Hujjat kuchini yo‘qotgan 06.08.2022 15.11.2002 yildagi 393-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 15.11.2002 yildagi 393-son
Date of entry into force
15.11.2002
Hujjat kuchini yo‘qotgan 06.08.2022
Hujjat 01.01.2008 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “PAXTA TOZALASh SANOATI KORXONALARIDA HISOB VA HISOBOT TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh USTIDAN NAZORATNI KUChAYTIRISh BORASIDAGI QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA” 2002 YIL 13 NOYABRDAGI PF-3161-SON FARMONINI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI HAQIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-avgustdagi 431-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Paxta tozalash sanoati korxonalarida hisob va hisobot tizimini takomillashtirish ustidan nazoratni kuchaytirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2002-yil 13-noyabrdagi PF-3161-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda respublika Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi faoliyatini tashkiliy taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Nazorat-taftish bosh boshqarmasining xodimlarning cheklangan soni 63 nafardan iborat boʻlgan yangi tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Nazorat-taftish bosh boshqarmasining Paxta tozalash sanoati korxonalarida hisob va hisobotning toʻgʻriligini nazorat qilish boshqarmasi xodimlarining cheklangan soni 30 nafar etib belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilab qoʻyilsinki, Paxta tozalash sanoati korxonalarida hisob va hisobotning toʻgʻriligini nazorat qilish boshqarmasi boshligʻi Moliya vazirligi Nazorat-taftish bosh boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi va uning hududiy nazorat-taftish boshqarmalari toʻgʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yangi tashkil etilgan Paxta tozalash sanoati korxonalarida hisob va hisobotning toʻgʻriligini nazorat qilish boshqarmasini moliyalashtirish uchun qoʻshimcha mablagʻlarni nazarda tutsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda koʻrsatib oʻtilgan Boshqarmaning yuqori malakali mutaxassislar bilan butlanishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi ijro etuvchi apparati tuzilmasida tugatilgan Nazorat-taftish bosh boshqarmasi negizida shtatdagi xodimlari soni 10 kishidan iborat boʻlgan paxta tozalash korxonalari tomonidan normativ-texnologiya talablariga rioya etilishi monitoringi boʻlimi tashkil etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Monitoring boʻlimiga paxta tozalash korxonalari tomonidan tayyorlanayotgan paxta xomashyosi miqdori va sifatini, paxta xomashyosi konditsion massasi toʻgʻri hisoblab chiqilishini, paxta xomashyosini qabul qilish, saqlash va qayta ishlash texnologiya tartibiga, paxta tolasi va paxta mahsuloti boshqa turlari chiqishining belgilangan normativlariga,paxta mahsulotini sertifikatlash va sotish tartibiga, shuningdek gʻoʻza navlarini yangilashning belgilangan tartibiga rioya etilishini nazorat qilish yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi va uning tarkibiy boʻlinmalari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasiga tayyorlanayotgan, qayta ishlanayotgan, saqlanayotgan paxta xomashyosi miqdori, paxta tolasi va boshqa paxta mahsulotlari sotilishi toʻgʻrisida har oyda, zarur hollarda esa tezkorlik bilan axborot taqdim etsinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi xodimlariga taftish va tekshirish oʻtkazish davrida koʻmaklashsinlar, shuningdek tekshirishlar oʻtkazishga tarmoq mutaxassislarini jalb etsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Vazirlar Mahkamasining “Budjet intizomiga rioya qilinishi ustidan nazoratni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 11-fevraldagi 66-son qarorining 3-bandi va qarorga ilova, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Hukumatning ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 1999-yil 25-iyundagi 315-son qaroriga ilovaning 5-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 6-son, 34-modda), shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika paxta tozalash sanoatini boshqarish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2001-yil 12-iyundagi 252-son qarorining 2-bandi va qarorga 3-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Moliya vazirligi, “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi va boshqa manfaatdor tuzilmalar bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov va N.S. Yusupov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2002-yil 15-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
