02.08.2017 yildagi 575-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 02.08.2017 yildagi 575-son
Date of entry into force
07.08.2017
Hujjat 07.08.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti tuzilmasida Formali kiyim-boshni loyihalashtirish boʻyicha ilmiy laboratoriya faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari va tashkilotlarining formali kiyim-boshlarini ishlab chiqish, standartlashtirish, tasdiqlash va tayyorlash mexanizmini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 27-fevraldagi PQ-2800-son qarori ijrosini taʼminlash yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti tuzilmasida yuridik shaxs maqomisiz Formali kiyim-boshni loyihalashtirish boʻyicha ilmiy laboratoriya (keyingi oʻrinlarda Ilmiy laboratoriya deb ataladi) tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ilmiy laboratoriya mutaxassislari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha xarajatlar (ularni moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash xarajatlari bundan mustasno) — Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti mablagʻlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ilmiy laboratoriyaning ilmiy xodimlari mehnatiga haq toʻlash, ilmiy xodimlari va mutaxassislarini moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy muhofaza qilish, shuningdek formali kiyim-boshni loyihalashtirish, sarflash materiallari, xomashyo, dasturiy mahsulotlar, maxsus adabiyotlar xarid qilish hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni ishlab chiqish boʻyicha xarajatlar — buyurtmachilar — vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning mablagʻlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ilmiy laboratoriyani zarur laboratoriya asbob-uskunalari va priborlar bilan jihozlash (shu jumladan maxsus laboratoriya mebeli va inventar) — Fan va texnologiyalar boʻyicha Davlat komissiyasi huzuridagi Ilmiy-texnik faoliyatni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hamda xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ilmiy laboratoriyani mebel va tashkiliy texnika bilan jihozlash (maxsus laboratoriya mebeli va inventardan tashqari), shuningdek zarurat tugʻilganda laboratoriya xonalarini taʼmirlash ishlarini olib borish — Ilmiy laboratoriyaning buyurtmanomalari va asoslangan hisob-kitoblari boʻyicha Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutining budjetdan tashqari mablagʻlari Ilmiy laboratoriya faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ilmiy laboratoriya ilmiy xodimlarining lavozim maoshlari budjet mablagʻlari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlar ilmiy-texnik dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalarining ilmiy xodimlari bazaviy lavozim maoshlari miqdoriga tenglashtiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ilmiy laboratoriyaning ilmiy xodimlari va mutaxassislarini moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy muhofaza qilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishgan holda Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti tomonidan belgilanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ilmiy laboratoriya tomonidan formali kiyim-boshlarni loyihalashtirish boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar narxi Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda belgilanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ilmiy laboratoriyani zarur laboratoriya uskunalari va priborlar (shu jumladan maxsus laboratoriya mebeli va inventar), mebel va tashkiliy texnika bilan jihozlash tuziladigan shartnomalarning hajmidan hamda buyurtmachi bilan kelishilgan formali kiyim-bosh va farqlash belgilarini loyihalashtirishga texnik topshiriqlarning oʻziga xosligidan kelib chiqib ilmiy tadqiqotlarni bajarish ustuvorligi hisobga olingan holda amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ilmiy laboratoriya faoliyatini amalga oshirish uchun Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutining budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari boʻyicha alohida gʻaznachilik shaxsiy hisobvaraqlari ochiladi, belgilangan tartibda alohida xarajatlar smetasi (budjet mablagʻlari boʻyicha), shuningdek daromadlar va xarajatlar smetasi (budjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha) tasdiqlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ilmiy laboratoriya tomonidan ishlab chiqiladigan va buyurtmachilar tomonidan tasdiqlanadigan formali kiyim-boshni tayyorlash boʻyicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar tegishli vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning formali kiyim-boshlarini tayyorlashda qoʻllash uchun majburiy hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishgan holda bir oy muddatda Ilmiy laboratoriya mutaxassislari mehnatiga haq toʻlash miqdorlarini belgilangan tartibda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2017-yilda “Taʼlim” tarmogʻi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutilgan budjet mablagʻlari doirasida ushbu qarorni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan mablagʻlarni ajratsin, 2018-yildan boshlab esa “Fan” tarmogʻi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari va tashkilotlarining formali kiyim-boshlarini ishlab chiqish, standartlashtirish, tasdiqlash va tayyorlash mexanizmini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 27-fevraldagi PQ-2800-son qaroriga 1-ilovada nazarda tutilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarga Ilmiy laboratoriya tomonidan formali kiyim-bosh namunalarini loyihalashtirishga tanlov (tender), elektron savdolar oʻtkazmasdan va “Respublika tovar-xomashyo birjasi” AJning maxsus elektron portalida eʼlon joylashtirmasdan Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti bilan, istisno tariqasida, shartnomalar tuzishga ruxsat berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Ilmiy laboratoriya Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Shohjahon koʻchasi, 5-uy manzili boʻyicha Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti binosida joylashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, “Oʻzbekyengilsanoat” AJ, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti hududida Ilmiy laboratoriya binosini qurish zarurligi toʻgʻrisidagi masalani uch oy muddatda oʻrganib chiqsin va natijalari boʻyicha, ijobiy xulosaga kelinganda, moliyalashtirish manbalari va amalga oshirish muddatlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. “Oʻzbekyengilsanoat” AJ, Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi bilan birgalikda Ilmiy laboratoriyani yuqori texnologik laboratoriya uskunalari va boshqa uskunalar bilan jihozlash uchun xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlarini jalb etish yuzasidan tizimli ishlar olib borsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I.U. Madjidov zimmasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Taʼlim, ilm-fan va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 2-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
575-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 31-son, 783-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2018-y., 09/18/109/0699-son)