Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.02.2004 20.06.2001 yildagi 257-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori , 20.06.2001 yildagi 257-son
Date of entry into force
20.06.2001
Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.02.2004
Hujjat 20.06.2001 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

RESPUBLIKA QOGʻOZ SANOATINI BOShQARISh TUZILMASINI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 18-fevraldagi 76-sonli “Oʻzbekqogʻozsanoat” uyushmasini tugatish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika iqtisodiyoti va aholisining sellyuloza-qogʻoz mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojini taʼminlash, qogʻoz sanoati korxonalarini boshqarish tizimini takomillashtirish va ularning faoliyat koʻrsatishi iqtisodiy samaradorligini oshirish, qogʻoz ishlab chiqarishini rivojlantirish, texnika bilan qayta jihozlash va zamonaviylashtirish uchun tarmoqqa xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining Isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish va savdo kompleksi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligining, sellyuloza va qogʻoz mahsulotlari, oʻrash-joylash materiallari ishlab chiqaruvchi hamda makulatura tayyorlovchi korxonalar va tashkilotlarning “Oʻzbekqogʻozsanoat” uyushmasini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar “Oʻzbekqogʻozsanoat” uyushmasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki va tashqi bozorlarda sellyuloza-qogʻoz mahsulotlariga boʻlgan talabning marketing tadqiqotlarini oʻtkazish, mana shu asosda tayyor oq qogʻoz ishlab chiqarishni kengaytirish va ularni eksport qilishni koʻpaytirishni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikaning qogʻozga hamda sellyuloza-qogʻoz va oʻrash-joylash mahsulotlarining boshqa turlariga boʻlgan ehtiyojini taʼminlashga qaratilgan qogʻoz sanoatini rivojlantirishning oʻrtacha muddatli va uzoq muddatli dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuqori sifatli, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh sellyuloza-qogʻoz buyumlari ishlab chiqarish va sotishni tashkil etishda respublika qogʻoz sanoati korxonalari va tashkilotlariga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarmoqning yangi korxonalarini qurishga, ishlab turgan korxonalarini rekonstruksiya qilish, zamonaviylashtirish va texnika bilan qayta jihozlash, ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlarini yangilash va kengaytirishga qaratilgan yagona ilmiy-texnika siyosatini olib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
makulatura va karton tayyorlash va ularni qayta ishlash boʻyicha shoxobchalarni kengaytirish, oʻrash-joylash materiallari va karton mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekqogʻozsanoat” uyushmasining tashkiliy tuzilmasi va uning tarkibiga kiruvchi korxonalar roʻyxati 1 va 2-ilovalarga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekqogʻozsanoat” uyushmasi boshqaruvi ijro etuvchi apparatining xodimlarning cheklangan soni 23 nafar boʻlgan (xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari) tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki, “Oʻzbekqogʻozsanoat” uyushmasi boshqaruvi besh kishidan, shu jumladan rais va uning ikki nafar oʻrinbosaridan iborat boʻladi, ulardan biri birinchi oʻrinbosar hisoblanadi. Boshqaruv raisi va uning oʻrinbosarlari belgilangan tartibda uyushma boshqaruvining yuqori organlari tomonidan saylanadi va Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maqomi, maishiy, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish shartlariga koʻra uyushma boshqaruvining raisi vazirning birinchi oʻrinbosariga, uyushma boshqaruvi raisining oʻrinbosarlari esa — vazir oʻrinbosarlariga tenglashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekqogʻozsanoat” uyushmasi boshqaruvi raisiga zarurat boʻlganda uyushmaning ijro etuvchi apparati tuzilmasiga xodimlarning shtatda belgilangan soni doirasida oʻzgartirishlar kiritishga ruxsat berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Belgilab qoʻyilsinki, “Oʻzbekqogʻozsanoat” uyushmasi boshqaruvining ijro etuvchi apparatiga sarflanadigan xarajatlar uning tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlarning ajratmalari hisobiga mablagʻ bilan taʼminlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi “Oʻzbekqogʻozsanoat”uyushmasi tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlarning aksiyalari davlat paketlarini belgilangan tartibda uyushmaga ishonchli boshqaruvga bersin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. “Oʻzbekqogʻozsanoat” uyushmasini tashkil etish bilan bogʻliq boʻlgan ishlarni muvofiqlashtirish uchun 4-ilovaga* muvofiq tarkibda ishchi komissiya tuzilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 4-ilova berilmadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishchi komissiya ikki oy muddatda “Oʻzbekqogʻozsanoat” uyushmasini tashkil etishga doir tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirsin, uning ustav fondi miqdorini belgilasin, taʼsis yigʻilishi oʻtkazilishini, belgilangan tartibda uyushma ustavi ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. “Oʻzbekqogʻozsanoat” uyushmasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholidan, respublika korxonalari va tashkilotlaridan makulatura tayyorlash ishlari puxta tashkil etilishini taʼminlasin, buning uchun shaharlar, tuman markazlari va aholi punktlarida tayyorlov punktlarining zarur shoxobchalarini barpo etsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ishtirokida bir oy muddatda qogʻoz makulaturasi topshiruvchilarni ragʻbatlantirish toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Ishchi komissiya (M.Z. Usmonov) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi bilan birgalikda Toshkent shahar, Navoiy koʻchasi, 18v-uyda joylashgan binoni tasarruf etish huquqisiz “Oʻzbekmebel” davlat-aksiyadorlik birlashmasi balansidan “Oʻzbekqogʻozsanoat” uyushmasi balansiga bersin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi “Oʻzbekqogʻozsanoat” uyushmasini telefon aloqasining zarur tizimi bilan taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi korxonalarida qogʻoz, karton, oʻrash-joylash materiallari ishlab chiqarishni koʻpaytirish toʻgʻrisida” 1995-yil 20-yanvardagi 13-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari M.Z. Usmonov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2001-yil 20-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
257-son