393-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 15-noyabrdagi 393-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Nazorat-taftish bosh boshqarmasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashkiliy tuzilmasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jami – 63 kishi
(sxema Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 15-noyabrdagi 393-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi va uning hududiy nazorat-taftish boshqarmalari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Nazorat-taftish bosh boshqarmasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi va bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziriga boʻysunadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Nazorat-taftish bosh boshqarmasining Qoraqalpogʻiston Respublikasida, viloyatlar va Toshkent shahrida nazorat-taftish boshqarmalari boʻladi, ular oʻz faoliyatida bevosita faqat Nazorat-taftish bosh boshqarmasiga boʻysunadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Nazorat-taftish bosh boshqarmasi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi nazorat-taftish boshqarmalari oʻz ishida Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining boshqa hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining buyruqlari va yoʻriqnoma koʻrsatmalariga, boshqa qonunchilik hujjatlariga hamda ushbu Nizomga amal qiladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi nazorat-taftish boshqarmalarining dumaloq muhri, shtampi, firma blankalari boʻladi hamda ular bank muassasalarida ochiladigan maxsus subschyotlar orqali bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan mablagʻ bilan taʼminlanadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Nazorat-taftish bosh boshqarmasi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi nazorat-taftish boshqarmalarining asosiy vazifalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Budjet jarayonining barcha bosqichlarida budjet intizomiga rioya etilishini nazorat qilish Nazorat-taftish bosh boshqarmasining hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi nazorat-taftish boshqarmalarining asosiy vazifasi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Quyidagilar Nazorat-taftish bosh boshqarmasining hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi nazorat-taftish boshqarmalarining vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moliya organlari va budjet muassasalari tomonidan budjet va moliya qonunchiligiga rioya etilishini, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining boshqa hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining buyruqlari va yoʻriqnoma koʻrsatmalari, budjet majburiyatlari ijrosi bilan bogʻliq boshqa qonunchilik hujjatlari bajarilishi taʼminlanishini nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika budjeti va mahalliy budjetlarning qatʼiy bajarilishi ustidan doimiy nazoratni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moliya organlari va tijorat banklarining birinchi navbatdagi sarf-xarajatlar navbatiga, mablagʻ bilan taʼminlash hamda budjet muassasalari xodimlariga ish haqi, ijtimoiy nafaqalar, stipendiyalarni toʻlash muddatlariga va toʻliqligiga rioya qilish, shuningdek budjet muassasalariga koʻrsatib oʻtilgan maqsadlar uchun naqd pul berish boʻyicha faoliyati ustidan nazorat va monitoringni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijtimoiy nafaqalarning oʻz vaqtida mablagʻ bilan taʼminlanishini va ularni kam taʼminlangan oilalarga fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari orqali berilishini nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxta xomashyosini tayyorlash, saqlash, qayta ishlash, paxta mahsuloti ishlab chiqarish va uni sotish boʻyicha statistika hamda buxgalteriya hisobot maʼlumotlarining toʻgʻriligi ustidan nazoratni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxta tozalash korxonalari tomonidan qabul qilinadigan, saqlanadigan va qayta ishlanadigan paxta xomashyosining miqdori va sifati boʻyicha maʼlumotlar nazorat va taftish qilinishini, xomashyoni qayta ishlash chogʻida olinadigan paxta tolasi, paydo boʻladigan kuyindilar hamda boshqa chiqindilarning belgilangan meʼyorlariga rioya etilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
