27.07.2017 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2904
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Qarori, 27.07.2017 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2904
Date of entry into force
01.11.2017
Hujjat 28.08.2024 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududida avtomobil va temir yoʻl transport vositalarida bojxona nazorati ostidagi tovarlar tashilganda yuk boʻlimlariga bojxona plombalarini qoʻllash qoidalarini tasdiqlash haqida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 24-iyuldagi 164-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2904-4, 26.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2024-y., 10/24/2904-4/0658-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 27-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2904]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududida avtomobil va temir yoʻl transport vositalarida bojxona nazorati ostidagi tovarlar tashilganda yuk boʻlimlariga bojxona plombalarini qoʻllash qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 24-iyuldagi 164-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2904-4, 26.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2024-y., 10/24/2904-4/0658-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rais M. TOXIRIY
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 18-iyul
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
01-02/12-24-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2017-yil 18-iyuldagi 01-02/12-24-son qaroriga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududida avto va temir yoʻl transport vositalarida bojxona nazorati ostidagi tovarlar tashilganda yuk boʻlimlariga bojxona plombalarini qoʻllash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
QOIDALARI
(ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 24-iyuldagi 164-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2904-4, 26.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2024-y., 10/24/2904-4/0658-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga muvofiq bojxona hududiga bojxona nazorati ostida kirayotgan, undan chiqayotgan hamda tranzit tartibida oʻtayotgan avto va temir yoʻl transportining (bundan buyon matnda transport vositasi deb yuritiladi) tovarlar ortilgan yuk boʻlimlariga bojxona organlari tomonidan bojxona plombalarini qoʻllash tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 24-iyuldagi 164-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2904-4, 26.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2024-y., 10/24/2904-4/0658-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus bojxona plombasi — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi (bundan buyon matnda Bojxona qoʻmitasi deb yuritiladi) rahbariyati tomonidan tasdiqlangan shakl, oʻlcham va koʻrinishdagi, belgilangan seriya va tartib raqamli, tovar va transport vositalarini identifikatsiyalashda bir marta foydalaniladigan, shuningdek transport vositalarini boshqarish va nazorat qilishning onlayn mexanizmini nazarda tutadigan navigatsion bojxona identifikatsiyalash vositasi;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 23-iyundagi 41-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3447, 14.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2023-y., 10/23/3447/0484-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
joʻnatuvchi bojxona posti — bojxona nazorati ostidagi tovarlar ortilgan transport vositalari yuk boʻlimlariga bojxona plombalari qoʻygan bojxona posti;
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 24-iyuldagi 164-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2904-4, 26.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2024-y., 10/24/2904-4/0658-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
manzil bojxona posti — bojxona nazorati ostidagi tovarlar ortilgan transport vositasining yetib borish bojxona posti.
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 24-iyuldagi 164-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2904-4, 26.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2024-y., 10/24/2904-4/0658-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Bojxona kodeksining 197-moddasiga muvofiq bojxona plombasi bojxona organlari tomonidan oʻzgartirilishi, olib tashlanishi yoki yoʻq qilinishi mumkin, bundan tovarlarning va transport vositalarining yoʻq qilinishi, qayta tiklab boʻlmaydigan tarzda yoʻqotilishi yoki jiddiy tarzda buzilishi haqiqiy xavfi boʻlgan hollar mustasno. Bojxona organlariga bojxona identifikatsiyalash vositalari oʻzgartirilganligi, olib tashlanganligi yoki yoʻq qilinganligi toʻgʻrisida darhol xabar beriladi va haqiqiy xavf mavjudligining dalillari taqdim etiladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 24-iyuldagi 164-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2904-4, 26.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2024-y., 10/24/2904-4/0658-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Transport vositalarining tovarlar ortilgan yuk boʻlimlariga bojxona plombalarini qoʻllash
(2-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 24-iyuldagi 164-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2904-4, 26.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2024-y., 10/24/2904-4/0658-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Bojxona nazorati ostida tovarlar tashilayotgan barcha transport vositalarining yuk boʻlimlariga bojxona plombalari qoʻyilishi lozim, bundan mazkur Qoidalarning 4-bandida keltirilgan hollar mustasno.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 24-iyuldagi 164-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2904-4, 26.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2024-y., 10/24/2904-4/0658-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Quyidagi hollarda bojxona nazorati ostidagi tovarlar ortilgan transport vositalarining yuk boʻlimlariga bojxona plombalari qoʻyilmaydi:
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 24-iyuldagi 164-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2904-4, 26.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2024-y., 10/24/2904-4/0658-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir transport vositasida konteynerlar eshiklari bir-biriga qarab joylashtirilganligi natijasida plomba qoʻyishning imkoni boʻlmasa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarlar usti ochiq transport vositasiga yuklansa;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
temir yoʻl stansiyalarida yuqori kuchlanishli elektr simlari oʻtgan joylardagi vagon va konteynerlariga bojxona plombalarini qoʻyish xodimning hayoti va salomatligiga jiddiy xavf solsa;
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 24-iyuldagi 164-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2904-4, 26.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2024-y., 10/24/2904-4/0658-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“eksport” bojxona rejimida bojxona yuk deklaratsiyasi “yashil” va “sariq” yoʻlaklar orqali rasmiylashtirilgan hollarda, bundan mazkur Qoidalarning 5-bandi ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan holatlar mustasno;
(4-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2022-yil 4-martdagi 12/02-22-00437-sonli qarori (roʻyxat raqami 2904-3, 28.03.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.03.2022-y., 10/22/2904-3/0247-son — 2022-yil 29-iyundan kuchga kiradi)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2022-yil 4-martdagi 12/02-22-00437-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2904-3, 28.03.2022-y.) asosan 2022-yil 29-iyundan chiqariladi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.03.2022-y., 10/22/2904-3/0247-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovar sifatidagi avtotransport tashishda foydalaniladigan transport vositasiga;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chegara bojxona postlari hududlariga tutash joylarda joylashgan bojxona terminallariga yuboriladigan avtotransport vositalariga;
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2019-yil 15-iyuldagi 01-02/12-45-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2904-1, 16.08.2019-y.) asosan beshinchi — sakkizinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2019-y., 10/19/2904-1/3572-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
transport vositasining yuk boʻlimiga bojxona plombalari qoʻyilgan boʻlsa;
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 24-iyuldagi 164-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2904-4, 26.08.2024-y.) asosan sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2024-y., 10/24/2904-4/0658-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona plombalari qoʻyishning imkoni boʻlmagan boshqa asosli hollarda.
(4-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 24-iyuldagi 164-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2904-4, 26.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2024-y., 10/24/2904-4/0658-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Xorijiy davlatlar bojxona organlari, transport va ekspeditorlik tashkilotlari tomonidan tovar va transport vositalariga qoʻyilgan identifikatsiya vositalari qatorida tovarlarni ishlab chiqaruvchilar va ushbu tovarlarni yuboruvchilarning identifikatsiya vositalari ham tan olinadi.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2020-yil 7-dekabrdagi 01-02/12-60-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2904-2, 31.12.2020-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.01.2020-y., 10/20/2904-2/1701-son — 2021-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirilayotgan, bojxona hududidan olib chiqilayotgan va tranzit tartibida harakatlanayotgan tovarlar ortilgan transport vositalarining yuk boʻlimlari joʻnatuvchi bojxona postlarida bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan oʻtkazilganidan soʻng,bojxona plombalari qoʻyiladi, bundan mazkur Qoidalarning 4-bandida keltirilgan hollar mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Eksport” bojxona rejimida bojxona yuk deklaratsiyasi “yashil” va “sariq” yoʻlaklar orqali bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazilib, tovarlar Yuklarni xalqaro yoʻllarda tashish daftarchasini rasmiylashtirilgan holda olib chiqilayotganda, shuningdek yuk joʻnatuvchilar va (yoki) tashuvchilarning talabiga koʻra bojxona plombalari chegara bojxona postlarida bojxona organi tomonidan transport vositalarining yuk boʻlimlariga oʻrnatiladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 24-iyuldagi 164-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2904-4, 26.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2024-y., 10/24/2904-4/0658-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Tovarlar ortilgan transport vositalarining yuk boʻlimlariga bojxona plombalari qoʻyish transport vositalaridan tovar yoki buyumlarni tushirish, shuningdek transport vositalariga boshqa tovar va buyumlarni ortish imkoniyatini istisno etishi lozim.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 24-iyuldagi 164-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2904-4, 26.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2024-y., 10/24/2904-4/0658-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Maxsus bojxona plombasi toʻgʻrisidagi maʼlumot tovar va transport vositalariga rasmiylashtirilgan tranzit deklaratsiyasida yoki Yuklarni xalqaro yoʻllarda tashish daftarchasida, shuningdek olib chiqiladigan tovarlar ortilgan transport vositalari uchun bojxona yuk deklaratsiyasida qayd etiladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2022-yil 4-martdagi 12/02-22-00437-sonli qarori (roʻyxat raqami 2904-3, 28.03.