Vazirlar Mahkamasining
2001-yil 20-iyundagi 257-son qaroriga
1-ILOVA

“Oʻzbekqogʻozsanoat” uyushmasining tashkiliy tuzilmasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2001-yil 20-iyundagi 257-son qaroriga
2-ILOVA

“Oʻzbekqogʻozsanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
roʻyxati

T/r‎

Korxonalar nomi‎

Korxonalar va tashkilotlar ixtisosi‎

Joylashgan joyi‎

1.‎ “Oʻzbek qogʻozi” aksiyadorlik jamiyati va Yangiyoʻl shahrida qurilayotgan sellyuloza-qogʻoz fabrikasi‎ Sellyuloza, qogʻoz va qogʻoz tovarlari ishlab chiqarish‎ Toshkent shahri‎
2.‎ “Namangan qogʻoz fabrikasi” qoʻshma korxonasi‎ Qogʻoz ishlab chiqarish‎ Namangan shahri‎
3.‎ “Sanoatkartonsavdo” aksiyadorlik jamiyati‎ Karton va karton oʻrash-joylash materiallari ishlab chiqarish‎ Angren shahri‎
4.‎ “Poligrafkarton” masʼuliyati cheklangan jamiyat‎ Idora buyumlari ishlab chiqarish va matbaa xizmatl�ri‎ Toshkent shahri‎
5.‎ “Qoʻqonikkilamchiresurslar” aksiyadorlik jamiyati‎ Makulatura tayyorlash‎ Qoʻqon shahri‎
6.‎ Samarqand “Ikkilamchi resurslar” aksiyadorlik jamiyati‎ Makulatura tayyorlash‎ Samarqand shahri‎
7.‎ “Jizzaxikkilamchiresurslar” masʼuliyati cheklangan jamiyat‎ Makulatura tayyorlash‎ Jizzax shahri‎
8.‎ “Namanganhoshiya” masʼuliyati cheklangan jamiyat‎ Makulatura tayyorlash‎ Namangan shahri‎
9.‎ Sirdaryoikkilamchiresurslar” masʼuliyati cheklangan jamiyat‎ Makulatura tayyorlash‎ Guliston shahri‎
10.‎ Toshkent viloyati “Ikkilamchi resurslar” masʼuliyati cheklangan jamiyat‎ Makulatura tayyorlash‎ Toshkent shahri‎
11.‎ “Xorazmikkilamchiresurslar” masʼuliyati cheklangan jamiyat‎ Makulatura tayyorlash‎ Urganch shahri‎
12.‎ Toshkent shahar “Ikkilamchi resurslar” masʼuliyati cheklangan jamiyat‎ Makulatura tayyorlash‎ Toshkent shahri‎
13.‎ Buxoro “Xates Gled” XITF ‎ Makulatura tayyorlash‎ Buxoro shahri‎
14.‎ Qarshi “Iqtisod” xususiy firmasi‎ Makulatura tayyorlash‎ Qarshi shahri‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2001-yil 20-iyundagi 257-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekqogʻozsanoat” uyushmasi ijro etuvchi apparati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuzilmasi

(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 12-son, 76-modda; 2003-y., 7-8-son, 61-modda)