navlarni joylashtirishning belgilangan tartibiga rioya etilishi, belgilangan standartlarga va seleksiya navlari joylashtirilishiga muvofiq urugʻlik chigitlar tayyorlanishi hamda paxtakor xoʻjaliklarning ular bilan taʼminlanishi monitoringini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxta xomashyosi hamda undan ishlab chiqariladigan paxta mahsulotlarining miqdori va sifatini hamda ularning hisobotda aks ettirilishini baholash boʻyicha tekshirishlarni tashkil qilish va oʻtkazish metodologiyasini ishlab chiqish va takomillashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiya dasturlarini amalga oshirishga ajratiladigan markazlashtirilgan budjet mablagʻlaridan belgilangan maqsadda foydalanilishini nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjet mablagʻlarini kommunal xizmatlar va elektr energiyasiga sarflash limitlariga rioya etilishini muntazam ravishda tekshirib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjet muassasalari tomonidan shtat-smeta intizomiga rioya etish taʼminlanishini nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hokimiyat va boshqaruv organlari rahbarlari va mansabdor shaxslari tomonidan budjet jarayoniga noqonuniy aralashish hollarining oldini olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat valyuta mablagʻlarining toʻgʻri va belgilangan maqsadda sarflanishini nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarning moliya va budjet intizomining buzilishi hollari toʻgʻrisidagi xatlari, shikoyatlari va arizalarini koʻrib chiqish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Nazorat-taftish bosh boshqarmasining funksiyalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Nazorat-taftish bosh boshqarmasi oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqarmalar va Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi nazorat-taftish boshqarmalarining mahalliy budjetlarning ijro etilishini hamda moliya va budjet intizomiga rioya qilinishini taftish qilish va tekshirishlar (monitoring)ni tashkil etish boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika budjet muassasalarining xarajatlar smetasining ijrosi hamda moliya va budjet intizomiga rioya etish boʻyicha faoliyati ustidan muntazam nazoratni tashkil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi nazorat-taftish muassasalari faoliyatini tekshirish va ularga uslubiy yordam koʻrsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining boshqa tarkibiy boʻlinmalari mutaxassislari bilan birgalikda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari moliya boshqarmalarining, shahar va tumanlar hokimliklari moliya boʻlimlari ishlarini tekshirishni tashkil qilish va oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, shaharlar va tumanlar apparatlari xarajatlari smetalari ijrosini taftish qilish va tekshirishlar oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tekshirishlar natijalari boʻyicha axborotlar, maʼlumotnomalar, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining hayʼat qarorlari va buyruqlari loyihalarini tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taftishlar va tekshirishlar natijalari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga taqdimnomalar tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taftishlar va tekshirishlar natijalari boʻyicha qarorlarning moliya organlari va budjet muassasalari tomonidan bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
markazlashtirilgan topshiriqlar boʻyicha taftishlar va tekshirishlar materiallarini umumlashtirish, ular yuzasidan tegishli axborotlar va takliflar tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moliya va budjet intizomining aniqlangan xarakterli buzilishlari boʻyicha taftishlar va tekshirishlar materiallarini umumlashtirish hamda kelgusida ularni bartaraf etish va ularning oldini olishga doir takliflar tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
navlarni joylashtirishning belgilangan tartibiga rioya qilinishini tekshirishlarni, shuningdek paxtachilik xoʻjaliklariga ajratiladigan urugʻlik chigitlarning texnik talablarga va gʻoʻza navlarini joylashtirish boʻyicha belgilangan topshiriqlarga muvofiqligini tekshirishlarni amalga oshirish, rahbariyatga navlarni joylashtirishda aniqlangan buzilish hollari toʻgʻrisida axborotlar tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mintaqalar boʻyicha paxtachilik xoʻjaliklaridan paxta tozalash korxonalariga qabul qilingan paxta xomashyosi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni (hududiy boshqarmalarning PK-17 qabul qilish kvitansiyalari asosida tuzilgan har kungi maʼlumotlaridan kelib chiqqan holda) tayyorlash, maʼlumotlarni yigʻib-terib olingan paxta uchun haq toʻlash va belgilangan tartibda hisob-kitob qilish maqsadida Moliya vazirligining Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasiga taqdim etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
