21.07.2017 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2780-1
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Qarori, 21.07.2017 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2780-1
Date of entry into force
25.07.2017
Hujjat 25.07.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori

Toshkent davlat yuridik universitetida oʻqitishning modul tizimi sharoitlarida talabalar bilimini nazorat qilish tartibi va baholash mezonlari toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 21-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2780-1]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-apreldagi PQ-2932-son “Toshkent davlat yuridik universitetida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-iyundagi “Toshkent davlat yuridik universitetida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 347-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligi hamda Adliya vazirligi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Adliya vazirligining 2016-yil 22-apreldagi 1-2016 va 4-son qarori (roʻyxat raqami 2780, 2016-yil 22-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 16-son, 172-modda) bilan tasdiqlangan Toshkent davlat yuridik universitetida oʻqitishning modul tizimi sharoitlarida talabalar bilimini nazorat qilish tartibi va baholash mezonlari toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vaziri v.v.b. I. MADJIDOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,

2017-yil 17-iyul,

11-2017-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Adliya vaziri M. IKRAMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 17-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-son

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Adliya vazirligining 2017-yil 17-iyuldagi 11-2017, 7-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent davlat yuridik universitetida oʻqitishning modul tizimi sharoitlarida talabalar bilimini nazorat qilish tartibi va baholash mezonlari toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagi mazmundagi 31-band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“31. Modulning oʻquv dasturi mazmunini oʻzlashtirish kreditni — talabalarning oʻquv yuklama hajmini aniqlashning shartli birligini qoʻllagan holda belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kredit talaba tomonidan tegishli oʻquv ishlarini (modul xususiyati va boʻlajak mutaxassisni shakllantirish uchun oʻquv ishlarining muhimligidan kelib chiqib universitet tomonidan belgilanadigan) bajarishga ketadigan vaqt (soatlar)dan tashkil topadi. Har bir modul mustaqil kredit hisobiga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Universitet bir kredit tarkibini, har bir modul boʻyicha kreditlar sonini, shuningdek har bir kursni va umuman oʻqish davrini tamomlash uchun talaba tomonidan toʻplanishi lozim boʻlgan kreditlarning umumiy sonini mustaqil ravishda belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talaba mazkur Nizomga muvofiq modul oʻquv dasturi mazmunini oʻzlashtirgan (olgan reyting ballidan qatʼi nazar) taqdirda, u tegishli modul boʻyicha kreditlarning zarur sonini toʻplagan deb hisoblanadi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 7-bandning ikkinchi xatboshisida “ishchi oʻquv dasturida” soʻzlari “oʻquv dasturida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. 12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“12. Agar universitet Oʻquv-uslubiy kengashi qarorida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, barcha modullar boʻyicha oraliq nazorat talaba tomonidan oʻquv xonasida (yozma imtihon) yoki oʻquv xonasidan tashqarida tayyorlanadigan yozma ish shaklida semestr davomida bir marotaba oʻtkaziladi. Oraliq nazoratining aniq shakli universitetning Oʻquv-uslubiy kengashi qarori bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yozma ish talaba tomonidan tegishli semestr davomida mazkur Nizomning 59-bandida belgilangan muddatlarda topshiriladi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. 13-bandning beshinchi xatboshisidan “va oʻz ichiga oʻquv dasturida aks etgan nazariy va amaliy savollarni qamrab olishi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. 17-band uchinchi xatboshisining oxirgi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Titul varagʻining qirqish chizigʻiga boshqarmaning shtampi bosiladi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Quyidagi mazmundagi 181-band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“181. Yozma imtihon shaklidagi oraliq nazoratini oʻtkazishda imtihon savollari, qoida tariqasida, vaziyatli masalalarni oʻz ichiga oladi va talabalarga oldindan taqdim etilmaydi. Bunda imtihon vaqtida ularga adabiyotlar va normativ-huquqiy hujjatlardan foydalanishga imkoniyat beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yozma imtihon, agar mazkur bobda boshqacha holat nazarda tutilmagan boʻlsa, mazkur Nizomning 5-bobida koʻrsatilgan tartibga muvofiq oʻtkaziladi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. 