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.03.2022-y., 10/22/2904-3/0247-son — 2022-yil 29-iyundan kuchga kiradi)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Transport vositalarining bojxona hududiga kirishida, bojxona hududidan chiqishida ularning tovarlar ortilgan yuk boʻlimlariga qoʻyilgan bojxona plombalarining mavjudligi va plomba qoʻyilgan jihozlar (vagon/konteyner konstruksiyasi, tirkamaning trosi, tenti, tom, pol qismlari va h. k) (bundan buyon matnda plomba qoʻyilgan jihozlar deb yuritiladi) bojxona posti xodimi tomonidan tekshiriladi hamda transport hujjatlaridagi maʼlumotlar bilan solishtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Manzil bojxona postlarida bojxona plombalari hamda plomba qoʻyilgan jihozlarga zarar yetkazilmaganligiga xodim tomonidan ishonch hosil qilingandan soʻng belgilangan tartibda bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona plombalari hamda plomba qoʻyilgan jihozlarga zarar yetkazilganligi aniqlanganda tegishli tartibda bojxona qoidalarining buzilishi yuzasidan ish materiallari yuritilib, tovarlar bojxona koʻrigidan oʻtkaziladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 24-iyuldagi 164-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2904-4, 26.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2024-y., 10/24/2904-4/0658-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Transport vositalariga ortilgan tovarlar Oʻzbekiston Respublikasining ikki va undan ortiq tashqi iqtisodiy faoliyat (bundan buyon matnda TIF deb yuritiladi) qatnashchilariga olib kelinayotgan taqdirda joʻnatuvchi bojxona posti tomonidan plombalangan transport vositasi eng yaqin hududdagi TIF qatnashchisi joylashgan joydagi manzil bojxona postiga yoʻnaltiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Birinchi manzil bojxona postida tovarlar ortilgan transport vositasi bilan mazkur Qoidalarning 8-bandiga muvofiq tegishli harakatlar amalga oshirilgandan soʻng ushbu bojxona posti tomonidan keyingi eng yaqin hududdagi TIF qatnashchisi joylashgan joydagi manzil bojxona postiga yangi bojxona plombalari qoʻyilgan holda yoʻnaltiriladi. Bu boʻyicha tegishli maʼlumotlar Bojxona qoʻmitasining yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritiladi.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 24-iyuldagi 164-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2904-4, 26.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2024-y., 10/24/2904-4/0658-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Bojxona kodeksining 224-moddasiga muvofiq, avariya yoki yengib boʻlmas kuch taʼsiri yoxud tovarlarni tayin qilingan joyga tashishga toʻsqinlik qiladigan boshqa vaziyatlar oqibatida tashuvchi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarning, transport vositasining butligini saqlash va ulardan foydalanilishiga yoʻl qoʻymaslik uchun zarur chora-tadbirlarni koʻrishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eng yaqin bojxona organiga tegishli vaziyatlar, tovarning va transport vositasining turgan joyi toʻgʻrisida darhol xabar berishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarlarni eng yaqin bojxona organiga yoki bojxona organi koʻrsatgan boshqa joyga olib borishi yoxud, agar uning transport vositasi buzilgan boʻlsa, olib borilishini taʼminlashi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organi bojxona nazoratini taʼminlash uchun qoʻllaniladigan chora-tadbirlarni sodir boʻlgan hodisaning xususiyatiga, tovar sifatining yoʻqotilish darajasi va tovar tashilishini amalga oshirayotgan transport vositasining texnik holatiga bogʻliq ravishda belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, bojxona organi tomonidan transport vositasining yuk boʻlimiga yangidan bojxona plombalari qoʻyiladi va bu toʻgʻrisida transport hujjatlari hamda Bojxona qoʻmitasining yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga maʼlumotlar kiritiladi.
(10-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 24-iyuldagi 164-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2904-4, 26.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2024-y., 10/24/2904-4/0658-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Tovarlarni bir (bojxona) ombordan boshqa (bojxona) omborga olib oʻtish jarayonida bojxona postlari tomonidan bojxona plombalarini qoʻyish hamda tekshirish mazkur Qoidalarning 2-bobida qayd etilgan tartibda amalga oshiriladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 24-iyuldagi 164-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2904-4, 26.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2024-y., 10/24/2904-4/0658-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Transport vositalarining tovarlar ortilgan boʻlimlaridan yechib olingan bojxona plombalaridan takroran foydalanilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 24-iyuldagi 164-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2904-4, 26.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2024-y., 10/24/2904-4/0658-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Mazkur Qoidalarda koʻrsatilgan talablarning buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 30-son, 755-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2019-y., 10/19/2904-1/3572-son; 31.01.2020-y., 10/20/2904-2/1701-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 28.03.2022-y., 10/22/2904-3/0247-son; 17.07.2023-y., 10/23/3447/0484-son; 28.08.2024-y., 10/24/2904-4/0658-son; 19.05.2025-y., 10/25/2904-5/0449-son)