topshiruvchi xoʻjalikdan tayyorlov punktiga keladigan paxta xomashyosi yuklangan transport birligi topshirish-qabul qilish hujjatlarining toʻgʻri rasmiylashtirilganligini nazorat va taftish qilishni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxta xomashyosi yuklangan transport birligining tarozida toʻgʻri tortib koʻrilganligini, uning fizik massasi aniqlanganligini, paxta xomashyosidan namuna olish tartibiga rioya qilinishini va keyinchalik laboratoriyada sifatini baholash uchun paxta xomashyosining xoʻjalik boʻyicha oʻrtacha namunasi shakllantirilishini nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
laboratoriyada aniqlangan sorti, namligi va ifloslanganligini hisobga olgan holda paxta xomashyosi konditsiya massasini hisoblashning, shuningdek topshiruvchi xoʻjalikka beriladigan qabul qilish kvitansiyalarini hamda paxta xomashyosini qabul qilish boʻyicha boshqa buxgalteriya hujjatlarini rasmiylashtirishning toʻgʻriligini tekshirishlarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxta xomashyosini qayta ishlash va sifatli mahsulot ishlab chiqarishning texnologik reglamentiga rioya etilishini tanlab nazorat qilishni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxta tozalash korxonalarida qayta ishlangan paxta xomashyosi turkumlarini, olinadigan paxta mahsuloti (tola, momiq chigit)ning haqiqiy miqdorini, ishlab chiqarishda kuyindilar paydo boʻlishi koʻrsatkichlarini aniqlagan hamda ularni gʻoʻzaning seleksiya va sanoat navlari boʻyicha tasdiqlangan normativlar bilan taqqoslagan holda komission tekshirishlarni tashkil etish va oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xomashyo va tayyor paxta mahsuloti balansi ijrosini, uning isteʼmolchilarga yetkazib berilishi va amaldagi qoldiqlarini hisobga olgan holda, tekshirishlarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
statistika va buxgalteriya hisobotining xomashyo hamda paxta tozalash korxonasidagi tayyor mahsulotning amaldagi harakatiga, uni eksportga va respublika isteʼmolchilariga joʻnatish hajmiga muvofiqligini tekshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xomashyodan foydalanish va paxta mahsuloti ishlab chiqarish boʻyicha xatlov maʼlumotlarining tasdiqlangan normativlarga muvofiqligini taftish qilishni amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjet ssudalaridan, Hukumat tomonidan yoki uning kafolati ostida jalb etilgan mablagʻlar va kreditlardan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning maqsadli foydalanishini tekshirish;
(7-bandning yigirma ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligi tomonidan aniqlangan, tashkilotlarning budjet mablagʻlaridan samarasiz foydalanishini, budjetdan mablagʻ oluvchilarning xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxini sunʼiy ravishda oshirib yuborishini, budjetdan mablagʻ oluvchilarning kreditorlik qarzlar summasini asossiz ravishda koʻpaytirganligini koʻrsatuvchi holatlar boʻyicha tekshirishlar oʻtkazish.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-dekabrdagi PQ-744-sonli qarori asosida yigirma uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2007-y., 52-son, 534-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar nazorat-taftish boshqarmalarining funksiyalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar nazorat-taftish boshqarmalarining funksiyalariga quyidagilar kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy budjetlar ijrosini hamda moliya va budjet intizomiga rioya qilinishini taftish qilish va tekshirishni (monitoring) tashkil etish va oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xarajatlar smetasini bajarish hamda moliya va budjet intizomiga rioya qilinishi boʻyicha mahalliy budjet muassasalari faoliyati ustidan muntazam nazoratni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjet ijro etilishi va budjet intizomiga rioya etilishi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari moliya boshqarmalari, shahar va tumanlar hokimliklari moliya boʻlimlari ishini tekshirishni tashkil etish va oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, shaharlar va tumanlar hokimliklari apparatlari xarajatlari smetasi bajarilishini taftish qilish va tekshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxtachilik xoʻjaliklaridan paxta tozalash korxonalariga qabul qilingan paxta xomashyosi hajmlari toʻgʻrisidagi dastlabki axborotlarni (PK-17 qabul qilish kvitansiyalari asosida) joylarda har kuni toʻplash, maʼlumotlarni mintaqalar darajasida umumiylashtirish hamda paxta xomashyosini qabul qilib olishning har kungi hajmlari va mavsum boshidan boshlab ortib boruvchi yakunlari boʻyicha umumiylashtirilgan maʼlumotlarni tayyorlash uchun nazorat-taftish bosh boshqarmasiga berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliya vazirligiga 3-ZAG (paxta) shakli boʻyicha paxtachilik xoʻjaliklari, tumanlar va viloyatlar boʻyicha ortib boruvchi yakun bilan paxta xomashyosi tayyorlashning borishi toʻgʻrisidagi statistika