼlon qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar qonun hujjatlarining elektron maʼlumotlar bazalarida imloviy xatolarga, yozuvdagi xatolarga, boshqa noaniqliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa, ular darhol bartaraf etilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24-modda. Nizolarni hal etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25-modda. Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26-modda. Ushbu Qonunning ijro etilishini, ijrochilarga yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini taʼminlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27-modda. Qonun hujjatlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonun 17-moddasining birinchi qismi 2017-yil 25-sentabrdan eʼtiboran amalga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 7-sentabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻRQ-443-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 36-son, 944-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son, 24.07.2018-y., 03/18/486/1559-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son; 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son; 09.09.2024-y., 03/24/957/0689-son; 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)