22-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“22. Yozma imtihon savollari, qoida tariqasida, mantiqiy savollar va muammoli vaziyatlarni oʻz ichiga oladi. Modullar boʻyicha yakuniy nazorat savollarining mazmuni kafedralar tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yozma imtihon savollari boʻyicha ballar miqdori universitet Oʻquv-uslubiy kengashi qarori bilan taqsimlanadi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. 30-bandning birinchi xatboshisidagi “Oʻquv-uslubiy boshqarma boshligʻi” soʻzlari “Oʻquv-uslubiy boshqarma boshligʻi va uning oʻrinbosari, shuningdek dekanlar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. 35-bandning birinchi xatboshisi “maʼlumotnomalar va boshqa adabiyotlar” soʻzlaridan keyin “normativ-huquqiy hujjatlar” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. 39-bandda “uch kun” soʻzlari “besh kun” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. 60-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Amaliyot (stajirovka) boʻyicha imtihonni tashkil qilish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Amaliyot (stajirovka)ni oʻtash nazariy bilimlar bilan navbatlanish yoʻli orqali amalga oshirilganida uning natijalari universitet Oʻquv-uslubiy kengashi qaroriga asosan joriy nazorat doirasida baholanishi mumkin.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. 62-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “Shu muddat davomida modulni oʻzlashtira olmagan talaba Oʻquv-uslubiy boshqarma boshligʻining tavsiyasiga koʻra, belgilangan tartibda rektorning buyrugʻi bilan talabalar safidan chetlashtiriladi, mazkur Nizomning 63-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi xatboshisidan “va semestr yakuni boʻyicha toʻrttadan koʻp boʻlmagan oʻquv fanlari boʻyicha akademik qarzdorligi boʻlgan” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻrtinchi xatboshisidagi “belgilangan tartibda talabalar safidan chiqariladi” soʻzlari “kreditlar toʻplanmagan modullarni qayta oʻqish uchun tegishli kursda qoldiriladi. Bu holatda boshqa modullar boʻyicha toʻplangan kreditlar saqlanib qolinadi va bunda talaba ushbu modullar boʻyicha oʻquv mashgʻulotlarida ishtirok etishi mumkin” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. 65-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“65. Ushbu Nizomning 63-bandida belgilangan tartibda kelgusi semestrda oʻqishni davom ettirayotgan talaba oʻqishning tegishli kursida qoldirilganda, u akademik qarzdorlik vujudga kelgan kursda qoldirilgan deb hisoblanadi. Ushbu talaba qonun hujjatlarida belgilangan hollarda talabalar safidan chetlashtirilganda, talabalar safidan chetlashtirish asosidan qatʼi nazar, akademik qarzdorlik paydo boʻlgan kursidan chetlashtirilgan deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Akademik qarzdorlik tufayli tegishli kursda qoldirilgan talaba akademik qarzdorlik vujudga kelgan semestrdan takroriy oʻqishni oʻtaydi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. 69-banddagi “reytingi” soʻzi “reytingi, shuningdek modullar boʻyicha toʻplangan kreditlar soni” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. 70-banddagi “reytinglar yigʻindisi” soʻzlaridan keyin “va toʻplangan kreditlar soni” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Sizning javobingiz quyidagi baholash mezonlari asosida baholanadi” soʻzlaridan keyin “(oraliq nazorati bir martadan ortiq oʻtkazilganda, umumiy ball tegishli songa boʻlinadi)” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Qabul qiluvchining F.I.O. va imzosi” soʻzlari chiqarib tashlansin”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“ikkita” soʻzi “(son)” soʻzi bilan almashtirilsin”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ikkita savol uchun maksimal 25 ball (har bir savol uchun 12,5 ball)” soʻzlari chiqarib tashlansin”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“bitta” soʻzi “(son)” soʻzi bilan almashtirilsin”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Bir kazus uchun 25 ball” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalar Toshkent davlat yuridik universiteti bilan kelishilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Adliya vaziri oʻrinbosari — Toshkent davlat yuridik universiteti rektori E. KANYaZOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2017-yil 17-iyul
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 29-son, 721-modda)