hisobotining PK-17 qabul qilish kvitansiyalari asosidagi dastlabki axborot maʼlumotlariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi axborotni har haftada taqdim etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tekshirish natijalari boʻyicha axborotlar, maʼlumotnomalar tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taftishlar va tekshirish natijalari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar, shaharlar va tumanlar hokimliklariga koʻrsatmalar tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moliya organlari va budjet muassasalari tomonidan taftishlar va tekshirish natijalari boʻyicha qabul qilingan qarorlar bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
markazlashtirilgan topshiriqlar boʻyicha taftish va tekshirishlarni tashkil etish va oʻtkazish, ular boʻyicha tegishli axborotlar va takliflar tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moliya va budjet intizomining aniqlangan xarakterli buzilishlari boʻyicha taftishlar va tekshirishlar materiallarini umumlashtirish hamda ularni bartaraf etish va kelgusida oldini olish boʻyicha takliflar tayyorlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjet ssudalaridan, Hukumat tomonidan yoki uning kafolati ostida jalb etilgan mablagʻlar va kreditlardan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning maqsadli foydalanishini tekshirish;
(8-bandning oʻn uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan aniqlangan, tashkilotlarning budjet mablagʻlaridan samarasiz foydalanishini, budjetdan mablagʻ oluvchilarning xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxini sunʼiy ravishda oshirib yuborishini, budjetdan mablagʻ oluvchilarning kreditorlik qarzlar summasini asossiz ravishda koʻpaytirganligini koʻrsatuvchi holatlar boʻyicha tekshirishlar oʻtkazish.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-dekabrdagi PQ-744-sonli qarori asosida oʻn toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2007-y., 52-son, 534-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Nazorat-taftish bosh boshqarmasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar nazorat-taftish boshqarmalarining huquqlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Nazorat-taftish bosh boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalariga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun ularga quyidagi huquqlar berilgan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy budjetlar ijrosi boʻyicha hududiy moliyaviy organlar faoliyatini taftish qilish va tekshirish (monitoring);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
barcha darajalardagi budjet muassasalarini xarajatlar smetasi bajarilishi va budjet intizomiga rioya qilinishi boʻyicha taftish qilish va tekshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
barcha darajalardagi hududiy moliya organlari va budjet muassasalarida pul va buxgalteriya hujjatlarini, hisobotlar, smetalar va boshqa hujjatlarni, moddiy boyliklar mavjudligini tekshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjet ssudalaridan, Hukumat tomonidan yoki uning kafolati ostida jalb etilgan mablagʻlar va kreditlardan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning maqsadli foydalanishini tekshirish;
(9-bandning beshinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tijorat bank muassasalaridan, soliq organlaridan, boshqa idoralardan taftishlar va tekshirishlarni oʻtkazish paytida paydo boʻluvchi masalalar boʻyicha zarur maʼlumotlar va axborotlarni olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilish, montaj, tuzatish ishlarini, boshqa ishlarni nazorat tartibida oʻlchash va boshqa tekshirishlar uchun mutaxassislarni belgilangan tartibda jalb qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
barcha darajalardagi hududiy moliyaviy organlar va bank muassasalari, shuningdek xoʻjalik yurituvchi subyektlar rahbarlari va mansabdor shaxslaridan taftishlar va tekshirish davomida paydo boʻluvchi masalalar, moliya va budjet intizomi buzilishi hollari boʻyicha tushuntirishlar berishni, shuningdek maʼlumotnomalar, taftishlar va tekshirishlar dalolatnomalarini imzolashni talab qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarur hollarda kassa va kassa binolari, omborlar, arxivlar muhrlanishini, qalbaki, soxtalashtirilgan hujjatlar va boshqa suiisteʼmolliklar aniqlangan taqdirda esa hujjatlarni olib qoʻyish, tekshirilayotgan obyektlar rahbarlaridan asosiy vositalar, tovar-moddiy boyliklar, pul mablagʻlari va hisob-kitoblar xatlanishini talab qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxta xomashyosini tayyorlash va qayta ishlashning butun davri mobaynida Moliya vazirining topshirigʻi va u tasdiqlagan jadval boʻyicha paxta tozalash korxonalarini tayyorlanayotgan, qayta ishlanayotgan va saqlanayotgan paxta xomashyosi miqdori va sifati masalalari yuzasidan tekshirish va taftish qilishni oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
