Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.10.2007 11.10.2004 yildagi PF-3498-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 11.10.2004 yildagi PF-3498-son
Date of entry into force
11.10.2004
Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.10.2007
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON TRANSPORT VA TRANSPORT KOMMUNIKATSIYALARI UYuShMASINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 23-oktabrdagi PF-3930-sonli “Oʻzbekiston Transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasini tugatish toʻgʻrisida”gi Farmoni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika hududida barcha transport turlarining yuk va yoʻlovchilar tashish ishlarini maqbul holga keltirish, samaradorligini oshirish hamda oqilona tashkil etish, transport kommunikatsiyalarini jadal rivojlantirish va barqaror ishlashini taʼminlash, transportda yuk va yoʻlovchilar tashish sohasidagi xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda transmilliy transport yoʻlaklarini rivojlantirish borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirishni kuchaytirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi, Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, “Oʻzavtoyoʻl” DAK, transport kommunikatsiyalari qurilishi bilan shugʻullanuvchi respublika loyiha va qurilish tashkilotlarining Oʻzbekiston Transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar Oʻzbekiston Transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasi faoliyatining asosiy vazifalari hamda yoʻnalishlari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
barcha transport turlari — temir yoʻl, havo, avtomobil va daryo transportining transport tuzilmalari faoliyatini maqbul holga keltirish, respublika hududi va uning tashqarisida yuklar hamda yoʻlovchilar tashish samaradorligi va maqbulligini taʼminlashga qaratilgan hamkorligini muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
iqtisodiyot tarmoqlari hamda aholining yuk va yoʻlovchilar tashish sohasida muttasil ortib borayotgan ehtiyojlarini hisobga olgan holda respublikaning Yagona tutash transport tizimini istiqbolda rivojlantirish kompleks dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni tashkil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
transport tarmogʻini va logistika tizimini rivojlantirish, yangi transport kommunikatsiyalarini jadal surʼatlar bilan barpo etish, ularning yuk va yoʻlovchilar tashish imkoniyatini oshirish hamda samarali foydalanishni taʼminlash borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
transport kommunikatsiyalari hamda inshootlari qurish va ularni rekonstruksiyalash, transport vositalarini yangilash va modernizatsiyalash uchun investitsiyalar, shu jumladan xorijiy investitsiyalarni jalb etishga koʻmaklashish, shuningdek investitsiya loyihalarining bajarilishi ustidan monitoringni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
transmilliy transport yoʻlaklarini rivojlantirish boʻyicha takliflarni xalqaro tashkilotlar va tuzilmalar, xorijiy mamlakatlar bilan birgalikda ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashish, xalqaro yuk tashuvchilarga Oʻzbekiston hududi boʻylab tranzit yuklar tashishni koʻpaytirishlari uchun shart-sharoitlar yaratish, transportda yuk va yoʻlovchilar tashish sohasida xorijiy davlatlar bilan mustahkam, oʻzaro manfaatli va samarali aloqalar oʻrnatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
transportda yuk va yoʻlovchilar tashish sohasida hamkorlik qilish masalalari boʻyicha xalqaro tashkilotlarda Oʻzbekiston Respublikasining manfaatlarini ifoda etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika transport tizimi faoliyatining barqarorligi va xavfsizligini kuchaytirish borasida kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda Oʻzbekiston Transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasining faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. M. Mirziyoyev zimmasiga yuklatilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2004-yil 11-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-3498-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 40-41-son, 435-modda)