standartlar va normativ hujjatlarning bajarilishini taʼminlamayotgan, qoʻshib yozishlar, suiisteʼmolliklar va hisobotlar buzilishi uchun shart-sharoitlar vujudga keltirayotgan paxta tozalash korxonalari va ularga qarashli boʻlinmalar ishini toʻxtatib qoʻyish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi, paxta tozalash korxonalari va hududiy birlashmalar mansabdor shaxslariga kamomad faktlarini hujjatlar boʻyicha aniqlagan tekshirishlar va taftishlar asosida paxta xomashyosi va uning mahsulotlari miqdorini hisobotdan chiqarib tashlash toʻgʻrisida yozma buyruqlar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taftishlar va tekshirishlar materiallari boʻyicha moliyaviy va budjet intizomi buzilishlarini bartaraf etish, moddiy zararni undirish, aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish yuzasidan tegishli takliflar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moliya va budjet intizomi buzilishi aniqlangan taqdirda taftishlar va tekshirish materiallarini huquqni muhofaza qilish organlariga berish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. Nazorat-taftish bosh boshqarmasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar nazorat-taftish boshqarmalarining majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Nazorat-taftish bosh boshqarmasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar nazorat-taftish boshqarmalari quyidagilarga majburdir:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishi yuzasidan ishni puxta tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur Nizom talablarini soʻzsiz bajarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va normativ hujjatlari toʻgʻri qoʻllanilishini taʼminlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taftishlar va tekshirishlar oʻtkazishda hududiy moliya organlari, budjet muassasalari faoliyatiga malakali, prinsipial, toʻgʻri, asosli baho berish;
(10-bandning beshinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat siriga va olib borilayotgan ishlar maxfiyligi rejimiga, oʻtkazilayotgan taftish va tekshirishlar maxfiyligiga qatʼiy rioya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Nazorat-taftish bosh boshqarmasi rahbariyatini moliya va budjet intizomi buzilishi aniqlangan hollar toʻgʻrisida oʻz vaqtida xabardor qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VII. Nazorat-taftish bosh boshqarmasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar nazorat-taftish boshqarmalarining tashkiliy tuzilmasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Nazorat-taftish bosh boshqarmasi quyidagi tashkiliy tuzilmaga egadir:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11.1. Budjet intizomiga rioya etilishini nazorat qilish boshqarmasi, uning tarkibiga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududiy moliya organlari tomonidan budjet intizomiga rioya etilishini nazorat qilish boʻlimi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika budjet muassasalari tomonidan budjet intizomiga rioya etilishini nazorat qilish boʻlimi kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11.2. Paxta tozalash sanoati korxonalarida hisob va hisobotning toʻgʻriligini nazorat qilish boshqarmasi, uning tarkibiga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxta tozalash sanoati korxonalarini taftish qilish boʻlimi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborotlarni toʻplash va tahlil qilish boʻlimi kiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11.3. Moliya vazirligi huzuridagi Jamgʻarmalar mablagʻlaridan foydalanilishini nazorat qilish boshqarmasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11.4. Valyuta va tashqi savdo operatsiyalarini nazorat qilish boʻlimi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11.5. Tashkiliy-uslubiy ishlar boʻlimi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11.6. Hukumat tomonidan kafolatlangan kreditlardan foydalanishni nazorat qilish boʻlimi.
(11.6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar nazorat-taftish boshqarmalari quyidagi tashkiliy tuzilmaga egadirlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12.1. Budjet intizomiga rioya etilishini nazorat qilish boʻlimlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12.2. Tashkiliy-uslubiy ishlar boʻlimlari.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12.3. Hukumat tomonidan kafolatlangan kreditlardan foydalanishni nazorat qilish boʻlimi.
(12.3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Nazorat-taftish bosh boshqarmasiga Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri tomonidan tayinlanadigan boshliq boshchilik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Budjet intizomiga rioya etilishini nazorat qilish boshqarmasiga Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri tomonidan tayinlanadigan boshliq boshchilik qiladi. Budjet intizomiga rioya etilishini nazorat qilish boshqarmasi boshligʻi ayni vaqtda Nazorat-taftish bosh boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar nazorat-taftish boshqarmalariga Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri tomonidan tayinlanadigan boshliqlar boshchilik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar nazorat-taftish boshqarmalarining budjet intizomiga rioya etilishini nazorat qilish boʻlimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri tomonidan tayinlanadigan boshliqlar boshchilik qiladi. Budjet intizomiga rioya etilishini nazorat qilish boʻlimlari boshliqlari ayni vaqtda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar nazorat-taftish boshqarmalari boshliqlarining birinchi oʻrinbosarlari hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VIII. Nazorat-taftish bosh boshqarmasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar nazorat-taftish boshqarmalari ishini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Nazorat-taftish bosh boshqarmasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar nazorat-taftish boshqarmalari oʻz ishini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri va Nazorat-taftish bosh boshqarmasi boshligʻi tomonidan tasdiqlanadigan yillik rejalar boʻyicha amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Nazorat-taftish bosh boshqarmasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar nazorat-taftish boshqarmalari zarur hollarda moliyaviy organlar va budjet muassasalari faoliyatini rejadan tashqari taftish qiladi va tekshiradi, shuningdek budjet ssudalaridan, Hukumat tomonidan yoki uning kafolati ostida jalb etilgan mablagʻlar va kreditlardan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning maqsadli foydalanishini tekshiradi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IX. Nazorat-taftish bosh boshqarmasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar nazorat-taftish boshqarmalari kadrlar tarkibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Nazorat-taftish bosh boshqarmasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar nazorat-taftish boshqarmalari kadrlar tarkibi barqaror hayotiy prinsiplarga ega boʻlgan yuqori malakali mutaxassislardan va iqtisodiyot oliy oʻquv yurtlarining professional tayyorgarlik koʻrgan yosh bitiruvchilaridan butlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Nazorat-taftish bosh boshqarmasi xodimlari va Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar nazorat-taftish boshqarmalari boshliqlari attestatsiyasi har 3 yilda oʻtkaziladi. Attestatsiyani oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
X. Nazorat-taftish bosh boshqarmasi boshligʻining va Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar nazorat-taftish boshqarmalari boshliqlarining huquq va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Nazorat-taftish bosh boshqarmasi boshligʻi oʻziga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi rahbariyatiga xodimlarni ishdan boʻshatish va ishdan ishga oʻtkazish toʻgʻrisida takliflar kiritish, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq xodimlarni ishga qabul qilish, ishdan boʻshatish hamda lavozimga koʻtarish, ragʻbatlantirish va intizomiy jazolar qoʻllash, xodimlarning xizmat safarlariga borishi toʻgʻrisida buyruqlar chiqarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xatlar, xizmat guvohnomalarini va xodimlarga taftishlar va tekshirish oʻtkazish huquqini beruvchi bir martalik yozma koʻrsatmalarni imzolash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar nazorat-taftish boshqarmasi boshliqlari quyidagi huquqlarga egadir:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nazorat-taftish boshqarmalari xodimlarini ishga qabul qilish va ishdan boʻshatish va ishdan ishga oʻtkazish, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq ragʻbatlantirish va intizomiy jazolarni qoʻllash, xodimlarning xizmat safarlariga borishi boʻyicha buyruqlar chiqarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xatlar, xizmat guvohnomalarini va xodimlarga taftishlar va tekshirishlar oʻtkazish huquqini beruvchi bir martalik yozma koʻrsatmalarni imzolash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Nazorat-taftish bosh boshqarmasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar nazorat-taftish boshqarmasi boshliqlari oʻzlariga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda quyidagilarga majburdir:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nazorat-taftish bosh boshqarmasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar nazorat-taftish boshqarmasi ishini puxta tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taftishlar va tekshirishlar oʻtkazishda qonun hujjatlari toʻgʻri qoʻllanilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
amaliy malaka oshirishga, ijro va mehnat intizomi mustahkamlanishiga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat siri saqlanishini va olib borilayotgan ishlar maxfiyligi rejimini taʼminlash.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 21-son, 172-modda; 2006-y., 46-47-son, 458-modda; 2007-y., 52-son, 534-modda; 2008-y., 52-son, 515-modda; 2010-y., 13-son, 96-modda; 2010-y., 44-45-son, 387-modda; 2011-y., 14-son, 137-modda; 2012-y., 6-son, 60-modda, 2015-y., 26-son, 340-modda; 2017-y., 38-son, 1049-modda)